Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

TALABA QIZLARNI OILA MUSTAXKAMLIGIGA ERISHISHGA TAYYORLASH

UktamovaUmidaSunatullayevna JizzaxDavlatPedagogikainstituti, Annotatsiya:MaqoladaTalaba qizlarni oila mustaxkamligiga erishish jarayonida oilaviy zo’ravonlik va uning kelib chiqish sabablari, zo’ravonlik oqibatlari, oilaviy zo’ravonlikni oldini olish masalalari yoritib berilgan. Kalit so’zlar: Oilaviy zo’ravonlik, jismoniy, ruhiy, jinsiy, moliyaviy zo’ravonlik ko’rsatish, haqoratlash, kamsitish, adolatsizlik, tajovuzkor, ishonchsizlik, joniga qasd qilish hulqi, o’z – o’zini vayron qilish,  ayibdorlik hissi, norozilik. Bugungi kunda mamlakatimizda xotin – qizlarga bo’lgan hurmat – e’tibor juda yuqori darajada bo’lib, ularga yetarli shart–sharoitlar yaratib berilmoqda. Jumladan, muhtaram yurtboshimiz Sh.Mirzieyov tomonidan xotin – qizlarga bo’lgan e’tibor, chiqarilayotgan qaror va farmonlarda ko’rishimiz mumkin. Masalan, 2019 – yilning 2 – sentyabr kuni “Xotin qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida” gi qarori va “Xotin- qizlarni zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi. Xotin – qizlarga yaratilayotgan shart – sharoitlar, ularning oiladagi va jamiyatdagi rolini, mavqiyini yanada oshirishga yo’naltirilgan ko’plab islohatlar amalga oshirilmoqda. Bundaxotin – qizlarni bilimli va savodli qilish, ish o’rinlarini yaratib berish, kasb-hunarga yo’naltirish muhim ishlar hisoblanadi. Xususan, joriy yilda Prezidentimiz Oliy Majlisga murojaatnomasida qizlarni o’qimishli va savodli qilishga alohida to’xtalib o’tdi hamda talaba qizlarga alohida grant o’rinlari tashkil qilishni aytib o’tdi. Sharq mamlakatlarida maishiy yoki  “uy zo’ravonligi”ga ko’pincha bir oila muammosi sifatida qarash odatiy tusga kirgan. Odamlar bunday muammolarni uydan tashqariga olib chiqmaslikka harakat qilishadi. Aksariyat holatlarda zo’ravonlik qurboni sharmandalik va turli gap-so’zlardan qo’rqib, jim yurishga majbur bo’ladi. Bunday vaziyatda qolgan ayollarning indamasligiga bir necha sabab bo’ladi. Kimlardir moliyaviy yordamsiz qolishdan qo’rqsa, boshqalari farzandlari va o’z hayoti uchun xavfsiraydilar. Zo’ravonlik qurboni bo’lgan ayol har tomonlama qiyin holatda qoladi. Ayniqsa, hatto eng yaqin insonlari ham bu muammoni hal qilishdan o’zini olib qochganda. Oxir – oqibat bu doimiy qo’rquv, depressiya, o’z joniga qasd qilish kabilar bilan tugaydi. Shuning uchun biz talaba qizlarni oilaga tayyorlashda qo’yidagi masalalarga e’tibor qaratamiz. Birinchidan, talaba qizlarga oilaning muqaddasligini tushuntirib, oilaning vazifalarini nimalardan iborat ekanligi tushuntiriladi. Ikkinchidan, o’zbek oilasidagi milliy qadriyatlar kelinlarga zo’ravonlik qilish va tazyiq o’tkazmaslikka asos bo’lishi tushuntirildi. Uchinchidan, talaba qizlarga kelin bo’lib tushgan xonadondagi qadriyatlarga amalqilish , oilaga tezda ko’nikib ketishiga yordam berishiaytildi. Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda, oilada uchrab turadigan zo’ravonliklar va tazyiqning oldini olishga qaratilgan jamiki sa’yi – harakatlar qonunlar doirasida amalga oshirilishi maqsadga muoffiqdir. Dinimizda ayol ona, opa, singil, qiz sifatida ulug’lanadi. Ayolni ulug’lovchi hadislar va oyatlar ko’p. Ayolga nisbatan qanday muomalada bo’lish xususida Payg’ambar alayhissalom shunday deganlar: “Sizlarning eng yaxshing izo’zoilasiga yaxshi muomalada bo’lganganingizdir. Men esa sizlarning orangizdagi o’z oilasiga eng yaxshi muomala qilguvchi kishiman”.[1] Alloh taolo Qur’boni Karimda: “Kim-uhoh erkak bo’lsin, hoh ayol – mo’minlik bo’lsin, hoh ayol mo’minlik holida savobli ishlar qilsa, aynan ular jannatga kirurlar va ularga xurmo danagining ipicha ham zulm qilinmagay”(Niso surasi, 124-oyat) damarhamat qilinadi. Bunday hikmatlarning mazmun – mohiyatini yoshlarning ongi va qalbiga singdirish kerak. Mamlakatimizda 2019 yilning 2 sentyabr kuni “Xotin– qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan  himoya qilish to’g’risida ”gi qonun qabul qilindi. Ushbu hujjatda tazyiq va zo’ravonlik atamalari, shuningdek, ularning jinsiy, jismoniy, iqtisodiy, ruhiy shakllari keltirilgan. Ayollar bir qator vakolatli organlar, Ichki ishlar organlari, mehnat organlari, ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari hamda ta’lim muassasalalari, sog’liqni saqlash tizimi va sog’liqni saqlash muassasalari, O’zbekiston Xotin – qizlar qo’mitasi tomonidan turli shaklda himoya qilinadi. Biroq, biz talaba qizlar bilan ishlash jarayonlarida ularning kelinlik faoliyatida zo’ravonlik va tazyiqqa o’rin qolmasligi uchun ularda zo’rovonlik va tazyiqqa nisbatan ma’naviy immunitetini kuchaytirish. Bizda oilali talaba qizlarni himoya qilishning qonuniy bazani yanada takomillashtirish lozim. Buning uchun  “Oilada talaba qizlarga nisbatan ishlatiladigan zo’ravonlikka qarshi kurashish to’g’risida” alohida qonun qabul qilinishi, oilada talaba qizlarga nisbatan zo’ravonlik tushunchasiga ta’rif berilishi va bunday zo’ravonlikdan jabr ko’rganlarni himoya qilishning zarur huquqiy asoslari belgilanishi kerak. Bu borada adabiyotlarda quyidagi fikrlar ham o’z aksini topmoqda. “Jinoyat kodekslariga yangi qonun asosida oiladagi zo’ravonlikka oid tegishli yangi moddalar kiritilishi kerak. Birinchidan, Jinoyat protsessual kodeksiga protsessual himoya tizimlari, ya’ni zo’ravonni ayoldan chetlashtiruvchi, uni himoya qiluvchi choralar kiritilishi kerak. Ikkinchidan, oilada zo’ravonlikdan jabr ko’rganlar uchun maxsus vaqtinchalik boshpana maskanlari (jabrdiydalar va ularning bolalari sud qarori chiqqunga qadar yashab turishlari uchun) tashkil etilishi kerak. Uchinchidan, oila zo’ravonligi qurbonlari murojaat qilishi mumkin bo’lgan maxsus ishonch telefonlari yoki bo’limlari tashkil etilishi kerak. To’rtinchidan, jamoatchilik orasida keng tushuntirish ishlarini olib borib, oiladagi zo’ravonlik bo’yicha mavjud noto’g’ri tushunchalarni o’zgartirish kerak”.[3] Konstitutsiyamizning 63-moddasida ”Oila jamiyatning asosiy bo`g`inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo`lish huquqiga ega”, degan qoida mustahkamlab qo`yilgan.[4] Shunday bo`lsada ko`pgina oilalarda turli masalalarda muammolar bo`lib turadi.Bular: – oilaviy muammolar azaldan olimlar tomonidan o`rganib kelingan muammolardan biri. Oilaviy muammolar yechimi ustida ko`pgina pedagoglar, psixologlar bosh qotirganlar. Buning isboti tarzida ular yaratgan metodikalarni, testlarni misol qilib keltirish mumkin. Ushbu metodikalar asosida oiladagi nizolar muammolar o`rganiladi, tashxislanadi va shu asosda o`rganilgan muammolarni bartaraf etish choralari ko`riladi; – oilaviy muammolar oiladagi o`zaro munosabatlarning noto`g`ri yo`lgaqo`yilis  hi bilan belgilanadi. Bunday munosabatlar ko`proq er-xotinlar o`rtasidagi o`zaro kelishmovchiliklarini, chiqisha olmaslik, muomalasizlik, kelisha olmaslik, o`zaro xurmatning yo`qligi, oiladagi obro` kabilarda ko`rinadi. Shu bilan birga ota-onalar va farzandlar o`rtasidagi o`zaro bir-birini tushunmaslik holatlari, qaynona-kelin munosabatlaridagi kelisha olmaslikdagi holatlar oilaviy munosabatlaridagi kelisha olmaslikdagi holatlar oilaviy muammolarning eng katta qismini tashkil etadi; – oiladagi muammolarning yana ko`p qismini moddiy yetishmovchilik tashkil etadi. Oilani moddiy jihatdan ta’minlay olmaslik er-xotin munosabatlarini yomon ahvolga solib keladi, xozirgi kunda ko`pgina ajrimlarning sababini moddiy yetishmovchilikdan degan xulosalar mavjud. Bunday muammolar farzandlar tarbiyasiga ham jiddiy ta’sir ko`rsatadi. Oiladagi janjallarning sababini tushunib yetgan bolada ota-onaga bo`lgan munosbat o`zgaradi va bu holat ham yana bir muammoni keltirib chiqaradi; – tadqiqotlarda yana shunga amin bo`ldikki yosh oilalarda hayotga, oilaga bo`lgan munosabat o`zgacha. Ular hayotga, oilaga yengil qaraydilar. Ularda turmush tajribasining ortishida qaynona, qaytnota va boshqa oila a’zolari bilan hamkorlikda yashashi muhim ekan. Oilada bo`ladigan muammolarni hamkorlikda hal qilish masalasida ularning ko`maklari zarur ekan; – Oiladagi ko`pgina muammolarning sabablaridan yana biri bu oilalarning ko`pchilik (qaynota, qaynona, qaynilar, qaynisingil, ovsinlar) bilan yashashidir. Oiladagi o`zaro ikir-chikir, chiqisha olmasliklar ko`pchilik bilan birga yashashdan kelib chiqadi; – oilaviy muammolarning ko`pgina sabablari er xotin munosabatlariga borib taqaladi. Bunda jinsiy hayot masalasi alohida o`rin egallaydi. Ushbu masaladagi muammolar sharq mutafakkirlari asarlarida ham o`z aksini topgan; – oilaviy muammolarda oila a’zolarining sog`lom turmush tarziga amal qilmasliklari ham sabab bo`ladi. Otaning yoki onaning, yomon salbiy odatlarga (ichish, chekish, giyohvandlik, yomon yo`lga kirish) odatlanishi hamda oiladagi turli kasalliklarning avj olishi masalalari ham oilada yetarlicha muammolarni keltirib chiqaradi; – oiladagi tenglik, er-xotinlar hayotidagi tenglik huquqi barchaga ham birdek ma’qul kelmas ekan. Ayrim oilalardagi ayollarni kamsitish, mensimaslik, odam o`rnida ko`rmaslik, fikrlarini inobatga olmaslik holatlari muammolarni keltirib chiqaradi, shu bilan birga ayollarning xukmronligi  ham muammolarga olib keladi. Umuman olganda oilali talaba qizlarga nisbatan ishlatiladigan zo’ravonlik va tazyqlarning oldini olish bugungi kunda o’ta dolzarb mavzu bo’lganligi bois ham, oilali talaba qizlarni avaylab – asrab jamiyatning eng faol a’zolariga aylantirishda jamoatchilik tashkilotlari, mahalla va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish uyushmalari, yuridik sohadagi olimlar, professor va jamiyatshunoslik, ruhshunoslik sohasi olimlari, diniy idora xodimlari hamda oddiy fuqarolar hamkorlikda ish olib borishlari maqsadga muoffiqdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 1.Tanijonga tajovuz – osiylik, muslim.uz   07.04.2017 [1]
  1. Munira Abubakirova, O’zbekiston musulmonlari idorasi religions.uz [2]
2.Dilorom Abdullaeva, Fuqarolik huquqi, maqolalari, our military.mil [3]
  1. O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi. 63-modda.[4]
  2. Psixologiya fani XXI asrda.Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari.T.: 2002.50-61-betlar. [5]
3.Uktamova, U., & Berdiyorova, S. (2020). THE ROLE OF COMMUNICATION IN PEOPLE’S RELATIONSHIPS AND WAYS OF LEARNING TO COMMUNICATE. Архив Научных Публикаций JSPI. 4.Uktamova, U. (2020). KICHIK MAKTAB YOSHIDA QOBILIYATNING PSIXOLOGIK TAVSIFI. Архив Научных Публикаций JSPI. 5.Uktamova, U. (2020). Ўқувчиларга маънавий-ахлоқий тарбия бериш орқали экологик маданиятини шаклланти