2017 yilning 20 yanvar kuni Jizzax davlat pedagogika instituti Madaniyat saroyida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ishchi guruhi institut professor-o‘qituvchilari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig`ilish ikki bosqichdan iborat bo`lib unda birinchi bosqichda institut professor-o‘qituvchilari, ikkinchi bosqichda talabalar ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda institut rektori professor A.J.Xolbekov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori F.Axmedov, o‘quv ishlari prorektori Q.Yadgarov, ilmiy ishlar prorektori M.Sultonov, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Abduvalieva, kasaba-uyushmasi raisi D.Ochilov, institut Kamolot YoIH raisi D.Eryigitov, Toshkent avtomobillar qurilish instituti prorektori A.Nazarov, O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti V.Topildiev, Toshkent Tibbiyot instituti prorektori Q.Xayitov, Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi ma’sul xodimi X.Ishov, hamda professor-o‘qituvchilar, talabalar ishtirok etdilar.
Jizzax Davlat pedagogika instituti rektori A.J.Xolbekov kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Fanlari akademyasi akademiklari, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi akademiklari va muxbir a’zolari hamda respublikaning yetakchi olimlari bilan 2016 yilning 30 dekabr kuni “Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishni taminlash, akademik ilm-fanning talim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini kuchaytirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish va boshqarishni takomilashtirish, fan-talim sohasi kadrlari salohiyatini mustahkamlashda inteliktual salohiyatdan foydalaninsh chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
O‘zbekiston Rechpublikasi Bosh vazirining 2017 yil 6 yanvardagi Ta’lim va ilm-fan, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari Kompleks majlisidagi topshiriqlari yuzasidan Jizzax Davlat pedagogika instituti rektori A. J.Xolbekov ma’lumot berib quyidagilarni aytib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yetakchi ilm-fan namoyondalari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida sohada mavjud bo‘lgan muammolar atroflicha, tanqidiy tahlil qilinib, ta’lim muassasalari, aynan oliy ta’lim muassasalari oldida turgan ulkan vazifalar belgilab berildi. Yuqori sifatli kadrlar tayyorlash va ularning raqobatbardoshligini yangi zamonaviy tajriba-ishlab chiqarish korxonalarida va ta’lim markazlarida sinovdan o‘tkazish va hayotga joriy etish lozimligi. Mavjud ilmiy salohiyatni oshirish va muayyan muammolarni yechishga qaratilgan eng muxim ustuvor tadqiqotlarga yo‘naltirish kerakligi. Dunyoning ko‘zga ko‘ringan institutlari, universitetlari, ilmiy markazlari va Fanlar akademiyalari bilan ilmiy xamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi kabi bir qancha topshiriqlar berilganligi xaqida gapirib o‘tdi.
Shundan so`ng Toshkent avtomobillar qurilish instituti prorektori A.Nazarov, O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti V.Topildiev, Toshkent Tibbiyot instituti prorektori Q.Xayitov, Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi ma’sul xodimi X.Ishovlar o`z fikrlarini va tavsiyalarini berishdi va yig`ilish so`ngida ta`lim tarbiya jarayonini yanada yaxshilash va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida professor-o`qituvchilar va talabalar fikrlarini eshitishdi.