Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

PEDAGOGIK FANLARNI O‘RGANISH JARAYONIDA TALABALARNI ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATIGA JALB QILISH

Jumanov Farux Saparbayevich Jizzax davlat pedagogika universiteti “Maktab menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi Anvarova Zebiniso Tolibjon qizi Jizzax davlat pedagogika universiteti “Maktab menejmenti” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Annotasiya: Ushbu maqola pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb qilish, mavjud muammolar va ularning yechimlari xususida. Kalit so‘zlar: pedagogika, ilmiy-tadqiqot, ilmiy-amaliy rahbar, ta’lim texnologiyalari, ta’lim muassasasi. Abstract: This article is about the involvement of students in research activities in the process of learning pedagogical sciences, existing problems and their solutions. Key words: pedagogy, scientific research, scientific and practical leader, educational technologies, educational institution Аннотация: В данной статье речь идет о привлечении студентов к научно-исследовательской деятельности в процессе изучения педагогических наук, существующих проблемах и их решениях. Ключевые слова: педагогика, научные исследования, научно-практический руководитель, образовательные технологии, образовательное учреждение. Mamalakatimizda oliy ta’lim muassasalari faoliyati tubdan takomillashtirilib ularda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va tahsil olayotgan talabalarga yetarlicha shart-sharoitlar yaratib berilayotganligini guvohi bo‘lmoqdamiz. Ana shu imkoniyatlardan foydalanish maqsadida keyingi vaqtlarda ilmiy-tadqiqotlar bilan shug‘ullanish istagini bildirayogan talaba yoshlar ko‘paymoqda. Pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb qilishni muhim omil sifatida tahlil etar ekanmiz, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizasiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-sonli Farmoni asosida “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” qabul qilinganligi ayni mazkur muammolarni bartaraf etishga qaratilganligini e’tirof etishimiz mumkin. [1] Har qanday mamlakatning yuksalishi yoki inqirozga yuz tutishi shu mamlakatdagi ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligiga bog‘liqdir. Davlatimiz rahbari ta’lim sohasi, xususan, oliy ta’limni rivojlantirish davlat siyosati darajasida muhimligi, oliy ta’limda tahsil olayotgan talaba yoshlar va yosh tadqiqotchilar 3-renessans poydevorchilari ekanligini tez-tez qayd etadilar. Mamlakatimizda pedagogika fani boshqa fanlar kabi yangi-yangi faktlar, yuqori natijalarga erishish imkonini beruvchi texnologiyalar asosida rivojlanib boradi. Buning uchun esa ilmiy asoslangan tadqiqot metodlariga tayanish talab etiladi. Ilmiy tadqiqot metodlari esa o‘z navbatida metodologiya tushunchasi bilan ataluvchi nazariy prinsiplar majmuasiga bog‘liq bo‘ladi. Tadqiqotlar pedagog kadrlarni tayyorlashda shaxsning kasbiy shakllanishini o‘rganishga qaratilgan kasb tanlash bilan bog‘liq yondoshuvlar, faoliyatli yondoshuv, kompetent yondoshuv, akmeologik yondoshuv hamda kompleks yondoshuvlar ustuvorlik kasb etishini ko‘rsatdi. [2]   Talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish ularni yangi muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi va kasbiy ijodkorligini rivojlantiradi. Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanishning asosida shaxsda shakllangan tadqiqotchilik qobiliyati turadi. Tadqiqotchilik qobiliyatining dastlabki sifatlari mutaxassisning  sohaga oid muammolarni aniqlay olishi, kerakli ma’lumotlarni qidirib topishi, topilgan ma’lumotlarni qayta ishlashi, tanqid va  tahlil  qilish asosida  muammoni hal etishga ijodiy yondasha olishi kabilarda namoyon bo‘ladi. Tadqiqot faoliyatiga kirishgan talaba ta’lim standartlaridan tashqariga chiqqqan holda, nazariy bilimlarni, ularning amaliy ahamiyatini chuqurroq tushunadi va yaxshiroq ifodalay boshlaydi. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari vazifalari sohalarga ko‘ra nisbatan farq qiladi, ammo quyidagilar an’anaviy ravishda ajralib turadi: – talabalarning ilmiy ijodga bo‘lgan qiziqishini oshirish orqali ijodiy fikrlashi qobiliyatini rivojlantirish; – ilmiy-tadqiqot vazifalarini o‘zi mustaqil ravishda o‘rganish va tahlil qilish qobiliyatini shakllantirish; – tadqiqot guruhlarida ish ko‘nikmalarini shakllantirish; – mashg‘ulotlar davomida olingan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash; – talabalarning intellektual salohiyatidan foydalanish. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar qimmatbaho laboratoriya jihozlariga ega bo‘lgan xonalarni talab qilmaydi, pedagogik jarayonni o‘rganish uchun esa ekspedisiyalarga ham borish shart emas. Talabaning o‘zi pedagogik jarayonning ishtirokchisi, pedagogik nazariyani o‘rganadi va pedagogik amaliyotdan o‘tadi. Pedagogika universitetida talabalar o‘qish mobaynida pedagogik amaliyot o‘taydilar. Bu esa o‘qish davomida tadqiqotning to‘liq siklini amalga oshirishga imkon beradi. Shuningdek, bakalavriat bosqichi talabalariga o‘quv davrining ilk bosqichlaridan boshlab pedagogika fanining metodologiyasi, pedagogik tadqiqotlar asoslari, pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish usullari kabi fanlarning o‘tilishi juda muhim. Chunki talabalarda ilmiy-tadqiqot bilan shug‘ullanish istagi bo‘lishi mumkin, biroq ilmiy-tadqiqot mazmuni, unga qo‘yiladigan talablar haqida yetarlicha bilim va tasavvurga ega bo‘lmaydi. Shu boisdan oliy ta’limda ilmiy faoliyatni tashkil  etish  va olib borish bo‘yicha kerakli soatlarni o‘quv rejasiga yoki murabbiylik soatlari rejasiga kiritish orqali talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga ertaroq kirishi imkoniyati yaratiladi, ularda tadqiqotlar olib borishga qiziqish ko‘nikmalari paydo bo‘ladi. Natijada nazariy bilimga ega bo‘lgan, pedagogik ilmiy-tadqiqotlarga qiziqishi yuqori bo‘lgan talabalarni saralab olish osonlashadi. Keyingi galda ularga universitetda faoliyat yuritayotgan tajribali professor-o‘qituvchilarini ilmiy-amaliy yordam ko‘rsatuvchi rahbar sifatida biriktirilishi (Toshkent Xalqaro Vestminstr Universiteti tajribasi kabi) talabalarning ilmiy-tadqiqot va ishlanmalari sifat-samaradorligi oshishiga olib keladi. Shuningdek, xorijiy tillardagi ilmiy manbalardan foydalanish, elektron ilmiy bazalar va ijtimoiy tarmoqlardagi ishonchli saytlardan foydalanish ko‘niklari paydo bo‘ladi. Talabalarni shunchaki ilmiy-tadqiqot ishlariga majburan jalb qilish mumkin. Bunda ular kichik tirajli mahalliy nashrlarda o‘z teziz va maqolalari balan ishtirok etishi mumkin. Biroq bunda pedagogik tadqiqotning hech qanday ilmiy emas: «yuklab olish» va «nusxalash, joylashtirish» harakati amaliga oshiriladi. Bu holda ilm-fan haqida gapirish mantiqiy emas. Faqat haqiqiy tadqiqotni tashkil qilish orqaligina yuqoridagi muammoni hal etish mumkin. Bunda kichik bo‘lsa ham, lekin talabani «o‘zining» asl natijalari yuzaga kelishiga olib keladi. Pedagogika darslarida biz aynan shunday natijani talab qiladigan amaliy vazifalardan foydalanamiz kerak. Masalan: 1-bosqichda kichik guruhlarda pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va usullarini o‘rganish mavzusi bo‘yicha tadqiqot rejasini tuzish; 2-bosqichda alohida ravishda ularni o‘quv jarayonida hal qilish uchun pedagogik vazifalar to‘plamini ishlab chiqish. Majburiy tadqiqot vazifalaridan tashqari, individual tadqiqot loyihalari ham qo‘llaniladi. Bunday loyihaning natijasi: maqola, qisqa xabar yoki nutq tezislarini yozish bo‘lishi mumkin. Biriktirilgan ilmiy-amaliy rahbar tomonidan ko‘rib chiqilgan ish natijasi ilmiy konferensiyalarda hisobot shaklida taqdim etilishi, jurnal yoki to‘plamlarda e’lon qilinishi mumkin. Ushbu ishlarni bajarish ixtiyoriy bo‘lishi mumkin, ammo muvaffaqiyatga erishilgan taqdirda u juda yuqori baholanadi. Ta’lim loyihalari odatda o‘quv jarayonining bir qismi sifatida amalga oshiriladi. Ularning mavzusi o‘rganilayotgan fanning mazmuni bilan belgilanadi. Talabalar tomonidan o‘quv loyihalari materiallari asosida yozilgan maqolalar faqat shakli, matni bilan ajralib turadi, ammo mazmuni bilan emas. Talabalarning ilmiy maqolalarida ularning tadqiqotlari natijalari mavjud bo‘ladi va bunday maqolada talaba uchun ma’lum faktlar, nuqtai nazarlarni bayon qilish yetarli emas, ba’zi yangi natijalarga erishish, ularning xulosalarini shakllantirish kerak. Bunday holatda ularga ilmiy-amaliy rahbar kuzutuvchi yordamchi sifatida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Tadqiqot olib borilishi uchun mavzuning o‘zi ahamiyatiz bo‘lishi muhimdir. Agar mavzu darslik paragrafining sarlavhasini takrorlasa, internetda bu haqda millionlab sahifalar mavjud bo‘lsa, unda talaba allaqachon ma’lum bo‘lgan narsalarga qanday yangilik qo‘shishi mumkin? Ahamiyatiz mavzu talabani boshqalarning asarlarini yuklab olish, nusxalash va boshqa yo‘l bilan ko‘paytirishga undaydi. [3] Shunday qilib, talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatga qiziqishi va qobilyatining rivojlanishi, talabalarda keng ko‘lamli tadqiqotchilik fazilatlarining shakllanishi, tadqiqot jarayonida zamonaviy texnologiyalaridan foydalanishni o‘rganishi, chuqur nazariy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan iqtidorli talabalarni saralab olishda  pedagoglarning o‘rni muhim. Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. Shavkat Mirziyoyev. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi. 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni. https://lex.uz/
  2. Sharipov. Zamonaviy uzluksiz ta’lim muammolari: innovasiya va istiqbollar. Xalqaro ilmiy konferensiya to‘plami. 27 aprel, 2018 y. 7-b.
  3. Ilmiy tadqiqot asoslari: tadqiqotlar. qo‘llanma / V. S. Marcin, N. G. Misenko, A. A. Danilenko va boshq. – L.: Romus-Poligraf, 2002.