Qozog‘istonda “Markaziy Osiyo mamlakatlarida oliy ta’limning xalqarolashtirish jarayonini kengaytirish” mavzusida forum o‘tkazildi.
Joriy yilning 12-13 may kunlari Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universitetida Markaziy Osiyo mamlakatlari rektorlari forumi bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari K.Karimov boshchiligida mamlakatimizning qator OTM lari rektorlaridan iborat delegatsiya ham taklif etildi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari oliy ta’lim sohasida ilk marotaba tashkil etilgan rektorlari forumida Jizzax davlat pedagogika instituti rektori professor Sh.Sharipov ham ishtirok etgan edi. Quyida institut rektori Sh.Sharipovning forumdan olgan taassurotlari bilan tanishasiz:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tashabbusi hamda al Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti taklifiga binoan 2022 yilning 12-13 may kunlari Olmati shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo rektorlari forumi Yevropa Ittifoqi oliy ta’lim bo‘yicha Bolonya jarayoni nazorat guruhi a’zolari Chexiya va Qozog‘iston hamraisligi shafe’ligida, “Markaziy Osiyo mamlakatlarida oliy ta’limning xalqarolashtirish jarayonini kengaytirish” mavzusida o‘tkazildi.
Forumning ilk kuni bir qator ko‘zga ko‘ringan oliy ta’lim muassasalari faoliyati tanishuvi bilan boshlandi. Jumladan Olmati shahrida joylashgan Satbaev nomidagi Qozog‘iston milliy texnika universiteti (https://satbayev.university/ru/news/forum-rektorov-stran-tsentralnoy-azii-nachal-svoyu-rabotu-s-poseshcheniya-vystavki-v-satbayev-university). Al Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti, Sulaymon Demirel nomidagi universitetlar faoliyati forum ishtirokchilariga batafsil tanishtirildi. (https://sdu.edu.kz/ru/2022/05/13/%d1%80%d1%83%d0%ba%d0%be%d0%b2%d0%be%d0%b4%d0%b8%d1%82%d0%b5%d0%bb%d0%b8-%d1%81%d1%84%d0%b5%d1%80%d1%8b-%d0%be%d0%b1%d1%80%d0%b0%d0%b7%d0%be%d0%b2%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%8f-%d1%81%d1%82%d1%80%d0%b0/ ).
Davlat rahbarining tashabbusi bilan so‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi – malakali va zamonaviy bilimga ega kadrlar tayyorlashda dunyoning rivojlangan davlatlari bilan xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, shu orqali yurtimizdagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlarining xorijiy universitetlar, ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy va akademik tajribasini orttirishi uchun imkoniyat yaratishdir. Jizzax davlat pedagogika instituti ham mazkur vazifalarni amalga oshirishda yaqin yillarga mo‘ljallangan o‘z strategiyasini ishlab chiqib, uning negizida bir qator samarali ishlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Biz uchun imkoniyatlar eshigi bo‘lgan ushbu forumda bir qator oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik rishtalarini bog‘lashga harakat qildik. Qozog‘istonda 1962 yil birinchilardan bo‘lib tashkil topgan Pavlodar pedagogika universiteti bilan hamkorlik shartnomasini imzoladik. Ta’kidlash joiz, ushbu ta’lim muassasasi 2017 yilda universitet maqomini olgan va bugungi kunda Qozog‘iston universitetlari ta’lim dasturlari reytingining eng yaxshi 5 taligiga kiradi. Ushbu pedagogika universtitetida 20 ta magistratura va 8 ta doktorantura yo‘nalishlari mavjud.
Shuningdek forum doirasida Abay nomidagi Qozog‘iston Milliy pedagogika universiteti rektori D.N.Bilyalov, Al Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti rektori J.K.Tuymebaev bilan Satbaev nomidagi Qozog‘iston milliy texnika universiteti rektori M.M.Begentaev bilan M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti rektori D.P.Kojamjarova, Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-turk universiteti rektori J.A.Temirbekovalar bilan Jizzax davlat pedagogika instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
Muzokaralar, suhbatlar davomida har bir oliy ta’lim muassasi bilan bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini yaratish, bakalavriat ta’limining tegishli yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha darslik, o‘quv qo‘llanma va materiallar nashr etish, o‘quv-uslubiy ishlarning sifati va darajasini oshirish, ta’lim va fan uyg‘unligiga erishish kabi bir qator masalalarda birgalikda faoliyat yuritishga kelishib olindi. O‘ylaymanki bu boradagi o‘zaro hamkorlik muvaffaqiyatli davom etadi.
Jizzax davlat pedagogika instituti rektori prof. Sh.Sharipov