JDPU katta o‘qituvchisi Kamolova Shirin Usarovna
Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi 2-bosqich magistri Amonxonova Yanglishxon
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘qituvchi kasbiy kompetentligi pedagogik faoliyat jarayonida shakllantirishning pedagogik asoslari masalalariga qaratilgan. Ta’lim jarayonida k
o‘zlagan natijalarda erishish uchun o‘qituvchining kasbiy kompetentlik sifatlari qay darajada rivojlangan bo‘lishi asosida o‘qituvchilarni tayyorlash sifatini oshirish zarurligi yoritilgan.
Kalit so‘zlar: kompetentlik, ijtimoiy kompetensiya, xamkorlik, xulq-atvor, bilim, ko‘nikma, malaka, anglash, hamkorlik, bag‘rikenglik, ijtimoiy safarbarlik, ijodiy yondashish, xamkorlikda ishlashni va tahlil qilish.
Annotatsiya: Dannaya statya posvyaщena voprosam pedagogicheskix osnov formirovaniya professionalnoy kompetentnosti uchitelya v protsesse pedagogicheskoy deyatelnosti. Dlya dostijeniya jelaemыx rezultatov v obrazovatelnom protsesse vыdelena neobxodimost povыsheniya kachestva podgotovki uchiteley isxodya iz urovnya professionalnoy kompetentnosti pedagoga.
Klyuchevыe slova: Kompetentnost, sotsialnaya kompetentnost, sotrudnichestvo, povedenie, znaniya, navыki, kompetentnost, ponimanie, sotrudnichestvo, tolerantnost, sotsialnaya mobilizatsiya, tvorchestvo, sotrudnichestvo i analiz.
Ta’lim tizimini modernezatsiyalash, ta’lim tizimida yuzaga keladigan o‘zgarishlar ta’lim muassasi xodimlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish bugunning dolzarb muammolaridandir. So‘ngi yilllarda mamlakatimizda ta’limni rivojlantirish umummilliy dasturi doirasida ta’lim muasasalarini zamon talabiga mos ravishda modernizatsiya qilish, ta’limning mazmun -mohiyatini o‘zgartirish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Ma’lumki jamiyat xar doim ilmli, raqobatbardosh, ijodiy izlanuvchan kompetentlik sifatiga ega shaxsga ehtiyoj sezadi.
Yangi ming yillikda xalqimizning taraqqiyot yo‘lida turli muammolar mavjud ekan, avvalo, ularning to‘g‘ri yechimini topish zarur.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi sifat bosqichining mohiyatidan qaralganda, mazkur masalaning qay darajada dolzarbligi o‘z-o‘zidan namoyon bo‘ladi. “Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan.
Bu asosan o‘zligini anglayotgan insonlarga, ijtimoiy hayotda o‘z mavqeiga ega bo‘lgan ziyolilarga bog‘liq. Bizning vazifamiz fan-texnikani yuksak saviyada egallagan, jahon standartlari darajasidagi mustaqil fikrlovchi, intellektual ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashdir.
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak kompetentlik, shaxs kompetentlik tushunchalari XXasrning 90-yillarida ijtimoiy kompetentlik shaxsning shaxsiy sifati kabi barcha ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib, fanlararo bir mavzu sifatida qabul qilinib murakkab, ko‘p komponentli va ko‘p o‘lchovli hodisa sifatida tahlil qilina boshlandi.
Tadqiqotchi V. N. Kunisыnaning ko‘p yillik ilmiy tadqiqotlari natijalariga asoslanib, ijtimoiy kompetentlikning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatadi: kompetentlik; kommunikativ kompetentlik; ijtimoiy-kasbiy kompetentlik; o‘z-o‘zini aniqlash (ego-kompetentlik) haqida xulosa chiqaradi.
Shu bilan birga I.A.Zimnyaya kompetentlikni insonga ijtimoiy ta’siriga ko‘ra, ijtimoiy hamkorlik (jamiyat, jamoa, oila, do‘stlar, hamkorlar bilan ziddiyatlar va ulardan qaytarish, hamkorlik, bag‘rikenglik, ijtimoiy safarbarlik) va muomala kompetentligi (og‘zaki, yozma, suhbat, monolog, bilim va an’analarga rioya qilish, etiket, madaniy va xorijiy aloqalar, biznes, kommunikativ vazifalar) kabi turlarga ajratadi.
[1]
Ye.V.Koblyanskayaning tadqiqot ishida ijtimoiy kompetentlikni ”Men” munosabatini tushunish – jamiyat, to‘g‘ri ijtimoiy yo‘nalishni tanlay olish, ushbu yo‘nalish bo‘yicha o‘z faoliyatini tashkil etish” sifatida ko‘rib chiqadi. Uning fikricha ijtimoiy kompetentlik – “bu shaxsiy sifat bo‘lib – kishining ijtimoiy normalar bilan bog‘liq ushbu jamiyat a’zosi sifatidagi mehnat faoliyatidir, bunda jamiyat hayoti uning a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tartibga soladi.
Avvalo etimiologik jihatdan Kompetentlik tushunchasi – bu biror sohada samarali faoliyat yuritish uchun zaruriy tajriba va kerakli bilimlar, kompetensiyalar tizimidir.
M.I.Lukyanova o‘qituvchining psixologik-pedagogik saloxiyati asosida pedagogik faoliyat uchun yuqori darajadagi professional tayyorgarlik va o‘quv jarayonida talabalar bilan samarali o‘zaro munosabatlarga ega bo‘lgan shaxsning o‘ziga xos xususiyatlarini tushunadi psixologik va pedagogik kompetensichya tarkibiy qismi sifatida u psixologik va pedagogik yo‘nalishlarning bloklarini ko‘rib chiqadi degan fikrlarni bildiradi.
Ijtimoiy kompetentlikning quyidagi komponentlari mavjud bo‘lib, ushbu komponentlar turli yosh davrlaridagi insonlarda jamiyatdagi ijtimoiy institutlarning tuzilishi va faoliyat olib borishiga doir ma’lumotlarni, ijtimoiy rolga qo‘yilgan talablar va kutishlarga oid bilimlarni, ijtimoiy rolga xos bo‘lgan xulqni egallash malakasini, umuminsoniy normalar va qadriyatlarga oid hamda kishining o‘zi haqidagi tasavvurlari, o‘zini ijtimoiy sub’ekt sifatida idrok etish bilan bog‘liq bo‘lgan samarali ijtimoiy hamkorlik ko‘nikmalari va malakalarini shakllantiradi. Ijtimoiy kompetentlikni shakllanishi o‘qituvchilardan quyidagi ijtimoiy xulq malakalarini ham talab etadi.
- o‘zaro birgalikdagi harakat malakalari;
- stress(zo‘riqish)li vaziyatlardagi adekvat xulq malakalari;
- ijobiy muloqot malakalari;
- boshqalarni tushunish va o‘z-o‘zini baholash malakalari;
- o‘z xulqini idora etish malakalari;
- hissiy xolatlar va emotsiyalarni boshqarish;
Shu sababli kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutahassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalikni anglatadi.
Kompetentlik tuzilmasida ijtimoiy kompetentlikka alohida o‘rin berilgan bo‘lib, u o‘zida turli hayotiy sohalardagi ijtimoiy hamkorlikka bo‘lgan qobiliyat va ijtimoiy moslashuvchanlikni aks ettiradi.
[2]
-muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasini boshqara olish;
– o‘quv faoliyatini takomillashtirib borish;
– faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondashish;
– o‘rtoqlari bilan ijodiy hamkorlikka erishish;
-irodaviy sifatlarini rivojlantirib borish;
– ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish;
-kreativlik xususiyatlarini rivojlantirib borish;
– salbiy odatlarni bartaraf etib borish;
-o‘ziga ob’ektiv baho berish;
-ijobiy sifatlarni o‘zlashtirish choralarini izlash yo‘lida olib boradigan amaliy harakati o‘qituvchining o‘z ustida ishlashini ifodalaydi. Ijtimoiy kompetensiya – ijtimoiy malakalar (majburiyatlar) xisoblanib, kishiga jamiyat hayotidagi normalar va qoidalarni adekvat (o‘zaro mos) tarzda bajarish imkoniyatini beradi va inson o‘z navbatida o‘z menining anglay boshlaydigan ilk bolalik davrlaridan boshlab ushbu normalar va qoidalarni ota-onasining yordami bilan egallay boshlaydi.
[3] Ma’lumki oldingi ta’lim ko‘proq akademik bilimlar berishga qaratilgan bo‘lsa, bugungi kunda o‘qituvchilarning chuqur nazariy bilimlarga ega bo‘lishi bilan birgalikda, ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. O‘qituvchilarning izchil ravishda o‘zining kompetentlik sifatlarini rivojlantirib borish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish muammosi psixologiyadagi yetakchi muammolardan biridir. Bu muammolar yechimi o‘qituvchilar o‘z kompetentlik sifatlarini rivojlantirib borishi uchun o‘z ustida ishlashi jarayonida o‘z aksini topadi:
Ijtimoiy kompetentlik asosini jamiyat, undagi xulq-atvor usullari va qoidalari haqidagi bilimlar tashkil etar ekan, maktab o‘quvchisi uchun jamiyat, keng (dunyo, mamlakat) va tor (oila, maktab, mahalla) davrada aks etadi”.
[4] Uning muammolarni hal etish bilan bog‘liq mustaqil bilish, ijtimoiy-fuqarolik, ijtimoiy-mehnat, madaniy-xordiq kabi komponentlar kiritiladi.
Shuning uchun o‘qituvchilar kompetentliklarini rivojlantirishning muhim yo‘llaridan biri, o‘qituvchilarda o‘zini o‘rab turgan kishilar bilan birgalikda harakat qila olish, o‘zini tutish usullariga doir bilimlarni shakllantirishdan iborat. Ushbu xolatda ijtimoiy moslashish uchun o‘zaro hamkorlikdagi faoliyati ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, o‘qituvchi o‘z tengdoshlari va kattalar bilan xamkorlikda faoliyat olib boradi. O‘z fikrini boshqalarnikidan ajrata olish tufayli o‘qituvchi o‘z shaxsiy “Men”ining imkoniyatlarini chamalay oladi, ko‘pgina hayotiy vaziyatlar uning xulq-atvori, o‘zini tutishiga bog‘liq ekanligini tushunib yetadi, shu asnoda muammoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalarini egallaydi.
Jumladan, zamonaviy ijtimoiy-iktisodiy sharoitlarda kasbiy o‘zini o‘zi boshkarish jarayonida shaxsning kasbiy rivojlanishining eng to‘lik psixologik shakllari, kasbiy kompetentlikning rivojlanish xususiyatlari E.F.Zeer tomonidan o‘rganilgan.
Bu asosda o‘qituvchida muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasini boshqara olish xususiyati, faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondashishi, xamkasblari bilan ijodiy hamkorlikka erishish, irodaviy, ishchanlik qobiliyati, kreativlik xususiyatlari va salbiy odatlarni bartaraf etib borishi uchun imkoniyatlar yaratiladi. Buning uchun dars jarayonida xam turli interfaol usullardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi
O‘qituvchilardan o‘z faoliyatga tanqidiy, ijodiy yondashish, xamkorlikda ishlashni va tahlil qilishni o‘rganishadi.
Har bir o‘qituvchi o‘zining kasbiy kompetentlik sifatlarini shakllantirishda mutaxassislar tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni yangi ma’lumotlarni izlab topish ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay olishni taqoza etadi.Kasbiy kompetentlik sifatlari mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishi, muxim ijtimoiy talablarni anglay olishi amalda yuqori darajada ko‘llay olishlari uchun xamkorlikda ishlash ijobiy samara beradi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, shaxsning integrativ xususiyatini boshqacha aytganda , bo‘lajak mutaxassislar shaxsiy sifatlarin bilim malaka va amaliy tajribasi, qobiliyatlari kadriyat yo‘nalishlarini ifoda etadi, o‘qituvchilarda kompetentlik sifatlari rivojlanishga qaratilgan harakatlar asosan ta’lim muassasalaridanoq boshlanadi. O‘qituvchi buning uchun turli fan asoslarining nazariy va amaliy asoslarini chuqur o‘rganib fan yangiliklaridan doimo maqsadga muvofiq foydalanish asosida kompetentlik sifatlarini rivojlantirib bormog‘i kerak, shuningdek, ta’limning faol usullarini ( trening darslari, ko‘rgazmali dars, auksion dars va hokazo) ham o‘zlashtirib olgan bo‘lishi kerak. Shunday qilib, kompetentlik – shaxs ustanovkalari va ma’naviy qadriyatlari, shaxsiy psixologik xususiyatlar tizimiga asoslanuvchi, o‘zaro bir-biriga yaqin ijtimoiy kompetensiyalar majmuasi bo‘lib, o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligi shakllanishiga va turli ijtmoiy rollarni samarali bajarishga imkoniyat beradi. O‘qituvchilarning kasbiy kompetentligi pedagogik faoliyatni amalga oshirish jarayonida bilimlarga qadriyatlarga asoslanib rivojlanib boradi.
Albatta o‘qituvchilarda kompetentlik sifatlari rivojlanishi uchun imkoniyat bo‘ladi, ta’lim muassasalarida ijtimoiy foydali faoliyat motivatsiyasi rivojlanadi va mustahkamlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
- 1. Andreeva G.M. Sotsialnaya psixologiya. M., Aspekt press, 1996.37s
- Beliskaya G.E. Sotsialnaya kompetensiya lichnosti. Soznanie lichnosti v krizisnom obщestve. M.,-Masyagina1995.-24 s.
- 3. P. Formirovanie sotsialnoy kompetensii buduщix pedagogov: Avtoref. dis. kand.ped.nauk. – Astraxan, 2008. –54,55s.
- T.G‘afforova. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar “Tafakkur”nashriyoti.T.:2011.-112b
5.Lukyanova M.I. psixologo-pedagogicheskaya kompetentnost uchitelyayu// Pedagogika -2001.-№10 s56-61
[1] Андреева Г.М. Социальная психология. М., Аспект пресс, 1996.37с
[2] Белицкая Г.Э. Социальная компетенция личности. Сознание личности в кризисном обществе. М.,-Масягина1995.-24 с.
[3] Г. П. Формирование социальной компетенции будущих педагогов: Автореф. дис. канд.пед.наук. – Астрахань, 2008. –54,55с.
[4] Т.Ғаффорова. Бошланғич таълимда замонавий педагогик технологиялар “Тафаккур”нашриёти.Т.:2011.-112б