Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

 Tasviriy san’at darsi  mashg’ulotlarda natyurmort qo`yilmasini tuzish

JDPI Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi  kafedrasi  o’qituvchisi      Nurnazarov Xudoyberdi +99894-348-48-69                                                                   nurnazarovxudoyberdi@gmail.com Annotatsiya O`quv natyurmort qo`yilmasini tuzishda quyidagi qonun-qoidalarga rioya qilish kerak. Har bir o`quv natyurmortning mazmuni rangtasvir dasturida ko`rsatilganidek aniq maqsad va vazifaga ega bo`lishi kerak. Talabalar natura qo`yilmasini tasvirlash jarayonida aynan qanday nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarni o`zlashtirishlarini tasavvur eta olishimiz kerak. O`quv vazifalardan tashqari, natyurmort estetik talablarga ham javob berishi kerak: buyum va narsalar aynan mavzuga oid bo`lishi, mazmun jihatdan ma’noli va ta’sirchan bo`lishi va ma’lum g`oyani ilgari surishi kerak. Аннотация При создании учебной композиции натюрморта следует соблюдать следующие правила. Содержание каждого учебного натюрморта должно иметь четкую цель и задачу, показанную в программе живописи. Мы должны уметь представить, какие теоретические знания и практические навыки приобретут учащиеся в процессе описания природоведческой игры. Помимо воспитательных задач, натюрморт должен отвечать и эстетическим требованиям: предметы и предметы должны соответствовать теме, осмысленны и выразительны по содержанию, должны продвигать определенную идею. Annotation The following rules should be followed when creating a study still life. The content of each study still life should have a clear purpose and task, as shown in the drawing program. We need to be able to imagine exactly what theoretical knowledge and practical skills students will acquire in the process of describing a natural setting. In addition to learning tasks, still life must meet aesthetic requirements: the object must be relevant to the subject, meaningful and effective in terms of content, and promote a certain idea. Kalit so’zlar: Natryumort, qo’yilma, fon, interer, hajm, ufq chizig’i. Ключевые слова: Натюрморт, обстановка, фон, интерьер, размер, линия горизонта. Keywords: Still life, setting, background, interior, size, horizon line. O`quv natyurmort qo`yilmasini tuzishda quyidagi qonun-qoidalarga rioya qilish kerak. Har bir o`quv natyurmortning mazmuni rangtasvir dasturida ko`rsatilganidek aniq maqsad va vazifaga ega bo`lishi kerak. Talabalar natura qo`yilmasini tasvirlash jarayonida aynan qanday nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarni o`zlashtirishlarini tasavvur eta olishimiz kerak. O`quv vazifalardan tashqari, natyurmort estetik talablarga ham javob berishi kerak: buyum va narsalar aynan mavzuga oid bo`lishi, mazmun jihatdan ma’noli va ta’sirchan bo`lishi va ma’lum g`oyani ilgari surishi kerak. O`quv natyurmorti ijodiy natyurmortdan vazifasi bilan farqianadi: o`quv vazifa muvaffaqiyatli yechim topishi uchun narsalar saralanadi, guruhlashtiriladi va shunday yoritiladiki, qo`yilma natijali yakunlanadi. O`quv natyurmortida biroz bo`lsada shartli olinishiga imkon yaratiladi. Natyurmort kompozitsiyasi ustida odatda narsalardan natura qo`yilmasini tuzmasdan ilgari fikrlar yurgiziladi. O`quv yoki ijodiy vazifalar asosida rassom ongida bo`lajak natura qo`yilmasining xomaki obrazi haqida tasavvur hosil bo`ladi. Masalan, N. Mashkov, «Nonlar» natyurmortini tasvirlash uchun novvoyga non mahsulotlarini tayyorlab berishga buyurtma bergan. Natyurmortni tuzish mobaynida shakli mayda naqshlar bilan bezatilgan, konstruksiyasi murakkab narsalardan yiroqda bo`lgan ma’qul. Murakkab buyumlarga burmali gazlamani kiritish mumkin. Natyurmort qo`yilmasi haddan tashqari murakkab shaklli va rang jihatdan rangbarang bo`lishi qo`yilmadagi rang munosabatlar mohiyatini tushunishga qiyinchilik tug`diradi. Natyurmort qo`yilmasini ufq chizig`iga nisbatan pastda joylashgani ma’qul, chunki buyum va narsalarning ostki qismi (ularning asosi) stol ustida aniq ko`rinib turishi kerak. Agar narsalarning asosi bir chiziq bo`yicha qo`yilsa, stol yuzining gorizontal tekisligi ko`rinmay qoladi, bu esa natyurmortni fazoviy yechimiga salbiy ta’sir ko`rsatadi.   Natyurmort kompozitsiyasini tuzish. Natyurmort tuzish vaqtida narsalarni balandligi, ularning surat tekisligida joylashuvi, rang bilan shaklini ham hisobga olish kerak. Narsalar guruhi bir tomonga yig`ilib qolishi noto`g`ri. Yirik buyumlar qisman bo`lsada boshqa buyum bilan biroz to`silgan bo`lishi mumkin. Qo`yilmadagi narsalar shunday joylashishi kerakki, ularni bir qarashda har birini yaqqol ko`rish mumkin bo`lsin. Natura qo`yilmasidagi narsalarning ranglari ma’lum darajada bir-biriga yaqin va monand bo`lishi kerak. O`quv qo`yilmalardagi fon (zamin) muhim ahamiyatga ega. U turli rang va och to`qligi bo`yicha, barobar kontrast kuchi bilan narsalarni idrok etishga sezilarli ta’sir ko`rsatadi. Narsalarning yarim-soya va soyali tomonlari och fonda sezilarli ko`rinib turadi. Qoramtir fonda narsalar o`zining yorug`lik sifatlarini ko`proq namoyish etadi. Fonning tusi och va to`q narsalar orasida o`rtacha bo`lishi, rang jihatdan silliq va ko`zga yaqqol ko`rinmasligi naturaning muvaffaqiyatli tasvirlanishiga yordam beradi. Masalan, to`q-qizil narsalarda fon neytral qizil tanlanadi, agarda narsalar to`yingan och yashil bo`lsa, fon kam to`yingan to`q yashil bo`lgani ma’qul. Iloji boricha, natyurmortning foni bilan tagligi (stolning gorizontal tekisligi) tabiiy bo`lishi kerak. Xonaning devori, interer kengligi, yog`och uyning tashqi devorlari yoki uzoqdagi manzara kengligi ham fon o`rnida qo`llanilishi mumkin. Nima bo`lganda ham u natura qo`yilmasida hayotiy haqiqatni aks ettira olishi kerak. O`quv natyurmortining kompozitsiyasi turlicha yechimga egadir. Biroq badiiy pedagogika va realistik san’at tabiat bilan bayon etilgan asosiy talablar o`zgarmay qolmoqda: aniqlik, badiiy ifodalilik, o`quv metodik vazifalarning mavjudligi. Ijodiy natyurmort tuzish uchun hayotiy voqealarga tayanish kerak. Bunday holda chiroyli va qiziqarli kompozitsiya tuzishda narsalar guruhini kundalik turmushda qollaniladigan narsa va buyumlardan olish maqsadga muvofiq. Rangtasvirning asosiy vazifasi shundan iboratki, buyum va narsalarning hajmliligi, materiallik va rangdorlik sifatlarini natura qo`yilmasidek aniq tasvirlash hamda qo`yilmani yaxlit tusda yakunlash maqsadga muvofiqdir. Foydalanilgan adabiyotlar
  1. Beda. V. Rangtasvir. M.  1968 yil.
  2. Borsh K. Qalamtasvir. M. 1974 yil.
  3. Vinner A.V. Materiali i texniki jivopisi. M. 1962 yil.
  4. Gusev V.N. Akvarelniye  kraski.      M. 1979 yil.
5.Nabiyev. M. Rangshunoslik va Rangtasvir asoslari                                                    T. 1995 yil.
  1. Xudoyberdiyev, M. (2021). “Manzara rangtasvirini” o ‘qitishda talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning usullari. Журнал музыки и искусства2(2).
  2. Pardayev, B. (2020). Ўқувчиларни касб-ҳунарга йўллаш технологияларини ишлаб чиқиш ва ўқув-тарбия жараёнига татбиқ этиш.Журнал музыки и искусства1(1).
  3. Baymurzayeva, O. (2020). Тасвирий санъат дарсларида амалий машгулотларни табиат ходисалари билан боглщ фанлар буйича интеграциялаш технологияси: тасвирий санъат дарсларида амалий машгулотларни табиат ходисалари билан боглщ фанлар буйича интеграциялаш технологияси. Архив Научных Публикаций JSPI.
  4. Тагаев, Х., & Эшанкулов, Х. М. (2015). Рациональное управление научно-исследовательской работой студентов. in interpersonal mechanisms of knowledge and experience transfer in the process of public relations development(pp. 40-43).