Ma’murova Malohat Mansur qizi
Jizzax davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va musiqa yo’nalishlarida masofaviy ta’lim kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsya. Maqolada ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion ta’limning mazmun-mohiyati,ta’lim jarayonida o’zlashtirishning muvaffaqiyati, o’quv faoliyatining besh elementi, innovatsion ta’limning psixolgik xususiyatlari kabi masalalar yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: ta’lim samaradrligi, innovatsion ta’lim, mexanizm, psixologik xususiyat, o’zlashtirish, o’qtuvchi, o’quvchi.
Mustaqillik sharoitida ta’limning samaradorligini oshirish shuning uchun ham muhimki,barkamol avlod ta’lim – tarbiyasining muhim tarkibiy qismlaridan biri – har qanday jamiyatningzamonaviy taraqqiyot darajasi hamda uning kelajagini belgilovchi o’z ichki imkoniyatlari, ijodiytashabbuskorlik salohiyati bilan o’zligini namoyon qila oladigan, jamiyat tomonidan qabul qilinishi va tan olinishida o’z- o’zini isbotlay olgan, o’z taqdirining haqiqiy yaratuvchisi bo’lgan,izlanuvchanlik hamda yaratuvchanlik qobiliyatiga ega insonlarni kamol toptirishdir. Ana shudolzarb vazifani amalga oshirish esa mamlakatimiz ta’lim tizimida faoliyat olib borayotganamaliyotchi psixologlar oldiga dolzarb vazifalarni qo’yadi.
Innovatsion ta’lim odatdagi o’quv jarayoniga yangi, foydali elementlarni olib kirishhisoblanadi. Bunday o’zgartirishlar ta’lim tizimining:
– maqsadiga, mazmuniga, metod, texnologiyasiga, tashkil etish shakli va boshqaruv tizimiga;
– pedagogik faoliyatdagi o’ziga xoslik va o’quv-bilish jarayonini tashkil etishga;
– ta’lim darajalarini nazorat qilish va baholash tizimiga;
– o’quv-metodik ta’minotiga;
– tarbiyaviy ishlar tizimiga;
– o’quv reja va o’quv dasturlariga;
– o’quvchi va o’qituvchi faoliyatiga bog‘liq.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalarniqo’llashning psixologik mexanizmlari bugungi kundagi dolzarbligi ortib boradi. Aksariyat hollardapedagoglar innovatsion texnologiyalarni amalda qo’llashda uning psixologik jihatlariga e’tibor qaratilmasligi natijasida texnologiyalar kutilgan samaralarni bermay kelmoqda
Innovatsion texnologiyalarga bir tomonlama yondoshuv bu texnologiyalarni samaradorligiga salbiy ta’siro’tkazmoqda.
Innovatsion texnologiyalarni qo’llashda uning quyidagi psixologik tomonlarini e’tiborga olishlozim:
- Ta’lim jarayonida o’zlashtirishning muvaffaqiyati quyidagilarga bog‘liq:
– ta’lim mazmuniga;
– o’quv rejalari, dasturlari, darsliklar va o’quv qo’llanmalarning mavjudligiga;
– ta’lim metodikalarining takomillashganiga;
– o’qituvchi mahoratiga;
– o’quvchining individual psixologik xususiyatlariga.
- O’quv faoliyatining besh elementi:
-o’quv motivlari;
– o’quv topshiriqlari;
– o’quv harakatlari;
– o’qituvchining nazorati;
– o’qituvchining baholashi
D.B. Elkonin esa o’quv faoliyatining xususiyatlarini ko’rsatib, uni mohiyatiga, mazmunigava o’zini namoyon bo’lish shakliga ko’ra ijtimoiyligini ta’kidlaydi. D.B.Elkonin ta’kidlashicha,o’quv faoliyatining shakllantirilishi bu faoliyat ayrim kishilar tomonidan bajarilishi astasekinlik bilan o’quvchining o’ziga o’qituvchining ishtirokisiz mustaqil bajarish uchuno’tkazilishidir. Innovatsion ta’limning psixolik mexanizmlari muammosi ko’pgina masalalarni qamraboladi. Innovatsion ta’limning muvaffaqiyati o’qituvchi tomonidan o’quvchining quyidagixususiyatlarga e’tibor qaratilishi bilan ortib boradi:
-o’quvchining diqqatini ixtiyorsiz ravishda berilayotgan yangi materialga jalb etish;
– berilayotgan materialga nisbatan emotsional ruh berilishi, o’quvchida ijobiy histuyg‘ularni hosilbo’lishiga erishish;
– berilayotgan yangi o’quv materialiga nisbatan bilvosita qiziqishlarni ortirish natijasida ushbujarayonga faol munosabatni shakllantirish orqali;
– berilayotgan materialni o’zlashtirish jarayonida o’quvchi diqqatining barqaror bo’lishiuchun uning irodaviy xususiyatlariga;
– berilayotgan materialni o’quvchilar idrok qilishida ushbu idrok qilinayotgan materialyaxlit tarzda namoyon bo’lishiga;
– berilayotgan materialga ongli munosabatni shakllantirish asosida o’quvchida munosabatmotivlarini paydo bo’lishiga erishish;
– o’quvchida idrok qilingan material asosida, bevosita tafakkurida abstrakt tushunchalarnishakllantirishga;
– berilayotgan materialga nisbatan mustaqil yondashuv asosida o’quvchida mustaqil fikrlashxususiyatlarnin shakllantirishga.
Innovatsion texnologiyalarning psixologik mexanizmlarini o’rganish, amalda qo’llashjaryonida o’qituvchi va talabaning o’zaro hamkorligi, o’quvchining individual xususiyatlariniinobatga olish zarur bo’lib, o’qituvchi o’z fanining ilg‘or targ‘ibotchisi, fidoyisi bo’lishi, uningasoslarini chuqur egallashi, ilmiy salohiyatga, barkamollikka ega bo’lishi kerak.
ADABIYOTLAR RO’YXATI:
- Innovatsion ta’lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M.,To’raev A.B. – T.: “Sano standart” nashriѐti, 2015. – 81-b.
- Ishmuhamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar ѐrdamida ta’lim samaradorligini oshirishyo’llari– T.: TDPU, 2004.
- Yo’ldoshev J.G‘., Usmonov S. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. – T.: O’qituvchi, 2004
- “Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishning zamonaviy shakllari pedagogik muammo sifatida” Международный современный научно-практический журнал Новости образования: Исследование в XXI веке № 8 (100) март 2023 г. 77-81-betlat