Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

RASM CHIZISHDA O’LCHAM OLISH QOIDALARI

  Toxirjon Oltmishev Turgunovich- JDPU katta o’qituvchisi. O’zbekiston Badiiy Akademiyasi a’zosi.         oltmishevtohir@gmail.com Annotasiya: O‘quv mashg‘ulotlarining asosiy vazifasi — natura o‘lchamlarini to‘g‘ri ifodalagan holda, realistik ko‘rsatib bera olishdan iborat, shakllantirish uchun ish jarayonida doimiy ravishda ko‘z va qalam bilan nisbatni aniqlash qo‘l keladi. Tasviming realistik tarzda chiqishi uchun bo‘lajak o‘quvchilar o‘z ishlariga nisbatan e’tiborli, mas’uliyatli bo‘lishlari kerak.  Shuning uchun ular tabiatga nisbatan sinchkovlik bilan qarash, talilil qilish ko‘nikmalarini hosil qilishlari va bir vaqtning o‘zida ko‘rgan shaklni eslab qolish qobiliyatlarini ham rivojlantirishlari kerak bo‘ladi. Kalit so’zlar: Tasviriy san’at, realistik,o’lcham,portret,natyurmort, rasm,asar.   Annotation: The main task of training sessions is to be able to realistically show the dimensions of nature, correctly expressing them, and constantly determine the proportions with the eye and pencil during the work process. will come. In order for the image to come out in a realistic way, future students should be attentive and responsible in their work. Therefore, they will have to develop the skills of careful observation and analysis of nature, and at the same time develop the ability to remember the shape they see.Keywords: Fine art, realistic, size, portrait, still life, painting, work.Аннотация: Основная задача учебных занятий – уметь реалистично показывать размеры натуры, правильно выражая их, и постоянно определять пропорции глазом и карандашом в процессе работы. Чтобы изображение вышло реалистичным, будущие учащиеся должны быть внимательны и ответственны в своей работе. Поэтому им предстоит развивать навыки внимательного наблюдения и анализа натуры, а заодно развивать способность запоминать увиденную форму.Ключевые слова: Изобразительное искусство, реализм, размер, портрет, натюрморт, живопись, работа.   O ‘quv-mashq vazifasining muvaffaqiyatli bajarilishi ko‘p jihatdan uning qaysi nuqtadan va qanday masofadan turib tasvirlashga bog‘hq. Yuqorida ta’kidlanganidek, vazifaning haqqoniy va to‘g‘ri bajarilishi ko‘p jihatdan uning qaysi nuqtadan chizilayotganligiga qarab belgilanadi. Ma’lumki, buyumlarni tasvirlash, eng avvalo, qog‘oz sirtida kompozitsion to‘g‘ri joylashtirishdan boshlanadi. Buning uchun chizuvchi naturadagi buyumlarning o‘zaro nisbatlarini ko‘z bilan chamalab, so‘ngra ularni qog‘oz yuzasida to‘g‘ri tasvirlashi kerak. Buyumlarning tekislikdagi holati, nisbatlari, xarakterli xususiyatlarini jonli tasvirlash, o‘quvchining ko‘z bilan chamalash xususiyatlarining takomillashganiga ko‘p jihatdan bog‘hq. Tasvirlashda o‘zaro munosabatlar borasida mashhur pedagograssom N.N. Ge shunday degan edi: ≪Ushbu qonunni doimo yodda tuting: tasvirlamoq, bu — nisbatlarni ko‘rmoq, shuning uchun hech qachon bo‘laklami alohida ko‘rmang va tasvirlamang. Siz bir ko‘z, bir quloq yoki bir qoshni emas, balki bu boMaklar yuz qismida qanday joylashganini va ulaming o‘zaro mutanosibligini o‘rganib tasvirlashingiz lozim. Mazkur bo‘laklami tasvirlashda har doim ulami umumiy ko‘ring: simmetrik bo‘laklami doimo birga va bir vaqtda tasvirlang, ikkala quloqni, ikkala ko‘zni, ikkala yonoqni…≫2. O‘tkazilgan ko‘p yillik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, o‘quv  mashqlari davomida, ayniqsa, boshlang‘ich kurslarda naturani to‘g‘ri idrok eta olmaslik va uni tasvirlashda yaxlit ko‘ra bilmaslik jiddiy kamchiliklarga olib keladi. Masalan, 1-bosqich dasturidan olgan turli shakl va materiallardan tuzilgan natyurmortning qalamtasvirini bajarishda o‘quvchilar naturaga qo‘yilgan buyumlarni butun bir yaxlitlikda emas, har birini alohida-alohida tasavvur etib, tasvirlaydilar. Oqibatda, buyumlarning o‘zaro nisbatlari, ularning joylashgan yeri (tayanch nuqtasi) va kompozitsion tuzilishi tarqoq holda bo‘lib qoladi. Bunday salbiy oqibatning oldini olish uchun tasvirlash uchun qo‘yilgan buyumlarni butun bir yaxlitlikda ko‘rib, uni qog‘oz sirtida xayolan tasavvur etish, shundan so‘nggina uni amaliy bajarishga kirishish tavsiya etiladi. E’tiborlisi shuki, bu usulda boshlangan tasvir haqqoniy bajarilibgina qolmay, o‘quvchining ijodiy tasawurini shakllantiradi. Tasviriy san’atning asosiy vazifasi — yoshlarda tasvirlash mahorat qirralarini o‘rganish natijasida yuzaga kelgan bilim va malakalarni shakllantirishni o‘z ichiga oladi. U o‘quvchidan tasvirlash qonun-qoidalarini bilishni va ulardan to‘g‘ri foydalana olishni ko‘zda tutadi. Rasm chizishga o‘rgatish, bu — bir-biri bilan o‘zaro bog’liq bo‘lgan quyidagi vazifalami hal etishni taqozo etadi: (1-rasm)
  • narsani o‘ziga qarab anglash, kuzatish, jismlarni o‘zaro solishtirish;
  • jismlarni shakli, rangi, materiallik xususiyati bo‘yicha farqlay bilish;
  • rasm chizish mashg‘ulotlarida e’tiborli bo‘lish, fikrlab, jismlaming
shaklini aniq tahlil qilishga o‘rgatish. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda bo‘lajak pedagog bilim olishi va malakasini oshirishi, turli xil qalamlar bilan ishlashni o‘rganishi va o‘z qobiliyatini shakllantirishi, amaliyotda undan samarali foydalana olishi muhim hisoblanadi. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini rasm cliizishga o‘rgatishdagi asosiy vazifalardan biri, bu — rassomda jism shaklini masofadan ko‘rish va tasvirlash qobiliyatini shakllantirishdan iborat. Jism shakhni fazoda ko‘rish va tasvirlash — jismni ≪hajmdor≫ tarzda, uch o‘lchamli shaklda (balandligi, eni va qalinligini) ko‘rish demakdir. O‘quv mashg‘ulotlarining asosiy vazifasi — natura o‘lchamlarini to‘g‘ri ifodalagan holda, realistik ko‘rsatib bera olishdan iborat, shakllantirish uchun ish jarayonida doimiy ravishda ko‘z va qalam (1-rasm)bilan nisbatni aniqlash qo‘l keladi. Tasviming realistik tarzda chiqishi uchun bo‘lajak o‘quvchilar o‘z ishlariga nisbatan e’tiborli, mas’uliyatli bo‘lishlari kerak.  Shuning uchun ular tabiatga nisbatan sinchkovlik bilan qarash, talilil qilish ko‘nikmalarini hosil qilishlari va bir vaqtning o‘zida ko‘rgan shaklni eslab qolish qobiliyatlarini ham rivojlantirishlari kerak bo‘ladi. Mashg‘ulotlar jarayonida hoh natyurmort, hoh portret chizish bo‘lmasin o‘lchamlarni to‘g‘ri foydalanish talab etiladi(2-rasm). 2-rasm. O‘lcham qo‘yish qoidalarini qunt bilan o‘gangan talaba yoki o‘quvchining realistik usulda yaratgan natyurmort yoki portret asari har doim nisbatlarining mutanosibligi bilan ajralib turadi. Ko‘rish orqali eslab qolish yosh rassomning eng qimmatli va e’tiborli xislatidir. U tasvirdagi jism shakli, nisbati va tuzilishi haqidagi aniq va umumiy tasavvurni xotirada saqlaydi. Bu esa, shaklni ≪xotiradan≫, ≪tasavvur va anglash≫ asosida chizish imkonini berib, yoshlaming kelgusidagi pedagogik hamda mustaqil asar yaratish borasidagi malakalarini shakllantiradi.   [1] Adabiyotlar ro’yxati 1.B Boymetov. Qalamtasvir-o‘quv qo‘llanma ILMI-ZIYO-Toshkent 2007.
  1. Abdirasilov S., Tolipov N., Oripova N. Rangtasvir. T.: O’zbekiston, 2006
  2. Abdirasilov S., Boymetov B., Tolipov N. Tasviriy san’at. T.: Cho’lpon, 2006.
Oltmishev Toxirjon Turgunovich. Tel: 91 591 49 46     [1] Qalamtasvir Toshkent – ≪ILM ZIYO≫ – 2007.5-6 betlar.