Qudratova(Abdukarimova) Elnoza Ismatillayevna.
JDPU Musiqa ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya
Musiqa madaniyati darslarida multimedia vositalarini ta’lim sifat va samaradorligini oshirishda multimediya vositalaridan foydalanishning ahamiyati bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining kompetensiyaviy kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish usul va vositalarini qayd etgan holda tavsiyalar ilgari surilgan.
Аннотация
Рекомендовано значение использования мультимедиа в повышении качества и эффективности мультимедийного обучения на занятиях по музыкальной культуре, отмечены пути и средства повышения грамотной профессиональной подготовки будущих учителей музыки.
AnnotationThe importance of the use of multimedia in improving the quality and effectiveness of multimedia teaching in music culture classes is recommended, noting the ways and means of improving the competent professional training of future music teachers.
Kalit so‘zlar: ta’lim, innavatsion pedagogik texnologiya, axborot-komunikatsiya, kompetinsiya, video texnika, mediata’lim, multimedia.
Ключевые слова: образование, инновационные педагогические технологии, информация и коммуникация, компетентность, видеотехнологии, медиаобразование, мультимедиа.
Keywords: education, innovative pedagogical technology, information and communication, competence, video technology, media education, multimedia.
XXI asrda axborot komunikatsiya ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish, ta’lim jarayonlariga ularni faol jalb etish orqali o‘quvchi yoshlarni bilim, ko‘nikma, va malakalarini muntazam ravishda takomillashtirib borish vazifasi respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy, fan-texnika taraqqiyotining muhim omiliga aylanib bormoqda, “Bugungi kunda” – deb yozgan edi birinchi prezidentmiz I.A.Karimov,- umumiy e’tiborga ko‘ra, XXI-asr globallashuv va chegaralarining barham topish davri, axborot-komunikatsiya texnologiyalari va internet asri, jahon maydonida va dunyo bozorida toboro kuchayib borayotgan raqobat asriga aylanib borayotganini isbotlab berishga xojat yo‘q, albatta.
Bunday sharoitda inson ta’limga yo‘naltirilayotgan investetsiya va qo‘shimchalarning hozirgi davrda demokratik modirnezatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bilan bilimli va intiliktual rivojlangan avlodni tarbiyalash vazifani doimo o‘zining asosiy uslublar yo‘nalishlari qatoriga qo‘yadigan davlatgina o‘zini nomoyon eta olishi mumkin”.
Shunday ekan, axborotlar oqimi kuchayib, ta’limda entegratsiyalashuv takomillashayotgan hozirgi davrda yosh avlodni mantiqiy va badiiy tafakkurini rivojlantirish, mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatini o‘stirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalari inberkit va media axborot uzatish, video texnika telekomunikatsiya va ulardan unumli foydalangan holda ta’limning sifat va samaradorligini ta’minlash dolzarb masalalardan hisoblanadi. Musiqa ta’limi yo‘nalishlarida bunday imkoniyatlardan samarali foydalanish ta’lim tizimiga yaxlit yondashuvga va uni qiziqarli bo‘lishiga olib keladi .
Ta’lim sohasidagi integratsiyalashuv va ilg‘or innavatsion pedagogik texnologiyalarini qo‘llashning muddatli ta`siri tizimining yangi, o‘ziga xos modellarini yaratish, axborot-komunikatsiya va video texnika, shuningdek multimedia vositalaridan ulkan qadar unumli foydalanishni taqazo etmoqda. Respublikamiz milliy ta’lim tizimining modernizatsiya qilinayotgan hozirgi bosqichi fundamental o‘zgarishlar va tizimli yondashuv bilan harakterlanadi. Shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda yoki avlodni yutuk, intiliktual kadrlar qilib tarbiyalashga mas‘ul bo‘lgan, murabbiylar oldiga qo‘yilayotgan ijtimoiy talablar nihoyatda yuqori bo‘lib ular sifat va samaradorligi, yangi, intiliktual, ta’lim barkamol va yuksak professional salohiyatli shaxslarni shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
Bunday oliyjanob maqsadlarga erishishish uchun avvalo barcha bosqichdagi ta’lim muassasalari faoliyatiga jiddiy e’tibor qaratish, ta’limning texnika vositalari, xususan multimedia vositalaridan samaralari foydalanish zarurligi toboro ayon bo‘lib baroyotgani yaqqol sezilmoqda.
[1]
Multimedialashgan ko‘rsatuv, tasvirlar bilan ishlash kompetinsiyasi media manbaalaridan zarur va badiiylashgan, rejissiuralashgan va badiiy mantajlashtirilgan harakatli tasvirlardan kerakli ma’lumot va badiiy davr
beruvchi axborotlarni qabul qilish, anglash va tushuntirish, badiiy-emotsional tasavvurlar hosil qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ushbu jarayonning sifat va samaradorligi ko‘p mohiyatdan musiqa fani o‘qituvchisining o‘z kasbiga kompitentligi va pedagogik mahorati bilan belgilandi. Kompitensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim esa o‘quvchilarda egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olishi kompitensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir.
Media ta’lim o‘quvchilarni muayyan obraz, voqeylik xabarlarini ijodiy o‘zlashtirish, tahlil va talqin qilish o‘zoro muloqot uchun toboro mos keladigan ma’lumotlarni o‘zlashtirishiga yordam beradi. O‘zlarining axborot va bilim olish huquqini amalga oshirish imkoniyatini yaratadi bu nafaqat ta’lim oluvchilarning individual musiqiy rivojlanishiga ko‘maklashadi, balki ijtimoiy (hayotda) faolligini oshiradi. Shu ma’noda mediata’lim o‘quvchilarni baadiy tafakkuri va dunyoqarashini oshirib boradi mediakampitentligi; media savodxonligi darajasining rivojlanib borishida bugungi kun talabi hisoblanadi.
Bunday sharoitda inson ta’limga yo‘naltirilayotgan investetsiya va qo‘shimchalarning hozirgi davrda demokratik modirnizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bilan bilimli va entiliktual rivojlangan avlodni tarbiyalash vazifani doimo o‘zining asosiy uslublar yo‘nalishlari qatoriga qo‘yadigan davlatgina o‘zini nomoyon eta olishi mumkin”!
[2]
Bunday jamiyatning ma’lum tizimining faol iste’molchilaridan biri shubhasiz o‘quvchilardir.
Ta’lim sohasidagi integratsiyalashuv va ilg‘or innavatsion pedagogik texnologiyalarini qo‘llashning muddatli ta’siri tizimining yangi, o‘ziga xos modellarini yaratish, axborot-komunikatsiya va video-texnika, shuningdek multimedia vositalaridan ulkan qadar unumli foydalanishni taqazo etmoqda.
Bugungi kunda yoshlarimiz dunyo ta’lim standartlariga to‘la qonli javob bera oladigan, butun dunyo yoshlari bilan bilim, ko‘nikma, malakalari va kasbga dori kompitensiyaviy tayyorgarligi teng bo‘lishi lozim. Bunda esa biz musiqa o‘qituvchilarining o‘rni beqiyos hisoblanadi.
Musiqa ta’limida media ta’limni multimedia shaklida tashkil etish jarayoni quyidagi jadval ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Umumta’lim va mediata’limda axborotlar bilan ishlash kampitentlikni shakllantirish jarayonini hayotiy tahlili:
Umum ta’limda:
-didaktik materiallarni va ularni o‘rganish metodlarini faqat o‘qituvchi joylaydi:
-ta’limiy-tarbiyaviy va ularni rivojlantiruvchi maqsadlar mavzu mazmunidan kelib chiqib belgilanadi:
-ta’lim berish jarayoni tizimli ravishda amalga oshiriladi:
-didaktik materiallarnining o‘zoro uzviylikda berilishini, avvaldan ma’lum bo‘lgan bo‘lish, ko‘nikma va malakalarni berish bilan chegaralanish:
-o‘rganiladigan bilimlar asosli bir tizimga solinganligi:
-tayyor namuna asosidagi materiallardan keng foydalanish tartibi:
Media ta’limda:
-o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan asosiy g‘oya va mavzuni o‘qituvchi o‘quvchilarga beradi material mazmunini to‘ldirish ta’lim oluvchilar bilan birga amalga oshiriladi:
-ta’lim o‘quvchilardagi ijodiy uyg‘onishlari tufayli tasodifiy burilish va chetga chiqishlar yuzaga keladi:
-didaktik materiallarga ta’lim oluvchilarda axborotlarni qabul qilishda ijodiy yondashuvni shakllantirishga qaratilgan materiallar kiritib beriladi:
-ta’lim beruvchi, ta’lim oluvchi “munosabatlari qatorida“ ta’lim oluvchi munosabatlariga keng o‘rin beriladi:
-muammoli ta’lim keng ahamiyat kasb etadi.
Mediata’limda o‘quvchilarning bilimlari o‘zlashtirish bosqichlarini ko‘rib chiqqanimizda quyidagilar aniqlandi:
-axborotlarni qabul qilishda va ularni yuzaga keltiradigan omillarning mavjudligi:
-zarur bo‘lgan unsurlar, manbaalar, vositalarning mavjudligi. Zararli va foydali axborotlarga nisbatan tegishli imunitetning yuzaga kelish va mavjudligi:
-ma`lumot, axborotlar va mavzu mohiyatini tushunish, ularni bilim sifatida o‘zlashtirish, toboro chuqurlashtirib borish va tizimli holga keltirish yoki yo‘lga qo‘yish:
-mavjud muammo yoki vaziyatning yechimini topishga doir amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish, yuzaga keladigan vaziyatlarni tasavvur qilish:
-mustaqil ravishda turli media, multimedia manbaalardan samarali foydalana bilish, turgan ma’lumotlarni dastlabki tahlil qila olish va o‘z bilimlarini amaliyotga joriy eta olish:
O‘z o‘rnida egallangan bilimlarni real hayot bilan bog‘lay olishi, muammolarni hal qilish, vaziyatlarga turli baho bera olish, kerakli farazlarni ilgari surish ta’lim oluvchilardan ijodkorlikni talab qiladi. O‘quvchilarning multimediali ta’lim jarayonida ijodiy yondashuvni yuzaga keltiruvchi omillar:
Shaxsning individual xususiyatlari:
-noodatiy va noaniq vaziyatlarni baholay olish, medialashtirilgan mavzuga moslasha olish va ma’qul vaziyatlarni tanlay olish:
-muammoli holatlarga nooadatiy yoki g‘ayrioddiy yechim topa olish:
-bildirilayotgan fikrlarning turli ko‘rinish va variantliligi:
-tez-tez yoki vaqti-vaqti bilan “o‘z qobig‘ini” yorib chiqa olish:
Ijodkorlik muhiti
-ijodiy yondashuvga sharoit yaratuvchidan bir muhit va bu muhitni yaratuvchiga xizmat qiluvchi omillar,
-portlash effektini hosil qiladigan vaziyatlarni yuzaga keltiruvchi ta’sirlar (Stimul) Bunday muhim o‘quvchilarda berilayotgan, kursatilayotgan tasvirli axborotlarni tahlil qilish va ularga ijodiy yondashuvga sharoit yaratadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, davlat ta’lim standartlari talablarining amaliyotga joriy etishni va undan umumta’lim maktablari va boshqa ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonining bugungi kun talablariga mos ravishda talqin etishga chambarchas bog‘liq. Multimediaga moslashgan ta’limni samarali tashkil etish orqali o‘quvchilarni o‘z o‘quv faoliyatida joriy etilgan manbaalardan yoki mustaqil ravishda turli mediaaxborotlardan foydalanish va ularga ijodiy yondasha olish bilan dastlabki qiziqish zarur bilim va ma’lumot olish va o‘z bilimlarni tahlil qila olish kompitentligini moslashishiga zamin yaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
- Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. -176 b.
- Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. – T., O‘zbekiston, – 488 b.
- Umumta’lim maktablarida musiqa ta’limi va tarbiyasi Konsepsiyasi. –Т.: -ХТB, 1995 y.
- Umumiy o‘rta ta’limning Davlat Ta’lim Standarti va o‘quv dasturi. Т.: Ta’lim taraqqiyoti, 6-7 maxsus sonlari, 1999 y.
- Abdukarimova E.I. Preparation of future music teachers for their professional activities through uzbek classical music// European Journal of Research and Reflection in Education Sciences. Research learning.- Volume: 7 Number: 6 Issue: 2056-5852 Publication Year: 2019. www. Scopus.com
- Abdukarimova E.I. Texnologik loyihalash- musiqa mashg‘ulotlarida samarali ta’lim //. “Ilim ham jamiyet” jurnal. -Nukus davlat pedagogika instituti, 2019, 1-son, -B 61-63.
- Abdukarimova E.I. Oliy Pedagogik ta’limda bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini mumtoz musiqa vositasida amaliy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirish. Xalq ta’limi. jurnal-T.: 2021. -№3, – B. 82-84.
- https://art.jspi.uz/index.php/art/article/view/3541/2454
- https://art.jspi.uz/index.php/art/article/view/288
- https://art.jspi.uz/index.php/art/article/view/1660
[2] S Fiyodarov A.V. Navikova A. A. Mediaobrazavaniya v vodushix stranax Zapada.-Tagamroz: Izd-vo Ko‘chma, g‘oyasi-S.N.