Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

TEXNOLOGIK TA’LIMDA TADQIQOTCHILIK ISHLARI

Ismoilov T.J. A.Qodiriy nomidagi JDPU Texnologik ta’lim va tasviriy san’at fanlari kafedrasi dotsenti Annotatsiya: Maqolada talabalar texnik ijordkorligida tadqiqot ob’ektlari murakkabligiga qo‘yiladigan talablar va ularning psixologik hamda pedagogik jihatlari bayon qilinadi. Kalit so‘zlar: muhabbat, tarbiya, o‘quvchi, tadqiqotchi, faoliyat, psixologik, pedagogik, rahbar, ijodkor, kasbiy, tadqiqotchi malaka, mahorat.   Bugungi yosh avlodni jahon standartlariga mos ilmiy tadqiqotchilik ruhida tarbiyalashni kasbiy bilimlariga oid tadqiqot ob’ektlariga qo‘yiladigan talablar bilan uyg‘unlikda kamol toptirish, moddiy va ilmiy tushunchalarini boyitish, tanlagan kasbiga muhabbat ruhida tarbiyalash ko‘p jihatdan o‘qituvchining o‘quvchilar tadqiqotchilik faoliyatiga psixologik va pedagogik asosda rahbarlik qilishga tayorgargarligiga bog‘liq. Har qanday ijodkorlikda, ayniqsa kasbiy yo‘nalishdagi tadqiqotchilik ishlarida unga rahbarlik qiluvchi o‘qituvchining bilimi, kasbiy malakasi va ishini tashkillashtirish mahoratining yuqori bo‘lishi muhim ahamiyatga ega, chunki uning qozongan muvaffaqiyati natijasi minglab kelajak avlod taqdiri bilan bog‘liq vatan taqdirini belgilaydigan bosh omil sifatida namoyon bo‘ladi. Aytilgandar har bir bo‘lajak kasb ta’limi va texnologik ta’limi o‘qituvchisidan o‘zini uzluksiz ta’lim tizimining ko‘r-ko‘rona ijodkor murvati emas, balki xalq ta’limi oldida turgan farzandlarimiz kelajagi bilan bog‘liq ulug‘vor va dolzarb vazifalarni chuqur anglab yetgan ongli, fidoyi va mas’ul a’zosi ekanligini chuqur his etishni talab qiladi. Bu bo‘lajak kasb ta’limi va texnologik ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy tadqiqotchilik ishlari bilan bog‘liq texnik ijodkorlikka rahbarlik qilishga tayyorlash strategiyasi va uni psixologik hamda pedagogik asosda amalga oshirishning zaruriy taktikasini belgilab olishni  taqozo etadi, unga taxminan: 1. Texnik modellashtirish va konstruksiyalash bo‘yicha har xil to‘garak va mashg‘ulotlar;
  1. Umumtexnika va maxsus fanlar bo‘yicha tadqiqot tipidagi referatlar yozish, mustaqil ishlar, laboratoriya ishlari, kurs loyihalari, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlarini bajarishlar kiradi. Yuqorida keltirilgan strategiya va zaruriy taktikalar bilan bog‘liq talabalar tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish samaradorligi ko‘p jihatdan tadqiqot ob’ektlari (natural qurilma, model, maket va hokazo)ga psixologik va pedagogik talablar nuqtai nazardan ilmiy asosda yondoshuvga bog‘liq. Bu yondoshuvga: ilmiylik; didaktik; psixofiziologik; tashkiliypedagogik; texnik; texnologik; dizayn; ekologik; iqtisodiy; ijtimoiy talablar kiradi. Tadqiqot ob’ekti texnika va ishlab chiqarish texnologiyasi elementlariga qancha boy bo‘lsa, uning talabalar tadqiqot bo‘yicha ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari ham shunchalik keng qamrovli bo‘ladi. Ammo shuni yoddan chiqarmaslik lozimki, ko‘rilayotgan tadqiqot ob’ekti (muammoli masala) murakkabligi va sermehnatligi bo‘yicha talabalarning muayyan tayyorgarlik darajasi (nazariy va amaliy bilim, ko‘nikma, malaka, uquvlar qandayligi)ga mos kelishi kerak, ya’ni qo‘yilgan ijodkorlik masalasini yechish uchun talabaning tayyorgarligi talab darajasida bo‘lishi kerakligini inobatga olish lozim. Aks holda tadqiqotchilik faoliyati salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. Shu o‘rinda V.P.Bespalkoning (1.70-71 b.) bilimlar (axborotlar)ni o‘zlashtirish darajasini keltirishga ehtiyoj seziladi, unga ko‘ra: I daraja – voqelikning mazkur sohasidagi ob’ektlar, xossalar va jarayonlarni ular haqida ilgari olingan axborotlarni qayta idrok etish yoki ular bilan ishlashda bilib olish (bilish-tanish); II daraja – ma’lum harakatlarni bajarish uchun o‘zlashtirilgan yo‘naltiruvchi asoslarni mustaqil ravishda takror ishlab yaiqish va ularni qo‘llash yo‘li bilan reproduktiv faoliyat (bilim-nusxalar); III darjada – mahsulli faoliyat, ayrim ko‘p ob’ektlarda namuna bo‘yicha ishlash (bilimlar – uquv va malakalar); IV daraja – faoliyat uchun yangi yo‘naltiruvchi asoslarni mustaqil konstruksiyalash yo‘li bilan har qanday ko‘p ob’ektlarda bajariladigan faoliyat (bilimlar – transformatsiya). Muzkur faoliyatlar natijasida yangi axborotlarga erishiladi. Aytilganlar garchi maktab o‘quvchilarining politexnik tayyorgarligi darajasini ifodalasa-da, umumiy holda har qanday vaziyatda ham ana shu darajalarni konkret sharoitdan kelib chiqib, talabalarning texnik ijodkorlikka tayyorgarligi darajalariga tatbiq etishda foydalanish mumkin.
Ijtimoiy jamiyat taraqqiyotidan ma’lumki, har qanday ilmiy yoki boshqa tadqiqotchilik ishlari ijodkor shaxsning zimmasiga jiddiy muammoli masalalarni yechishni ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Bu masalalarni yechish esa mos holda jiddiy ijodkorlik mehnati va ilmiy tadqiqot ishlarini talab qiladi. Bu talablarni quyidagi uchta turdagi munosabat orqali ifodalash mumkin: 1. Tadqiqot ishlari ko‘lami zamon talabidan ortda qoladi;  2. Tadqiqot ishlari ko‘lami zamon talablari bilan hamnafas (parallel) boradi; 3. Tadqiqot ishlari ko‘lami zamon talabidan ilgarilab (oldinda) qeta di. Bundan ko‘rinadiki, eng muvofiq bog‘liqliq uchinchi ko‘lam bo‘lib, u na faqat ishlab chiqarishning zamonaviy talablarini qondiradi va hatto yangi tarmoq, yo‘nalish va sohalarning vujudga kelishiga ham turtki bo‘lib xizmat qiladi. Yuqoridagi munosabatlarni bevosita talabalar texnik ijodkorligidagi tadqiqot ob’ektlari murakkabligi va talabalarning texnik ijodkorlik masalalarini yechishga tayyorgarligi darajalari orasidagi tafovutiy bog‘liqlikka tatbiq etadigan bo‘lsak, ular o‘rtasida quyidagidek bog‘liqlik hosil bo‘ladi: 1. Tadqiqot ob’ekti murakkabligi (TOM) talabaning tayyorgarlik darajasidan (TTD) past (TOM « TTD); 2. Tadqiqot ob’ekti murakkabligi o‘rtacha, ya’ni talabaning tayyorgarlik imkoniyati darajasida (TOM = TTD); 3. Tadqiqot ob’ekti murakkabligi nisbatan murakkabroq, ya’ni talabaning tayyorgarlik imkoniyati darajasidan sal yuqori (TOM > TTD); 4. Tadqiqot ob’ekti murakkabligi talabaning tayyorgarlik imkoniyati darajasidan ancha yuqori, ya’ni o‘ta murakkab (TOM » TTD). Yuqorida keltirilgan tadqiqot ob’ektlari murakkabligi va talabalarning tayyorgarlik darajasi imkoniyatlarining variativ tarkibi sxemasi, har xil murakkablikdagi texnik ijodkorlik ob’ektlari uchun shartli ravishda bir xil tayyorgarlik darajasiga bog‘lab (qiyoslab) ifodalandi. Aslida esa talabalarning tadqiqot ob’ektida qo‘yilgan ijodkorlik masalalarini yechish qobiliyatlari, ya’ni tayyorgarlik darajalari ham har xil bo‘lishi tabiiy. Shunga ko‘ra talabalar tadqiqotchilik ishlarida berilgan ijodkorlik ob’ekti murakkabligi darajasiga muvofiq talabalarning tayyorgarlik darajalari imkoniyatlarini to‘g‘ri hisobga olish o‘ziga xos muhim tashkiliy-psixologik va pedagogik jarayon hisoblanadi. Buni quyidagicha izohlash mumkin. So‘z yuritilgan bog‘liqlik birinchi sxemasida keltirilganidek, ijodkorlik ob’ekti oddiy –talabaning tayyorgarlik darajasi esa ancha yuqori bo‘lganda (TOM « TTD), bunday oddiy ijodkorlik masalalarini bajarishda a’lo va yuqori darajali tayyorgarlik imkoniyatiga ega talabalar qiziqishsiz. ishlaydilar. Ular uchun bu faoliyat ba’zan ermaktek tuyuladi, natijada tadqiqot ishining psixologik pedagogik, ta’limiy-tarbiyaviy va eng muhimi yaratuvchan (kreativlilik)lik ahamiyati yo‘qoladi.  Yoki bog‘liqlik sxemasidagi to‘rtinchi holatni olaylik, ya’ni tadqiqot ob’ekti talabi talabaning tayyorgarlik darajasidan ancha (o‘ta) yuqori bo‘lganda (TOM » TTD),  bunday o‘ta murakkab ijodkorlik masalasini yechishda tayyorgarlik darajasi past talaba katta muammolarga duch keladi va ishda buzilishlar ro‘y beradi. Kutilgan natijaga erisha olmaydi. Va ishdan ko‘ngli soviydi. Bu holda ham xuddi birinchi sxemadagidek vaziyat vujudga keladi. Bunday chigal vaziyatlardagi talabalar tadqiqot ob’ektlarining murakkabligini talabalarning tayyorgarlik darajasiga qarab muvofiq sxemadagi variantlarni tanlash orqali psixologik va pedagogik asoslarga tayanib baholashni taqozo etadi. Xulosa qilib aytganda tanlanadigan tadqiqot ob’ektlari strategiyasi va taktikasi mavjud sharoit, ta’lim dasturi va kasbiy yo‘nalishi xususiyatlari hamda talabalarning texnik ijodkorlik qobiliyatlarini hisobga olgan holda, kerakli natijalarga erishishga yordam berishini ta’minlovchi psixologik va pedagogik asosga ega bo‘lishi muhim hisoblanadi. Shundagina ilmiy tadqiqotchilik ishlarida texnikaviy ijodkorlik bilan bog‘liq talabalarning ko‘nikma, uquv va qobiliyatlarini rivojlantirishning didaktik talablarini muvaffaqiyatli bajarish jarayoni va uning samaradorligini  oshirish imkoniyati yaratiladi. Bunday faoliyatda talabalarning tadqiqotchilik ishlari natijalari zamonaviy qurilmalar va mashinalar, texnika hamda texnologiyalarni chuqur o‘rganishga, yangiliklar yaratishga keng imkoniyatlar yaratilib, bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy psixologik va pedagogik asosda o‘quvchilarni texnik ijodkorlikka tayyorlashning ahamiyati va imkoniyatlari ham shunchalik orta boradi. Foydalanilgan manbalar:
  1. Bepalko V.P. Osnovы teorii pedagogicheskix sistem. Voronej. 1977, str.70-71.
  2. Shvarsman A.E. Osnovы texnicheskogo tvorchestva. Moskva, 1989.
  3. Tagaev X. Krujkovaya rabota – nachalnыy etap tvorcheskoy deyatelnosti uchaщixsya. Srednee spesialnoe obrazovaniya. Moskva, № 2, 1987.
  4. Tagaev X. Tolipov U.K. Pedagogicheskie osnovы sovershenstvovaniya tvorcheskoy lichnosti. Metodicheskoe posobie. Institut sredstv obucheniya Rossiyskaya akademiya obrazovaniya – 1993.
  5. Tagaev X., Yusupov K.Ya. Aliboev T.Ch. Fan to‘garaklarini tashkil qilish. Nauchnыy jurnal. Internuka. Moskva – 2019 s.64-65.
  6. Tagaev X., Ismoilov T.J. Texnik fikrlashni rivojlantirishda mantiqiy masala yechimini topishning psixologik trening va interfaol usullari. Nauchnoe znanie sovremennosti. Mejdunarodnыy jurnal. Vыpusk № 5, Kazan – 2020 s.26-29.