Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Texnik terminologiyaning ayrim nazariy va amaliy masalalari

Abdullaeva Fotima JDPU  Annotatsiya. Maqolada terminologik tizimni yuzaga keltirishda qator usullar mavjud ekanligini ko‘rsatib bergan. Bu esa ingliz terminshunosligi uchun ham, o‘zbek terminshunosligi uchun ham birdek muhim sanaladi. Ma’lumki, ilmiy-texnik terminologiyaga bag‘ishlangan ishlarning deyarli barchasida u yoki bu sohaning muayyan tushunchalarini anglatadigan, leksik definitsiyaga ega bo‘lgan va, asosan, nominativ funksiyani bajaradigan lisoniy birliklar termin sifatida hisoblanadi deb qaraladi. Hanuzgacha qaysi so‘z turkumlarini termin deb hisoblash borasidagi munozara davom etib kelmoqda. Kalit so‘zlar: leksik, terminshunoslik, texnik, ilmiy-texnik, ilmiy matn, lug‘at.   Texnik terminologiyaning (jumladan, ingliz va o‘zbek tillarining ham) masalalarini ishlab chiqishda rus tili texnik terminologiyasiga bag‘ishlangan maxsus tadqiqotlar muhim rol o‘ynagan. Bu borada taniqli terminshunos, terminologik tadqiqotlar tashabbuskori D.S. Lottening ishlari alohida diqqatga sazovordir. Prof. M.V. Sergievskiy uning ishlari haqida shunday deydi: «D.S. Lottening tadqiqotlari rus tilshunosligi uchun ham, rus tili texnik terminologiyasini tartibga solish uchun ham juda katta ahamiyat kasb etadi». Bu o‘rinda shuni qayd etish kerakki, D.S. Lottening ishlari ingliz va o‘zbek tilshunosligi va terminshunosligi uchun ham xuddi ana shunday ahamiyatga egadir. Chunki, uning asarlarida ilmiy-texnik terminlarni tartibga solish va termin yasash kabi eng dolzarb masalalar o‘z ifodasini topgandir. D.S. Lotte terminologik tizimni yuzaga keltirishda qator usullar mavjud ekanligini ko‘rsatib bergan. Bu esa ingliz terminshunosligi uchun ham, o‘zbek terminshunosligi uchun ham birdek muhim sanaladi. U ilmiy-texnik terminlar yasashning quyidagi usullarini ko‘rsatib o‘tgan:
  1. Texnik o‘xshashlik, tashqi o‘xshashlik yoki o‘zaro bog‘liqlik asosida (ma’noni) ko‘chirish yo‘li bilan mavjud terminlarning yoki umumiy taomildagi (umumiy qo‘llanilishdagi, oborotdagi) so‘zlarning ma’nosini o‘zgartirish, masalan, «ustalost – fatigue charchaganlik», «vыnoslivost – endurance chidamlilik», «jeleznoe derevo – iron tree temir daraxt», «soprotivlenie – resistance qarshilik» kabi.
  2. Turli affiks (suffiks, prefiks)larni qo‘llab mavjud so‘zlardan yasama (hosila) so‘z yasash, masalan, rus tilida «magnit – namagnichivanie – magnitnost», ingliz tilida «magnet – magnetizing – magnetization», o‘zbek tilida «magnit – magnitlash – magnitlilik» kabilar.
  3. Mavjud bo‘lgan mustaqil so‘z va o‘zaklarni (bular ba’zan qisqargan bo‘lishi ham mumkin) bir-biriga qo‘shish yo‘li bilan yangi qo‘shma (ko‘p o‘zakli) so‘z hosil qilish, masalan, «elektorovoz – electric locomotive – elektrovoz», «avtomashina – automobile – avtomashina».
  4. Birikma terminlarni hosil qilish, ya’ni ikki yoki bir nechta mustaqil so‘zlarni mavjud bo‘lgan biror sintaktik shakl vositasida doimiy birikmaga aylantirish, masalan, «dvigatel vnutrennego sgoraniya – internal-combustion engine ichdan o‘t olgich dvigatel», «poluprovodnikovыy pribor – semiconductor instrument (appliance) yarim o‘tkazgichli uskuna» kabilar.
  5. Terminologiyani qayta qurish(yaratish)da hamda yangi termin hosil qilishda, birinchidan, ilmiy aniqlik talablari va, ikkinchidan, qisqalik talablarini bir-biri bilan qanday qilib uyg‘unlashtirish kerak degan masala hamisha ko‘tariladi. Shuning uchun ham, ba’zan xorijiy terminlarni o‘zlashtirish tajribasi(ishi)ga murojaat qilinadi. Bunda ikki xil hodisaga amal qilinadi: 1) yozma va og‘zaki shakldagi xorijiy terminni tayyor holida qabul qilish (ko‘chirish); 2) xorijiy terminni rus tiliga (bizning holatda o‘zbek tiliga) aynan tarjima qilish.
D.S. Lotte tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan termin yasash usullari ingliz va o‘zbek terminshunosligida hamda ilmiy-texnik terminlarni tarjima qilishda o‘zining amaliy tatbiqini topmoqda. Qayd etish kerakki, uning «Ilmiy-texnik terminologiyani barpo etishning asoslari», «Ilmiy-texnik terminlarning qisqa formalari», «Uch elementdan iborat ilmiy-texnik terminlarni yasash va ularning imlosi» nomlari bilan e’lon qilingan asarlari to‘plamlari nafaqat rus tilining, balki boshqa tillar terminologiyasining nazariy masalalarini ishlab chiqish va shu asosda milliy terminologiyani vujudga keltirishda ham qimmatli manba bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Ma’lumki, ilmiy-texnik terminologiyaga bag‘ishlangan ishlarning deyarli barchasida u yoki bu sohaning muayyan tushunchalarini anglatadigan, leksik definitsiyaga ega bo‘lgan va, asosan, nominativ funksiyani bajaradigan lisoniy birliklar termin sifatida hisoblanadi deb qaraladi. Hanuzgacha qaysi so‘z turkumlarini termin deb hisoblash borasidagi munozara davom etib kelmoqda. D.S. Lotte o‘zining ishlaridan birida qanday kategoriyadagi so‘zlarning terminlashishi mumkinligi haqida shunday deb yozadi: «…fan va texnikada quyidagi tushunchalarni anglatuvchi asosiy kategoriyalar terminlashadi: jarayonlar; texnika predmetlari (materiallar, qurollar, asboblar, detallar va h.k.); xossalar; hisobiy tushunchalar (parametrlar, geometrik obrazlar va h.k.); o‘lchov birliklari». Taniqli terminshunos G.O. Vinokur o‘zining asarlaridan birida shunday deb yozadi: «Muayyan ilmiy-texnik tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar terminologik funksiyani bajarishiga qarab, albatta, abstrakt nom (ot) shaklini oladi». U fikrini davom ettirib yana shunday deydi: «…texnik terminologiyada harakatning grammatik kategoriyasi sifatidagi fe’llik mantiqiy sub’ekt ifodalovchisi bo‘la olmaydigan fe’l shaklida emas, balki harakat ma’nosini saqlab qoluvchi, biroq uni asbtrakt predmetlilik ma’nosi bilan biriktira oladigan mavhum ot shaklida bo‘ladi. Masalan, temper – toblamoq – zakalyat, sear – kuydirmoq – objigat, etch – yedirmoq – travit va sh.k.b.lar shubhasiz texnik jarayonlarni bajaradi, lekin mazkur fe’llar emas, balki tempering – toblash – zakalka, searing – kuydirish – objig, etching – yedirish – travlenie kabi mavhum otlargina bu jarayonlarning atamasi (termini) bo‘lib maydonga chiqadi». Mana shunga o‘xshash fikrlar boshqa olimlarning asalarida ham aytib o‘tilgan. Bu fikrlardan shunday xulosa kelib chiqadiki, faqat ot so‘z turkumiga kiradigan leksemalargina terminlashishishi mumkin ekan. Go‘yo masala aniqdek, biroq terminshunos V.P. Danilenko o‘zining bir necha maqolalarida bu qat’iylashib qolgan fikrga qarshi chiqib, boshqa so‘z turkumlariga oid leksemalar ham terminlashishi mumkin deb chiqqan. Bu fikrni V.P. Danilenko quyidagicha asoslashga uringan: birinchidan, ilmiy adabiyotlarda har-xil so‘z turkumlariga oid leksik birliklar qo‘llanadi (tegishli misollar keltiriladi)ki, ular terminologik ma’no kasb etgan; ikkinchidan, tilshunos N.S. Avilova animalizirovat, aromatizirovat, lokalizirovat, vulkanizirovat, garmonizovat kabi fe’l-terminlar, shuningdek, vulgarizovat, generalizovat, gipnotizirovat, dogmatizirovat kabi umumiy abstrakt ma’noli fe’llar terminlashadi deb hisoblaydi; uchinchidan, bir qancha maxsus terminologik lug‘atlarga adekvatnыy, ilovatыy, disparatnыy kabi sifat-terminlar, solfedijirovat kabi fe’l-terminlar, bezvozmezdno, adagio (sekin, ohista), grave (vazmin) kabi ravish-terminlar, ya, nichto, sam kabi olmosh-terminlar kiritilgan. Mana shularga asoslanib, otdan boshqa so‘z turkumlari ham terminlar jumlasiga kiradi deb hisoblaydi. Bizningcha, keltirilgan dalillar V.P. Danilenkoning fikrini tasdiqlab bera olmaydi. Bizning bu fikrga e’tirozimiz quyidagichadir: Ilmiy matnlarda uchragan har qanday so‘z termin bo‘la olmaydi. Ayrim lug‘atlarda vo-pervыx, vo-vtorыx, naprimer, k slovu, trebuetsya dokazat, analiticheskiy kabi yuzlab so‘zlar mavjud. Tabiiyki, bu kabi so‘zlar lug‘atlardan chiqarib tashlanishi lozim, biroq qo‘lyozma mualliflari mazkur so‘zlar fan va texnikaga oid darsliklarda, qo‘llanmalarda har qadamda uchrashini hisobga olgani holda ularni ilmiy-texnik terminlar deb hisoblagan. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, bunday tavsif to‘g‘ri emas, chunki ilmiy-texnik adabiyotlarda u yoki bu leksik birlikning tez-tez qo‘llanilishi so‘zga termin maqomi bermasligini yaxshi bilamiz. Mana shunga o‘xshagan sub’ektiv faktorlar tufayli u yoki bu lug‘atga kirib qolgan ayrim fe’l, sifat, ravish, olmosh so‘z turkumlariga oid va lug‘atlardan olingan uchragan modal so‘zlarni ham termin bo‘la oladi deb hisoblash to‘g‘ri bo‘larmikan?! Adabiyotlar ro‘yxati:
  1. Vinokur O. O nekotorыx yavleniyax slovoobrazovanie v russkoy texnicheskoy terminologii. – Trudы MIFLI, V tom, 1939, – B. 13-14.
  2. Danilenko P. Terminologizatsiya razlichnыx chastey rechi (terminы-glagolы). «Problemы yazыka nauki i texniki», – B. 40-51.
  3. Avilova S. Slova internatsialnogo proisxojdeniya v russkom literaturnom yazыke novogo vremeni. – M.: Nauka, 1967, – B. 160.
  4. Lotte S. Osnova postroeniya nauchno-texnicheskoy terminologii. – M., Izdatelstvo AN SSSR, 1961, – B. 29.
  5. Korshunov I., Samburova G.G. Predislovie. – «D.S. Lotte. Kratkie formы nauchno-texnicheskix terminov». – M., Izdatelstvo: «Nauka», 1971, – B. 9.