Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

SATIRA NAZARIYASI HAQIDA MULOHAZALAR

Haydarova Zilola Akmal qizi – Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va boshlangʻich yoʻnalishlarda masofaviy ta’lim kafedrasi oʻqituvchisi                 +99891 593 2664   Annotatsiya: Maqolada adabiy tur va janrlarning yuzaga kelishi satira nazariyasi bilan bog’liq holda ochib berilgan. Satirik asarlarning jahon adabiyotida shakllanishi, o’zbek adabiyotidagi rivoji masalalari tahlil etilgan. Satiraning o’ziga xos xususiyatlari hamda adabiy turlarning barcha janrlariga tegishli ekanligi badiiy asarlar misolida yoritilgan. Kalit so‘zlar: adabiy tur va janrlar, satira, nasriy asar, lirika, dramatik asar, badiiy talqin, ma’naviyat – estetik hodisa, bosh mavzu, bosh qahramon, ruhiyat. Абстрактный: В статье раскрывается возникновение литературных видов и жанров в связи с теорией сатиры. Анализируются вопросы становления сатирических произведений в мировой литературе и их развития в узбекской литературе. На примере художественных произведений иллюстрируются особенности сатиры и ее принадлежность ко всем видам литературных жанров. Ключевые слова: литературные виды и жанры, сатира, прозаическое произведение, лирическое, драматическое произведение, художественное толкование, духовно-эстетическое явление, главная тема, главной герой, духовность. Abstract: The article reveals the emergence of literary types and genres in connection with the theory of satire. The issues of the formation of satirical works in world literature and their development in Uzbek literature are analyzed. The specific features of satire and the fact that it belongs to all genres of literary genres are illustrated by the example of artistic works. Key words: literary types and genres, satire, prose work, lyric, dramatic work, interpretation, spiritwal-esthetic phenomenon, the main theme, protogonist, psyche.   Badiiy adabiyot ilk bor san’at sifatida shakllangandan buyon o‘z taraqqiyot bosqichlaridan o‘tdi. Badiiy adabiyot qadimgi zamonlarda miflar, ertaklar, afsonalar, xalq qo‘shiqlari, dostonlari, antik dunyo eposlari va dramaturgiyasi tarzida paydo bo‘lgan bo‘lsa, necha ming yillar davomida uning mazmun-mohiyati o‘zgardi, taraqqiy etdi. Oradan ancha yillar o‘tgach esa san’at o‘zaro bo‘lindi. Bunga hayotdagi o‘zgarishlar, odamlar ruhiyatidagi kengayish, his-tuyg‘u va tafakkur olamining yangicha qiyofaga kirishi, inson mehnatining taraqqiyotga yuz burishi sabab qilib ko‘rsatiladi. Bugungi kunga kelib adabiy tur va janrlarning har biri o‘ziga xos ko‘rinish va qiyofaga ega bo‘ldi. Adabiy asarlarni tur va janrlarga ajratish masalasi uzoq davrlar mobaynida olimlarning diqqat-e’tiborida bo‘lib kelgan. Sababi yaratilgan adabiy asarlar nimani  ifoda etishiga va qay yo‘sinda yaratilishiga qarab guruhlanishi lozim. Bugun shiddat bilan rivojlanayotgan zamondagi ijtimoiy-tarixiy o‘zgarishlar fanga ham ta’sirini o‘tkazmasdan qolmayapti. Shu jihatdan adabiyot, jumladan, uning negizi bo‘lgan adabiyotshunoslik ilmi ham yangilanishlar bilan boyitilib borilmoqda. Chunki o‘zgarishlar bo‘lmasa, fan rivojlanmaydi. Lekin bu o‘zgarishlarning zamiri albatta o‘tmish adabiyotshunosligi bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishi darkor. Tarixni bilmasdan turib, bugungi kun fani rivojlanish tomon yuz burishi mushkul. Shu kabi holatlarni ko‘zda tutsak, adabiyotdagi har bir o‘zgarishlarni tahlil va talqin qilish muhimdir. Badiiy adabiyotning qonun-qoida va mezonlari jahon adabiyoti bilan hamnafas holda shakllanadi hamda rivojlanadi. Jahon durdonalari bilan tanishmasdan milliy adabiyotning me’yorlarini belgilash xato. Bu holat, o‘z navbatida, adabiy tur va janrlarning bo‘linish prinsipiga ham daxldordir. Adabiy asarlarni turlarga ajratish masalasi dastlab yunon faylasufi Aristotel (miloddan avvalgi 384-322) davridan boshlangan bo‘lsa, keyinchalik boshqa xalqlar adabiyotshunosligida rivojlandi. Aristotel dastlab asarlarni lirik, epik va dramatik turlarga ajratish bilan adabiy-nazariy tafakkur taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadi. Hali badiiy adabiyot tushunchasi shakllanmagan bir paytda Aristotel uni “poeziya” deb atadi. Poeziya deganda muallif faqatgina she’riyat haqida so‘zlamaydi. Nasr va dramaturgiyani ham unga aloqador holda tahlil hamda talqin qilib beradi. Aristotel fikricha, poeziya hayotning o‘xshashini yaratadi: “Epos va tragediya, shuningdek, komediya va difiramb (madhiya, qasida) ijod etish, yaratish, avletika nay chalish) va kifaristikaning (kifara chalish san’ati) katta qismi – bu hammasi, umuman aytganda oʻxshatish (mimesis) san’atidan oʻzga narsa emas; ular oʻzaro uch jihatdan (1) tasvirlashning turli vositalari bilan; (2) tasvirlash predmeti bilan; (3)rang-barang nooʻxshash usullar bilan farqlanadi”. [1;7] Shundan so‘ng G‘arb adabiyotida shakllangan adabiy asarlarni turlarga ajratish masalasi Sharq xalqlari ijodkorlari asarlarida keng quloch yoygan holda bayon etila boshlandi. Xususan, bu holatga birinchilardan bo‘lib Abu Nasr Forobiy (873-950) va Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘z munosabatlarini bildirishdi. Ular Aristotelning “Poetika” asariga yozgan sharhlarida  adabiy tur va janrlar haqidagi qarashlarni juda chuqur tahlil qilishdi hamda unga o‘zlarining fikrlarini aytishdi. She’riyat va dramaturgiyaning o‘zaro aloqasini Forobiy asar misolida yanada yorqinroq aks ettirib berdi. Forobiy Aristotelning asarini sharhlar ekan undagi she’r haqidagi nazariyani alohida izohlaydi. Aristotel fikricha, she’r bir qancha turlarga bo‘linadi. Ularning ba’zilari insonlarni yomon yo‘ldan saqlasa, ba’zilari ruhiy sezgini o‘stiradi. Aristotel bunday she’rlarni “she’r navlari” deb aytadi hamda ular tarkibiga satirani ham kiritadi. Aristotel nafaqat asosiy turlarni, balki bir qancha qo‘shimcha tur va janrlarni ham tekshirgan. Xususan, satirik yo‘nalishdagi asarlarni muallif she’rning navi, ya’ni bir turi sifatida e’tirof etadi. Aristotelning qarashlaridagi yana bir e’tiborli jihat u satira va komediyani bir xil deb belgilamaydi. Ko‘pchilik adabiyotshunoslar nazaricha, satiradagi komiklik tabiati uning komediya bilan bog‘liqligida namoyon bo‘ladi. Lekin har qanday satira komediya bo‘lavermaydi, hamma komediya esa satirik yo‘nalishda yozilavermaydi. Bunga o‘tmish va bugungi kun adabiyotidagi asarlar yaqqol misol bo‘ladi. Satira namunalarining ilk ko‘rinishlari birinchi navbatda, xalq og‘zaki ijodi janrlarida ko‘rinadi va sekinlik bilan yozma adabiyotga o‘tadi. Satiraning xalq og‘zaki ijodidagi ilk ko‘rinishlari sifatida biz parodiya, masal kabi janrlarni ko‘rsata olamiz. Eramizdan oldingi davrlarda yashagan Aristofen satirik dramaturgiyaning asoschisi deb qaraladi. Aristofen o‘z ijodi bilan satirani satira holiga keltirgan. Plavt, Yuveniylar satira binosiga g‘isht qo‘ygan bo‘lsalar, Servantes, Rable, Svift, Molyer, Didro, Volter, Geyne, Dikkens kabi ijodkorlar satiraning to‘la ravishda tashkil topishi uchun katta xizmat qildilar. Adabiyotshunoslarning e’tirof etishicha, satira ham mustaqil janr. Chunki hajviy yo‘nalishda bitilgan asarlarda o‘ziga xoslik, alohidalik bor. Jumladan, epik turga oid asarlar hikoya qilish uslubida yoziladi. Lirik tur insonning ruhiyatiga ta’sir qiladi va she’riy yo‘lda bitiladi. Dramatik turga mansub asarlar esa sahnada rollarga bo‘lingan holda namoyish etiladi. Satira esa mana shu uch turdagi badiiy asarlarning har birida o‘zini namoyish qilishi mumkin. Masalan, satirik roman yoki hikoya, satirik she’r, satirik yo‘nalishda bo‘lgan sahna asari (komediya, intermediya). Bularning barchasi satiraning komiklik tabiatini yanada aniqroq his qilishimiz uchun zamin yaratib beradi. Jahon adabiyotida ham, o‘zbek adabiyotida ham har uchala turga mansub bo‘lgan satirik asarlar yaratilgan va yaratilmoqda. Xususan, satira va epik turning uyg‘unligini Chexovning “Qiyshiq oyna”, “Chinovnikning o‘limi”, Abdulla Qahhorning “Adabiyot muallimi”, “San’atkor”, Ne’mat Aminovning “Yelvizak” asarlarida ko‘rishimiz mumkin. Bularning ba’zilari hikoya, ba’zilari roman bo‘lishi bilan bir qatorda ular uchun yana bir umumiy jihati satirik asarlar ekanligi ham e’tiborlidir. Satira va lirikaning aloqasiga Muqimiyning “Tanobchilar”, Zavqiyning “Hajvi ahli rasta” kabi bir qancha she’riy yo‘nalishda bitilgan asarlarini misol qilish mumkin. Satira va dramatik asarlarning bog‘liqligi Hamzaning “Maysaraning ishi”, “Tuhmatchilar jazosi”, Abdulla Qahhorning “Tobutdan tovush” asarlarida ko‘rinadi. Demak, satira o‘ziga xos yo‘nalish sifatida adabiy turlarning barchasiga birdek daxldor. Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. Poetika. Gʻ.Gʻulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. T.: 1980. 152 bet.
  2. Қуронов Дилмурод, Мамажонов Зокиржон, Шералиева Машҳура. Адабиётшунослик луғати. Ф.ф.д. Д. Қуронов таҳрири остида. Тошкент; Аkademnashr. 2004 – 400 б.
  3. Салаев Ф, Қурбонниёзов Г. Адабиётшунослик атамаларининг изоҳли сўзлиги. Тошкент, “Янги аср авлоди”, 2010 йил, 331 бет.
  4. Худойбердиев Эркин. Адабиётшуносликка кириш. Тошкент, “Шарқ”, 2008 йил, 368 бет
  5. Шарафиддинов Озод. Ижодни англаш бахти. Тошкент. “Ўзбекистон”, 2004, 464 бет.
  6. Каримов Н ва бошқалар. ХХ аср ўзбек адабиёти тарихи. – Т.: Ўқитувчи, 1999. – 544 б.
  7. O‘. Nosirov. Ijodkor shaxs, badiiy uslub, avtor obrazi. – T.: FAN. 1981