Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Shaxs komolotini shakllanishida musiqa va tarbiyaning uzviy bog’liqligi.

Xasanova Navbahor Хamraqulovna  JDPU. Musiqa ta’limi kafedrasi katta o’qituvchisi. Tel: 91 594 36 13 Annotatsiya: Musiqa san’ati estetik did, xissiyot, idrokning bitmas tuganmas manbai va inson yuragini va aqlini zabt etuvchi maftunkor dunyodir. Inson doimo go’zallika intilishi va kundalik hayotida shu go’zallik qoidalariga amal qilish kerak. Maqolada umumta’lim maktablarida  musiqa ta’limi orqali yoshlarning musiqiy savodxonligini va estetik tarbiyasini  rivojlantirishda musiqaning o’rniga oid ko’rsatmalar berilgan. Shuningdek, bugungi kunda musiqa ta’limi jarayonida o’quvchilarda musiqa san’atiga nisbatan qiziqish va havaslarining ortib borishi va bu san’atning yoshlar ma’naviy kamolotidagi ahamiyati yoritib berilgan. Kalit so’zlar: Musiqa madaniyati, estetik tarbiya, milliy madaniyat, ta’lim muassasalari, milliy qadriyatlar. Аннотация: Аннотация: Музыкальное искусство – это неисчерпаемый источник эстетического вкуса, эмоций, восприятия и увлекательного мира, покоряющего сердце и разум человека. Человек должен всегда стремиться к красоте и следовать этим правилам красоты в своей повседневной жизни. В статье даны указания о роли музыки в развитии музыкальной грамоты и эстетическом воспитании молодежи через музыкальное образование в общеобразовательной школе. Также в процессе музыкального образования сегодня отмечается возрастающий интерес и увлеченность учащихся музыкальным искусством и значение этого искусства в духовном развитии молодежи. Ключевые слова: Музыкальная культура, эстетическое воспитание, национальная культура, образовательные учреждения, национальные ценности. Abstract: Abstract: The art of music is an inexhaustible source of aesthetic taste, emotion, perception and a fascinating world that conquers the human heart and mind. A person should always strive for beauty and follow these rules of beauty in his daily life. The article gives instructions on the role of music in the development of musical literacy and aesthetic education of young people through music education in secondary schools. Also, in the process of music education today, the increasing interest and passion of students in the art of music and the importance of this art in the spiritual development of young people are highlighted. Key words: Music culture, aesthetic education, national culture, educational institutions, national values. Respublikamizda ro’y berayotgan o’zgarishlar barcha sohalardagi kabi bo’lajak o’qituvchilarning zimmasiga ham katta vazifalar yuklaydi. Hozirga kunda, musiqa madaniyati fani birdaniga shakllangan fan emas, balki murakkab taraqiyot yo’lini bosib o’tgan fan sifatida e’tirof etilmoqda. Bu ta’lim  mazmunida har bir xududning san’ati va musiqa madaniyati, urf-odatlari marosimlari, badiiy an’analarida o’z ifodasini topgan. Shuni alohida takidlash lozimki, hayotni va atrofdagi go’zallikni bilmay turib to’laqonli badiiy ijodni amalga oshirib bo’lmaydi. O‘quvchilarni ma’naviy dunyosini boyitish, borliqni idrok etishda uning yaxlitligi, takrorlanmasligi va uyg‘unligini anglash, hayotiy tasavvurini amaliy faoliyatida ifodalash orqali tafakkurini o‘stirish, ijodkorlikni rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarni yaratish hamda kundalik hayotga tadbiq etishga o‘rgatish hozirgi kunning o’qituvchisi oldiga qo’yilgan dolzarb masaladir. Shuningdek, o‘quvchilarni ma’naviy, badiiy, ahloqiy madaniyatini rivojlantirib, ijodiy mahorat, badiiy-estetik didini o‘stirishda, kasb-hunarga yo‘naltirish bilan birga, jismonan baquvvat bo‘lib, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish aynan musiqa mashg’ulotlarida amalga oshiriladi. Musiqa madaniyati o‘quv predmeti o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy va ahloqiy madaniyatini rivojlantirishga, milliy g‘urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni o‘stirishga xizmat qiladi.[1] Musiqa san’ati estetik did, xissiyot, idrokning bitmas tuganmas manbaidir. Inson yuragini va aqlini zabt etuvchi maftunkor dunyosidir. Inson doimo go’zallika intilishi va kundalik hayotida shu go’zallik qoidalariga amal qilish kerak. O’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk, komil inson qilib tarbiyalashda estetik tarbiyaga alohida e’tibor berilishi juda katta ahamiyatga ega bo’lgan jarayondir. Ushbu masalani yechishda musiqa san’atining o’rni beqiyosdir va estetik tarbiyaning eng asosiy omilidir. Mamlakatimizning ma’naviy yuksalishi ko‘p jihatdan milliy qadriyatlarimizni qayta tiklashni chuqur anglash, qalb bilan his etgan holda keng ko‘lamda targ‘ibot qilish, va eng muhimi yosh avlodni tarbiyalashni izchil taqozo etadi. Bu borada  musiqiy qadriyatlarimiz alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, o‘zbek halqi musiqasiga mansub turfa shaklli kuy-qo‘shiqlar xalqimizning chinakkam bebaho ma’naviy boyliklarini tashkil etadi. Musiqa o‘zining betakror tabiati bilan o‘quvchilarning ma’naviy dunyosiga katta ta’sir qilish kuchiga ega. Zero, kuy va ohang ta’sirida o‘quvchilarda xissiyot olamining o‘sishi, idrok va tafakkurning shakllanishi, ezgulikka intilishi, go‘zallikni sevish, tabiatni asrash, oila Vatan ravnaqi uchun  xizmat qilish istagi tobora ortib boradi. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo‘lib, atrofdagi go‘zal narsalarni to‘g‘ri idrok etishga va qadrlashga o‘rgatadi. “Musiqa ko‘ngilga axloqan muayyan ta’sir ko‘rsatish quvvatiga ega, hamonki, musiqa shunday xislatga ega ekan, u yoshlarni tarbiyalash predmetlari qatoriga qo‘yilmog‘i lozim”, – deb aytgan edi qadimgi buyuk yunon faylasufi Arastu.[2] SHunday ekan musiqiy ta’lim orqali o‘quvchi-yoshlarni tarbiyalash o‘ziga xos pedagogik yondashuvni talab etadi. O’zbekiston  mustaqilligi tufayli buyuk ajdodlarimizning boy tarixiy qadriyatlari, ming yilliklarni qamragan betakror va jozibali madaniyatimizga asoslangan m’naviy merosimizni tikladi. Jamiyatimizning taraqqiyotini yuksaltirishning iqtisodiy va siyosiy omillari singari o’ta zarur bo’lgan yana bir muxim asosi borki, usiz mustaqillikni mustaxkamlash, ko’zlangan ozod va obod Vatan, erkin va farovon jamiyat qurishga erishish mumkin emas. Mustaqillik iqtisodiy va siyosiy isloxatlar bilan qatorda odamlar ongi va dunyoqarashida, odob-axloqi, iymon-e’tiqodi, bilim saviyasi va ruhiyatida madaniyati va ma’naviyatida tub asosli o’zgarishlar bo’lishini taqozo etadi. Bugungi kunda musiqa insonning shakllanishida muhim rol oýnaydi; uning hissiyoti va ruhiyatiga faol ta’sir ko’rsatadi. Umumta’lim maktablarining asosiy vaziyatlaridan  nafosat olamiga olib kirish va ma’naviy  tarbiya berish. Bunda o’qituvchi bolalarni muhim bir musiqa asari bilan tanishtirib uni  ifodali  »jonli»  qilib ijro etib,o’quvchilar diqqat e’tiborini jalb etadi, ularning nutqini  o’stirish, fikrlash qobilyatini , dunyo qarashini kengaytiradi, emotsional his-tuygúlarga ham faol  ta’sir etadi. Musiqa darslarining mazmunida faqatgina o’zlashtirish emas, balki o’quvchilar ongini, voqelikka munosabatini  rivojlantirish, estetik madaniyatini  tarkib toptirish va boshqa ichki his-tugúlarning shaklan tuzilishi  nazarda tutiladi. O’qituvchining darsga ijobiy tarzda yondashishi  muhim ahamiyat kasb etadi va qancha  vazifalarni  o’z oldiga maqsad qilib qoýadi: musiqa tarbiyasida yangi metod va vositalar izlaydi. hayot va san’at o’rtasidagi uzviy bog’liqlikni ifodalaydi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda o’qituvchi jiddiy tayyorgarlik ko’rishi, o’z ustida tinmay ishlashi, yan’i bilim saviyasini oshirishi uchun  ilmiy adabiyotlar, teatr, mezyelarga borib ongini oshirish yo’llarini takomillashtirib borishi lozim.[3] Musiqa darslari olib boriladigan sinf xonasi namunali jihozlangan bo’lishi  muhim rol oýnaydi. Texnika vositalari  metodik ko’rgazmali  qurollar pianino cholgú  asbobi  va o’zbek xalq cholgú  asboblari bilan jihozlangan bo’lishi dasturdan foydalanib dars  reja konspektlarini  tuzib, yangi texnologiyalarni  qo’llab olib borilishi kerak.  Shunday qilib musiqa darslarining barcha faoliyatlarini  maqsadi va mazmuni darsni mazmunlarini  yoritib, hayot bilan  bog’lab darsning hamma qismlarini bir-biri bilan uzviy bog`lab olib borishini  talab etiladi. Umumta’lim maktablari boshlang`ich sinf o’quvchilarni  musiqiy madaniyatini mukammal kamol toptirish, ularni musiqiy savodxonlik malakalarini yanada yuqori saviyada rivojlantirish bugungi kunda dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Bu vazifalarni amalga oshirishning eng muhim omillaridan biri o’quvchilarni dastlabki musiqiy-nazariy bilimlarini chuqur o’zlashtirishlariga erishishdan iboratdir. Darslarda berilayotgan dastlabki musiqiy-nazariy bilimlarni chuqur va mukammal o’zlashtirishlari ularni qo’shiq kuylash, musiqa tinglashda uni ongli idrok qilish va tahlil qila bilishlariga samarali ta’sir etadi. Shuning uchun ham har bir darsda o’quvchilarni nafaqat kuylash, musiqa tinglashga oid ko’nikma va malakalarini o’stirishga, balki, ularni musiqiy-nazariy bilimlarni, chuqur va mukammal o’zlashtirib borishlariga e’tibor berish va nazorat qilib borish kerak bo’ladi. Bolalikda aql-farosat, axloqiy ko’nikmalarni tarbiyalash bilan bir qatorda, ularda chiroyli, nafis, go’zal narsalardan zavq ola bilishni, go’zallikni dag’allikdan, qo’pollikdan tez ajrata olish qobiliyatini tarbiyalashimiz kerak. Musiqa mashg’ulotlari jarayonida o’quvchilarni tozalikka, tartiblilikka, go’zallikni sevishga o’rgatish kerak. Buning uchun avvalo mashg’ulot olib boriladigan xonadagi barcha buyumlar did bilan tanlab, joylashtirilgan, toza, saramjon-sarishta bo’lgani ma’qul. Chunki bolalarga ikki xil narsa ko’proq ta’sir qiladi. Birinchisi bolaning ko’ziga tez-tez tashlanadigan buyumlar, odamlar o’rtasidagi munosabat bo’lsa, ikkinchisi bolaning o’ziga bevosita tegishli bo’lgan narsalar – kiyim-kechak, idish-tovoqlar, kitoblar, o’yinchoqlar, yozuv stoli va boshqalardir. Bola o’z buyumlarini asrab, avaylab, toza-ozoda, saramjon-sarishta qilib yurishga o’rgansa, u yoshi ulg’aygan sayin go’zallikning murakkab ko’rinishlarini tabiatdagi uyg’unlikni, san’atdagi go’zallikni payqab olish uchun tayyorlana boradi. Musiqa mashg’ulotlarida texnika vositalaridan foydalanish, did bilan chizilgan rasmlar, estetik badiiy asarlar va sahna o’yinlari orqali bola ongiga singdirib boriladi. Shuningdek turli janrdagi badiiy asarlarni o’rganish, so’zlarni yodlash, jumladan, ertak, rivoyat, hikoyalarni o’rganish orqali  bola so’z qudratidan zavqlanadi, hayajonlanadi, ta’sirlanadi. O’zini sirli voqealar ichida yurgandek his etadi, butun vujudi quloqqa aylanadi, turli kechinma, kayfiyat, his-tuyg’u qalbini qamrab oladi. So’z qudrati uni sehrlab, butunlay o’ziga jalb etadi, ergashtiradi. Musiqa ohangi yordamida idroki oshadi. Respublikamiz taraqqiyoti va o’zgarishlarga boy hozirgi paytda yoshlarning har tomonlama komol topishi davr talabi va ehtiyojidir. Yosh avlodni ma’naviy baquvvat, bilimli, o’z mustaqil Vatanimizdan  fahrlanish tuyg’usiga boy kishilarni tarbiyalash zamonamizning dolzarb mavzusi hisoblanadi. Bu esa ta’lim-tarbiya oldidagi murakkab, keng ko’lamli muammolardan biridir.[4] Tarbiyalash deganda har tomonlama yetuk, o’zida ahloqiy poklik, ma’naviy boylik va jismoniy barkamonlikni mujassamlashtirgan insonni yetishtirish nazarda tutiladi. Tarbiya tizimida musiqa san’ati yetakchi o’rinda turadi. Hozirgi kunda musiqa  san’atni inson tarbiyasidagi roli ortib bormoqda. Yoshlarimizni ma’naviy yetuk, komil inson etib tarbiyalashda  musiqa tarbiyasining roli shak-shubhasiz kattadir. Maktab yoshlarga bilim asoslarini singdiradi. U bolani ilmiy dunyoqarashining shakllanishi va mustahkamlanishi yo’lida asosiy poydevor bo’lib hizmat qiladi. Shunday ekan umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida dastlabki musiqa ta’limi va tarbiyasining asosiy maqsadi – o’quvchilarga musiqa san’atini go’zallik qonunlari asosida o’rganish malakasini singdirish va ularda musiqa madaniyatini tarkib toptirishdir. Boshlang’ich sinflarda musiqa madaniyati darslari umumiy ta’limning axloqiy-estetik tarbiya berish tizimining ajralmas bir qismi bo’lib hisoblanadi. Shunga ko’ra 1-sinfdan boshlab darslarni izchil, tizimli va ilmiy asosda tashkil etilishi o’quvchi-yoshlarni ta’limning keyingi bo’g’inlariga ma’lum tayyorgarlik bilan borishlarini ta’minlaydi. Xalqni buyuk kelajak va ulug’vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan millati, tili, dini va e’tiqodidan qat’iy nazar har bir fuqaroning yagona vatan baxti uchun doimo mas’uliyat sezib yashashga chorlash ajdodlarimizning bebaho merosi va an’analarimizga munosib bo’lishga erishish, komil insonlarni tarbiyalash milliy istiqlol g’oyasining bosh maqsadidir. Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda o’qituvchi jiddiy tayyorgarlik ko’rishi, o’z ustida tinmay ishlashi, yan’i bilim saviyasini oshirishi uchun  ilmiy adabiyotlar, teatr, mezyelarga borib ongini oshirish yo’llarini takomillashtirib borishi lozim. Xulosa qilib aytganda shaxs komolotini shakllanishida musiqa va tarbiyaning uzviy bog’liqligi beqiyosdir.       Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.  
  1. Umumta’lim maktablarida musiqa ta’limi va tarbiyasi konsepsiyasi. – T; XTV, 1995 yil.1-2 bet.
  2. Taqfakkur gulshani. V.Voronsov kompozitsiyasi. G’.G’ulom nomidagi “Adabiyot va san’at” nashriyoti.T: 1981-yil. 159 b.
  3. M. Abralova. Musiqa. 2-sinf uchun o’quv qo’llanma. –T; – O’qituvchi, 2009 yil.
4.Umumiy o’rta ta’limning milliy o’quv dasturi. 2021- yil. 5.Muminova Muqaddas Riskulovna Development And Current Status Of Uzbek Pop Music In Modern Approaches And Innovations Of Teaching The Science Of Music Culture International Journal of Advanced Science and Technology Vol. 29, No. 8, (2020) https://t.me/joinchat/ – Music teacher, https://infourok.ru – music lessons 6.Xolmirzayev, O. (2021). Yoshalr kamoloti va musiqa Журнал дошкольного образования3(3). извлечено от https://presedu.jspi.uz/index.php/presedu/article/view/2103     [1] Umumiy o’rta ta’limning milliy o’quv dasturi.2021- yil.1-2 bet [2] Тафаккур гулшани. В. Воронцов композицияси Ғ.Ғулом номидаги “Адабиёт ва санъат” нашриёти Т.: 1981- 159 б.   [3] Umumta’lim maktablarida musiqa ta’limi va tarbiyasi konsepsiyasi. – T; XTV, 1995 yil.   [4] M. Abralova. Musiqa. 2-sinf uchun o’quv qo’llanma. –T; – O’qituvchi, 2009 yil.