Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

O‘QUVChILARDA ALGORITMIK FIKRLAShNI RIVOJLANTIRISh ULARNI DASTURLAR TUZIShGA O‘RGATIShNING MUVAFFAQIYaTI KAFOLATI SIFATIDA

Tashpulatov Hamdam Bekmuhammadovich JDPU informatika va raqamli ta’lim texnologiyalari kafedrasi o’qituvchisi   Yillar davomida kompyuter bilan ishlash usullari inson fikrlash jarayonlariga, ya’ni tafakkuriga ta’sir etayotganini XX asrning ikkinchi yarmida psixologlar tomonidan aniqlangan. Zamonaviy sharoitlarda, kompyuter texnologiyalari vositachiligida va ular tomonidan o‘zgartirilgan aqliy faoliyat psixologik tadqiqotlarning yangi muhim ob’ekti – jamiyat tafakkurini o‘rganishda sezilarli taraqqiyotni talab qiladi[1]. Tafakkur psixologik jarayon sifatida muammoli vaziyat sharoitida boshlanadi. Kompyuterlarning yaratilishi va rivojlanishi turli tuman muammolar yechimining natijasidir. Ularda ishlash, ular uchun dasturlar tuzish va sun’iy intellekt yaratish jarayoni insonning kognitiv xususiyatlariga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmagan albatta. Dasturlash – ikkinchi savodxonlik deya ta’kidlagan A.P. Yershov vaqtlar o‘tib raqamli texnologiyalar insoniyatning aqliy salohiyatining rivojlanishiga, ta’lim sifatiga, o‘qitishning nazariyasi va amaliyotining asosiy qoidalariga albatta o‘z ta’sirini o‘tkazishini taxmin qilgan[2] . A.P. Yershov ishlarining davomchilaridan biri A.G. Kushnirenkoning fikricha, «Dasturlash bilan shug‘ullanish zarur tafakkur turi algoritmik tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishga yordam beradi»[3]. Kompyuter uchun dastur tuzish degani unga u tushunadigan tilda buyruqlar berish deganidir. Kompyuterda kerakli natijani olishimiz uchun unga buyruqlarni to‘g‘ri ketma-ketlikda berishimiz, undan tashqari ma’lum masalani yechishda qaysi dasturlash tilidan foydalanish yaxshi samara berishini bilishimiz ham kerak. Dastur tuzish jarayonida rejalashtirish, dasturlash, moslashtiruv ishlar, tahlil qilish vositalari – raqamli tafakkurning maktabda, universitetda, uyda, ishda amaliy qo‘llanilishida yordam beradi. Ko‘plab izlanishlar yuqori saviyada tashkil etilgan dasturlash kurslari o‘z faoliyatini rejalash, tashkil etish, matematik qobiliyat va abstrakt tafakkurning rivojlanishi kabi kognitiv bilimlarni rivojlantirishga olib kelishini ta’kidlamoqda[4] . Shuning uchun yosh avlodning dasturlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmasini oshirish butun dunyo oldidagi dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga kelgusida dasturlash sohasida yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassislarning yetishmasligi ham ma’lum qilinmoqda[5]. Ushbu muammolarni yechimi sifatida butun dunyo bo‘yicha dasturlashni ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlariga asosiy fan sifatida kiritish tendensiyasi kuzatilmoqda. Ayni vaqtda juda ko‘p davlatlar o‘z milliy ta’lim dasturlarini qayta ko‘rib chiqmokdaki, dasturlashni asosiy fanlar qatoriga kiritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda[6] . Amerika, Xitoy, Janubiy Koreya, Kanada, Isroil, Singapur, Hindiston, Kosta-Rika, shuningdek 18, Yevropa davlatidan 16-ta nafari ushbu jarayonni amalga oshirganligini kuzatish mumkin. Bu jarayon Rossiya, Urugvay, Chili, Yevropaning qolgan 2 davlati va shu kabi davlatlarda rejalashtirish bosqichida bo‘lib qo‘shimcha ta’lim turida dasturlash kurslari olib borilyapti. Ushbu kurslar sinf xonalarida, on-layn tarzda olib borilishi bilan birgalikda dasturlash bo‘yicha yozgi maktablar, lagerlar ham tashkil etilgan. Quyida o‘zining ish tajribamda kelib chiqib, ba’zi bir fikrlarimni bayon etmoqchiman.  Dasturlashni biladigan bolalar, ya’ni ma’lum bir ijrochi uchun dastur tuza oladiganlar ko’p emas, juda ham kam desam ham xató qilmagan bo’laman. Garchi,  biz xozirgi avlodni raqamli dunyoda, raqamli texnologiyalar dunyosida, dasturlar dunyosida, gadjetlar dunyosida, katta ma’lumotlar (big data) dunyosida, deyarli har qanday qurilmani dasturlash mumkin bo’lgan dunyoda shakllanayotgan va rivojlanayotgan  avlod deb ta’riflasakda ular informatika fanining “»Algoritmlash va dasturlash» bo’limini o’rganayotganlarida, qiyinchiliklrga duch kela boshlaydilar: matematik darslarida bo’lgani kabi masalalarni yechish kerak bo’ladi. Dasturni zaruriy natijani bera oladigan tarzda tuza olishmaydi, va shuning uchun o’z navbatida kompyuter ham kerakli natijani chiqarib bermaydi. Va yana bir narsani ish tajribadan kelib chiqib aytish mumkinki, bu qanchalik g’alati tuyulmasin, ko’pincha darslarda, algoritmlash va dasturlash mavzularida talabalar kompyuterda o’tirib ishlashni xohlamaydilar. Buning sababi nima? Har qanday ijrochi uchun yozilgan dastur-bu algoritmdir, ya’ni natijaga erishish uchun bajariladigan buyruqlar ketma – ketligi, demak, muammo shundaki, talaba ma’lum bir muammoni hal qilish uchun algoritmni qanday tuzishni, natijaga erishish uchun, muammoni alohida bosqichlarga qanday ajratishni tushunmaydi. Qo’yilgan masalani yechish uchun harakatlar rejasini tuzish, natijalarni oldindan bashorat qila olish uchun algoritmik fikrlash qobiliyati zarur bo’ladi. Informatika fanining “Algoritmlash”, “Dasturlash” bo’limlarini muvaffaqiyatli o’zlashtirishga aynan rivojlangan algoritmik fikrlash qobiliyati va albatta, talabalarning informatika fanini o’rganishga bo’lgan motivatsiyasi katta yordam beradi va rol o’ynaydi. Informatika va AKT bo’yicha yangi ta’lim standartlarida informatika fanini o’qitishning maqsadlaridan biri zamonaviy jamiyatda kasbiy faoliyat uchun zarur bo’lgan algoritmik fikrlashni rivojlantirish ekanligi ko’rsatib o’tilgan. Bizning fikrimizcha o‘quvchilarda dasturlash ko’nikmalarini rivojlatirishning muvaffaqiyati  ularda algoritmik algoritmik fikrlashning rivojlanish darajasiga bog’liq. Algoritmik fikrlash deyilganda o‘ziga xos algoritmik tasavvurlar va ko‘nikmalar tushuniladiki, bunda jamiyatning bugungi bosqichida har bir insonning umumiy madaniyati, hamda shundan kelib chiqqan holda, kasbiy ta’limning maqsadga to‘g‘ri yo‘naltirilgan komponentlarini aniqlab bersin. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining  rivojlanishi bilan yagona algoritmik yo‘nalishni samarali joriy etish imkoniyati paydo bo‘ladi. Kompyuter bilan muloqat qilishning tilga oid va algoritmik aspektlarini tushunish bugun insonlar madaniyatining zaruriy elementlaridan birini tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda, algoritmlar inson hayotiy faoliyatining har xil sohalarida qo‘llanilib, ko‘pchilik hollarda inson faoliyatining samarasi, uning o‘z faoliyatining algortimik mohiyatini qanchalik idrok etishiga bog‘liq: vaqtning aniq bir momentida nima qilish lozim, qaysi ketma–ketlikda va natija qanday bo‘lishligi kabi holatlar. Bularning barchasi inson fikrlash madaniyatining maxsus aspektlarini aniqlaydi va har xil algoritmlarni tuzish va foydalanish malakasi bilan xarakterlanadi. Algoritmik fikrlashning kuchayishi fikrlash dinamikasini, fikrlashning moslashuvchanligini rivojlantiradi, murakkab ob’ektlarni sodda qismlarga ajaratish va ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tanlash malakasini shakllantiradi. Bugungi vaqtda ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash tushunchasi  ”axborot” (saqlash, yozish va axborotlarni qidirish), “algoritm” (algortimlarni yozish shakllari), “ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash” (kompyuterlar uchun dasturlar tushunchasi) kabi tushunchalar bilan bog‘langan. Algortimik fikrlashning alohida elementlarini shakllantirishdan tashqari, zamonaviy jamiyatda kompyuterlarni qo‘llashning asosiy g‘oyasini tushunib yetish, o‘quvchilar uchun muhim talab hisoblanadi: aniq va bir qiymatli holda shakllangan inson faoliyatida mazkur holatda kompyuterlar qo‘llaniladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, informatika turkum fanlarida  algoritmik yo‘nalish–bu ta’limning yo‘naltirilgan mazmuniy–metodik komponenti bo‘lib, zamonaviy  axborot texnologiyalardan foydalanib algoritmlashning amaliy metodlarini o‘rganishni rivojlanishni ta’minlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar
  1. Aripov M. “Programmalashga kirish”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent 2008 y.
  2. Ismail M. N., Ngah N. A., & Umar I. N. (2010). Instructional strategy in the teaching of computer programming: a need assessment analyses. TOJET: The Turkish Online Journal of Educational Technology, 9(2).
  3. Toshpulatov H.B. Maktab o‘quvchilarida takrorlanuvchi jarayonlarga algoritmlar tuzish ko‘nikmasini shakllantirish // INNOVATION IN THE ODERN EDUCATION SYSTEM: a collection scientific works of the International scientific conference (22nd JUNE, 2022) – Washington, USA: «CESS», 2022. Part  – pp. 300-304.
  4. Toshpulatov H.B., Qamarov N. Maktab informatika va axborot texnologiyalari fanida o’quvchilarda algoritmik fikrlashni shakllantirish // “Ўзбекистондаилмийтадқиқотлар: Даврийанжуманлар” мавзусидагиреспублика 41-кўптармоқлиилмиймасофавийонлайнконференцияматериалларитўплами, 30 июнь 2022 йил. – Тошкент: «Tadqiqot», 2022. – 132-133 бетлар.
  5. Toshpulatov H.B. Professional dasturchi bo’lish uchun muhim bo’lgan ko’nikmalar//Matematikani o’qtishning dolzarb muammolari va yechimlari:Respublika ilmiy onlayn anjumani tezislari to’plami, 2021yil 15 dekabr. -Jizzax 2021. -332-335 betlar.
Tashpulatov H. B. Peculiarities of using mental map in the process of forming algorithmic thinking in the process of teaching future teachers in mathematics and computer science // Thematics journal of education. 2022, Vol. 7-Issue Q4- 2022, pp. 4 [1] Брушлинский А.В., Тихомиров О.К. О тенденциях развития современной психологии мышления. Национальный психологический журнал №2(10)/2013, 10–16. [2] Мукашева М.У., Паевская Е.В. Семантическое влияние программирования на развитие мышления обучающихся: предпосылки, исследование и перспективы. – “Открытое образование”, Т. 24. № 1. 2020. C. 46-53, 46 стр. 3 Берман Н.Д. В [3] Кушниренко А.Г., Лебедев Г.В. Информатика: 12 лекций о том, для чего нужен школьный курс информатики и как его преподавать. — Лаборатория базовых знаний, 2000 [4] Кушниренко А.Г., Рогожкина И.Б. ПиктоМир: опыт обучения программированию старших дошкольников. – https://cyberleninka.ru/article/n/piktomir-opytobucheniya-programmirovaniyu-starshih-doshkolnikov/ viewer [5] Moreno-Leуn, J., Robles, G., & Romаn-Gonzаlez, M. (2016). Code to learn: Where does it belong in the K-12 curriculum? Journal of Information Technology Education: Research, 15, 283-303 [6] 1 Gonzбlez, M. R.. Aprender a programar ‘apps’ como enriquecimiento curricular en alumnado de alta capacidad [To learn programming ‘apps’ as curriculum enrichment on gifted students]. Bordуn. Revista de Pedagogнa,2014, 66(4), 135-155.