Skip to main content

Yangi o'quv yili boshlandi!

Jizzax davlat pedagogika universitetida 2022/2023-o'quv yili boshlandi

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni

Mashaqqatli kasbingizda ulkan muvaffaqiyat tilaymiz, aziz ustoz va murabbiylar!

Fizika va texnologik ta’lim fakulteti

Fizika va texnologik ta’lim fakulteti

Fakultetda 3 ta kafedra mavjud:

– Fizika va uni o’qitish metodikasi kafedrasi
– Texnologik ta’lim kafedrasi
– Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi;

Fakultetda 6 ta yo’nalish mavjud:

– 60210500-Rangtasvir (dastgohli)
– 60111200-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
– 60110700-Fizika va astronomiya
– 5110200 Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi
– 70110701 Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Fizika va astronomiya) magistratura
– 5112100 Texnologik ta’lim
– 5111004 Dizayn(libos va gazlamalar)
Fizika va texnologik ta’lim fakulteti dekani

Dotsent Sodiqov Hamid Maxmudovich

Faoliyati: 2020-yil 11-avgustdan

Telefon: +998 97 326 84 79

Email: x.sodiqov@gmail.com

Qabul vaqti: Chorshanba, payshanba 09:00–16:00

Fakultet 1974-yili tashkil etilgan. Fakultetda 57 nafar professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan 1 nafar fan doktori, 8 nafar fan nomzodi, 6 nafar dotsent ishlab kelmoqda. Fakultetda hozirgi kunda 985 ta bakalavr, 28 nafar magistr tahsil olmoqda.

Fakultet professor va o’qituvchilar tomonidan 5 ta darslik, 12 ta o’quv qo’llanma, 10 ta monografiyalarni nashrdan chiqargan hamda 8 ta patent qo’lga kiritgan. Fizika va texnologik ta’lim fakultetida “Tikuvchilik va dizayn”, “Pazandalik”, “Mohir qo’llar”, “Yosh rassomlar», «Ranglar jilosi», «Nafis san’at», “Yosh musavvirlar”, “Fizika fani olimpiadachilari ”, “Kyure qizlari” (to’garak a’zolari 10 dan ortiq ilmiy maqolalari bilan konferensiyalarda ishtirok etishgan) kabi to’garaklar mavjud. Ta’lim yo’nalishida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishni tashkil etish yuzasidan fakultetda muntazam ravishda ota-onalar bilan suhbat tashkillashtiriladi. Talabalar ijtimoiy holati bo’yicha so’rovnomalar o’tkazilib kelinmoqda. 19.04.2022-yil sanasida xotin-qizlar uchun alohida “Qizlarda muomala madaniyati” mavzularida davra suhbatlari uyushtirildi.
Shu kungacha fakultet talabalari ko’plab yutuqlarga erishib kelmoqda. 1 nafar Abdaminov Abror O’zbekiston bakalavrlari uchun ta’sis etilgan “Islom Karimov” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi, dizayn yo’nalishi 2-bosqich talabasi Rahmatova Shahlo “NAFOSAT-2021” – ko’rik tanlovi Respublika bosqichida g’olib, Begimqulova Navbahor «WorldSkills Uzbekistan – 2022» Ishchi kasblari bo’yicha milliy chempionatda 1-o’rinni egalladi.