Nodira Tashpulatova Xudjamuradovna
Jizzax davlat pedagogika univesiteti
Annotatsiya: Ijodiy fikrlash – bu psixologik jarayon va psixologik faoliyat bo’lib, uning mohiyati asosiy fazilatlar – tezkorlik, moslashuvchanlik, o’ziga xoslik bilan ajralib turadigan tasvirlar, tushunchalar va aqliy harakatlarni shakllantirish orqali atrofdagi dunyoni aks ettirish va o’zgartirishning o’ziga xosligidadir. Aniqlik – ular bir vaqtning o’zida o’rganilayotgan jarayon uchun mezon bo’lib xizmat qiladi.
Ijtimoiy hayotda, taʼlim jarayoni va ishlab chiqarishda odamlar oʻrtasidagi aloqa va munosabatlar ham tafakkur yordamida namoyon boʻishi, yuqori sinfda o’qiydigan davrida ularning tafakkuri chuqurlashishi haqida bayon qilingan.
Kalit so‘zlar: o‘quvchilar, trening mashg‘uloti, fikrlash, rivojlanish omillari, o‘ziga xoslik, ijodkorlik, fikrlash ko‘lami, fikrlash tezligi, bahs-munozaralar, shaxsni rivojlantirish treninglari.
Аннотация: Креативное мышление – это психологический процесс и психологическая деятельность, сущностью которой является своеобразие отражения и изменения окружающего мира путем формирования образов, понятий и мыслительных действий, характеризующихся основными качествами – непосредственностью, гибкостью, оригинальностью. Ясность – они одновременно служат критерием изучаемого процесса.Утверждается, что общение и отношения между людьми в общественной жизни, учебном процессе и производстве также проявляются с помощью мышления, а их мышление углубляется в период обучения в старшем классе.
Ключевые слова и понятия: ученики, учебное занятие, мышление, факторы развития, оригинальность, креативность, масштаб мышления, скорость мышления, дебаты, тренинги развития личности.
Annotation: Creative thinking – a mental process and mental activity, the essence of which lies the specificity of reflection and transformation of the world through the formation of images, concepts and mental operations that are characterized by basic qualities – speed, flexibility, originality, accuracy, which become as criteria for prcess research.
It is argued that communication and relationships between people in public life, the educational process and production are also manifested through thinking, and their thinking deepens during the period of study in the senior class.
Key words and concepts: students, training session, thinking, factors of development, originality, creativity, scale of thinking, quick thinking, discussions, debates, trainings for personal development.
Tafakkur —
inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obʼyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U
sezgi,
idrok,
tasavvurlarga qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir.
Ijtimoiy hayotda, taʼlim jarayoni va ishlab chiqarishda odamlar oʻrtasidagi aloqa va munosabatlar ham tafakkur yordamida namoyon boʻladi. Jamoada tanqidiy qarash, oʻzini oʻzi tanqid, baholash, tekshirish, oʻzini oʻzi tekshirish, nazorat qilish, oʻzini oʻzi nazorat qilish, guruhiy mulohaza yuritishdan iborat Tafakkur sifatlari vujudga keladi. Insonning inson tomonidan idrok kilinishi ham Tafakkur bilan uzviy aloqadadir.
Ijodiy ishlar, kashfiyotlar, ixtirolar, takliflar Tafakkurning mahsuli hisoblanadi.
Psixologiya Tafakkurning filogenetik (insoniyat paydo boʻlishi davri), ontogenetik (kishi umri davomida) bilishga oid tarixiy jihatlarini ham oʻrganadi. Hozirgi zamon fanining juda koʻp murakkab masalalari Tafakkurdagi mantiqiy jarayonlarni yanada chuqurroq oʻrganishni taqozo etmoqda.
O’mirlik yoshing o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishga bag’ishlagan tadqiqotlarga nazar solsak, unda turli xil nazariyalar farazlar va fundamentlar izlanishlar borligining guvoxi bo’lamiz.
Bugun xalqaro hayot, kishilik taraqqiyoti shunday bosqichga kirganki endi xarbiy qudratemas, balki intelektual salohiyat, aql-idrok, fikr ilg’or texnologiyalar xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun hozirgi kunda yoshlarni mustaqil fikrlashga o’rganish masalasi har qachongidan dolzarbdir.
Axborot olamidagi ustunlik kop nasani hal etadigan bugungi vaziyatda mustaqil ong va mustaqil fikrga ega bo’lgan shaxsni tarbiyalash masalasi nafaqat ma’naviy , kerak bo’lsa, muxim siyosiy axamiyat kasb etadi.
Shuning uchun hozirgi kunda yoshlarni mustaqil fikrlashga o’rgatish masalasi har qachongidan dolzarbligidir. Axborat olamidagi ustunlik ko’p narsalarni hal etadigan bugungi vaziyatda mustaqil ong va mustaqil fikriga ega bo’lgan shaxsni tarbiyalash masalasini nafaqat manaviy, kerak bo’lsa, muhim siyosiy ahamiyat kasb etadi.
Yangiliklar va buyuk islohatlar davrida esa buyuk sarkarda Amir Temur aytgan mashxur ‘’Kuch adolatda’’ shiori ‘’Kuch bilim va tafakkkurda’’ tarzida o’rtaga tashlanishi shaxs tafakkuri masalasi naqadar muhimligini yanada takidlaydi.Inson tafakkuri har tomonlama taxlil etar ekan, mustaqil, nomustaqil, amaliy, nazariy kabi turlarning tarifini keltirish mumkun. Shaxsdagi mustaqil tafakkur uning aqliy qobilyati bo’lib, shaxs o’z oldiga aniq maaqsad, yangi vazifalar qo’yadi.
Bu tafakkur turida shaxsda amaliy va ilmiy faraz qila olish, natijani ko’z oldiga keltira olish, quyilgan vazifani esa o’zi, boshqalarning ko’magisiz, ko’rgarsatmasiz hal qilishi kuzatiladi. Muamoni hal qilish yo’lida esa turli yo’l usul va vositalarni o’zi topadi. Yosh davrlari nuqtai nazaridan tafakkur xususiyatlarini tushuntirishda turlicha fikrlar mavjuddir. Ayni o’spirinlik davrida tafakkur tobora faol, mustaqil va ijodiy xususiyatlarga ega bo’lib boradi, lekin fikr yuritishda obyektiv va subyektiv kamchiliklar uchraydi.
Bu yoshda gohida o’z fikriga ega emaslik, usul va vositalarning o’zi tomonidan tanlamaslik va qarorlar qabul qilishda boshqalar fikriga ergashish tushunilar ekan. Mustaqil ijodiy fikrlashning quyidagi tuzilmasi taklif etilishi etiborga molikdir:
- Muammo mohiyatiga kirish motivi.
- Shaxsiy ahamiyat kasb etuvchi motiv.
- Muammo echimini topish uchun aqliy va uslubiy vositalarni tanlash.
- Muammoni yechish vositalariga o’zgartirishlar va tuzatishlar kiritish.
- Samarali aqliy va uslubiy vositalarni amaliyotga tadbiq etish.
- Yechim to’g’riligini tekshirish va baxolash.
- Fikrlashdan ( tafakkurdan) qoniqishning shaxsiy manaviy axamiyat kasb etishi.
- Yakka bilish holatidan uzluksiz xususiyatga ega bo’lgan shaxs sifatiga aylanishi.
O’quvchilarda mustaqil va ijodiy tafakkurni shaklantirish uchun ularning nutqini rivojlantirish, o’z fikrlarni ximoya qila olishlariga, tanqid qilish va baxslashishga o’ rgatish kerak. Shaxsning biror narsaga yoki hodisa haqida o’z shaxsiy fikrini bildirishi, muammoni yechish jarayonida baxslashishi aql tanqidiyligini ko’rsatadi. Aql tanqidiyligining rivojlanishi o’quvchilarni moddiy dunyoni, atrof muhitni o’rganishga, o’quv materillarini puxta o’zlashtirishga, ta’lim jarayonida tashabbuskorlikka, faollikga davat etadi va bundan tashqari, voqeiylikni idbotlash va asoslash ko’nikmalari tarkib topishiga imkoniyat yaratadi. Natijada tafakkur shakllaridan tushuncha, hukm va xulosa chiqarish rivojlanadi.
Umumta’lim maktablari o’quvchilarning yuqori sinfda o’qiydigan davrida ularning tafakkuri chuqur, mukammal, serqirra va mavxum bo’a boshlaydi. Ularda tafakkur operasiyalaridan mavxumlashtirish va umumlashtirishning, tafakkurning faolligini, mustaqilligini, mazmundorligini, maxsulotdorligi ortadi. O’quvchilardagi ijodiy tafakkur xususiyatlarni o’rgatish uchun qator psixologik usullar mavjud bo’lib, ijodiy tafakkurning tezligi, egiluvchanligini, orginalligi kabi xususiyatlarni aniqlashda ‘’Torrens aylanalari’’ testi ayniqsa mashxurdir.
Bu testni o’tkazish uchun respondentlarga aylanalar chizilgan A4 formatdagi qog’oz varaqlar va qalamlar tarqaladi hamda quyidagicha ko’rsatma beriladi:
‘Qog’ozga tartibsiz ravishda 20 ta aylanalar chizilgan. Sizni vazifangiz, aylana shaklidan asos ravishda foydalanib iloji boricha ko’proq rasm chizishdan iborat.
Bunda chizilgan rasmingizning tagiga nomini yozishni unutmang. Topshiriqni bajarish uchun sizga 10 daqiqa vaqt ajratiladi’’.
O’quvchilar chizilgan rasmlar divirgent tafakkurning egiluvchanligi, tezligi, orginalligi kabi sifatlar bo’yicha tasniflanadi. Tafakkur tezligi o’quvchilar chizgan rasmlarning soni, tafakkur egiluchanligi har xil sinflarga kiruvchi predmetlarni chizilganligi, tafakkur orginalligi esa boshqalarnikiga o’xshamagan, hech kim chizmagan rasmlar soni bilan belgilanadi.
Tafakkur tezligi, egiluvchanligi va orginalligi yuzasidan olingan baholarning o’rtacha arfimetik qiymati keltirib chiqariladi. O’g’il bolalarda ko’proq texnikaga oid buyum va jihozlarni, jumladan, transport vositalarini, turli yo’l harakati belgilarini, sport anjomlari shuningdek, kundalik xayotda uchraydigan narsalarni chizish kuzatildi. Tafakkur tezligining sifati yuqori darajadagi rasmlarda bolalarning ko’p narsalar chizilganligini kuzatdik. Tafakkur egiluvchanligi bo’yicha rasmlardan 5-7 ta predmet aks ettirilganligini qayd etish mumkun. Bundan ko’rinadiki, o’quvchilarda tafakkur egiluvchanligi uning tezligiga nisbatan ancha marta kam ekan.
Tafakkur yaxshi rivojlangan o’quvchilarda tafakkur egiluvchanligi ham yuqori bo’lishi mazkur metodika natijalarida ham aks etadi. Shunga qaramay, ayrim o’quvchilarning aylana shaklini birlashtirib gantel, svitafor, yo’l belgilarini chizilganligini orginallik sifati deb qabul qilish mumkun.O’quvchi qizlarda tafakkur tezligi birmuncha yuqori ekanligini ular chizgan rasmlardagi predmetlar soni ko’pligidan ko’rish mumkun. Ular chizgan rasmlarda mevalar, gullar, uy jihozlari, kulcha, gilos, soat, turli yo’l xarakati belilari aks etirilgan.
Natijalardan ko’rinadiki, tafakkur egiluvchanligi bo’yicha ko’rsatkichlar ham qizlardan yuqori. Rasmlardagi orginallik o’quvchilarning sharlar bog’lami, svitafor, ko’zoynak, qaychi kabilarni chizganligida ko’rinadi. Natijalarga ko’ra, o’g’il bolalarda tafakkur tezligini yuqori, tafakkur originalligi esa xar diom ham kuzatilmasligi ayon bo’ladi. Qizlarda esa vazifalar soni va berilgan vaqt miqdori ortishi bilan tafakkur tezligi ham yuqori bo’lishi kuzatiladi.
Vazifalar soni qancha ko’p bo’lsa, qizlarda tafakkur originalligi ham bir oz ortar ekan. Qizlarda ham xuddi bolalar kabi tafakkur tezligi tafakkur orginalligiga nisbatan ildamligi ko’rinadi. Umuman qaraganda tafakkur tezligi darajasi o’g’il bolalarda yuqoriroq, tafakkur egiluvchanligi jihatidan esa qizlarning ko’rsatkichi ustun ekanligi aniqlandi. Ekspriment natijasida quyidagi xulosalarni keltirish mumkin:
- Ayni yuqori sinfda tahsil olayotgan o’g’il bolalarda vazifalar ortishi bilan ularda diqqatning pasayishi va natijada tafakkur tezligining ham kamayishi kuzatiladi.
- Yuqori sinfda tahsil olayotgan o’g’il bolalarda tafakkur egiluvchanligi tafakkur tezligiga nisbatan ikki yarim yoki uch barobar kamroq ekanligi namoyon bo’lar ekan.
- Muammolar soni yoki vazifalar soni qancha bo’lsa ham, o’g’il bolalarda va qiz bolalarda tafakkur origilalligi deyarli bir xil darajalarda kuzatiladi.
- Qizlarda vazifalar soni va berilgan vaqt miqdori ortishi bilar tafakkur tezliging ko’payishi tafakkur egiluvchanligi bo’yicha samaradorlik o’g’il bolalarga nibatan ko’proq namoyon bo’ladi.
- Qizlarda tafakkur originalligi muammolar soni yoki vazifalar soni ortishiga bog’liq. Vazifalar qancha ko’p bolsa, tafakkur originalligi bir oz ortadi.
- Umaman olganda qizlarda tafakkur tezligi sifati k’proq, tafakkur originalligi esa har doyim ham kuzatilmas ekan.
Insoniyatning ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davomida qadimgi odamlar tabiiy hamda ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ibtidoiy jamoa a’zolarining psixologik xususiyatlarini aniqlash, ulardan shaxslararo munosabatlarda oqilona foydalanish, o’zining xatti-harakati, shaxsiy faoliyati va muomalaga kirishishida ularni hisobga olishga intilib yashab kelganlar.
Ko’p ming yillik ijtimoiy hayot tajribalariga asoslangan ravishda odamlar shaxsning individual (lotincha individuum alohida, yakkahol odam) xususiyalarini jon bilan bog’lashga va uning ta’siri bilan izohlashga harakat qilishgan. Qadimgi odamlarning tasavvurlariga qaraganda, inson tanasida jon joylashgan bo’lib, u shaxsga oid xususiyatlar, xislatlarni vujudga keltirish imkoniyatiga ega emish.
Qadimgi ajdodlarimizning «jon» to’g’risidagi tasavvurlari shunga bog’liq, mutanosib tushunchasini keltirib chiqardi va buning natijasida animizm (lotincha anima «jon» degan) ta’limoti insoniyat tomonidan kashf qilinadi. Ijtidoiy xalqlarning tasavvurlarida ruh insonning tanasi bilan uzviy bog’liq holda hukm suradi, go’yoki yashaydi. SHuning uchun ijtimoiy hodisalar, hatto ong, shuningdek, real voqeliklar (o’lim, uyqu, bexush bo’lish, betoblik) kabilarni sodda tarzdagi moddiylik (mavjudlik) nuqtai nazaridan talqin qilishga uringanlar. Sodda tafakkur shakllari bilan qurollangan qadimgi odamlar atrof-muhit to’g’risidagi rang-barang holatlar, hodisalar mohiyatini ilmiy jihatdan dalillash imkoniyatiga ega bo’lmaganligi sababli idrok qilingan narsani uning haqiqiy mohiyati tarzida aks ettirishgan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, yoshlarda mustaqil ijodiy fikrni rivojlantirish uchun bir qator tashkiliy chora tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Bu borada guruhning faoliyatini mazmunli tashkil etish, ya’ni munozara, diolog, o’yin metodlaridan keng va o’rinli foydalanish, o’quvchilar uchun o’z fikrlarin erkin bayon qilish sharoitini yaratish, turli psixologik treninglar, davra suxbatlarini tashkil etish, bunday tashkilotiga ko’proq ijodiy topshiriqlarni, muammoli vaziyatlarni kiritash kerakki, o’quvchilarda baxs munozara orqali o’z fikrlarini, muammo yuzasidan o’z nuqtai nazarlarini erkin bayon etish malakasini rivojlantirishga erishish mumkin. Fan o’qituvchilaridan ham o’z navbatida noan’anaviy dars usullari, o’qitishning yangi entiraktiv metodlaridan foydalanish talab etiladi.
Adabiyotlar
- Karimov I.A “Barkamol avlod Ozbekiston taraqqiyotining poydevori”. –T.: “Sharq” – 1997. -63 b.
- Dyui D. “Psixologiya va pedagogika mishleniya. – ..: Sovershenstvo 1998. -208 s
- Nishonova Z.T. Mustaqil fikrlashni o’rgatish bo’yicha trening\\Xalq ta’limi 2000,16 b.
- Foziyev E.F Tafakkur psixologiyasi. –T.: O’qituvchi -1990. -183 b.
5.Абдурасулов, Р., & Ташпулатова, Н. (2019). Философские и психологические особенности занятий восточными единоборствами в процессе формирования личности.
Человеческий фактор: Социальный психолог, (1), 7-11.
6.Toshpo’latova, N. (2021). CHET TILI FANLARINI O’QITISHDA O’QUVCHINING INDIVIDUAL PSIXOLOGIK XUSUSIYАTLARINI HISOBGA OLISH USULLARI.
Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (2).
7.Toshpo’latova, N. (2021). ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ РАҲБАРИНИНГ МУЛОҚОТИ ТАЪЛИМ САМАРАДОРЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ОМИЛИ СИФАТИДА.
Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (3).
8.Toshpo’latova, N. (2022). ЎСМИРЛИК ДАВРИНИНГ ПСИХОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИНИ ҲИСОБГА ОЛГАН ҲОЛДА ЁНДОШУВНИНГ АҲАМИЯТИ.
Журнал Педагогики и психологии в современном образовании,
2(3).
9.Toshpo’latova, N. (2022). ЎСМИРЛАРДА САЛБИЙ ХУЛҚ АТВОРЛАРНИНГ ЮЗАГА КЕЛИШ САБАБЛАРИ ВА УНИ ОЛДИНИ ОЛИШ ИМКОНИЯТЛАРИ.
Журнал Педагогики и психологии в современном образовании,
2(3).
10.Toshpo’latova, N. (2022). OILADA MA’NAVIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISHDA OTA-ONALARNING VAZIFALARI.
Журнал Педагогики и психологии в современном образовании,
2(5).
11.Toshpo‘Latova, Nodira Xudjamuradovna (2022). O‘QUVCHILAR TAFAKKUR XUSUSIYATLARINI SHAKLLANTIRISHDA INTERFAOL USULLARNING O‘RNI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (2), 701-706.
12.Toshpo’latova, N. (2021). YOSH AVLODNI TARBIYALASHDA–O’QUVCHILAR RUHIYАTINI HISOBGA OLISH.
Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (1).