- Karimov I. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T.: “Ma’naviyat” 2008.
- Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi – T.:Sharq NMAK. 1999 y.
- Kenjaeva D.T. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida barkamol shaxsni shakllantirishning nazariy-amaliy asoslari: Ped.fan.nomz… diss. – T.:2007 y.
- Jumaeva N.E. Umumiy o‘rta ta’limni insonparvarlashtirishda o‘qitish tamoyillari va metodlarining o‘zaro aloqadorligi: Ped.fan.nomz… diss.avtoref. – T.:2005 y.
Ta’lim tizimida faol talaba shaxsining intellektual xususiyatlarini rivojlantirishning ahamiyati
Ravshanova Gulnoza Asqar qizi JDPI
Ushbu maqolada bugungi ijtimoiy faol shaxsning intellektual qobiliyati, ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, imkoniyatlari va uning jamiyat taraqqiyotidagi xizmatlarini aniq maqsadga yo‘naltirish xususiyatlari ishlab chiqilgan. Unda, ta’limni demokratlashtirish va insonparvarlashtirish shaxsning ilm olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual rivojlanish, kasbiy, mehnat huquqlarini ruyobga chiqarish asosida ularning fanlarga bo‘lgan qiziqishlari, fiziologik holatlari, xarakterlarini rivojlantirish jihatlari ilmiy pedagogik jihatdan yoritilgan.
Tayanch so‘zlar: mustaqillik, uzluksiz ta’lim, ijtimoiy, faol, shaxs, tarbiya, demokratlashtirish, insonparvarlashtirish, texnologiyalashtirish, aqliy faoliyat, fikrlash, boshlang‘ich sinf, o‘qituvchilar, bilim, bilish faoliyati, aloqa, xabar.
V dannoy state razrabotanы intellektualnыe sposobnosti, duxovno-nravstvennoe vospitanie, vozmojnosti segodnyashney sotsialno-aktivnoy lichnosti i osobennosti napravleniya opredelyonnoy seli yego zaslug v razvitii obщestva. Krome etogo na osnove demokratizatsii i gumanizatsii obrazovaniya, polucheniya znaniy lichnostyu, proyavleniya yeyo tvorcheskix posobnostey, intellektualnogo razvitiya, priznaniya professionalnыx, trudovыx prav s nauchno-pedagogicheskoy tochki zreniya raskrыtы sferы razvitiya fiziologicheskix svoystv, xaraktera.
Klyuchevыe slovo: nezavisimost, neprerыvnoe obrazovanie, sotsialnыy, aktivnыy, lichnost, vospitanie, demokratizatsiya, gumanizatsiya, texnologizatsiya, umestvennaya deyatelnost, mыshlenie, nachalnыe klassы, poznavatelnaya deyatelnost, svyaz, soobщenie.
In this article is worked out about person’s social active intellectual capabilities, spiritual-behavioral training, chances and focusing his services to the main objective in the society developments. There is scientifically also pedagogic described about person’s taking education by democratic and personal principles, demonstration his abilities, intellectual developments and improving characteristic peculiarities in a physic conditions on the basis of professional and work rights of students.
Key words: development, continuous education, social active person, training, democracy, personalizing, technology, mental activities, primary grades, teachers, knowledge awareness, communication, information.
Mustaqil O‘zbekistonda ta’lim tizimini rivojlantirish, uni jahon standartlari darajasiga ko‘tarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Unda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish ijtimoiy maqsad etib belgilangan. Ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirishdan ko‘zlangan faol, mustaqil, mas’uliyatli, aniq hayotiy maqsad hamda mustaqil fikrga ega, shuningdek, mavjud murakkab sharoitda hayot muammolarini hal etishga qodir ijtimoiy faol shaxsini shakllantirishdan iboratdir.
Jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy faol shaxsni rivojlantirish bevosita ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar bilan bog‘liqdir. Albatta bunda mazkur sharoitda yashash va faoliyat ko‘rsatish, qiyin vaziyatlardan chiqib ketishga psixologik va ijtimoiy jihatdan tayyor bo‘lgan ijtimoiy faol shaxsni shakllantirish muhim hisoblanadi. Jamiyatning hozirgi taraqqiyotida insonning ijtimoiy faolligi ma’naviy va moddiy sohalarida katta o‘zgarishlar qilishni taqozo etmoqda. Bunda ijtimoiy faol shaxs faoliyatining ahamiyati ortib borayotganligi bilan belgilanadi. Bugungi ijtimoiy faol shaxs o‘zining intellektual qobiliyati, ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, imkoniyatlari yangi qirralari bilan jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shib kelmoqda. Ayni vaqtda shaxsning ijtimoiy faolligini rivojlantirish va uni yagona ijtimoiy maqsadga yo‘naltirish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Chunki bugungi shaxs o‘z fikrlarini erkin bayon eta olish bilan birga yangi muammolarni aniqlashda va hal etishda faol ishtirok etmoqda. Shunday ekan ijtimoiy faol bo‘lgan shaxs turli guruhlarda muloqatga kirishib turli soha va turli vaziyatlarda ziddiyatlarni mohirlik bilan hal qiladi. O‘zining axloqi, intellekti, madaniy darajasini rivojlantirish yo‘lida mustaqil izlanishlar olib boradi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishda ta’lim jarayonini takomillashtirish, insonparvarlashtirish, ijtimoiylashtirish, differensiatsiyalash, fuqarolik va sog‘lom turmush tarzi asoslarini shakllantirishdan iboratdir.O‘z Vataniga fidokor, istiqlol va demokratiya g‘oyalariga sadoqatli bo‘lgan shaxsni shakllantirish ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda qatnashadigan, ijtimoiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatadigan, o‘z mamlakati taqdiri uchun mas’uliyatlikni rivojlantiradi.
Ijtimoiy faol shaxs jamiyatning a’zosi sifatida u ijtimoiy ahamiyatga ega muayyan vazifalarni bajaradi. Yosh jihatidan ulg‘aygani sari u tomonidan bajarilayotgan ishlar shakli va mazmuni o‘zgarib boradi. U qiziqishlari va qobiliyati darajasida atrofdagilar bilan munosabatga kirishadi. Ushbu jarayonlar o‘z mohiyatiga ko‘ra bevosita shaxsning ijtimoiylashuviga ta’sir ko‘rsatadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalashga yunaltirilgan. Bular: ta’limning milliy, madaniy, tarixiy qadriyatlarga asoslanishi; ta’limni demokratlashtirish va insonparvarlashtirish; ta’limning ijtimoiylashuvi; ta’limni differensiallashtirish; ta’limni texnologiyalashtirish kabi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim mazmuni bo‘lib, ularning markazida o‘qituvchi o‘rin egallagan. Demak, shaxsning ijtimoiylashuvida esa ta’lim tizimi ustuvor hisoblanadi. Albatta bunda pedagogik jarayonning sezilarli ta’siri va rolini inobatga olgan holda ta’limning shaxsga yunaltirish talab etiladi. Demak,ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishda uzluksiz ta’lim tizimi, intellektual va ma’naviy-axloqiy tarbiya muhim o‘rin tutadi. Demak, ularning intellektual salohiyati, yuksak aql-zakovatini rivojlantirishda, ta’lim jarayonida eng yangi texnologiyalarni amalga oshirish uning milliy zaminini mustahkamlashni tashkil etadi. Chunki, bunda birinchidan har bir yoshning ilm olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual rivojlanish, kasbiy, mehnat huquqlari ruyobga chiqadi. Respublika uzluksiz ta’lim tizimida har bir shaxsning har tomonlama shakllanishi uchun zarur pedagogik shart-sharoitlarni yaratish taqozo etiladi. Bu o‘rinda milliy- madaniy, tarixiy an’analar, urf-odatlar, qadriyatlarga asoslangan ta’lim tizimining tashkiliy-pedagogik tamoyillarining ishlab chiqilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchidan ta’limni demokratlashtirish va insonparvarlashtirish ijtimoiy faol shaxsni shakllantirish uchun zarur shart-sharoitni yaratadi. Buning uchun shaxs qobiliyati va iste’dodini rivojlantirish, uni milliy va umuminsoniy ma’naviy boyliklardan bahramand etish, ta’lim-tarbiya berishda tarixiy an’analarga asoslanish, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarda o‘zaro uyg‘unlikni ta’minlash, shuningdek, ta’lim jarayonida uning haq-huquqlarini inobatga olish, qadr-qimmati, sha’nini hurmat qilish kabilar ta’limda insonparvarlik g‘oyalarining ustuvorligiga erishish muhim hisoblanadi. Mazkur jarayonda shaxsning ongli ravishda o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini hisobga ola bilish, intellektual va axloqiy imkoniyatlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishga intilishi muhimdir. Bunda ta’lim jarayonida shaxsning qiziqish va hayotiy ehtiyojlarini, ta’lim tizimida shaxs istaklarini inobatga olish, unga moslashish, yangilanayotgan jamiyatda fuqarolik haq-huquqini anglaydigan, mustaqil fikrlaydigan, ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish muhim hisoblanadi.
Uchinchidan ijtimoiy faol shaxsni shakllantirish uzoq va murakkab jarayon hisoblanadi. Bunda har bir shaxs jamiyatning ma’lum ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar tizimiga, me’yor va qoidalariga rioya qilishga, shu jamiyatda yashash uchun uning teng huquqli a’zosi bo‘lishga intiladi. Jamiyat faoliyatida ijtimoiy qoidalar va axloq-odob me’yorlarini o‘zlashtiradi. Bilim olish jarayonida talaba nafaqat shaxs sifatida rivojlanadi, balki jamiyat hayotiga moslashadi. Shu jihatdan ham hayotga bo‘lgan intilishlari rivojlanadi.
Ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishda talabalarning bilimlari, malakalari, muayyan fanga qiziqishlari, qobiliyatlari, yoshlari, jinslari, fiziologik holatlari, xarakterlari, ular yashayotgan muhit mohiyati kabilar muhim o‘rin tutadi. Bunda talaba-yoshlarning imkoniyat va layoqatlarini hisobga olish, o‘qitishni tashkil etishda ta’limniig turli shakl va metodlarini qo‘llash, individual yoki guruh shaklida mashg‘ulotlarni to‘g‘ri va maqsadga muvofiq tashkil etish, ularda bilim, ko‘nikma va malakalarining dinamik rivojlanishiga yordam berish kabilar ijtimoiy faol shaxsini bosqichma-bosqich shakllanib borishini ta’minlaydi.
To‘rtinchidan ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishning asosiy talablaridan biri sanaladi. Chunki, pedagogik texnologiya uzluksiz ta’lim tizimida ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan nazariy g‘oyalarni amaliyotda qo‘ullashning eng qulay vositasi hisoblanadi. Pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tadbiq etish ta’lim samaradorligini ta’minlabgina qolmay, ijtimoiy faol shaxsga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Pedagogik texnologiyalar shaxsni rivojlantirish qonuniyatlariga asoslangan holda ta’lim jarayoniga tatbiq etishda eng maqbul yo‘llarini izlab topish imkonini yaratadi.
Ta’lim jarayonida ijtimoiy faol shaxsning intellektual salohiyatlarini yuzaga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish muhimdir. Chunki ularning intellektual saloxiyati jamiyat farovonligini ta’minlashning asosi hisoblanadi. Bunda ilm-fan va innovatsion texnologiyalar ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishning poydevori bo‘lib, jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Shu bois talabani ijtimoiy hayotga tayyorlash, yangicha fikrlay oladigan, intellektual qobiliyati rivojlanadi.
Shaxsning ijtimoiy faolligini shakllantirish fan asoslarini o‘rganish va o‘zlashtirish bilan birga aqliy faoliyatning maqsadga muvofiq usullariga ega bo‘lishni ham nazarda tutadi. Aqliy faoliyat nafaqat bilim asoslarini egallash, balki o‘zlashtirilgan bilimlarni qiyoslash, tahlil qilish, sintezlash, abstraktlash, umumlashtirish va ularni turli vaziyatlarda amalda qo‘llay olish tajribasiga ega bo‘lishni ham anglatadi. Shu tarzda faoliyatning samarali usuli umumlashtiriladi hamda turli ko‘rinishdagi faoliyatni xilma-xil usullar yordamida bajara olishning umumiy metodi shakllantiriladi.
Ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishda uning mustaqil fikrlay olish qobiliyatiga ega bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham ta’lim tizimida talabalarni fikrlashga, o‘zlashtirilgan bilimlarni mushohada qilishga o‘rgatish zarurdir.
Fikrlash qobiliyatiga ega ijtimoiy faol shaxs birinchidan, mediya texnologiyalardan foydalangan holda ma’lumotlarni, axborotlarni o‘zlashtirish, ularni o‘zaro qiyoslash va umumlashtirishni, ikkinchidan, o‘zlashtirilgan bilimlarni turli vaziyatlarda faoliyatni tashkil etishda qo‘llay olish tajribasini amalga oshiradi. Bunda talabalarni turli masalalarni mustaqil dastlab oddiy, keyin esa murakkab mashqlarni yechishga o‘rgatish muhim hisoblanadi.. Bunda topshiriqlarni bajarishni rejalashtirish (tahlil qilish, usullarni tanlash va bajarish tartibini belgilash), jarayoniga alohida e’tibor qaratish, tanqidiy fikrlashga o‘rgatish maqsadga muvofiq. Tanqidiy fikrlash g‘oya va axborotlar bilan faoliyatni o‘zaro uyg‘unlashtirishning tabiiy usuli bo‘lib, bu jarayonda ish natijalarini baholash, ya’ni o‘z-o‘zini nazorat qilish muhimdir.
Tanqidiy fikrlash turli g‘oya va fikrlarni muhokama qilish, talabalarning shaxsiy fikrlariga hurmat bildirish, ularga fikrlash uchun sharoit yaratish va ularning intellektual qobiliyatlarini shakllantirishga yordam beruvchi ta’lim sharoitlarini aniqlash imkoniyatini beradi. Savollar va javoblarni tashkil etish ham fikrlash jarayonlarini takomillashtirish va rivojlantirishning muhim vositalaridan biri sanaladi.
Samarali fikrlashdan maqsad talabani mustaqil ravishda yangi bilimlarni kashf etishga, ya’ni – ijod qilish, o‘ylash, tayyorlash, yangilik yaratish, ixtiro qilish va hokazolardan iborat kabi vazifalarni amalga oshirishni talab etadi.
Bugungi kunda talaba shaxsini turli muammolarni noan’anaviy tarzda yechishga tayyorlash, uning ongida o‘zlashtirilgan yoki shakllantirilgan nazariy tushunchalar tizimiga ega bo‘lish oliy pedagogik ta’lim o‘quv faoliyatining asosiga aylandi. Chunki, talabaning o‘quv faoliyatini takomillashtirish, uning intellektual, fikrlash qobiliyatini shakllantirish ijtimoiy faollik rivojlanishining asosiy jarayonlarini tashkil etadi.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijtimoiy faollikni shakllantirishda:
– hayotiy faoliyat, shuningdek, ta’lim muammolarini hal qilish, o‘zlashtirgan bilimlarini mohirlik bilan qo‘llay olish;
– mustaqil va tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish, real borliq va yuzaga keluvchi muammolar mohiyatini anglay olish, ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish yo‘llarini izlab topish;
– ijtimoiy faollikning samarali usullarini topish, yangi g‘oyalarni ilg‘ab olish va ijodiy fikrlash;
– axborot texnologiyalaridan o‘z vaqtida samarali foydalana olish va ularni qo‘llay bilish kabi bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish muhim hisoblanadi.
Ta’lim oluvchilar, shu jumladan, talabalarning ijtimoiy faolligini bilimlarining chuqur va mustahkamligi yoki ular yig‘indisi bilan emas, balki ularning tizimliligi bilan belgilanadi. Talabalarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish uchun aqliy faoliyat xususiyatlarini inobatga olish va usullarini tanlash muhimdir. Aqliy faoliyat ijtimoiy faollikning asosini tashkil etdi. Uni bilish, xotira, yangi g‘oya va ularni ifodalash hamda baholash kabi jarayonlar muhim o‘rin tutadi. Talabalarda ijtimoiy faollikni shakllantirishning muhim omillaridan biri bilish jarayoni hisoblanadi. Oliy pedagogik ta’lim muassasalari amaliyotida talaba shaxsini intellektual rivojlantirish, tarbiyalash asosida uning faolligini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Chunki ijtimoiy faollik ommaviy, guruhli va yakka (individual) tartibda amalga oshirilishi mumkin. Bularning barchasi shaxsning kamolga yetishida katta ahamiyat kasb etadi. Lekin, shaxsda ijtimoiy faollikni shakllantirish hozirgi davrda yangicha munosabat, yangicha yondashuvni talab etmoqda. Ijtimoiy faollikni shakllantirish – XXI asrning jamiyat taraqqiyotida barcha davlatlar siyosatining ma’naviy omili bo‘lib qolmoqda. Demak, oliy pedagogik ta’lim talabalarining ijtimoiy faolligini rivojlantirish yetarli darajada yo‘lga qo‘yilgan emas. Ijtimoiy faollikni rivojlantirishning muhim sharti – talabalarning bilishga yo‘naltirilgan faoliyatlarining ijodiy xususiyat kasb etishiga erishish, mazkur jarayonni faollashtirish muhim sanaladi. Bunda talabaga tayyor bilimlarni yetkazish emas, balki:
– o‘qituvchilarni talabalar bilan o‘zaro hamkorlikka yo‘naltirish;
– ta’lim jarayonida talabalarni o‘qituvchilarning buyruqlarini bajartirishdan cheklab, ularning faoliyatlarini faollashtirishga tayyorlashdir.
Demak, bilim olishdagi ijtimoiy faollik talabalarda ijodiy qobiliyatni rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Chunki, bilim olishdagi faollik – shaxsning bilim olishiga bo‘lgan intilishi, aqliy bilishga diqqatini kuchaytirishi va iroda kuchini namoyon etishga doir shaxs faoliyatini rivojlantirishning asosini tashkil etadi. Talabalarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishda bilim olish, idrok, diqqat, xotira, tafakkurini intensivlashtirish, ma’naviy-axloqiy me’yorlarni bilish va ularga amal qilish (yaxshilik va yomonlik, hamdardlik va ko‘rolmaslik, jasurlik va qo‘rqoqlik)ning farqiga yetish, o‘zining shaxsiy xususiyatlari hamda hayotiy muammolarning mohiyatini tushunish, shaxsiy imkoniyat va layoqatlarini namoyon eta olish, o‘z ustida ishlash, shaxsiy kamchiliklarini tushunib, ularning oldini olish qobiliyatiga ega bo‘lish, o‘z qadr-qimmatini aniqlash va o‘zini hurmat qilish, bilish faolligini oshirish, tasavvurlarini boyitish, bilimlarini, tajriba va qiziqishlarini kengaytirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi..
Talabalarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishda har bir mashg‘ulotda ularning faolligini uyg‘otish, o‘z faoliyatidan qanoat hosil qilish, o‘z salohiyati va qobiliyati darajasini bilish, individual ishlash dasturlarini tuzish, muloqotga kirisha olish, o‘z axloqi, ilmiy salohiyati, madaniy darajasi, mustaqil shug‘ullana olish, atrof-olamni o‘rab turgan narsalar va voqea-hodisalarning o‘zaro aloqadorlik qonuniyatlariga ijodiy munosabatda bo‘lish, bilim olishga rag‘bat, axloqiy talablarga rioya etish, mustaqil izlanish, ijodiy topshiriqlarni yechish, olingan natijalarni umumlashtirish kabilar ular shaxsini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.
Talaba ijtimoiy faolligini rivojlantirishning asosiy vazifalaridan biri tilni bilish hisoblanadi. Chunki, aloqa, xabar, bilish, faoliyatni rejalashtirish va muloqotni tashkil etish, hissiy-estetik va ma’naviy-axloqiy ta’sir etish, tarbiyalash asosan til orqali amalga oshiriladi va inson ehtiyojlarini qondiradi. Inson shaxsi mantiqqa fikr va hissiyot birligiga asosan o‘z faolligini rivojlantiradi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy faollik insonni insonga aylantiradi. Ya’ni talaba shaxsining ijtimoiy faolligini rivojlantirish davr talabi bulib, uni kamolga yetkazishning muhim asosi sanaladi. Yuqori darajada ijtimoiy faolikka ega bo‘lgan shaxs har qanday vaziyatlarda o‘zini boshqara oladi, hayotiy muammolarni hal etishda o‘zining bilim, ko‘nikma va malakalarini faol qo‘llay oladi, voqea-hodisalarga tanqidiy munosabatda bo‘lib, mavjud muammolarni tahlil etish, vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlab topa oladi. Yangi g‘oyalarni, ijodiy fikrlarni boshqalarga tushuntira oladi, axborotlarni savodxonlik bilan o‘zlashtira oladi.
Bugungi kunda ijtimoiy faol shaxsning dunyoqarashi, uning jamiyatda tutgan o‘rni, shaxs va shaxslararo munosabatlarning qaror topishi, shaxs va davlat, shaxs va jamiyat munosabatlari, uning burch va mas’uliyati, ijodiy qobiliyati va intellektual salohiyatini tarkib toptirish muhim sanaladi.
Buning uchun bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ta’lim jarayonida egallagan bilimlarini davlat va jamiyat taraqqiyoti, shaxs, fan, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy sohalarga tatbiq etish, Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv fanlari bo‘yicha egallangan bilim, ko‘nikma, malakalarini nazorat qilish mexanizmini yaratish, ta’lim jarayonini tashkil etishda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, uning mazmunini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish, ta’lim jarayonini ijtimoiylashtirish va differensiyalash kabi ijtimoiy faolikka oid jarayonlarni chuqur o‘zlashtirishlari muhim hisoblanadi.
Ijtimoiy faollik shaxsning o‘ziga xosligini belgilab beradi. Shu jihatdan ham ijtimoiy faolikka har bir kishining ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyatlari bilan boshqalardan farq qiluvchi muayyan jamiyat a’zosi bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladi. Chunki uning sifat va qobiliyatlar, hayot, faoliyat usuli bilan farqlanadigan odam, inson sifatida ijtimoiy faolligi bilan ajralib turadi.
Shaxs rivojlanishining ijtimoiy faolligini asosiy omillaridan biri tarbiya jarayoni hisoblanadi. Bunda tarbiya aniq maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, birinchi navbatda, zaruriy bilimlar majmui, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, uni hayotga va mehnatga, xulq-atvor me’yorlari va qadriyatlariga rioya qilishga, kishilar bilan muomala qilishga, ijtimoiy munosabatlarga tayyorlashni nazarda tutadi. Mazkur holatlarning barchasi, tabiiy ravishda shaxsning ijtimoiy faolligini shakllantirishning asosi hisoblanadi. Ijtimoiy faollik insonga bo‘lgan ta’siri bilan baholanadi. Bunda tarbiya bilan bir qatorda muhit, irsiyat inson shaxsining rivojlanishi va shakllanishiga kuchli ta’sir etadi.
Ijtimoiy faolikka ega bo‘lgan inson doimo turli guruhlar bilan o‘zaro harakatda bo‘lib, jamiyat hayotida ishtirok etadi. Ular bilan turlicha munosabatda bo‘ladi. Bunday jarayonlar shaxsning ijtimoiy faolligi, aqliy darajasi, qobiliyati, qiziqishlarini rivojlantiradi. Shaxsni ijtimoiylashtirish bilan bir qatorda uning o‘ziga xosligini shakllantiradi. Tarbiya asosida shaxsning his-tuyg‘ulari, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari, ishbilarmonligi, vijdoni, insofi, oliy himmatligi kabi axloqiy fazilatlar shakllanadi.
Tarbiya natijasida ongli ravishda bilim olishga intiladi. Unda o‘ziga xos ko‘nikma, malaka va mahoratlvr kamol topadi. Mehnatga, kasb-hunar egallashga ijodkor mutaxassis sifatida yondashadi. Fuqarolik mas’uliyati tarkib topib, unda zararli odatlarning ta’sir etishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi muammolarni bartaraf etadi.Ijtimoiy faollik shaxsda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, shaxsni har tomonlama rivojlantirish mehnat tarbiyasi, fuqarolik, vatanparvarlik, axloq masalalari o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi vosita sifatida amalga oshadi. Ularniig dunyoqarashlari, o‘z nuqtai nazarlarini ifodalash huquqlarini hurmat qilish, o‘z shaxsini yuqori baholay olish, shaxsiy qobiliyat, bilim va ko‘nikmalarini to‘la namoyon etish kabilar qaror topadi. Natijada o‘z-o‘zini anglash, o‘z shaxsini hurmat qilish insonni jamiyatga hurmat munosabatini rivojlantiradi.
Ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishda talaba bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish, ta’lim jarayonida ular faoliyatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri t ashkil etish va har biriga individual yondashish, pedagogik nazokatni shakllantirish o‘qituvchilik faoliyatida muhim hisoblanadi. Albatta ushbu xususiyatlar talabalarni aqliy, ma’naviy-axloqiy, hissiy-estetik, jismoniy jihatdan rivojlantirish bilan birga ularning ijodiy imkoniyatlarini, insonparvarlik munosabatlarini shakllantiradi.
Ijtimoiy faol shaxs hayot, mehnat, ijtimoiy ijodkorlik, o‘z-o‘zini boshqarish, demokratik tamoyillarni anglash bilan birga Vatan va xalq oldida o‘z mas’uliyatini va burchini his etish asosida xizmat qiladi.
Ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishda samarali tashkiliy-pedagogik shakl, metod va vositalarini qo‘llashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanish, tarbiya jarayonida innovatsion metodlarni qo‘llash samarali natijalar beradi. Innovatsion metodlar ijtimoiy faol shaxsda voqelarni oldindan ko‘ra bilish, o‘zini real voqeylikda anglash, kelgusi hayot yo‘lini to‘g‘ri belgilash, axloq, e’tiqod, ishonch va axloqiy qadriyatlar mohiyatini to‘g‘ri anglash, turli ijtimoiy vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Adabiyotlar