Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

“TAFAKKUR ZIYOSI” jurnali mualliflari diqqatiga!

“TAFAKKUR ZIYOSI” jurnali mualliflari diqqatiga!

Jurnal Jizzax viloyati matbuot va axborot boshqarmasi tomonidan 28.03.2018-yilda 06-037–sonli guvohnoma bilan qayta ro‘yxatdan o‘tgan. Jurnal oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, katta ilmiy xodim izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, magistr va yuqori kurs talabalari hamda xalq ta’limi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglarga mo‘ljallangan.  

MUALLIFLAR DIQQATIGA

  1. “Tafakkur ziyosi” jurnali quyidagi sohalarga oid ilmiy-uslubiy maqolalarni o‘zbek tilida chop etadi: Davr va jarayon: voqealar, munosabat, tahlil va talqin; Taqvim; Istiqlol va pedagogik ta’lim; Ijtimoiy hayot va falsafa; Moziy sadolari; Tafakkur kengliklari; Ilm-fan va yoshlar; Hayot hikmatlari; Kitoblar olami; Til jozibasi; Ekologiya va o‘simliklar olami muammolari.
  2. E’lon qilinadigan maqolalarga bo‘lgan asosiy talablar: ishning dolzarbligi va ilmiy yangiligi; maqolaning hajmi: adabiyotlar ro‘yxati, chizma va jadvallar inobatga olingan holatda 7-8 betgacha; annotatsiya (5-7 qator) va kalit so‘zlar (5-8) o‘zbek, ingliz va rus tillarida keltiriladi.
  3. Maqolada UDK, nomi, muallifning F.I.O., tashkilot, muallifning telefoni va e-mail, kirish, tadqiqot ob’ekti va qo‘llanilgan metodlar, olingan natijalar va ularning tahlili, xulosa, adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi. Maqolada keyingi 10-15 yilda e’lon qilingan ishlarga havola qilinishi tavsiya etiladi.
  4. Matn uchun: Microsoft Word; Times New Roman, 12 shrift, maqola nomi bosh harflarda, interval 1,5; abzas 1,0 sm, ustki va pastki tomon 2 sm, chap tomon 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm iborat bo‘lishi talab etiladi.
  5. Ilmiy maqolalar Jurnalda chop etilayotganligi va hisoblangan bosmaxona xarajatlariga ko‘ra, mualliflar har bir sahifa uchun 12 000 (o‘n ikki ming) so‘m miqdorida badal pulini oldindan to‘laydilar.
  6. Jurnal mavzusiga bevosita tegishli bo‘lmagan hamda tahririy jihatdan kamchiliklari ko‘p, ilmiy saviyasi past maqolalar ko‘rib chiqilmaydi va egasiga qaytarilmaydi.
  7. Jurnalda maqolangizni chop etib, institut ilmiy salohiyatini ortishiga o‘z hissangizni qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, maqolangizni yuqoridagi talablarga muvofiq tayyorlab, quyidagi manzilga 2018 yilning 25 mayigacha yuborishingiz so‘raladi.
  Manzilimiz: Jizzax – 130100, Jizzax shahri Sh. Rashidov ko‘chasi 4-uy, Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti, asosiy bino, Rektorat yuridik va jismoniy murojaatlari xonasida.   Bog‘lanish uchun telefonlar: (0 72) 226-25-51, (+99890) 643 29 64; e-mail:  mirzayev.bek91@mail.ru

MAQOLALARNI EKSPERTIZADAN O‘TKAZISh TARTIBI

1. Maqola jurnalning talablari asosida bosh muharrirning o‘rinbosari va mas’ul kotibi tomonidan qabul qilinib, dastlabki ekspertizadan o‘tkaziladi. 2. Jurnalga taqdim etilgan maqolalar maxsus daftarga qayd qilinadi va 5 ish kuni ichida ekspertlarga taqriz uchun beriladi. 3. Jurnalga kelib tushgan maqolalar tegishli sohaning yetuk mutaxassisi tomonidan elektron yoki yozma taqrizi asosida ekspertizadan o‘tkaziladi. Bunda ekspertning konfidensialligi saqlanadi. 4. Ekspertiza natijasiga ko‘ra nashrga tavsiya qilinmagan maqolalar mualliflarga qaytarilmaydi. Eslatmalar: 1. Maqoladagi faktlarning ishonchliligiga muallif javobgardir. 2. Amaldagi metod va texnologiyalarni mashg‘ulot (dars)larda qo‘llash bo‘yicha ishlanmalar jurnalga qabul qilinmaydi. 3. Jismoniy madaniyat, san’atga oid maqolalarda harakatlarni bajarish hamda chizma va rasm chizish texnikasi tafsilotlari, misol va masalalar yechish metodik ish sifatida tavsiya etilmasligi lozim.

MAQOLALARNING MAZMUNIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

1. Maqola ilmiy-tadqiqot ishining tarkibiy qismi bo‘lishi yoki mustaqil ilmiy-nazariy va ilmiy-metodik masalaga qaratilishi hamda u milliy g‘oya va ma’naviyatimiz ruhida yozilishi lozim. 2. Maqolada kichik bir ilmiy, ilmiy-metodik muammo ko‘tariladi va hal qilinadi va u ilmiy-uslubda yoziladi. 3. Maqola quyidagi tuzilma (struktura)ga rioya qilingan holda yozilishi tavsiya qilinadi: Qisqacha kirish. Unda davrning ijtimoiy siyosati, fanning taraqqiyot darajasi va tanlangan muammoning dolzarbligi aks ettiriladi. Qo‘yilgan maqsad va uni asoslash. Maqoladan ko‘zlangan maqsad yoritilgani holda tanlangan muammoning fandagi shu muammolar tizimida ishlanganlik darajasi hamda umumiy muammolar ichidan tanlangan muammoning xususiyligi yoki alohidaligi ajratib ko‘rsatiladi. Ilmiy muammoning tavsifi va yechimi. Bunda adabiyotlardan hamda tadqiqot jarayonida to‘plangan ilmiy va ilmiy-metodik faktlar har tomonlama tahlil va tavsif qilinadi, shuningdek, tayyorlangan axborot matni tajriba-sinov natijalari, ko‘rgazmali (illustratsion) material bilan mustahkamlanishi mumkin.   Yakuniy qism. Unda kichik ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik muammoning pedagogika va psixologiya, didaktika yoki xususiy metodika fanlari bo‘yicha ilmiy va amaliy ahamiyatiga xulosa qilinadi. 4. Maqola mazmuniga quyidagi talablar qo‘yiladi: 4.1. Maqola mazmun-mohiyati bilan muallifning ilmiy qarashlarini aks ettirishi va original bo‘lishi kerak. 4.2. Maqola pedagogika, psixologiya va didaktikaning nazariy masalalariga bag‘ishlanadigan bo‘lsa, mavjud nazariyalarga qo‘shilgan yangilik yoki uning takomillashtirilayotgan jihatlari ochib berilishi lozim. Taklif etilayotgan g‘oyaning mazmuni, nazariy va amaliy ahamiyati isbot qilib berilishi talab qilinadi. 4.3. Maqola xususiy metodika va texnologiyalarga bag‘ishlanadigan bo‘lsa, ularning yangilik darajasi hamda metod, metodika va texnologiyalarning samaradorligi o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari natijalari bilan asoslanishi lozim. 4.4. Maqola ijtimoiy, siyosiy, falsafiy va filologik masalalariga bag‘ishlanadigan bo‘lsa, unda o‘rganilayotgan manbalardagi fikr va qarashlar bilan bog‘lanib, uning hozirgi davr uchun ahamiyati nuqtayi nazardan yondashilishi lozim.

UMUMIY QOIDALAR

1.1. Ushbu davriy nashr ilmiy-nazariy va ilmiy-uslubiy jurnal bo‘lib, unda siyosiy, ijtimoiy, falsafiy, tarixiy, pedagogika va psixologiya, ta’lim va tarbiya mazmuni, va texnologiyalariga oid ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy maqolalar chop qilinadi. 1.2. Jurnal oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, magistratura va bakalavriat talabalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi tinglovchilari uchun mo‘ljallangan. 1.3. Jurnal har uch oyda bir marta nashr qilinadi. 1.4. Jurnalga Jizzax viloyat Matbuot va axborot boshqarmasining 2018-yil 28-martdagi 06-037-sonli “Ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma”si olingan. 1.5. Instiutning www.jdpu.uz saytida jurnal sahifasi ochilgan va jurnalning har bir sonidagi maqolalar mazmuni to‘g‘risida axborotlar muntazam berib boriladi.