Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

MAHALLALARDA XOTIN–QIZLAR MA’NAVIY –MA’RIFIY FAOLLIGINI TAKOMILLAShTIRIShDA OILANING O‘RNI VA ROLI

Berdiyorova Shoira Axmadjonovna A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti, mustaqil tadqiqotchisi

Mazkur maqolada mahallalarda xotin–qizlar ma’naviy –ma’rifiy faolligini takomillashtirishda oilaning o‘rni va roli ilmiy-nazariy jihatdan yoritib berilgan. Shuningdek maqolada mahalla va oila ma’naviy qadriyatlarni shakllantirishda, xotin–qizlar ma’naviy –ma’rifiy faolligini takomillashtirishda, milliy urf-odat va an’analarni yosh avlod ongiga singdirishda, ularni jismonan barkamol, ma’nan yetuk, mehr-oqibatli insonlar qilib tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor berish muhim pedagogik ahamiyat kasb etishi amaliy jihatdan tadqiqotchi tajribalariga tayanib izohlab o‘tilgan.

Kalit so‘zlar: globallashuv, oila, mahalla, xotin–qizlar, ma’naviy – ma’rifiy faollik, barkamollik, inson qadr-qimmati, sha’ni, hayoti, jamiyat, inson, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat va notijorat tashkilotlar.   Qadimdan mahalla va oila ma’naviy tarbiyaning qudratli vositasi bo‘lib kelgan ijtimoiy institutlardan biri hisoblanadi. Davlat va xalqning istiqboli, madaniy taraqqiyoti va taqdiri qanday bo‘lishi ko‘p jihatdan yoshlarning bugun qanday oilada va qanday tarbiya olishiga, ularning ma’naviy barkamollik darajasiga bog‘liq. Mahalla va oila ma’naviy qadriyatlarni shakllantirishda, xotin–qizlar ma’naviy –ma’rifiy faolligini takomillashtirishda, milliy urf-odat va an’analarni yosh avlod ongiga singdirishda, ularni jismonan barkamol, ma’nan yetuk, mehr-oqibatli insonlar qilib tarbiyalashda muhim o‘rin egallab keladi. Shuning uchun ham oilalarda farzand tarbiyasiga ma’suliyat hissini oshirish, sog‘lom va mustahkam oilalarni shakllantirish orqali ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalash – faqat milliy ehtiyojgina emas, balki umumjahon ahamiyatiga molik ehtiyoj hisoblanadi. Ma’naviy va jismoniy sog‘lom avlodni tarbiyalash oila, davlat va jamiyatning muhim mushtarak vazifalaridandir. [ 1;]

Globallashuv sharoitida jahon hamjamiyatida xotin–qizlar ma’naviy –ma’rifiy faolligini takomillashtirish bosh masala darajasiga ko‘tarilgan muammolardan biri deb hisoblanmoqda. Har bir inson uchun oliy qadriyat bo‘lgan xotin–qizlar ma’naviy–ma’rifiy faolligini takomillashtirish muammolarini aniqlashga, ularning yechimini topishga, nikoh va oila institutining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan faoliyat kuchaymoqda.

Shuning uchun ham mahallalarda tarkiban tashkil topgan oilalar orqali xotin–qizlar ma’naviy –ma’rifiy faolligini takomillashtirish, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalash – faqat milliy ehtiyojgina emas, balki umumjahon ahamiyatiga molik ehtiyoj hisoblanadi. Haqiqatdan ham o‘zbek xalqi hayotida mahalla tarbiya maskani hisoblanadi. Xotin–qizlar ma’naviy–ma’rifiy faolligini takomillashtirish, ayniqsa o‘smirlik yoshidanoq qizlarni oilaga tayyorlash hamda sog‘lom turmush tarzi qoidalarini ular ongiga singdirishda oila va mahallaning roli nihoyatda kattadir. [ 4;] Aytish o‘rinliki, insonning o‘z ma’naviyatini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyoji cheksizdir. Ma’naviyat insonning ruhiyati, o‘z – o‘zini anglashi, did, farosati, adolatni razillikdan, yaxshilikdan, yomonlikni go‘zallikni xunuklikdan, oqillikni johillikdan ajrata bilish qobiliyati, aql zakovati ularni amalga oshirish yo‘lida ongli faoliyat ko‘rsatishi va intilishi. [ 2;] Tadqiqotlarimiz jarayonida biz “ma’naviy ishlab chiqarish” xotin–qizlar ma’naviy–ma’rifiy faolligini takomillashtirish mahsuli sifatida o‘zini amaliy faoliyatda namoyon etadi degan g‘oyaga tayanib, uning tarkibiy komponentlarini o‘rganib chiqishga harakat qildik. – ma’naviy ishlab chiqarish ijtimoiy shakldagi ongni yaratish, ishlab chiqarish; – xotin–qizlarda globallashuv jarayoni talablariga mos ma’naviy siyosiy faollikni shakllantirish; – umuminsoniy va milliy demokratik qadriyatlarga sodiqlik asosida zamonaviy keng dunyoqarash va bag‘rikenglikni rivojlantirish; – ma’naviy-ma’rifiy tarbiya negizida xotin–qizlarda mafkuraviy immunitet va milliy o‘zlikni anglashni shakllantirish; – kreativ tadbirkorlik tafakkurni tarbiyalash zamirida xotin–qizlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish kabilarga alohida e’tibor berish “Ma’naviy ishlab chiqarish” tushunchasi va adabiyotlar tahliliga asoslanib inson faoliyatini ikki yo‘nalishda namoyon bo‘ladi, ya’ni moddiy ishlab chiqarish va ma’naviy ishlab chiqarish degan xulosaga keldik. Ma’naviy ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan faoliyat ya’ni ma’naviy faoliyat ikki xil ko‘rinishga ega: ma’naviy boyliklar yaratish (ma’naviy boyliklar ishlab chiqarish) va ma’naviy boyliklarni o‘zlashtirish, iste’mol qilish. Bilamizki, ma’naviy ishlab chiqarish jarayonida ma’naviy qadriyatlar yaratiladi va rivojlantiriladi. Ma’naviy ishlab chiqarishning muhim belgilaridan biri uning borliqni nazariy, ratsional bilishga va ayni paytda yangi ma’naviy qadriyatlar ishlab chiqarishga qaratilganligidadir. Bu jarayonda inson bir tomondan o‘z ongini o‘stiradi, rivojlantiradi, boyitadi. Ikkinchi tomondan esa, odamlarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi g‘oyalar, bilimlar, nazariyalar, badiiy obrazlar va boshqa ma’naviy qadriyatlar ishlab chiqaradi. Ma’naviy ishlab chiqarish, avvalo xalq ijodiga asoslanadi. Ilmiy, badiiy, axloqiy va boshqa qadriyatlarning asosida xalq ijodiyoti yotadi. [3;] Demak, xotin–qizlarda globallashuv jarayoni talablariga mos ma’naviy siyosiy faollikni shakllantirish muammolarni hal qilishga qaratilgan zamonaviy ta’lim paradigmalariga ya’ni: –qadriyatli (aksiologik) yondashuv ma’naviy ishlab chiqarish inson hayotining mazmuni sifatida; – faoliyatli yondashuv asosan moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishga yo‘naltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida; – shaxsiy yondashuv – ma’naviy ishlab chiqarish muayyan shaxs timsolida namoyon bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, xotin–qizlarda globallashuv jarayoni talablariga mos ma’naviy siyosiy faollikni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirishning asosiy maqsadlari: – yuksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan fidoyi va vatanparvar yoshlarni tarbiyalash – ommaviy axborot vositalari, kino, teatr va musiqa san’atida yoshlar o‘rtasida xalqimiz ma’naviyatini, milliy istiqlol g‘oyasini targ‘ib qilishga, bugungi islohotlarning mohiyatini yoritishga qaratilgan tizimli ishlarni tashkil etish; – yosh qizlarimizni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash; – milliy qadriyatlarimiz, urf – odat va an’analarimiz, tarixiy merosimiz manbalariga tayanib qizlarning bilim va tasavvurlarini rivojlantirish qonuniyatlarini tahlil qilish; –tarixiy va milliy xususiyatlar kontekstida xotin–qizlarni mehmondo‘stlik, baynalminal do‘stlik, madaniyatlararo mintaqaviy hamkorlik ruhida tarbiyalash.       Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3907-sonli Qarori. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. (lex.uz)
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4307-son Qarori (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2019 y., 07/19/4307/3079-son)
3.Ma’naviyatning asosiy tushunchalar izohli lug‘ati/ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi. – T.: G‘.G‘ulom, 2009. – 760 b. 4.Musurmanova O., Abdurahimova F., Risqulova K. Mahallada qizlarni sog‘lom turmush tarzi asosida oilaga tayyorlash o‘quv kursi dasturi. –T.: O‘zbekiston, 2006. – 32 b
  1. Jamoldinova O., Narbaeva T. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda ijtimoiy loyihalarning ahamiyati. Yoshlar ma’naviyati va sog‘lom turmush tarzi. Ilmiy maqolalar to‘plami. – Toshkent: Ziyo, 2012. – B.107-109.