Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

TEXNOLOGIYA TA’LIMI O‘QITUVCHISI KOMPETENTLIGI RIVOJLANISHIDA O‘RGANISH MULOQOTI DIAPOZONI SAMARASINING AHAMIYATI

Burxonov Rasul Ramilovich-o‘qituvchi. Jizzax davlat pedagogika universiteti.  Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi kunda dolzarb hisoblangan o‘qitish sifatiga ijobiy ta’sir etuvchi nazariy ta’lim va amaliyotning uyg‘unligida o‘rgatuvchi va o‘rganuvchi o‘rtasida o‘zaro munosabatlarda o‘rgatuvchi faoliyatini bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini tayyorlash misolida samarali tashkil etishga oid mulohazalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: muloqot diapozoni, elementar muloqot, metod, axyuorot, amaliy o‘rganish, o‘quv vaqti, axborot hajmi, o‘zlashtirish saviyasi.   Hurmatli yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoev “Jismoniy va ma’naviy yetuk yoshlar – ezgu maqsad larimizga yetishda tayanchimiz va suyanchimizdir” mavzusida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqida ta’kidlaganlaridek: “O‘zbekistonimizning yorug‘ va farovon istiqbolini bunyod etishdek mas’uliyatli vazifani kim o‘z zimmasiga oladi? Albatta, faqat zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan, doimo el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashaydigan siz, aziz yoshlarimiz”[1]. Shunday yoshlarni tarbiyalashda o‘qituvchilarning ma’suliyati, tajribasi va kasb mahorati har doimgidan ustun bo‘lmog‘i lozim. Texnologiya ta’limi o‘qituvchisini yetuk kompetentligi yuqori mutaxassis sifatida tayyorlashni amaliy saviyasini oshirishda o‘rganish muloqot diapozonining samara ko‘rsatgichlari muhim ahamiyatga kasb etadi. Bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchisini amaliy ta’lim orqali faoliyatga tayyorlash shakllariga laboratoriya, amaliy mashg‘ulotlar, mustaqil ta’lim, kurs va bitiruv malakaviy ishlarini bajarishni amaliy saviyasi, o‘quv ishlab chiqarish amaliyotlari, pedagogik malakaviy amaliyotlarni tashkil qilish va o‘tkazish samarasi kabi elementar muloqot jarayonlarini kiritishimiz mumkin. Amaliy ta’limda texnologiya ta’limi o‘qituvchisini amaliy tayyorlash saviyasini oshirishda yetakchi o‘rin tutadigan o‘rganish muloqot diapozonida bo‘lajak o‘qituvchilarning mahorati, yetukligi, kasbiy kompetentligi darajasini oshirish maqsadida oliy ta’lim o‘qituvchilaridan o‘qitishning metod va shakllari imkoniyatlarini to‘g‘ri baholagan holda qo‘llash talab etiladi. Shu sababli oliy ta’lim o‘qituvchisidan muloqot davrida axborotlarni tezlik bilan  to‘g‘ri tahlil eta olish va shunga tegishli metod hamda shakllarini qo‘llay olishni toqozo qiladi. O‘rganish muloqotini olib boruvchi­-o‘rgatuvchidan bunda  o‘rganuvchini holat ko‘rsatkichlarini tez payqagan holda tahliliy asoslangan ko‘rsatkichlar orqali ilmiy muloqotni tegishli mos metod va shakllarini qo‘llash, o‘z navbatida aytilgan metod va shakllarni qo‘llashdan oldin muloqot jarayonini ifodalovchi modellar orqali olingan ko‘rsatkichlar asosida metod va shakllarni tanlash kerak bo‘ladi. Albatta buning uchun foydalanilishi kerak bo‘lgan metod va shakllarini qo‘llaniladigan muloqot jarayoni elementlari tahlil etilib, uni bashoratli ifodalash zarur bo‘ladi. Muloqot jarayonida o‘quv vaqti va o‘quv axborot hajmi, o‘zlashtirish hajmi, unitish, charchash, o‘rganganlik, o‘rgatilganlik, o‘rganuvchiga bayon etilgan axborot va boshqa shu kabi element ko‘rsatkichlarini detalli tahlil asosida olish, uni qayta ishlash jarayon holatini aniq ifodalashga imkon beradigan miqdoriy ko‘rinishda tanlashga taqdim etish zarur. Amaliy ta’limda amaliy o‘rganish muloqot diapozoni pedagogik qonuniyatlar asosida o‘rgatuvchi va o‘rganuvchilar hamkorligida o‘rgatuvchilar nazorati bo‘yicha amalga oshiriladigan murakkab hissiyotli jarayon hisoblanadi. Xuddi shuningdek, texnologik ta’lim o‘qituvchilari ham kelajakda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rgatuvchi-texnologiya fani o‘qituvchisi sifatida o‘quvchilarning o‘rganish muloqoti diapozonida o‘zlashtirish saviyasini nazorat qiladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fani o‘qituvchisi pedagogik qonuniyatlar asosida pedagogik muloqotning amaliy o‘rganish muloqotini tashkil etishda o‘rganuvchilar o‘zlashtirish holatlari haqida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishi, shu ma’lumotlar asosida o‘rganish muloqotiga tegishli zaruriy dars materiallarini didaktik talab bo‘yicha tanlashi, muloqotda tanlangan dars materiallarini o‘rganuvchi o‘quvchilarni o‘zlashtirish kanaliga yetkazishning samarali usullarini saralab olishi lozim bo‘ladi [3]. Bo‘lg‘usi texnologiya fani o‘qituvchisi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rgatuvchi sifatida amaliy o‘rgatish muloqotini olib borish uchun o‘qitilayotgan texnologiya ta’limi vazifalarini asoslash, ularning tarbiyaviy va ta’limiy ahamiyatini ochib berish, o‘quv materiali mazmunini asoslash, ta’lim jarayonini tashkil etish, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar mazmuni va uslubini asoslay olishi lozim. Texnologiya fani o‘qituvchisining umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fani dars mashg‘ulotlarida amaliy o‘rgatish muloqotini olib borish faoliyati asosan o‘quv jarayonini chuqur bilish va uni tashkil etish, o‘quvchilarga bilim berish va ularda ko‘nikma, malakala, kompetensiyalarni shakllantirish, o‘quvchilarni boshlang‘ich uquv mahoratini egallashlariga unday bilishlardan iborat bo‘ladi. Shuningdek, ushbularni amaliy o‘rganish muloqoti mobaynida o‘qitishning metod va shakllarini tanlash va ularni takomillashtirishni uddalay olish kerak bo‘ladi. Demak, bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchisini amaliy o‘rgatish muloqotida samarali faoliyat olib borishlari uchun ularni  milliy qadriyatlar va o‘tmish boy merosimizni yaxshi biladigan, yoshlarni yosh avlodga samarali bilim beradigan, vatanga sadoqatini oshirishni eplay oladigan, o‘quvchilarda umummehnat ko‘nikma va malaka hamda uquv mahoratlarini shakllantiradigan, o‘quvchilarni ongli ravishda kasbga yo‘naltira oladigan darajadagi ijtimoiy, iqtisodiy, kasbiy, pedagogik, psixologik va metodik tayyorgarlikka ega bo‘lgan holda tayyorlash shart. Amaliy ta’limda texnologiya fani o‘qituvchisini amaliy o‘rgatish muloqotiga tayyorlov shartlarni to‘liq bajarish uchun esa bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchisini amaliy tayyorlashga qaratilgan o‘quv rejalariga ilmiy asosda  bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilariga ham bilim beradigan va ham ustalikning uquv mahoratlarini  o‘rgata oladigan darajadagi zamon talabi asosida qo‘shimcha  va o‘zgartirishlar kiritish zarur bo‘ladi. Bu qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bo‘lg‘usi texnologiya fani o‘qituvchisini amaliy  jihatdan usta-o‘qituvchiga  tenglashtirishga imkon  beradigan darajada tayyorlashni  amalga  oshirishni  ko‘zda tutmog‘i  lozim bo‘ladi [4]. Amaliy ta’limda bo‘lg‘usi texnologiya fani o‘qituvchisini tayyorlash mobaynida  amaliy o‘rgatish muloqotini keng diapozonda olib borish uchun o‘rgatuvchi o‘qituvchi o‘qitishni barcha metod va shakllarini bilibgina qolmasdan,  balki ularni konstruktiv tahlil qilish ishlarni to‘liq egallashi lozim bo‘ladi. Muloqot jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, o‘qitishni barcha metod va shakllarini puxta egallangan holda jarayon ketma-ketligini rivojlanish intensivligi asosida uzviy bog‘lashi ham zarur. Buning uchun  mashg‘ulot  olib boradigan o‘qituvchi o‘rganish jarayoni xususiyatlariga oid  axborotlardan to‘liq xabardor bo‘lishi va shunga qarab jarayonni keyingi bosqichlarida zarur usul va o‘qituvchisi uddalashi kerak bo‘lgan formalarni muvofiqlashtirish masalasini hal  qilishi kerak bo‘ladi.  Buning uchun o‘rgatuvchi o‘qituvchi dars tuzilmasi va material mazmuniga qarab o‘qitish usullarini tanlashi va dars davomida uni qo‘llashi kerak bo‘lgan o‘qitish texnologiyalari va usullarini tahliliy holda olish kerak.  Texnologiya fani dars mashg‘uloti mazmunini o‘qitish texnologiyasini tanlash yoki ishlab chiqish texnologiya ta’limi o‘qituvchisining shaxsiy e’tiqod qarashlariga bog‘liq bulib, bu uning pedagogikadagi individual uslubni tashkil qiladi. Ammo o‘qitish texnologiyalari ta’limning ustivor maqsadlarini amalga oshirish bilan bog‘liq holda mustaqil pedagogik mezon ham bo‘lishi mumkin. O‘qitish jarayonlarida, yangi pedagogik texnologiyaning shakllanish yo‘li odatda jamiyatning yangi ehtiyoj (maqsad)lari; psixologiya sohasidagi fundamental tadqiqotlar; amaliy, psixologik; pedagogik tadqiqotlar; yangi texnologiyalarni ishlab chiqish; ularning o‘quv-dasturiy va o‘quv metodik hujjatlarda aks etadi. O‘rganuvchilar o‘rgatuvchi bayonini tinglaydilar yoki o‘qitish dasturiga mos darslik, o‘quv qo‘llanmalardagi o‘quv materiallarini mustaqil o‘rganadilar. Oldiga qo‘yilgan masalani hal etish uchun yangi bilimlar izlash, “kashfiyot qilish”, nazariy xulosalarni shakllantirish kabilarni bajarishga qaratilgan o‘qitishning muammoli – izlanish usullariga muammoli ma’ruza, evristik suhbat murojaat qiladi. O‘qituvchi ayni muammoga tegishli ikki xil nuqtai nazarni ilgari suradi hamda talabalarga o‘z nuqtai nazarini tanlash va asoslashni taklif etadi. Muammoli o‘qitish usullaridan biri bo‘lgan o‘quv munozarasi, qator o‘quv fanlarini o‘qitishda nazariy materiallarni o‘zlashtirish bilan bir qatorda, ko‘rsatmalar asosida izlanish tavsifidagi laboratoriya ishlarini ham bajarishda, talabalarning mustaqil ta’lim ishlarida samarali ravishda o‘quv tadqiqoti olib borishda va to‘plangan materiallar asosida o‘rganilayotgan fanning nazariy asoslarini tasdiqlashda foydalanish bizningcha maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shunday qilib, amaliy o‘rganish muloqotini  olib borilishning sifati o‘rganuvchini o‘rganganlik va tayyorgarlik darajalari bilan aniqlanishi mumkin. Amaliy o‘rganish muloqoti o‘rganganlik darajasi va tayyorgarlik darajasi haqida aniq miqdoriy natija olish uchun o‘quv jarayonini rivojlanishi bo‘yicha amaliy o‘qitish muloqotini tashkillashtirish, muloqotni ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishga oid dars materiallari bilan aloqadorligini hisobga olgan holda texnologiya fani o‘qituvchisini amaliy tayyorlash jarayonida ilmiy izlanish, aniq ma’lumotlar asosida shakllantirishni sonli bo‘lmagan ekspert axborotlarni qayta ishlashdagi mavjud uslublarni tahlil qilish kabi vazifalarni bajarish kerak bo‘ladi. Xulosa sifatida bugungi kundagi texnologiya fani o‘qituvchilarini tayyorlashning o‘quv jarayonida amaliy o‘rganish muloqotini muvofiqlashtirish zarur hisoblanib, muvofiqlashtirishning asosiy masalasi sifatida o‘quv dasturlariga asosiy va zaruriy bo‘lgan o‘quv material hajmi, mashg‘ulotda bayon etiladigan material hajmi, o‘quv vaqtining aniq hajmi, haqiqiy o‘zlashtirilgan material mazmuni va hajmi, yo‘qotilgan material va shu kabi ko‘rsatkichlarni asosli ravishda olish kerak bo‘ladi.         Foydalanilgan adabiyotlar
  1. Sh.M.Mirziyoev. “Jismoniy va ma’naviy yetuk yoshlar – ezgu maqsad larimizga yetishda tayanchimiz va suyanchimizdir” mavzusida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqi. Xalq so‘zi. 2017 yil
  2. Oliy ta’limda texnologiya ta’limi yo‘nalishida mutaxassislik fanlarini namunaviy o‘quv dasturlar to‘plami (Loyiha).OO‘MT vazirligi. -Toshkent. 2021yil.
  3. Murtazaev M.Z. O‘quv fanlari bulimlari miqdoriy bahosini topishning matematik modeli. Tabiiy fanlar rivoji va uni o‘zlashtirishga oid Xalqaro ilmiy nazariy konferensiya materiallari to‘plami. 1999 yil, Osh shahar,Texnologiya universiteti. 92-95betlar.
  4. Murtazaev M.Z. Sistemnыy podxod k opredeleniyu prakticheskoy znachimosti uchebnoy dissiplinы. «Obrazovanie cherez vsyu jizni neprerыvnoe obrazovanie dlya ustoychivogo razvitiya». Materialы VI Mejdu narodnoy konferensii. G.Minks, 2-3 oktyabrya 2008 g. 130s.