- Qo‘shiq va ashula kuylash
- Musiqa savodi.
- Musiqa tinglash.
- Musiqa mos harakatlar bajarish.
- Bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lishdan iborat[5].
Maktab o‘quvchi-yoshlarda nota savodxonligini rivojlantirish va shakllantirishda faoliyat turlari.
JDPU Sirtqi bo’lim “Musiqa ta’lim”
o’qituvchisi Egamkulov Oybek Altmishevich
(+998911907798)
Annotatsiya: Maqolada maktab o‘quvchi-yoshlarda nota savodxonligini rivojlantirish va shakllantirishda faoliyat turlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
O‘quvchi tomonidan olingan barcha nazariy bilim va ko‘nikmalar bo‘lajak ijrochining amaliy tayyorgarlik jarayonida kasbiy bilimga aylanadi.
Kalit so’zlar: Nota savodxonligi, nota yozuvi, musiqa cholg’u asboblari, notani varaqdan o’qish, pedagogika, qo‘shiq, ashula kuylash, musiqa savodi.
Musiqa ta’limi va uning pedagogik jarayon sifatida shakllanishi, umumiy musiqa ta’limi va kasbiy musiqa ta’limi shaklida olib borilishi mumkin. Kasbiy musiqa ta’limida ma’lum bir cholg‘u va vokal ijrochiligi tushuniladi. Sharq musiqa ta’limi o’ziga xos an’anaga ega. Ushbu an’analar va o‘qitish uslublari xozirgi zamonaviy uslublar bilan integratsiyalashuvini ishlab chiqish ta’lim jarayonida o‘z samarasini beradi.
O‘quv fanini o‘rganishdan maqsad o‘quvchini fandagi ob’ektiv yangilik bilan tanishtirish emas, balki unda sub’ektiv yangilikka ega bo‘lgan bilimlarni shakllantirishdan iborat. Shu sababli, o‘quv fanlari integratsiyasi ilm-fandagi shu jarayonlardan farq qiladi. Bu ma’noda integratsiya[1] – fanlarning differentsiatsiyasi[2] tufayli tarixan tarkib topgan o‘quv fanlariga bo‘lib o‘qitish tizimining kamchiliklarini tuzatishga qaratilgan ularning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash shakli sifatida qaralishi mumkin. O‘quv fanlarini integratsiyalashning didaktik mohiyati turli o‘quv fanlari bo‘yicha yangi bilimlarni shakllantirishning kontseptual tuzilma va metodlarini aniqlash imkonini beruvchi pedagogik tadbirlar tartibi hamda qonuniyatlarini ishlab chiqish zarurati bilan belgilanadi. Tor ma’noda qaralganda, o‘quv fanlari integratsiyasi fan sohalari va ilmiy bilimlar o‘zaro sintezining uzviy davomi hisoblanadi. O‘quv fanlari integratsiyasining asosiy maqsadi sub’ektiv yangi bilimlarni sintez qilishdan iborat bo‘lib, integratsiya jarayonlarining bosh vazifasi – sub’ektiv yangi ilmiy bilimlarni sintez qilishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishdan iborat[3].
Musiqa ta’limida nota haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish, nota yozuvini o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish va ijro ko‘nikmalarini rivojlantirish asosiy vazifalardir. Ushbu olingan nazariy bilimlar va ko‘nikmalar amaliy mashg‘ulotlarni, ya’ni ijro etish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim omil sanaladi. Olingan nazariy bilimlar inversiyaga uchrab, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini tayyorlashdagi kasbiy-amaliy bilimlarga aylanadi. O‘quvchi tomonidan olingan barcha nazariy bilim va ko‘nikmalar bo‘lajak ijrochining amaliy tayyorgarlik jarayonida kasbiy bilimga aylanadi. Bu kabi o‘zgarishlar amalga oshirilmasa, umumta’lim hamda maxsus fanlarga oid bilimlar kasbiy faoliyatga tatbiq etilmasa ular bo‘lajak mutaxassis uchun kasbiy bilim emas, balki propedevtik[4] ahamiyat kasb etuvchi ma’lumot sifatidagina ahamiyatga ega bo‘ladi.
Musiqa mashg‘uloti boshqa mashg‘ulotlardan o‘zining badiiyligi, qiziqarliligi va bolalarga ko‘proq ijodiy zavq, emotsional tuyg‘ular va obrazli kechinmalar uyg‘otishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun musiqa mashg‘uloti eng avvalo, tarbiya mashg‘ulotidir.
Musiqa mashg‘uloti beshta faoliyat turidan tuziladi: