Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

QADIMGI USTRUSHONADA  BRONZA DAVRI YODGORLIKLARINING O‘RGANILISHGA DOIR

  Furqat Toshboev, Jizzax davlat pedagogika universiteti dotsenti, PhD E-mail: furqat7312@ mail.ru Tel: (93) 303 46 33 Gul DU dotsenti, t.f.n. C. Qudratov taqrizi asosida   QADIMGI USTRUShONADA  BRONZA DAVRI YoDGORLIKLARINING O‘RGANILIShGA DOIR Annotatsiya: Muallif ushbu maqolasida Qadimgi Ustrushona hududida o‘rganilgan bronza davriga oid yodgorliklar materiallarini tahlil qilgan. Bunda Andronova madaniyatining Fedorov va Alikul bosqichlaridagi migratsiyalar natijasida Ustrushona hududlarining faol o‘zlashtirib boshlanishi Jellig‘ulli, Baxmalsoy, Qulpisar va Morguzar tog‘laridagi yodgorliklar materiallarda aks etganligi asoslangan. Kalit so‘zlar: tosh yashik, Jelli g‘ulli, Baxmalsoy, Afanasev,  Okunevsk, Qorasuk madaniyati, Fedorov,  Oltoy o‘lkasi, Korako‘l madaniyati, A.V. Shishlov, Mo‘minobod, GIS tahlillar,  dolmen, Andronova madaniyati.   O IZUChENIE PAMYaTNIKOV BRONZOVOGO VEKA V DREVNEY USTRUShANЫ Annotatsiya: V dannoy state avtor proanaliziroval materialы izuchennыx pamyatnikov epoxi bronzы na territorii Drevney Ustrushanы. On osnovan na tom, chto nachalo aktivnogo osvoeniya ustrushanskix territoriy v rezultate migratsiy fedorovskogo i alikulskogo etapov andronovskoy kulturы. Eto otrajaetsya v materialax pamyatnikov Djelligullinskix, Baxmalsoyskix, Kulpisarskix i Morguzarskix gor. Klyuchevыe slova: kamennыy yaщik, Jelli guli, Baxmalsoy, Afanasev, Okunevsk, Karasukskaya kultura, Fedorov, Altayskiy kray, Korakolskaya kultura, A.V. Shishlov, Mominabad, GIS-analiz, dolmen, andronovskaya kultura.   ABOUT THE STUDY OF BRONZE AGE MONUMENTS IN ANCIENT USTRUSHANA Annotation: In this article, the author analyzed the materials of the studied monuments of the Bronze Age on the territory of Ancient Ustrushana. It is based on the fact that the beginning of the active development of the Ustrushana’s territory as a result of migrations in the Fedorov and Alikul stages of the Andronovo culture. This is reflected in the materials of the monuments of the Dzhelligullinsky, Bakhmalsoy, Kulpisar and Morguzar mountains. Key words: stone box, Zhelli guli, Bakhmalsoy, Afanasiev, Okunevsk, Karasuk culture, Fedorov, Altai region, Korakol culture, A.V. Shishlov, Mominabad, GIS-analysis, dolmen, Andronovo culture.   Kirish.  Jizzax shahrining g‘arbiy qismida joylashgan tog‘larda olib borilgan izlanishlar natijasida, qoyalarda joylashgan so‘ngi bronza va ilk temir davriga oid tosh yashik ko‘rinishidagi qabrlar aniqlandi va ochib o‘rganildi. Bu yerda o‘rganilgan toshdan yasalgan qabrlar, tog‘ tepasidagi qoyaning tosh qatlami kesib o‘tgan ustiga qurilgan. Qabr (tosh yashik) usti to‘liq toshlar bilan to‘ldirilgan. Boshqa xil qabrlar ustiga ham plita toshlar qo‘yib yopilgan. Qabr polida saqlanishi yomon holatdagi, boshi g‘arb tomonga qaratib qo‘yilgan odam suyaklari qayd etildi. Suyaklar tozalanganda ma’lum bo‘ldiki, qabr tog‘ ustida qoya toshni kesib (marhum uchun maxsus to‘rt burchak  ko‘rinishidagi, tosh yashik shaklida) yasalgan va qabr tosh yashik ko‘rinishini olgan. Bog‘ishamol memorial yodgorligi shimolidagi tog‘ yonbag‘rida ham bitta qabr o‘rganildi. Mazkur qabr bizgacha buzilgan. Saqlanib qolgan qismida olov izlari va pishgan kesak qoldiqlari va odam suyagining ba’zi qismlari qayd qilindi. Jasad bosh tarafida deyarli butun holdagi mil. avv. XIII-XII  asrlarga oid dasht bronza davri jamoalari moddiy madaniyatining Zarafshon varianti (Fedorov, Orsk – Oqto‘ba guruhidagi yodgorliklardan topilgan sopol idishlarga o‘xshash)ga oid sopol idish topildi. So‘ngi yillarda olib borilgan bu kabi izlanishlar, so‘ngi bronza davriga oid migratsiyalar natijasidagi manzilgohlar Ustrushonaning faqat tog‘li tegralarida emas boshqa  (tog‘ oldi va daryo vodiylari) hududlarda ham vujudga kelgan degan fikrga kelishimizga sabab bo‘lmoqda. Bunday fikrga kelishimizga Jelli g‘ulli qishlog‘i yaqinidagi tog‘ qoyalarida o‘rganilayotgan tosh yashik ko‘rinishidagi qabrlar sabab bo‘lmoqda. Bu qabrlar yasalish shakliga ko‘ra Oltoy o‘lkasidagi Korako‘l madaniyatiga oid qabrlar va Kavkazning shimoli – g‘arbiy hududlaridagi so‘ngi bronza davri qo‘yindilariga o‘xshaydi. – Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review). Oltoy o‘lkasidagi Korako‘l madaniyatiga oid qabrlarni o‘rgangan arxeologlar ularni uch xil tipga ajratganlar va ularning ko‘pchiligini tosh yashik ko‘rinishidagi qabrlar tashkil etadi. Bu qabrlarning ko‘pchiligi barcha tomondan tosh plitalar bilan o‘ralgan tosh yashik ko‘rinishida bo‘lgan [1. str. 28.,ris.69-71]. Kavkazning shimoli – g‘arbiy hududlarida A.V. Shishlov va N.V. Fedorenko tomonidan  o‘rganilgan 193 qabr inshoatlari konstruksiyasiga ko‘ra 5 guruhga bo‘lingan.  Barcha tiplar uchun asosiy xususiyat qabrlarning yer ustida joylashganligi va toshlardan qurilganligi hisoblanadi. Ulardan birinchi guruhga 75 qabr kiritilib, unda jasadlar toshdan yasalgan qabr(tosh yashik)larga dafn etilgan [2. Str. 63-73]. Bunda, toshlardan yasalgan qabr devori, xuddi Jellug‘illi qabrlari kabi materikdan biroz o‘yib kirilib, devorning yuqori chekkasi va yopish uchun qo‘yilgan tosh plita yer yuzasi gorizontiga teng holda joylashtirilgan. Qabr (yashik) devorlari asosan, tosh va qumtosh bo‘laklaridan, ikki holatda yashik tagiga ikkita tosh plita qo‘yilib, ustini yopishda bir yoki bir nechta toshlardan foydalanilgan. Ulardagi qiziqarli xususiyatlardan biri, ba’zi qabrlarda alohida qo‘yilgan idishlar qabrdan tashqarida qayd qilingan [2. Str. 68]. Bunday holat Jellig‘uli №4 dahmada ham kuzatildi. Unda sopol idish qabrdan tashqariga qo‘yilgan edi. Fikr yuritish mukinki, ushbu (tosh yashik) qabr sohiblari migratsiyalar natijasida, O‘rta Osiyo hududlariga Mo‘g‘iliston, Janubiy Sibir va Oltoy o‘lkasidan kirib kelgan va o‘zlarining tosh yashik ko‘rinishidagi qabrlarga dafn etish an’anasini davom ettirgan. Keyinchalik ularning katta qismi g‘arbiy o‘lkalar (Kavkaz)ga tomon ko‘chib ketgan bo‘lishi mumkin [3. Str. 7-9]. Bronza davri dasht chorvador qabilalari madaniyati bilan bog‘liq yodgorlilkar  Zarafshon vohasida ko‘plab o‘rganilgan. Ular manzilgohlar, uy-joylar qoldiqlari, tog‘ konchilik bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish ob’ektlari – metallurgiya markazlari hamda mozorqo‘rg‘onlardan iboratdir[4. B. 105]. Zarafshon vohasidagi bronza davriga oid Gujayli, Mo‘minobod, Qizil-qir, Saygus, Chaqqa, Siyob, Dashti Asht, Dashti Qazo kabi chorvadorlarga mansub mozorqo‘rg‘onlardagi qabr tuzilishi, marhumlarning dafn marosimlar, olovga sig‘inish izlari, sopol idishlarning yasalish, shakli va naqshlari, marhumning antropologik tipi Andronovo jamoalariga xos xususiyatlarni o‘zida namoyon qiladi[5. B. 107-111]. Bu jarayon esa akademik A.A. Asqarov ta’biri bilan aytganda,- “chorvador turkiy tilli dashtliklarning Zarafshon vodiysining so‘g‘diyzabon qadimgi dehqonchilik madaniyati jamoalari bilan ilk bor aralashib, qorishib yashay boshlaganliklaridan dalolat beradi” [6. B. 230]. Shu paytgacha Toshkent voxasida olib borilgan arxeologik tadkikotlar natijasida, ko‘chmanchilar so‘nggi bronza davrida mintaqani faol o‘zlashtirib boshlaganligi aniqlangan. Ular Andronova madaniyatining Petrov, Fedorov, Sargari-Alekseev bosqichlariga mansub chorvador qabilalari tomonidan o‘zlashtirilgan. Bu jamolarga mansub yodgorliklar Yangiyo‘l shaxri janubidagi, Jun arig‘i bo‘ylari va Iskandar qishlog‘i atroflarida  o‘rganilgan. Ulardagi materiallar xususiyatiga ko‘ra, Andronovo madaniyatining Fedorov madaniyatiga mansubligi aniqlangan. Shunga o‘xshash materiallar “Nikiforov yerlari”, Shoshtepa, Mingo‘rik va Qoraqamishsoy hududlari. Chirchik daryosiga Chimboyliksuv yaqinida va Burchmullo qishlog‘ida o‘rganilgan[7. Str.3]. Yuqorida sanab o‘tilgan yodgorliklardagi materiallar mil.avv. II ming yillikka oid Qozog‘iston va O‘rta Osiyodagi, Fedorov va Sargari-Alekseev madaniyatiga tegishli ekanligi ta’kidlangan [8. Str. 53-54]. So‘nggi bronza davri materiallariga tayanib aytish mumkinki, Choch vohasi va Sug‘d hududi mil.av. II-I ming yilliklarning chegarasidan boshlab qadimgi o‘troq dehqonchilik viloyatlari bilan madaniy aloqalar o‘rnatgan Andronovo chorvador qabilalari tomonidan faol o‘zlashtirilgan. Biroq, Qadimgi Choch va Sug‘d hududlarida keng tarqalgan dasht bronza davri jamoalari madaniyati bilan bog‘liq yodgorliklarning qo‘shni ikki tarixiy madaniy voha oralig‘ida joylashgan Ustrushona hududlarida yo‘qligi bu mavzu doirasida maxsus tadqiqotlar olib borilmaganligi bilan bog‘liq hisoblanadi. – Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Keyingi yillarda Ustrushona tog‘li tegralari xususan, Morguzar tizmasida landshaft-arxeologik izlanishlar va GIS tahlillar yordamida qadimiy ko‘chmanchi chorvadorlarning izlari aniqlandi. Tadqiqotchi F.A. Maqsudovning ta’kidlashicha, tabiiy sharoitning  qulayligi natijasida bu hududda bronza davri chorvador jamoalarining qo‘nalg‘alari shakllangan. Bular dengiz sathidan 1100-1800 metr yuksaklikdagi G‘alchasoy, Qoratosh, Besharchasoy, Moyliqo‘ton va O‘yiqtosh vodiylari hamda 2000-2500 metr balandlikdagi Bedana dalasi platosidan o‘rin olgan Toshbuloq yaylovlar bo‘lgan[9. B. 17]. O‘tkazilgan arxeologiya prognoz modeli asosidagi tadqiqotlarga ko‘ra, Morguzar tizmasida qadimgi davr ko‘chmanchi chorvadorlarning yashashi uchun zarur bo‘lgan talablarga javob beradigan ekologik burchaklar “nishalar” mavjud bo‘lgan. AMS/14 S radiouglerod davrlashtirish, bir qator qo‘nalg‘alarning o‘rnashuvi, stratigrafiyasi va moddiy madaniyatiga qaraganda, ko‘chmanchi chorvadorlarning bu yerni o‘ziga xos rivojlangan o‘rnashuv an’analari negizida eng kechi bilan eradan oldingi II ming yillikdan beri so‘ngi 4 ming yil davomida o‘zlashtirgani aniqlangan[9. B. 17]. Ushbu fikrni mustahkamlash uchun yana qo‘shimcha ma’lumotlar keltirishni ma’qul topdik. 1956 yil kuzgi mavsumida O‘zR FA tarix va arxeologiya Institutining Ya.G‘.G‘ulomov boshliq Moxandaryo ekspeditsiyasi Jizzax shahdidan 30 km shimol tomonda qadimda ko‘chmanchilar dashti bilan chegarada qurilgan Qulpisarota sag‘anasi va undan 100-120 m sharqda, O‘rta Osiyo hududida yagona bo‘lgan (o‘rtasi botiq, o‘lchami 180 sm x 150 sm  va balandligi 120 sm bo‘lgan) tosh dolmenni o‘rgangan[10. Str. 95]. Muallif fikricha, ushbu dolmen bronza davri qabr inshoatlariga ta’lluqli hisoblanib, undagi dafn udumlari islom paydo bo‘lishidan 2000 yil oldin mavjud bo‘lgan [10. Str. 95]. 2009 yil Sh. Rashidov tumanining Baxmalsoy qishlog‘i (biz o‘rganayotgan Jelli g‘ulli qishlog‘idan 5 km janub)da bronza davriga oid, dafn buyumlariga ancha boy bo‘lgan qabr o‘rganilgan. Muallifning ta’kidlashicha qabr va unda qayd qilingan materiallar (metall buyum- bilguzuklar va sopol idishlar bronza davriga oid bo‘lib ular shu davrga oid Sug‘ddagi Mo‘minobod mozorqo‘rg‘onlari bilan deyarli bir xil o‘xshashlikka ega[11. B. 89-92].  L.M. Sverchkov tomonidan Zomin tumani, Duoba qishlog‘idan O‘rikli daryosi bo‘yidan bronza davriga oid yodgorlikdan bronza chopqi-bolta (tesla-kelta) ham bu fikrni mustahkamlashga xizmat qiladi [12. Str. 119]. – Tahlil va natijalar (Analysis and results). Endi ushbu madaniyatlarning shakllanishi masalasiga to‘xtalsak. Sobiq ittifoq davri arxeologik adabiyotlarida o‘ra ko‘rinishdagi qabrlar“yamnыe kultura” nomini olgan Afanasev va uning so‘ngi bosqichi hisoblangan Okunevsk madaniyatlari ta’sirida vujudga kelganligi ta’kidlanadi.  Bunda bronza davri Ordos qabilalarining o‘rni katta bo‘lgan va ular Xitoyga yaqin parallelda rivojlangan [13. Str. 137]. Ushbu madaniyatlarning davomi hisoblangan Andronova madaniyatining Fedorov va Alikul bosqichlari aniqlangan. Ularga oid o‘ra qabrlar asosan, tosh yashik, sista va aralash holatda bo‘lgan [14. Str. 35]. Andronova madaniyati Fedorov bosqichi O‘rolning sharqi va Tobol vodiysida, Aliqul (g‘arbiy Andronova – yog‘ochband madaniyati) qatlami esa g‘arbiy Qozoqiston va janubiy Ural bo‘ylarida shakllangan. Bu qabilalar haqida ilk yozma ma’lumotlar bronza va suyak buyumlarga tushirilgan ieorgliflar ma’lumot beradi. Janubiy Sibir va Mongoliya dasht va cho‘lliklarida Karasuk va Olennoy kamen madaniyatlari aholisida ko‘chmanchi chorvachilar va suvoriylar guruhlari shakllanadi. Buning natijasida otda jang olib borishga qulay bo‘lgan uzun qilich va qalqon keyinchalik, uzoq masofaga otadigan kamonlarga ega ega otliq suvoriylar (kavaleriya) askarlar paydo bo‘ladi. Bu esa jang qurollari sohasida boshqa hududlardagi qabilalarga nisbatan ularning ustunligini ta’minlagan. Ayni paytda ko‘chmanchi chorvachilikning ekstensiv rivojlanishi, dasht qabilalarida iqtisodiyotning yaxshilanib, ijtimoiy munosabatlarni kuchayishiga sabab bo‘lgan. Sunggi bronza davrida (m.vv. II-I mingyilliklar chegarasi – m.avv. XIV- XIII asrlarda) Yevroosiyo kit’asi hududida Atlantik bosqichining iqlim optimum vaqti tugagandan so‘ng boshlangan sovuqlik Volga bo‘ylari va Qozog‘iston cho‘llarida iqlimning aridizatsiyasiga sabab bo‘lgan[15. Str. 15-17]. Volgadan Irtishgacha yoyilgan cho‘l xududlaridagi sovuq qishlar chorvadorlarni shu mavsumda janubda – O‘rta Osiyo tog‘ oldi voxalari va daryolari buylarida yaylov izlashga majbur etgan. Bu esa O‘rta Osiyo xududiga Andronovo jamoalarining chorvador qabilalari faol kirib kelishiga asosiy sabablardan biri bo‘lgan. Ularning asosiy qismini boshqa qabilalarni ham o‘ziga birlashtirgan Mongoliya va Janubiy Sibirning Qarasuk madaniyati qabilalari tashkil etgan. Bu madaniyat aholisi mongoloid elementlari bo‘lgan yevropa irqiga mansub bo‘lgan [13. Str. 139]. Ye.E. Kuzminaning yozishicha,  ko‘chmanchilarning Yevrosiyo dashtlaridan O‘rta Osiyo va janubiy mintaqalarga migratsiyasi taxminan mil. avv. XVI asrdan bosqichma –bosqich amalga oshirilgan. Uning boshlang‘ich nuqtalari Volgabo‘yi, Janubiy Ural, Qozog‘istonning shimoliy-g‘arbi va G‘arbiy Sibir dashtlarida joylashgan. Bu yerlardan chorvador qabilalar Janubiy Orolbo‘yi, Sharqiy Kaspiybo‘yi, Turkmanistonning janubiy-g‘arbi, quyi Murg‘ob, Zarafshon va Toshkent vohalari hamda Farg‘ona vodiysi va Janubiy Tojikiston hududlariga kelib o‘rnashgan[16. Str. 122-138]. Ayni paytda bu qabilalarning katta qismi g‘arbiy va sharqiy yo‘nalishlarda Qadimgi Xitoydan, arxaik Yunonistongacha bo‘lgan hududlarni zabt etishga kirishadi. Mil. avv. II-I ming yilliklarda otliq qo‘shin bilan yaxshi qurollangan Qarasuk madaniyati Xitoy ichki hududlariga mil. avv. XII asrlarda Yenisey havzalari, mil. avv. X asrlarda Orol bo‘ylarida paydo bo‘ladi. Bu  jarayon keyinchalik ham davom etib, mil. avv. VII asrlarda ular skif qabilalari nomi bilan Dunayning janubiy hududlarini egallagan. [13. Str. 140]. Bu qabilalar, nafaqat, Yevro Osiyoning bepoyon dashtlarida, balki, O‘rta Osiyoning dasht va sahrolari, tog‘lik zonalarning daryo havzalari hamda tog‘ oldi adirlarda xo‘jalik yuritganlar. Dashtdan kirib kelgan aholi sekin-asta o‘troqlashib, mahalliy aholi bilan turli xildagi madaniy aloqalar natijasida yaqinlashib, qorishib borishi mintaqada ijtimoiy  siyosiy va iqtisodiy hayotning yanada jonlanishiga sabab bo‘lgan[17. Str. 96-99]. – Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations). Qadimgi Ustrushona sunggi bronza davri materiallariga tayanib aytish mumkinki, mil.av. II – I ming yilliklarning chegarasidan boshlab ushbu hudud qadimgi o‘troq dehqonchilik viloyatlari bilan madaniy aloqalar o‘rnatgan Andronovo chorvador qabilalari tomonidan o‘zlashtirib boshlangan. Tog‘ oldi vohalari va daryolar bo‘ylaridagi unumdor yaylovlar chorvador qabilalarning Ustrushonaga kirib kelishi va o‘zlashtirishiga asosiy sabablardan biri bo‘lgan. Tabiiy boyliklar – temir, oltin, kumush, mis, feruza konlari ham Andronovo qabilalarining qiziqishiga sabab bulgan[8. Str. 55]. Bu holat bronza davri metallar xomashyosi va mineral tosh konlari nafaqat Qurama, Chotqol tog‘lari, Zarafshon tizmasi, Nurota tog‘lari yoki Qizilqumda, balki Morguzar tog‘larida ham faol o‘zlashtirilganligini ko‘rsatadi. Ularga tayanib aytish mumkinki, Ustrushona hududining  metallga boy tog‘ va tog‘ yonbag‘irlari, tog‘liklar orasidagi chorva yo‘llari kesishmalari va daryo vohalaridagi yaylovlar  bronza davrida faol o‘zlashtirib boshlangan. Hududda o‘rganilayotgan materiallar mintaqada xo‘jalik madaniy tiplarinig shakllanishi va ko‘chmanchilarning bronza davridagi migratsiyasi bilan bog‘liq savollarga oydinlik kiritadi.   – Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati (References)  
  1. Kubarev V.D. Pamyatniki Karakolskiy kulturы Altaya. Novosibirsk, 2009.
  2. Shishlov A.V., Fedorenko N.V. Pogrebalnыy obryad plemen severo-zapadnogo poberejya Kavkaza v konse VII– V do n.e. (po materialam Vladimirovskogo mogilnika). Argonavt. Chernomorskiy istoricheskiy jurnal. 2006. №2.
  3. Suleymanov R.X.,.Gordeeva Ye.A. K voprosu ob osobennostyax kulturogeneza i urbanogeneza yuga Ustrushanы // “Qadimiy Jizzax vohasi – Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tizimida (siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayot)” (Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Jizzax, 2019.
  4. Sagdullaev A.S., Xolmatov N.O‘., Abdullaev O‘.I. va boshq… Markaziy Osiyoda tarixiy madaniy viloyatlarning shakllanishi va etnik geografiyasi muammolari. Toshkent, “Universitet”, 2020.
  5. Jo‘raqulov M.J., Avanesova N.A., Amirqulov B.A. Zarafshon vohasining ibtidoiy madaniyati. – Samarqand, 1994.
  6. Asqarov A.A. O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi. Toshkent, 2015.
  7. Terenojkin A.I. Klad andronovskix bronzovtx predmetov iz s. Brichmulla bliz Tashkenta. 1/ SA. 1962. UCh 3.
  8. Avanesova N.A. Kultura pastusheskix plemen epoxi bronzы aziatskoy chasti SSSR. (Po metallicheskim izdeliyam). Tashkent, 1991.
 
  1. Maqsudov F.A. O‘rta asrlarda tog‘li Ustrushona ko‘chmanchi madaniyati. Tarix fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi avtorefarati. Toshkent, 2020.
  2. Gulyamov G. Kladbiщe Kulpi-Sar // IMKU, Vыp.2. T., 1961.
  3. Xasanov M. Baxmalsoydan topilgan bronza davri topilmalari. «Evroosiyo xalqlari madaniy merosi: zamonaviy tadqiqotlar,muammo va o‘rganish usullari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari (1-qism). Jizzax 2022.
  4. Sverchkov L.M. Istoriya izucheniya drevnix vыrabotok Uzbekistana (kratkiy obzor) // Vыp. 35. Tashkent, 2006.
  5. Suleymanov P. X. Voprosы kulturogeneza i glottogeneza Sentralnoy Azii epoxi bronzы i rannego jeleznogo veka\\ Kulturы aziatskoy chasti Yevrazii v drevnosti i srednvekove. Samarkand, 2021.
  • Maksimenkov G.A. Andranovskaya kultura v Yeniseeya. Leningrad, 1978.
  • Xotinskiy N.A. Prirodnыe usloviya v neoliticheskuyu epoxu. Neolit Severnoy Yevrazii. 1/ M., 1996.
  • Kuzmina Ye.E. O yujnqx predelax rasprostraneniya stepnыx kultur epoxi bronzы v Sredney Azii // Pamyatniki kamennogo i bronzovoga veka Yevrazii. Moskva, Nauka, 1964.
  • Toshboev F. Vzaimovliyanie stepnoy i osedlozemledelcheskoy kultur Ustrushanы v epoxu antichnosti i rannego srednevekovya. //VESTNIK MITSAI. Vыp. 23. Samarkand, 2016.