TALABALARGA TABIAT MANZARASINI CHIZISHNI O’RGATISHDA KOMPOZITSIYA MASALALARI
ВОПРОСЫ КОМПОЗИЦИИ ПРИ ОБУЧЕНИИ СТУДЕНТОВ РИСОВАННЫМ ПРИРОДНЫМ ПЕЙЗАЖАМ
COMPOSITION ISSUES IN TEACHING STUDENTS TO DRAW NATURE LANDSCAPES
Xudoynazarova O’g’iloy Sharifovna
A.Qodiriy nomidagi JDPI, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi o’qituvchisi, Jizzax, O’zbekiston e-mail: xudoynazarova@gmail.com
Annotatsiya: Мақолада talabalarga tabiat manzarasini chizishni o’rgatishda kompozitsiya masalalari va kompozitsion yechim, manzara chizishda kompozitsiya qoidalarining ahamiyati, “oltin kesim” qonuni hamda umumiy tasviriy san’atga oid qonun-qoidalar haqida tushunchalar berilgan. Manzara чизиш техникаси ҳақида амалий маслаҳатлар берилган.
Kalit so’zlar:Manzara, maishiy, kompozitsiya, perspektiva, chiziqlar, oltin kesim, natyurmort, uyg’onish davri, muvozanat.
Аннотация: В статье дается понимание композиционных вопросов и композиционных решений при обучении школьников рисованию природного пейзажа, значения композиционных правил в пейзажном рисунке, закона «золотого сечения» и общих правил изобразительного искусства. Даны практические советы по технике рисования пейзажа.
Ключевые слова: пейзаж, быт, композиция, перспектива, линии, золотое сечение, натюрморт, ренессанс, равновесие.
Annotation: The article provides an understanding of compositional issues and compositional solutions in teaching students to draw a natural landscape, the importance of the rules of composition in landscape drawing, the law of the «golden ratio» and general rules of fine art. Practical tips on landscape drawing techniques are given.
Key words: landscape, household, composition, perspective, lines, golden section, still life, Renaissance, balance.
Manzara – janrdagi asarlarda borliq, tabiatdagi ko’rinishlar xaqqoniy aks ettiriladi. Manzarada faqatgina narsa va voqyealar emas, balki musavvirning ichki kechinmalari xam ifodalanadi. Rangtasvir san’ati jozibali va qiziqarliligi bilan nafaqat o’zlashtirishda, hatto uni idrok qila bilishda ham muayan tayyorgarlikni talab qiladi. Manzara janridagi asarlar inson uchun ma’naviy oziqa beradi, uni ruhlantiradi, shodlik va quvonch bag’ishlaydi. Manzara asarida inson shaxsi, aql-zakovati, ichki tuyg’ularini tasvir orqali qo’shiq qilib kuylaydi va tabait obrazini yaratadi.
Manzara – tasviriy san’atning qadimiy janrlaridan bo’lib, tarixiy, maishiy asarlarda ham vosita-fon sifatida muhim rol o’ynaydi. Manzara san’ati tashqi dunyoning go’zalligini aks etirish bilan insonga ijobiy ta’sir etuvchi kuchga ega. Shuning uchun rassom tabiat olamining eng nozik, tipik holatlarini, rang garmoniyalarini anglab, tabaitga nisbatan bo’lgan estetik munosabatini bildiradi. Ayrim musavvirlar vodiylarni, tog’u-toshlarni tasvirlashga ishqiboz bo’lsalar, boshqalari dengiz manzarasini tasvirlashda moxirdirlar. Tasviriy san’atda tabiatni tasvirlash manzara janri deyiladi. Manzarachi musavvirlar o’z asarlarida ifodalagan obrazlar orqali tabiatni sevishga, e’zozlashga va bu go’zalliklardan zavqlanishga chorlaydilar. Manzara ustida ishlash, avvalo, rassom ko’ngliga yoqib qolgan va uning ruhi, kayfiyati, maqsadiga mos tushadigan ko’rinish, lavha, holatlarni tanlashdan boshlanadi. Bu jarayonda rassomning o’z oldiga qo’yilgan maqsadini aniqlab olish va shunga binoan etyudlar ishlab, bular orasida yaratilajak manzara – kartina ustida ijod qilish birinchi o’ringa chiqadi. Manzarachi rassomning shakllanishida ham o’ziga xos sirlar bor. Buning uchun tabiatni sevish , uni ko’zata bilish ayniqsa , rang – lavhalar ustida ishlay bilish talab qilinadi. Chunki tabiatning har bir kichik bo’lgida butun bir olamga xos mazmun yotadi.
Endi kompozitsiya haqida gapiradigan bo’lsak, kompozitsiya (lotinchadan olingan composition-tuzish, joylashtirish) ma’nolarida qo’llaniladi. Kompozitsiya bo’laklarining bir- biriga va asosiy ko’rinishga nisbatan birligi va yaxlitligini tashkil etadigan tasviriy san’atning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Chizishni o’rganiyotganda tasvirni iloji boricha qog’oz sathiga to’ldirib ishlash kerak deyiladi.Lekin buni qonun qilib olish ham noto’g’ri bo’ladi, chunki kompozitsiyada variantlar cheksiz bo’lishi mumkin. Agar oddiy A4 formatdagi albomga nimadir chizishni boshladik-mi, shuning o’zi A4 o’lchamdagi formatga nisbatan kompozitsiya tuzish hisoblanadi. Manzara chizishda albatta kompozitsiya qonun-qoidalariga amal qilishimiz lozim. Shuni nazarda tutish kerakki nafaqat kompozitsiya markazi, balki tasvirning ko’rinishini diqqat e’tibordan chetda qolishi kerak emas. Manzara chizishni o’rganayotgan talabalar kompozitsiya masalalarida bir qancha bir xil xatolarga , muammolarga uchraydilar. Talabalarni plener amaliyotiga olib chiqib tabiat manzarasini chizdirayotganimizda ular kompozitsion muvozanatni, kompozitsion markazni to’g’ri topa ololmasligi hamda umumiylik va bir-biriga bo’ysunishlilikka amal qilishda qiyinchilikka uchrayotganligining guvohi bo’lamiz.
Ma’lumki har bir tasviriy san’at asarida –naryurmortda yoki murakkab kompozitsiyada ham doimo asosiy –markaziy buyum bo’lishi shart. Muayyan mavzu mazmunini belgilovchi asosiy narsalar kompozitsiyaning markazi hisoblanadi. Chiziqlar , perspektiva , rang tus, yorug’lik kabi shunga o’xshash elementlar mujassamlashtirilgan tasvirlar sizning fikr va his tuyg’ularingizni tomoshabinga yetkazadigan kompozitsiyaga kiradi. Shuning uchun talaba tabiat manzarasini chizishdan oldin auditoriyada natyurmort kompozitsiyasini qonun-qoidalari asosida chizib o’rgangan bo’lishlari kerak. Uyg’onish davridayoq har bir asarda bizning diqqat e’tiborimizni jalb qiladigan ma’lum bir nuqta, fazoviy tekislikda jismlarning o’zaro uyg’unlikda joylashish , kompozitsiya asoslari, “oltin kesim” va boshqa tushunchalar Leonardo da Vinchi kabi rassomlar tomonidan asoslangan.
Demak, manzara chizishda kompozitsion yechimga, kompozitsion markazini topishga, “oltin kesim” qoidasiga amal qilgan holda ishni bajarishga harakat qilsa, o’zi istagan natijaga erisha oladi.
Adabiyotlar
1. Tojiyev B. T, Sultonov Hayitboy Eraliyevich “Qalamtasvir” (manzara ishlash) o’quv qo’llanma Toshkent. 2014y – 22b
2. D.A.Nazilov, I,V, Dmitriyeva, N.X..Xajibayeva “Kompozitsiya asoslari” darslik Toshkent:. 2009-9b
3. R. Rajabov, H.Sultonov, “Tasviriy san’at fanini o’qitish metodikasi” (o’quv qo’llanma)Toshkent -2008