- Umarov, R.Karimov, M.Mirsaidova, G.Oyxo’jayeva. Estetika asoslari. Toshkent-2011
- Abdulla Sher, B. Xusanov, E.Umarov. Estetika. Toshkent-2008
- Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar‖. Toshkent: 2000 y.
- Vatan tuyg‘usi‖. A.Ibrohimov, X.Sultonov, N.Jo‘rayev, Toshkent: 1996 y.
- O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi. Toshkent: 2000 y.
- Zakirova Umida Ilhomovna. International Journal of Research. Possibilities For The Use Of Spiritually – Moral Education Of Our Great Ancestors In Innovative Pedagogical Technologies. 159-166 p.
Oliy ta’lim muassasalarida talabalarni ma’naviy-estetik rivojlantirishda estetik madaniyatning ahamiyati
Jizzax davlat pedagogika unversiteti o’qituvchisi Zokirova Umida Ilhomovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada talabalarning ma’naviy-estetik rivojlantirishda estetik madaniyat asoslari nazariyasi orqali bilm, ko’nikma, malakalarni rivojlanirishning shakllari haqida so’z yuritiladi.
Abstract: This article talks about the forms of development of knowledge and skills through the theory of the foundations of aesthetic culture in the spiritual-aesthetic development of students.
Kalit so’zlar: Yosh avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalash, mamlakatning ma’naviy boyligi, umuminsoniy qadriyatlar, estetik madaniyat, milliy madaniy meros, ma’naviy-estertik rivojlanish, ma’naviy-estetik dunyoqarash.
Keywords: education of the young generation as a well-rounded person, spiritual wealth of the country, universal human values, aesthetic culture, national cultural heritage, spiritual and aesthetic development, spiritual and aesthetic outlook.
Oliy ta’lim muassasalarida pedagogik fanlarni o’qitishda bosh masala bu- o’sib kelayotgan yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash hamda uni o’z millati, o’z xalqi, o’z Vataniga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat, barcha xalqlar o’rtasida qarindoshlik va birodarlikni mustahkamlash, O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, davlat ramzlariga , Respublika Prezidentiga hurmat, mamlakatning ma’naviy boyligi, tili, tarixi, madaniyatini, qadriyatlarini asrab-avaylash, o’z huquq va burchlarini to’liq anglash, shaxsiy halollik, poklik, rostgo’ylik, iymon-e’tiqod, vijdon, insof kabi ma’naviy-estetik mazmunidagi fazilatlar to’g’risidagi ma’lumotlarni bevosita va bilvosita bo’lajak o’qituvchilarni ma’naviy-estetik rivojlantirishdir.
Oliy ta’lim muassasalari o’quv rejasidan o’rin olgan pedagogik fanlarni talabalarga mustaqil respublikamiz ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo’lida mamlakat tarixi, madaniyati, iqtisodi, ma’naviyati, tarixiy voqealarni avloddan avlodga qoldirish va qonuniyligini, moddiy borliq va ijtimoiy hayotning nazariy-amaliy, falsafiy-dunyoviy ildizlarini o’rgatish bilan birga quydagilarni e’tibordan chetda qoldirmasligi kerak:
-insoniyat va jamiyat rivojida umumbashariy, milliy-ma’naviy merosning o’rni va moddiy ishlab chiqarishning ahamiyatini;
-O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumining asosiy tamoyillari, axolining huquqlari, burchlari va erkinliklari qonun bilan kafolatlanishi hamda jamiyat va shaxs munosabatlarining dialektik mutanosibligini;
-mustaqillik tafakkuri, ma’naviy-estetik dunyoqarashning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-tarixiy, ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini anglab yetishini;
-shaxsning ma’naviy-estetik rivojlanishi va jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning ustuvorligi, uning dunyoviylik, insonparvarlik va demokratik xarakter kasb etishini: inson hayotining maqsadi, mazmun-mohiyati, moddiy borliq va ijtimoiy hayot o’rtasidagi bog’liqlik qonuniyatlarining anglab yetishni;
-ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimida ma’naviy-estetik dunyoqarashning mohiyati, ong va o’zini o’zi anglash to’g’risidagi ta’limot, gnoseologiya, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning xususiyatlarini idrok qilishni;
– ma’naviy-estetik tarbiyalanganlikning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda muhim ahamiyat kasb etishining tan olinganligi, uni taqozo etuvchi ob’ektiv shart-sharoitlar va sub’ektiv omillar hamda ularning milliy istiqlol g’oyasi, mustaqillikni asrash va himoya qilishdagi ahamiyatini anglashni;
-ma’naviy-estetik dunyoqarashning milliy, umuminsoniy, tarixiy, nazariy va amaliy asoslarini mustaqillikni rivojlantirishdagi, shaxs kamolatini takomillashtirishdagi ahamiyati haqidagi ma’lumotlarni talabalar ongga yetkazish.
O’zbek xalqi insoniyatning ma’naviy kamolotiga kuchli ijobiy ta’sir ko’rsatgan boy madaniy meros, buyuk qadiriyatlarning egasidir. Ota-bobolarimizdan qolgan ulkan moddiy va madaniy merosni bir daryo deb ta’savvur etsak, bu boradagi bilimlarimiz undan bir tomchi, xolos. Hozirga qadar o’tmish ajdodlarimizning jahon fani va madaniyatiga qo’shgan hissasi o’zimizdan ko’ra dunyodagi ko’plab mamlakatlarda ma’lum va mashhur edi. Sharq allomalarining biror- bir asari yo’qki, ularda komil inson haqida so’z yuritilmagan bo’lsin. Ularning fikricha, agar inson axloq- odobli bo’lishini istasa, yurish-turish va hayot kechirishining, madaniyatining me’yorlariga rioya qilishi lozim.
Axloq va odob malakalarini puxta egallash, ota-ona, keksalarni hurmat qilish, samimiylik, vijdonlilik, sadoqat, o’zaro yordam singari insoniy xislatlar millatimiz ma’naviyat ramzi hisoblanadi. Milliy ruhiyatimizni aks ettiradigan o’zaro iliq munosabat, qarindosh- urug’chilik, mehr-muruvvat kabilarning barchasi xalqimizning boy madaniyati, tili, adabiyoti, sa’nati-yu obidalarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ta’lim-tarbiyaning boshqa shakillari kabi estetik tarbiya ham o’z diqqat-e’tiborini yakka odamga va ijtimoiy guruhga qaratadi. Estetik tarbiya umuminsoniy va milliy qadriyatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Ayonki, tarbiya inson ongiga, his-tuyg’ulariga, ta’savvurlariga, e’tiqodiga, dunyoqarashiga, xatti- xarakatlariga, xulq –atvoriga ta’sir o’tkazishni o’z oldiga maqsad va vazifa qilib qo’yadi.
Madaniyat taraqqiyoti darajasi jamiyatning ma’naviy ahvolini belgilab beradigan, uning oliy maqsadlariga, gumanistik idealga nechog’li muvofiq kelishini ko’rasatigan muhim omillaridan biridir. Ana shu nuqtai nazardan kelib chiqadigan bo’lsak, xalq ma’naviyatini mustahkamlash va rivojlantirish muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Darhaqiqat, jamiyatning fazilatlaridan biri madaniyat va ma’naviyat olami, ularning hissiy qabul qilishi, ya’ni insoniyat degan umumiy tushunchani o’zida mujassamlashtirishda namoyondir.
Bugungi kunga kelib talabalarning hamda butun insoniyatning estetik madaniyati rivojlanishi qaysi yo’nalishlarda olib borilmoqda? Respublikamizda ma’naviyatni yuksaltirish uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Bu savollarga javob berish uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Bu savollarga javob berish uchun, eng avvalo, estetik madaniyat tushunchasiga aniqlik kiritib olaylik.
Estetik madaniyat –bu inson ehtiyojlarining murakkab tizimi bo’lib, unda odamzod hissiyotlari, malakalari, ko’nikmalari, bilmlari, me’yorlari, maslaklari bir-biri bilan chambarchas bog’lanib ketganligini ko’ramiz. Chunonchi, estetik hissiyotlar insonning hayot faoliyati to’laligini bildirsa, me’yorlar ijod va faoliyatning mezonga solinishi vositasini anglatadi, bilmlar insonning dunyoqarashini, ishonchini, estetik baholashning yo’nalishlarini, didlarini,qarashalarini belgilab beradi.
Xulosa o’rnida madaniyat jamiyatda, oliy ta’lim muassasalarida juda ko’p vazifalarni bajaradi. Informativ, bilm orttirishga hizmat qilishlik, aksiologik (baholash-oriyentatsiyalash), kommunikativ, regulyativ, tarbiya, prognozlash estetik madaniaytning muhim funksiyalariga kiradi. Bu yerda madaniyatning yuqorida keltirilgan har bir funksiyasini alohida tahlil qilib o’tirmasdan, faqat mazkur funksiyalar bir-biri bilan chambarchas bog’liq.
Hozirgi ilmiy ta’savvurlarga ko’ra jamiyatning estetik madaniyati o’zida estetik obyektlarni va hodisalarni, estetik qadriyatlarining jamiyatning estetik madaniyati o’zida estetik obyektlarni va hodisalarni, estetik qadryatlarning barcha turlarini, ularning tabiati va faoliyat ko’rsatishlari haqidagi bilmlarni mujassamlashtiradi. Talabalarning estetik madaniyati to’g’risida gap ketar ekan, bu tushuncha o’zida jamiyatning estetik madaniyatini, faqatgina o’z xalqining estetik va badiiy qadriyatlarini emas, balki butun insoniyat yaratgan barcha qadryatlarni o’zlashtirishni, sa’natni baholash va muhokama etish, ishga ijodiy munosabatda bo’lish tabiatni e’zozlash va uni hurmat qilishni ham nazarda tutishi lozim bo’ladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, estetik madaniyatning muhim jihatlaridan biri o’tmish ma’naviy qadriyatlarini ijodiy o’zlashtirish bilan o’lchanadi. Estetik madaniyat bir avloddan ikkinchi avlodga, ayniqsa, sa’nat (me’morchilik, raqs, musiqa) shaklida juda tez o’tadi. Aytish mumkinki, ijtimoiy tub islohotlar, ma’naviy yangilanishlar shart- sharoitida estetik madaniyat muhim ahamiyat kasb etadi, ya’ni u har bir shaxsga yo’naltirilgan hissiyotlar tili vositsida muloqotga chorlaydi, har bir kishini aql-idrokka, fahm- farosatga da’vat etadi, uning qalbiga kirib boradi.
Foydalanilgan adabiyotlar: