Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Fizika va uni o’qitish metodikasi kafedrasi

Kafedra mudiri:

Ubaydullayev Sadulla

fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
Telefon raqami:
+998 98 261 41 61
Elektron pochta:
bekmirzaev@mail.ru
Qabul kunlari:
dushanba-shanba, 14:00-18:00

Fizika va uni o’qitish metodikasi kafedrasi professor-o’qituvchilar tarkibi:

Jami o’qituvchilar – 21 ta Katta o’qituvchilar – 4 ta
Stajyor o’qituvchilar – 0 ta O’qituvchilar – 9 ta
Fan nomzodi,Falsafa doktori – 5 ta Fan doktori – 1 ta

Sultonov Boymurat

fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent

Zokirov Mamajon

katta o’qituvchi

Taylanov Nizom

katta o’qituvchi

Qurbonov Anvar

fizika-matematika f.b. PhD, dotsent v.b.

Tugalov Farxod

pedagogika fanlari bo’yicha PhD, dotsent v.b.

O’rozov Abduxoliq

katta o’qituvchi

Eshtuxtarova Orzigul

katta o’qituvchi

Irmatov Fozil Muminovich

katta o’qituvchi

Xolbo’taev Sherzod

o’qituvchi

Xatamov Jaxongir

o’qituvchi

Berkinov Alisher

o’qituvchi

Ergashev Jamshid

o’qituvchi

Igamqulova Zilola

o’qituvchi

Toshpo’latova Dildora

o’qituvchi

Nurmatov Kamol

o’qituvchi

Saydaev Obid

stajyor o’qituvchi

Tursunboyev Olmos

stajyor o’qituvchi

Tilavova Turdixol

stajyor o’qituvchi

Qambarov Sanjar

stajyor o’qituvchi

Adbuvasiyev Sardor

stajyor o’qituvchi

Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari: Fizika va astronomiya, Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi, Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Fizika va astronomiya)
Kafedra mutaxassislik fanlari: Umumiy fizika, Nazariy fizika, Astronomiya kursi, Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi, Fizikadan masalalar yechi metodikasi
Fizika va uni o’qitish metodikasi kafedrasi tarixi:A. Kafedraga 1981 yilda asos solingan. Kafedrani 1981-1992 yillar davomida dotsent B. Sultonov boshqargan. Kafedraga 1992-94 yillarda M. Zokirov, 1994-2006 yillar davomida D. T. Rasulov, 2006-2012 yillarda Sh. Doniyorov, 2012-2016 yillarda R.N.Bekmirzaev, 2016-2017 yilda I. Mo’minovlar rahbarlik qilgan. 2018 yildan boshlab kafedraga f.m.f.d., professor R.N. Bekmirzaev rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedrada 25 nafar professor –o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan 1 nafari fan doktori, professor, 5 nafari fan nomzodi ilmiy darajali va 3 nafari dotsent ilmiy unvonlarida, 5 nafar katta o’qituvchi hamda 11 nafar o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda. Bugungi kunda “Fizika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasida 60110700 – Fizika va astronomiya bakalavriat ta’lim yo’nalishi, 70110701-Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Fizika va astronomiya) magistratura mutaxassisligi bo’yicha talabalarga tahsil berib kelinmoqda. Kafedrada 60110700- Fizika va astronomiya bakalavriat ta’lim yo’nalishiga quyidagi fanlardan ta’lim beriladi: – umumiy fizika; – nazariy fizika; – umumiy astronomiya; – kosmonavtika asoslari; – fizika o’qitish metodikasi; -astronomiya o’qitish metodikasi; – fizikadan masalalar yechish metodikasi; – elektrotexnika va radioelektronika asoslari; – fizik jarayonlarning kompyuter animatsiyalarini yaratish; – fizika va astronomiyani o’qitishni loyihalashtirish; – astrofizik praktikum; – fizika va astronomiya tarixi; – zarralar fizikasining eksperimental asoslari; – hozirgi zamon yuqori energiyalar fizikasi va astrofizikaning dolzarb muammolari; – maktab darsliklari bilan ishlash; – fizik kattaliklar va ularning o’lchamlari; – qiziqarli fizika va olimpiada masalalari – elementar fizika; – fizika (nomutaxassis yo’nalishlar uchun). Kafedrada 70110701-Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Fizika va astronomiya) magistratura mutaxassisligiga quyidagi fanlardan ta’lim beriladi: – fizika va astronomiya o’qitish metodikasi; – klassik va kvant fizikasi; – fizika va astronomiya ta’limida ilmiy tahlil va tadqiqot usullari; – uzluksiz ta’lim tizimida fizikadan masalalar yechish; – fizika tarixi va metodologiyasi; – fizika o’qitishda innovatsion texnologiyalar; – elementar zarralar fizikasining eksperimental asoslari; – elektrotexnika va radioelektronika asoslari; – yuqori energiyalar fizikasi asoslari; – fizika va astronomiya o’qitishni loyihalashtirish; – yadro fizikasining dolzarb muammolari.
Kafedraning asosiy ilmiy yo’nalishlari: 1. Yuqori energiyali adron va yadrolarning yadrolar bilan o’zaro ta’sirlashuv jarayonlarini o’rganish; 2. Fizika va astronomiyani o’qitishni takomillashtirishning metodik tizimini yaratish.
Fizika va uni o’qitish metodikasi kafedrasi hamkorlik faoliyati: Kafedra O’zbekiston Fanlar Akademiyasiga qarashli ko’plab ilmiy tadqiqot insitutlari, shu jumladan, “Fizika-Quyosh” IIChBga qarashli Fizika-texnika instituti, Yadro fizikasi institutlari hamda Respublikamizning ko’plab yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy hamkorlik qiladi.
Kafedraning xalqaro aloqalari: Davlat ilmiy – texnika dasturlari bilan bir qatorda chet el grantlari asosidagi ilmiy loyihalarda ishtirok etish yo’lga qo’yilgan. Bugungi kunda Birlashgan Yadro Tadqiqotlari Instituti (Rossiya Federatsiyasi Dubna shahri) bilan Jizzax davlat pedagogika instituti o’rtasidagi ” ”Современные тенденции и разработки в области Романовской микроспектроскопии и фотолюминесценции для исследований конденсированных сред” mavzusi bo’yicha 4977-4-21/22 raqamli shartnoma asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda (rahbar: prof. Bekmirzaev R.N.). Birlashgan Yadro Tadqiqotlari Instituti (BYaTI) (Rossiya Federatsiyasi, Dubna shahri) bilan birgalikda hamkorlik shartnomasi asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Xususan, hozirgi kunda kafedramizda faoliyat ko’rsatgan xodimlardan f.-m.f.d., yetakchi ilmiy xodim Z.A.Igamkulov bo’lim boshlig’i, f.-m.f.n., katta ilmiy xodim Q.Mamatqulovlar yuqorida nomi tilga olingan institutda sektor boshlig’i lavozimida faoliyat ko’rsatib, bizning institumiz bilan birgalikda ilmiy tadqiqot ishlari olib borishmoqda. Boshqirdiston Davlat Universiteti (Rossiya Federatsiyasi, Boshqirdiston respublikasi) bilan kafedra o’rtasida ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo’nalishlari bo’yicha hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan. Ushbu hamkorlik asosida “Fizika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi Babanazarov Dilshod Fizika va astronomiya yo’nalishi bo’yicha sirtqi aspiranturada tahsil olmoqda.
Kafedraning xalqaro pedagogik aloqalari: 2022 yil 13-18 mart kunlari Boshqirdiston davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi, Boshqirdiston respublikasi) professori Ildus Fanisovich Sharafulin hamkorlik aloqasini mustahkamlash maqsadida kafedra professor-o’qituvchilari va talabalar bilan seminar-treninglar va davra suhbatlari o’tkazdi.