Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QUVCHILARNING HUNARMANDCHILIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH DIDAKTIK IMKONIYATLARI

Sadulla Ubaydullayev — dotsent, Jizzax davlat pedagogika universiteti Maxmatmurod Shomirzayev — dotsent, Termiz davlat universiteti +998 98 261 41 61 Annotatsiya: Mazkur maqola umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining kompetensiyalarini raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirishda didaktik imkoniyatlarini ochib berishga bag‘ishlangan. Kalit so‘zlar: texnologiya, transformatsiya, raqamli texnologiyalar, audio-vizual, axborot texnologiyalari, dadaktik vositalar, hunarmandchilik. ДИДАКТИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ РАЗВИТИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ СТУДЕНТОВ НА ОСНОВЕ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ Аннотация: Статья посвящена открытию дидактических возможностей развития компетенций учащихся общеобразовательных школ на основе цифровых технологий. Ключевые слова: технологии, трансформация, цифровые технологии, аудиовизуальные средства, информационные технологии, дидактические инструменты, ремесла. DIDACTIC OPPORTUNITIES TO DEVELOP STUDENTS’ CRAFT COMPETENCES BASED ON DIGITAL TECHNOLOGIES Abstract: This article is dedicated to revealing the didactic potential of secondary school students in the development of competencies on the basis of digital technologies. Keywords: technology, transformation, digital technology, audio-visual, information technology, didactic tools, crafts. Jahonda ta’lim tizimini transformatsiyalash, raqamli texnologiyalar (RT)ni ishlab chiqish va o‘qitish jarayonida qo‘llash, fanlarning metodik ta’minotini takomillashtirish, o‘quvchilarning fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirish, darslarda animatsion, audio-vizual vositalarni hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda1. Ushbu tadqiqotlarda fanlarni o‘qitishda RTni eng so‘nggi pedagogik qonuniyatlar asosida ishlab chiqib, o‘quvchilarda o‘ziga ishonch, fanga qiziqish, mehnatsevarlik, o‘zgalar mehnatini qadrlash, zamonaviy bilim olish, hunar egallashga bo‘lgan qiziqish, mustaqil kasb tanlash, kreativlik xislatlarini rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi. Bu esa texnologiya fanini o‘qitishda elektron axborot ta’lim muhitida foydalanish bo‘yicha metodik tizimni yaratishni taqozo etmoqda. Texnologiya fani umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv rejasida amaliy fanlar blokidagi fan hisoblanadi. Haftalik umumiy yuklamasi 12 soatni tashkil etadi. 1-4-sinflarda haftasiga 1 soatdan, 5-7-sinflarda 2 soatdan, 8-9-sinflarda 1 soatdan mashg‘ulotlar tashkil etadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fani boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida umumlashgan holda, 5-9-sinflarda “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” yo‘nalishlarida o‘qitiladi2. Ma’lumki, texnologiya fanini o‘zlashtirish uchun o‘quv dasturida belgilangan barcha mavzularning negizida xalq hunarmandchiligi texnologiyalari elementlari mavjud. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim uzluksizligi va uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi. Texnologiya fanining xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limi 8-sinf texnologiya va dizayn yo‘nalishida 9 soat, servis xizmati yo‘nalishiga 12 soat, 9-sinf texnologiya va dizayn yo‘nalishiga ham, servis yo‘nalishlariga ham bir xil, ya’ni 8 soatdan o‘quv reja bo‘yicha ajratilgan. Eng muhimi shundaki, 1-9-sinflardagi har bir mavzu negizida xalq hunarmandchiligining elementlari mavjudligi o‘quvchilarning hunarmandchilikka oid tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni muhim ekanligini ko‘rsatadi3. Texnologiya fani mashg‘ulotlarini o‘quvchilarga o‘qitish jarayonida hunarmandchilikka oid tayanch kompetensiyalarni rivojlantirishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash o‘quvchilarga katta imkoniyatlar beradi. Ta’limning qaysi bosqichida o‘qitilishidan qat’i nazar, har qanday fanning muhim vazifalaridan biri – ayni fan bo‘yicha bilimlar tizimini shakllantirish jarayonini ta’minlash. Bilimlar tuzilmasining mantiqiy-genetik tahlili asosida bilimlar tizimida quyidagi asosiy elementlar ajratiladi: ilmiy dalil, tushunchalar, qonunlar, nazariyalar, nazariy bilimlarning amaliy qo‘llanilishi, olamning ilmiy manzarasi. Qayd etilgan bilimlarning tuzilmaviy birliklari barcha tabiiy va ijtimoiy fanlar uchun umumiy hisoblanadi. Bu esa, fanlardan elektron qo‘llanmalarni ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash kerakligini ko‘rsatmoqda. Elektron qo‘llanmalar rang-barangligi, ko‘rgazmaligi va ko‘rsatmaligi, animatsiyalarga, audio-vizual vositalarga boyligi bilan o‘quvchilarni o‘ziga tortadi. Elektron qo‘llanmalarni yaratishning dasturiy vositalari: elektron o‘quv qo‘llan-malarni yaratish vositalarining maqsadi va bajaradigan funksiyalari, texnik ta’minotga bo‘lgan talablar, qo‘llash xususiyatlarini o‘z ichiga olgan kompleks mezonlar bo‘yicha guruhlarga ajratish mumkin. Bu mezonlarga mos ravishda elektron qo‘llanmalarni yaratish vositalarini quyidagicha sinflarga ajratish mumkin: an’anaviy dasturlash tillari; umumiy maqsadlarga mo‘ljallangan instrumental vositalar; multimedia vositalari; gipermatn va gipermedia vositalari. Texnologiya fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning hunarmand-chilikka oid tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishda RTni yaratish o‘quv faoliyatining quyidagi turlarida qo‘llash mumkin: yangi nazariy materiallarni o‘rganish va bayon etishda; nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda; o‘rganilgan o‘quv materialini mustahkamlash, nazorat qilish va tekshirishda; o‘quvchilarning mustaqil ishlarida; ochiq darslar, telekonferensiyalar, audiokonferensiyalar, namunaviy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda; amaliy mashg‘ulotlarda. Axborot asrida ta’lim oluvchilarning mustaqil bilim olish va amaliy faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Pedagoglar o‘quvchilarga bilim berish jarayonining asosiy maqsadi nafaqat bilimlarni o‘zlashtirish, balki o‘quvchilarning bilish qobiliyatlarini rivojlantirish va ijodiy salohiyatini orttirishdan iborat. Ta’limda shaxsiy natijalarga erishish, ta’lim oluvchilarning ta’limga moslashish resurslarini rivojlantirish shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini amalga oshirishni, har bir o‘quvchi uchun alohida ta’lim dasturlari hamda yo‘l xaritalarini tuzishni talab etadi4 bu esa raqamli texnologiyalar asosida o‘quvchilarning hunarmandchilik kompitensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini o‘rganish dolzarbligini belgilaydi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra, ta’lim jarayoni barcha ishtirokchilarining to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi kasb tanlash faoliyati bilan bog‘liq, o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashishni nazarda tutadi5. Olib oborilgan psixologik-pedagogik va didaktik tadqiqotlarda o‘qitish metodikasida AKTni qo‘llab amalga oshirish zarurligini, ta’lim berishda ta’lim oluvchilar qiziqishlari, imkoniyatlari va qobiliyatlarini hisobga olish, ularning erkin fikr bildirishi va topshiriqlarni bajarishda kreativ yondashish, mavzuga oid ma’lumotlarning yangi manbalarini egallash, jarayon va obyektlarni kompyuter vositasida modellashtirishdan foydalanish, o‘qitishni individuallashtirish hamda boshqalarni ta’minlaydi. Psixologik-pedagogik adabiyotlarda ta’kidlanishicha, turli xil maktab muhitidan farqli, har bir o‘quvchining individual imkoniyatlari, qiziqishlari sub’ektiv tajribasi, o‘qish va real hayotda to‘plagan bilimlarini inobatga olib, amalga oshirilgan ta’lim jarayoni samaraliroq hisoblanadi. O‘quvchilarning hunarmandchilikka oid kompetensiyalarini RTda rivojlantirish axborot-o‘quv faoliyatining mutlaqo yangi metodi. D.Mamatovning fikricha, «elektron axborot-ta’lim muhiti» tushunchasini aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini ta’minlovchi dasturiy, axborot-texnik, o‘quv-metodik tizimlar majmui6. RTda o‘quvchilarning hunarmandchilik kompetensiyalari quyidagi tipologik belgilarga ko‘ra tavsiflanadi: har qanday ta’lim tizimidagi RT ilmiylik, tizimlilik, izchillilik va murakkab tuzilmali ob’ekt bo‘lib hisoblanadi; RTning aniq bir maqsadga yo‘nalganlik va tizimlilikka erishish, tarbiyalanuvchining ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarini o‘zida mujassamlashtiradi; RT ta’lim-tarbiya ishlarining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omil bo‘lishi bilan birga uning hunarmandchilikka oid qobiliyatlarini rivojlantirish vositasi ham. Shu bilan bir qatorda, RTni ta’riflashda bir qancha uzaro farq qiluvchi qarashlar mavjud, jumladan: shaxs bilan ta’lim muhitining sub’ekt sifatida uzviy bog‘langan axborot, texnik, o‘quv-metodik ta’minotning tashkillashtirilgan majmuasi; elektron axborot tashuvchilar, virtual kutubxonalar, taqsimlangan ma’lumot bazalari, o‘quv-metodik majmualarini mujassamlashtiruvchi kompyuter, AKT integratsiyasi asosida qurilgan yagona axborot-ta’lim muhiti hisoblanadi7. RTni ishlab chiqishda va uni boshqarishda tizimli yondashuvni joriy kilish talab etiladi. Ushbu yondashuvning dastlabki bosqichida zamonaviy ta’lim mazmuniga mos ravishda ta’lim muassasasi RTni qo‘llashning maqsadi belgilanadi8. Pedagogik faoliyatda ta’lim maqsadi tizimlashtiruvchi vazifani bajaradi. Aynan belgilangan maqsad ta’lim mazmuni, maqsadi, tashkiliy shakllarini tanlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Zamonaviy ta’limning maqsadi DTSlari talablariga mos ravishda shakllantiriladigan bilim, ko‘nikma va malakalar tizimidan tarkib topib, u tegishli ta’lim standartlarida o‘z aksini topadi9. Bundan tashqari, pedagogikaning zamonaviy talablariga ko‘ra, o‘quvchi shaxsi pedagogik jarayon obyektigina bo‘lib qolmasdan, balki uning subyektiga ham aylanib bormokda. Bunday xolatlarda o‘quvchi mustaqil ta’limining ahamiyati ortadi va mustaqil ta’lim olishni rejalashtirish, Internet, ilmiy hamda o‘quv axborotlaridan foydalana olish, elektron axborot-ta’lim resurslari ustida ishlash, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari orqali takdim etilgan mavzularni o‘zlashtirish, elektron darslik bilan ishlash ko‘nikma va malakalarni shakllantirish talab etiladi10. RT quyidagi uchta asosiy vazifani bajaradi: tashqi muhit sub’ektlariga zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida ta’lim muassasasining RT to‘g‘risida tasavvur hosil kilishga yordamlashish; ta’lim muassasasi xodimlarining o‘zaro hamkorligini oshirish va o‘zaro elektron axborot-ta’lim resurslari almashishi muhitini yuzaga keltirish; ta’lim muassasasida RT vositasida samarali axborot almashinuvini tashkil etish va boshqarish11. RT asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarini o‘quvchilarning hunarmandchilik kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadini belgilash to‘rtta jarayonning davriy ketma-ketligini e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi (1-rasm).
Raqamli texnologiyalar asosida o‘quvchilarning hunarmandchilikka oid kompetensiyalarini rivojlantirishning davrlari
birinchi davr
ikkinchi davr
uchinchi davr
to‘rtinchi davr
muhitni tahlil qilish natijalari o‘rganiladi
o‘quvchi shaxsiga mos ravishda amalga oshiriladigan tadbirlar belgilab olinadi
bevosita ta’lim muassasasining raqamli texnologiyalar tizimini ishlab chiqishning maqsadi aniqlanadi
har bir o‘quvchi shaxsining yoshi va individual xususiyatini o‘rganib unga mos topshiriqlar ishlab chiqiladi
  1-rasm. RT asosida o‘quvchilarning hunarmandchilikka oid kompetensiyalarini rivojlantirishning davrlari. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida RTni qo‘llashning maqsadi o‘quvchilarga hunarmandchilik kompetentsiyalarni shakllantirish va ular orqali ijodiy qobiliyatlarini takomillashtirish bilan bevosita bog‘liq holda ishlab chiqiladi. O‘z navbatida o‘quvchilarda hunarmandchilikka oid tayanch kompetensiyalarni shakllantirish o‘quvchilarda ongli ravishda o‘zlari qiziqqan kasb-hunarni tanlashga va keyingi mehnat faoliyati davomida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirib borishiga qaratilgan sifatlarni tarkib toptirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shu o‘rinda, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida RT asasida elektron muhitni tashkil etish hunarmandchilikka oid kompetensiyalarni shakllantirish, ta’lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish pedagogik ta’limning RTini qo‘llashni, integrallashgan axborot-ta’lim resurslarini yaratish ta’lim sifatini oshiruvchi omil sifatida tadqiq etishni taqozo etadi12. Yuqorida yuritilgan fikrlardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, darslardagi konstruktorlik-texnologik faoliyat produktiv (ijodiy) va reproduktiv (bilish-ijrochilik) faoliyatlarini bir-biriga qo‘shish yo‘li bilan amalga oshirilishi, ya’ni o‘quvchilar texnikaviy model yoki asbobni ishlab chiqishi yoki takomillashtirilishi mumkin ekan. Texnologiya fanidan darslarini tashkil etishda ko‘rgazmali metodlarni qo‘llash yuqori samara berishi ilmiy tadqiqot ishlarida aniqlangan bo‘lib, ayniqsa, u ish-harakat faoliyatini virtual tarzda namoyish qilish natijasida o‘quvchilarning hunarmandchilikka oid tayanch kompetensiyalarining ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati:
  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son “Umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limning texnologiya fani bo‘yicha malaka talablari asosida tuzilgan o‘quv dasturi. Texnologiya, tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa madaniyati, jismoniy tarbiya. (1-9-sinflar). – Toshkent, 2017.
  2. Mamatov D.N. Elektron axborot-ta’lim muhitida kasbiy ta’lim jarayonlarini pedagogik loyihalashtirish. PhD dok.dis. –Toshkent, 2017. – 150 b.
  3. Mukumova F.X. Thinking motives that encourage students to be creative.In Proceedings of TECHMIND-2021,3rd Global Congress on Contemporary Sciences & Advancements, organized by E-Cjnference Globe on April 6th -7th, 2021.
  4. Olimov Q.T. Maxsus fanlardan o‘quv adabiyotlari angi avlodini yaratishning nazariy-uslubiy asoslari.: Ped. fan. Dokt. diss. avtoref. – Toshkent, 2005. – 44 b.
  5. Qo‘ysinov O.A. “Improving the methodologies of raising the effectiveness of continuous education on the basis of ensuring content consistency” // «Actual Problems Of Modern Science, Education And Training» Electronic Journal. July, 2021-7/1. ISSN 2181-9750. KHOREZMSCIENCE.UZ
  6. Qodirov B.E. “Development of basic Competencies of students in crafts in technology lessons” // Yeuropean Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 4, 2020, Part ISSN 2056–5852
  7. Qodirov B.E. The role of e–learning yenvironments in developing students’ basic craft skills// International Vritual Conference On Innovative Thoughts, Research Ideasand Inventions in Sciences Hosted from Newyork, comJanuary 20 th 2021. – P. 469-470
  8. Qodirov B.E. Elektron axborot ta’lim muhitida o‘quvchilarning hunarmandchilikka oid tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi. … p.f.f.d. (PhD) – Termiz.: 2021. – 143 b.
  9. Shomirzayev M.X. Maktab texnologiya ta’limida milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini fanlararo takomillashtirish. Pedagogika fanlari bo‘yicha doktorlik (DSc) diss. – Toshkent, 2021. – 219 b.
  10. Shomirzayev M.X. Texnologiya fanini o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan xalk hunarmandchiligida foydalanish imkoniyatlari /Ta’lim-tarbiya kontekstida fanlararo sinxron va asinxron bog‘lanishlar. Ilmiy-uslubiy maqolalar to‘plami. – T.: Noshirlik yog’dusi, 2019. – B.130-136.
  11. Shomirzayev M.X. O‘zbekistonda milliy hunarmandchilik rivojla-nishining tarixiy – ijtimoiy asoslari / Ta’lim-tarbiya kontekstida fanlararo sinxron va asinxron bog‘lanishlar. Ilmiy-uslubiy maqolalar to‘plami. – T.: Noshirlik yog’dusi, 2019. – B.52-57.
  12. Shomirzayev M.X. Karimov I.I. Texnologiya fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. –Toshkent: Universitet, 2020. -192 b.
1 Qodirov B.E. Elektron axborot ta’lim muhitida o‘quvchilarning hunarmandchilikka oid tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi. Dis. … p.f.f.d. (PhD) – Termiz.: 2021. – 143 b. 2 Shomirzayev M.X. Maktab texnologiya ta’limida milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini fanlararo takomillashtirish. Pedagogika fanlari bo‘yicha doktorlik (DSc) diss. – Toshkent, 2021. – 219 b. 3 Qodirov B.E. Elektron axborot ta’lim muhitida o‘quvchilarning hunarmandchilikka oid tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi. Dis. … p.f.f.d. (PhD) – Termiz.: 2021. – 143 b. 4 Mamatov D.N. Elektron axborot-ta’lim muhitida kasbiy ta’lim jarayonlarini pedagogik loyihalashtirish. PhD dok.dis. –Toshkent, 2017. – 150 b. 5 Mukumova F.X. Thinking motives that encourage students to be creative.In Proceedings of TECHMIND-2021,3rd Global Congress on Contemporary Sciences & Advancements, organized by E-Cjnference Globe on April 6th -7th, 2021. 6 Mamatov D.N. Elektron axborot-ta’lim muhitida kasbiy ta’lim jarayonlarini pedagogik loyihalashtirish. PhD dok.dis. –Toshkent, 2017. – 150 b. 7 Shomirzayev M.X., Karimov I.I. Texnologiya fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. –Toshkent: Universitet, 2020. -192 b. 8 Qo‘ysinov O.A. “Improving the methodologies of raising the effectiveness of continuous education on the basis of ensuring content consistency” // «Actual Problems Of Modern Science, Education And Training» Electronic Journal. July, 2021-7/1. ISSN 2181-9750. KHOREZMSCIENCE.UZ 9 Qodirov B.E. “Development of basic Competencies of students in crafts in technology lessons” // Yeuropean Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 4, 2020, Part ISSN 2056–5852 10 Qodirov B.E. The role of e–learning environments in developing students’ basic craft skills// International Vritual Conference On Innovative Thoughts, Research Ideasand Inventions in Sciences Hosted from Newyork, comJanuary 20 th 2021. – P. 469-470 11 Qodirov B.E. Elektron axborot ta’lim muhitida o‘quvchilarning hunarmandchilikka oid tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi. Dis. … p.f.f.d. (PhD) – Termiz.: 2021. – 143 b. 12 Shomirzayev M.X. Texnologiya fanini o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan xalk hunarmandchiligida foydalanish imkoniyatlari /Ta’lim-tarbiya kontekstida fanlararo sinxron va asinxron bog‘lanishlar. Ilmiy-uslubiy maqolalar to‘plami. – T.: Noshirlik yog’dusi, 2019. – B.130-136.