Qodirova Surayyo
Annatatsiya. Ushbu maqolada yantoq o‘simligining vegetativ ko‘payishi haqida ma’lumotlar berilgan. Yantoqning tabiatda urug‘idan unib chiqqan nihollarining uchramasligining sabablari, yantoqning urug‘dan unib chiqishining chegaralanganligining ekologik-biologik xususiyatlari ochib berilgan. Shundayin yantoqning sun’iy vegetativ ko‘paytirish usullari yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: vegetativ, qalamcha, tosh urug‘, zigota, to‘qay, unuvchanlik, vertikal, gorizontal, ko‘payish.
O‘simliklar dunyosi ko‘p yillik evolyusiya jarayoni natijasida 3 xil ko‘payish, nasl qoldirish usuliga ega bo‘lgan (jinssiz, jinsiy va vegetativ ko‘payish).
Ko‘payish deganda o‘ziga o‘xshash nasl qoldirish va turga mansub bo‘lgan o‘simliklar sonining oshishi tushuniladi. Har bir o‘simlik ko‘payishga, qayta tiklanishga va nasl qoldirishga qodir.
Ko‘pchilik o‘simliklar ko‘p yillik evolyusion rivojlanish jarayonida vegetativ ko‘payish usuliga o‘tgan. Vegetativ ko‘payish bu vegetativ tanadan hayotchan qismning ajralib chiqishi. Ya’ni vegetativ ko‘payishda o‘simliklarning bir qismidan butun boshli yangi tirik organizm yaraladi. Vegetativ ko‘payish tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Vegetativ usulda yaralgan o‘simlik tipiga fanda klon yoki qiz o‘simlik deyiladi. Ba’zi o‘simliklar vegetativ ko‘payishda tanada maxsus ko‘payish vazifasini bajaruvchi kurtaklar hosil qiladi. (Tirik misol – qirqquloqsimonlar). Ko‘proq bu usul tuban o‘simliklar orasida tarqalgan. Rivojlanib yetilgan kurtak ona tanadan uzulib tuproqqa tushib yangi o‘simlik tupini hosil qiladi. Vegetativ ko‘payishning hosil bo‘lishida asosiy omil bu ekologik muhit hisoblanadi. Ko‘pchilik turlarning urug‘idan ko‘payishiga (generativ ko‘payishiga) jinsiy organlarning hosil bo‘lishidagi muhit ta’siri sabab bo‘ladi.
Gullarning otalanishiga, urug‘larning pishiqligiga, ularning tabiiy holda unib chiqishiga va hokazolarga tashqi muhitning ta’siri bo‘ladi. Ekologik faktorlarning ta’siri va boshqa sabablar natijasida ba’zi o‘simliklar vegetativ ko‘payish usuliga moslashgan. Shunday o‘simliklar sarasiga yantoq o‘simligini misol qilib kiritish mumkin. Yantoq o‘simligi fabatsiya (dukkakdoshlar) oilasiga kiradi. O‘zbekistonda uning 4 turi uchraydi.
- * Alhagi canescenc (Regel) B Keller Shap – kulrang yantoq
- * Alhagi kirghisorum Schrenk – qirg‘iz yantog‘i
- * Alhagi pseudalhagi (m.Bieb) Dasv.ex B. Keller Shap – soxta yantoq
- * Alhagi persarum Boiss – persiya yantog‘i
Yantoq turlari tabiiy sharoitda generativ organlarni yaxshi hosil qiladi, gullar hosil qilib, changlanib urug‘ hosil qiladi. Urug‘ining unuvchanligi laborotoriya sharoitida (namlik 70-90 %, harorat 30-35 % bo‘lganda) yaxshi unib chiqadi va unuvchanligi 40-60 %, ni tashkil qiladi. Skorofikatsiya qilish usuli bilan yantoq urug‘ining unuvchanligini 95-98 % ga yetkazish mumkin. [1].
Kuzatuvlar tabiiy sharoitda uning urug‘idan unuvchanligining ko‘pchilik adir xududlarda o‘ta pastligi yoki butunlay uchramasligini ko‘rsatdi. Gushin A.D. Toshkent atrofida bu boradagi kuzatuvlar 20 yillik kuzatuvlarning samarasiz bo‘lganini aytadi. [2].
Xuddi shunday Samarqand viloyati Nurota cho‘llarida urug‘idan unib chiqqan yantoq niholini uchrata olmaganligini M.N.Davletshina ham o‘z maqolalarida keltiradi. [1]
Yantoqning tabiatda urug‘idan yomon unushi uning urug‘ining anotomik va fiziologik tuzulishi bilan bog‘liq. Yantoq urug‘i toshsimon urug‘lar qatoriga kiradi. 1000 ta urug‘ning og‘irligi 5-6 gram. Yantoq urug‘i o‘ta pishiq qobiq (po‘st) bilan o‘ralgan. Bu po‘stning nam o‘tkazuvchanligi o‘ta yomon bo‘lganligi uchun urug‘dagi zigotaning unushi uchun kerakli bo‘lgan namlik so‘rilmaydi. Suv miqdorining yetishmasligi urug‘dagi zigotaning o‘sib rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu yerda irsiy xususiyatlarni ham inobatga olish kerak. Darhaqiqat yantoq kelib chiqishi bo‘yicha to‘qay o‘simligi bo‘lganligi sabab uning urug‘ining unib chiqishi uchun katta miqdorda suv va shu davrning o‘zida yuqori xarorat talab etiladi. (35-40 gradus). Bunday sharoitni cho‘l (adir) xududida bir paytning o‘zida (erta bahorda) topish qiyin, ya’ni namlik bahorda (mart oyida) yetarli bo‘lishi mumkin lekin harorat past. Yantoq urug‘i qattiq toshsimon bo‘lganligi uchun unuvchanligi uzoq muddat saqlanuvchi (giperunuvchan) hisoblanadi. Yoz oylarida harorat yetarli (yuqori) lekin namlik kam bo‘lishi uning unishiga to‘sqinlik qiladi. Yantoq o‘simligining adir xududlarida normal unushi uchun ikkita ekologik omil suv va harorat yetarli (munosib) bo‘lishi kerak. Tabiiy holda yantoq urug‘i unuvchanligining 100 yilgacha saqlanishi mumkinligi isbotlangan [3]. Lekin 1977-1978 yillar Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi Oqtom ko‘li qirg‘oqlarida yantoqning urug‘idan o‘nib chiqgan ko‘plagan nihollari X.Mavlanov tomonidan uchratilgan va kuzatilgan [4].
Ilmiy ma’lumotlarga qaraganda tabiatda yantoq 3-6 % gacha urug‘idan ko‘payish xususiyatiga ega ekan. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki tabiatda yantoqning urug‘idan ko‘payishi ehtimoli juda kam. Lekin yantoqning urug‘idan ko‘payishi o‘ta yomon bo‘lishiga qaramasdan Markaziy Osiyo mamlakatlarida va xuddi shunday, yer sharining ko‘pgina davlatlarida bu o‘simlik keng tarqalgan. Ko‘pchilik xududlarda juda katta maydonlarni egallaydi. Tabiiy sharoitda qalinligi gektariga 2-3 ming tupdan 10 ming tupgacha bo‘lishi mumkin.
Yantoq hayotiy shakliga ko‘ra o‘tsimon, uzun ildizpoyali, tikanli, ko‘p yillik, kuchli yog‘ochlangan o‘q ildizli va yer ustining asosigacha quriydigan (gemikriptofit) o‘simlik hisoblanadi. [5].
Yantoq turlari asal shira, efir moyi, vitamin, bo‘yoq beradigan va shifobaxsh pereparatlar, alkagolsiz ichimliklar tayyorlashda zarur hom ashyo hisoblanadi. Undan tashqari yantoqdan oziq ovqat maqsadida, tuproqni azot bilan boyitishda, ko‘chma qumlarni mustahkamlashda, tuproq nurashini oldini olishda keng foydalanish mumkin. Lekin yantoq qadimdan ham, hozir ham cho‘l, yarim cho‘l chorvasi uchun qimmatli yem-hashak, yaylov va yagona pichan beruvchi o‘simlik hisoblanadi.
Yantoqning tabiatda ko‘payishi va rivojlanishini o‘rganish borasida olib borgan Respublikamizning adir, yarim cho‘l, cho‘l, to‘qay xududlaridagi kuzatuvlarimiz uning aksariyat vegetativ ko‘payotganligini ko‘rsatdi. Yantoqning tabiatda tarqalgan asosiy ko‘payish usuli vegetativ bo‘lganligi uchun uning vegetativ ko‘payishini su’niy usulda o‘rganishni maqsad qilib qo‘ydik. Bu usulni sinab ko‘rish maqsadida yantoqning ildiz qismini har xil chuqurligidan qalamchalar tayyorladik. Yantoqning yuqori 0-1 metr qismi kovlab olinib har 10 sm., dan kesib 10 ta qalamcha tayyorlandi. Keyin 1,5 metrdan 2 metrgacha bo‘lgan qismi ham olinib 10 sm.lik qalamcha qilib tayyorlandi. Qalamchalar mart oyining birinchi dekadasida ekilganda aprel oyining oxirida ekilgan hamma qalamchalar ko‘karishni boshladi. Birinchi bo‘lib ko‘karishni yer ustiga yaqin bo‘lgan (0-10 sm). qismidan olingan qalamchalarda boshlandi.
Bizning bu tajribamiz yantoqning yer osti (ildiz ) qismining vegetativ ko‘payishga yaxshi moslashganligini bildiradi. Yantoq o‘simligi o‘zining yer osti qismlarining rivojlanganligi bo‘yicha cho‘l-adir o‘simliklari orasida eng kuchlilar toifasiga kiradi. [6]. Yantoqning yer osti qismi, uning yer usti qismiga nisbatan 10-20 marotaba uzun bo‘ladi. Yer osti suvlari yaqin bo‘lgan xududlarda, suv havzalari, kanallar buylarida uning ildizi 2-4 metrni tashkil etsa cho‘l va yarim cho‘llarda 30-40 metrgacha yetishi mumkin. Vertikal ildiz singari yon gorizontal ildizlar ham kuchli tarmoqlab rivojlanib 40-50 metrga yetishi mumkin. Uning diametri yoshiga qarab 0,5 sm.dan 5 sm.gacha buladi. Yantoqning tabiatda keng tarqalishi va uning har xil tuproq (gips, qumloq, toshloq, sho‘rxoq) va shundain noqulay iqlim (yuqori harorat) suv tanqisligi sharoitlarida uchrashi uning kuchli rivojlangan va hamisha yer osti suvlariga yetib boradigan ildiz tizimi bog‘liq. Kelib chiqishi to‘qay o‘simligi bo‘lganligi sabab uning suvga bo‘lgan talabi ancha yuqori. Bir tup yantoq bir quyoshli kunda 2,5 litrgacha suv parlatishi mumkin.bir gektar maydondagi yantoq tuplari o‘rtacha 350 tonnagacha yer osti suvlarini qabul qilib uni parlatishi mumkin. Bu xususiyati bilan yantoq tabiatda suv aylanishini yaxshilaydi va o‘sayotgan xududining mikroiqlimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib biologik xilma-xillikni saqlashda alohida e’tiborga egadir.
Shu kunda respublikamizning qurg‘oqchil (cho‘l va yarim cho‘l) xududlarida inqrozga uchragan yantoqzorlarni tubdan yaxshilashning birdan-bir omillariga uni vegitativ ko‘paytirish usullari kiradi.
ADABIYoTLAR
- Guщin P.O.Biologiya yantaka (Alhagi).Tashkent. SAGU. 1995.108-s.
- Davletshina M.N. Alhagi pseudalhagi – verblyujya kolyuchka obыkno vennaya, yantak lojnыy // Adaptatsiya kormovыx rosteniy k usloviyam aridnoy zonы Uzbekistana. Toshkent. 1983. St.219-234.
- Mavlanov X. O Jiznesposobnosti semyan yantoka // Dokl. AN UzSSR. 1978. №-6. st.51-52.
- Mavlanov X. Yantachniki Uzbekistana. Toshkent .Me 1995.st.167.
- Mavlanov X. Yantachniki O‘zbekistana i puti ix optimizatsiya. «Dissertatsiya na soiskanie uchyonnoy stepeni doktora biologicheskix nauk». Tashkent 1- 1997.
- A.Butnik, D.K.Saidov, “Ekologicheskaya anatomiya pustыnыx rasteniy” Iz. “FAN”, Toshkent, 1991. 147-st.