Doniyorova Shahnoza Erkinovna
A.Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika universiteti
Texnologik ta’lim va tasviriy san’at fanlari kafedrasi o‘qituvchisi
(97) 701-07-79
Annotatsiya: Kreativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning art-dizaynga oid bilimlarini rivojlantirishda artpedagogikaning o‘rni haqida yoritilgan.
Kalit so‘zlar: Kreativ yondashuv, art-dizayn, artpedagogika,bo‘lajak dizayner, san’at, estetik immunitet, insonparvarlik, bo‘lajak dizayner-pedagoglar, refleksiyalash, integratsiyalash, klassik uslub, model,intuitsiya, interiorizatsiya.
***
Аннотация: На основе творческого подхода объясняется роль артпедагогики в развитии знаний будущих учителей по художественному дизайну.
Ключевые слова: Креативный подход, арт-дизайн, артпедагогика, будущий дизайнер, искусство, эстетический иммунитет, гуманизм, будущие дизайнеры-педагоги, рефлексия, интеграция, классический стиль, модель, интуиция, интериоризация.
***Annotation: Based on the creative approach, the role of art pedagogy in the development of future teachers’ knowledge of art design is explained.
Keywords: Creative approach, art design, art pedagogy, future designer, art, aesthetic immunity, humanitarianism, future designer-pedagogues, reflection, integration, classical style, model, intuition, interiorization.
Bo‘lajak o‘qituvchining art-dizaynga oid bilimlarini rivojlantirish artpedagogikaning yetakchi masalalaridan bir hisoblanadi. shunga ko‘ra artpedagogika talabalarga san’atga oid bilimlarni taqdim etuvchi muhim ilmiy yo‘nalishdir. Artpedagogika umumiy pedagogika bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, dizaynga oid bilimlar va uni taqdim etish metodlarini ham qamrab oladi. Bunda ta’lim oluvchilarni san’at vositasida tarbiyalash va rivojlantirish amalga oshiriladi.
Bo‘lajak dizaynerlar pedagogik va korreksion faoliyat jarayonida artpedagogikaning imkoniyatlaridan foydalanadilar. Artpedagogikaning muhim funksiyalaridan biri uyg‘un tarzda rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Umuminsoniy va milliy qadriyatlarning keng tarqalishi hamda shaxsning badiiy faoliyat orqali madaniy muhitga moslashishi bo‘lajak pedagoglarning imkoniyatlarini kengaytiradi. Artpedagogika pedagogika san’atning kesishuvi natijasida vujudga kelgan va rivojlanib bormoqda. Artpedagogikaning muhim jihatlaridan biri ta’lim-tarbiya jarayonida bo‘lajak mutaxasisda madaniy modellarni tarkib toptirishdan iborat. Shu bilan bir qatorda badiiy faoliyat jarayonida muvaffaqiyat qozonishga ko‘maklashadi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda artpedagogika tushunchasining mohiyatini ochishga yo‘naltirilgan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Shunga qaramasdan artpedagogika pedagogika bugungi kunga qadar o‘zining to‘liq va aniq talqiniga ega bo‘lmayapti. Biroq bo‘lajak o‘qituvchilarning dizaynga oid bilimlarini rivojlantirish artpedagogikaning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
1 Oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan professor o‘qituvchilar o‘z tajribalarida artpedagogikaning muayyan usullarini qo‘llashga muvaffaq bo‘lmoqdalar.
Shu bilan biri qatorda artpedagogikaning usul, metod va texnalogiyalarini ta’lim va madaniyat muammolariga oid bilimlarni taqdim etish jarayonida qo‘llanilmoqda.
[1] Булатова О.С. Арт-педагогический подход в образовании. – Тюмень, 2004. – 230 с
Artpedagogika va madaniyatda faoliyatning uyg‘unlashagan maqsadini ifodalash zaruriyati kuchaymoqda.
Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, artpedagogikaning usul, metod va texnalogiyalari yordamida madaniy-ta’limiy muammolarga yechim topilmoqda. Ko‘p asrlar davomida shaxsning ichki hissiy tajribalari yordamida uni umummilliy qadriyatlarni o‘zlashtirishga undab kelinmoqda. Bunda san’at asarlaridan unumli foydalanish nazarda tutiladi. Bunday yondashuv natijasida talabalar ijodiy jarayonlarda bevosita ishtirok etadilar. San’at asarlari talabalarning atrof-olam va madaniy muhitga munosabatini shakllantiradi. Mazkur yondashuv talabalarning madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirishlariga ko‘maklashadi. Shu orqali bo‘lajak dizayner-pedagoglarni ijodiy layoqatlari rivojlantiriladi. San’at asarlari bo‘lajak pedagog-dizaynerlarning ichki imkoniyatlari ochilishiga turtki beradi. Ularning shaxsiyati va ruhiyatini tadrijiy tarzda rivojlanishini ta’minlaydi.
Bo‘lajak dizayner-pedagoglar faoliyatning ikki sohasida o‘zlarini namoyon qilishlari lozim hisoblanadi. Bu sohalar fan va amaliyotdan iborat bo‘lib, ular o‘zaro aloqadorlikda rivojlanadilar. Artpedagogikaning asosiy sohalaridan biri ahloqiy bilimlar bilan estetik bilimlarning o‘zaro uyg‘unlashuvini ta’minlovchi pedagogik yo‘nalishdir. Umumiy tarzda ma’lum bo‘lgan bilimlar bilan sohaga oid bilimlarning uyg‘unlashuvi ham arpedagogikaning qamrovi ko‘lamini kengaytiradi. Bunday yondashuv bo‘lajak dizayner-pedagogning bilimlarini yanada ortishiga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda ta’lim jarayoni ishtirokchilari uchun badiiy-ta’limiy jarayonni tashkil etish uchun qulay sharoit yaratadi.
Artpedagogika bo‘lajak dizaner-pedagolarga san’at sohasidagi bilimlarni o‘zlashtirish asosida kasbiy-ijodiy rivojlanish imkonini beradi. Badiiy rivojlanish va estetik tarbiya artpedagogika doirasida mustahkam aloqadorlikda namoyon bo‘ladi. bunday uyg‘unlashuv ta’lim jarayoniga o‘ziga xos yo‘nalishni olib kirish imkonini beradi. Natijada ta’lim jarayonida san’atning ko‘plab turlariga oid bilimlarni taqdim etish imkoniyati vujudga keladi. Natijada bo‘lajak dizayner-pedagoglar o‘quv jarayonida o‘quvchilar bilan ijodiy hamkorlikka kirishishga oid kasbiy bilimlarni o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘ladilar. Artpedagogika va umumiy pedagogika yagona umumiy maqsadga ega. Ushbu maqsad ta’lim oluvchilarga o‘zini anglash va jarayonning boshqa sub’ektlariga atrof-olamni estetik idrok etishga ko‘maklashishdan iborat. Shu bilan bir qatorda atrof-olamda mavjud bo‘lgan go‘zallik qonunlarini anglash va unga ahloqiy munosabatda bo‘lish tajribasini hosil qilishga ko‘makalashadi. Natijada bo‘lajak dizayner-pedagoglarning ma’naviy-ahloqiy rivojlanishlari ta’minlanib, ularda ahloqiy-estetik immunitet hosil bo‘ladi, go‘zallikni idrok etish layoqati rivojlanadi. Bunday immunitet yordamida bo‘lajak dizayner-pedagoglar shaxs ma’naviyati va ahloqiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan holatlarga qarishi kurasha oladilar. Jumladan, milliy madaniyatimizga xos bo‘lmagan liboslarni targ‘ib qilishdan saqlanish, madaniyatsizlik ko‘rinishlarini bartaraf etish, turli rusumdagi liboslarni ko‘r-ko‘rona qabul qilish va ular iste’moliga berilish, madaniyatimizga xos bo‘lmagan turli shoularda ishtirok etish kabilar bunga misol bo‘la oladi.
2
Estetik immunitet bo‘lajak pedagoglar bilan bir qatorda o‘quvchilar uchun ham zarur hisoblanadi. shuning uchun ham o‘qituvchilar bunday immunitetni o‘z o‘quvchilaraida shakllantirishlari targ‘ib qilinadi. bu esa o‘z navbatida ta’lim oluvchilarning didsizlik holatlariga qarshi tura olishlari va jamiyatdagi madaniy-estetik va ma’naviy muhitni barqarorlashtirishga ko‘maklashishlarini ta’minlaydi. Shu asosda o‘qituvchilar moddiy hamda ma’naviy didsizlik, dunyoqarashdagi bo‘shliqlarni bartaraf etish uslublariga ham ega bo‘ladilar. Bo‘lajak dizayner-pedagogning estetik immuniteti uning shaxsiy-kasbiy tavsifini ham belgilaydi. Bo‘lajak dizayner-pedagoglar go‘zallikni nomukammalikdan, uyg‘unlikni tarqoqlikdan, san’atdagi bo‘shliqni g‘oyaviylikdan farqlay olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar.
3
2 Бурякова В.В. Дискуссия на современном уроке: Метод. рекомендации. – М.: МГИУУ, 2011. – 160
3 Safarova R., Abdullaeva B. va b. Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi // RTM, – T.: 2014.
Artpedagogika bugungi kunda pedagogika sohasidagi mutaxasislarni tayyorlash bilan bog‘liq holda bir qatorda belgilarga ham ega. Ular quyidagilardan iborat:
- O‘quv jarayonida san’at va uning turli vositalaridan foydalanish. O‘quv fanlari mazmuniga san’atga oid bilimlar va axborotlar va tushunchalarni tizimli tarzda singdirish, talabalarning ma’naviy-madaniy meros hamda ijtimoiy tajribani yaxlit tarzda o‘zlashtirishlariga imkoniyat yaratish.
- Ta’lim jarayonida interiorizatsiyadan foydalanish. Buning uchun qulay sharoit yaratishga oid bilim, ko‘nikma, malakalarga ega bo‘lish. Buning uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
- Ta’lim jarayonida klassik uslublar yordamida zarur bilim va ijtimoiy tajribalarni talabalarga taqdim etish. Bunda talaba shaxsininig bilim olishi, tarbiyalanishi va shaxs sifatida rivojlanishi uchun qulay pedagogik vositalar, qadriyatlar va texnalogiyalarni taqdim etish. 4
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda artpedagogika quyidagi vazifalarni yechishga yo‘naltiriladi. Bunday vazifalar:
- o‘qituvchi va talaba uchun ta’lim jarayonini yanada qulaylashtirish;
- turli bosimlar, salbiy his-tuyg‘ularni bartaraf etishning umumtomonidan qabul qilingan ijtimoiy-madaniy modellarini izlab topish va pedagogik amaliyot davrida bo‘lajak dizayner-o‘qituvchi bilan o‘quvchilarning muloqotini ushbu modellar doirasida tashkil etish;
- ta’lim oluvchilarning artdizaynga oid bilimlarini tashhislashga oid materiallarning mavjudligini ta’minlash;
- o‘qituvchi va talabalarning mavjud tajibalariga tayangan holda ularning qalbi va ruhiga ta’sir ko‘rsatadigan darajada o‘quv materiallarini qayta ishlash. Bunda talaba shaxsi uchun ahamiyatli bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga e’tibor qaratish;
4 Tolipov O‘.Q. Oliy pedagogik ta’lim tizimida umummehnat va kasbiy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari: Dis. ped. fan. dok. – T.: 2004. – 314 b.
- bo‘lajak dizayner-pedagoglarda o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi munosabatlarni tashkil etish ko‘nikmasini shakllantirish. Bo‘lajak dizayner-pedagoglar va professor-o‘qituvchilar orasida dialogni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- shaxsning yaxlitligi va ma’naviy sifatlarini saqlash uchun qulay sharoitlar yaratish, ta’lim jarayonida bo‘lajak dizayner-pedagogning hissiy-estetik sohalariga ta’sir ko‘rsatish.
- bo‘lajak pedagoglarning sotsiumga moslashishlari, jumladan, o‘z-o‘zlarini anglashlari, o‘z mavqelarini aniqlashlari, o‘z faoliyatlari natijalarini amaliyotga joriy etishlari qulay sharoit yaratish. Muloqot orqali insoniyat yaratgan ijod namunalariga o‘zi yaratgan ijodiy mahsulotlari orqali an’anaviylikni singdirish;
- bo‘lajak dizayner-pedagoglarda o‘quv jarayoni uchun zarau bo‘lgan refleksiv madaniyat, ichki nazorat hissini tarkib toptirish;
- bo‘lajak dizayner talabalarda mumtoz va xalq san’atiga oid bilimlar yordamida barcha hissiy jarayonlar xotira, diqqat, iroda, idrok, tasavvur, intuitsiya, tarbiya kabilarni rivojlantirish kabilar hisoblanadi.5
Artpedagogikaning konsepshtual g‘oyalari quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: insonparvarlik, kreativlik, refleksiyalash, integratsiyalash kabilar. Artpedagogika doirasida insonparvarlikka alohida ahamiyat beriladi. Chunki insonpavarlik san’atning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib, uning butun mohiyati insonning qalbini zabt etib, ezgulikka undashida namoyon bo‘ladi. Chunki yangicha pedagogik tafakkurning asosini insonparvarlik tashkil etadi. Insonparvarlik artpedagogikaning asosi va artpedagog faoliyatidagi yetakchi prinsip hisoblanadi. dizayner pedagoglar o‘quvchining qanday layoqat egasi bo‘lishidan qat’iy nazar unga insonparvarlik nuqtai nazaridan yondashish tajribasiga ega bo‘lishlari lozim.
5 Сергеева Н.Ю. Арт-педагогическое сопровождение профессиональной подготовки будущего учителя: автореф. дис. … докт. педаг. наук. – Чебоксары. 2010. – 43 с.
Foydalanilgan adabiyotlar:
- Булатова О.С. Арт-педагогический подход в образовании. – Тюмень, 2004. – 230 с
- Бурякова В.В. Дискуссия на современном уроке: Метод. рекомендации. – М.: МГИУУ, 2011. – 160 с.
- Safarova R., Abdullaeva B. va b. Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi // RTM, – : 2014.
- Tolipov O‘.Q. Oliy pedagogik ta’lim tizimida umummehnat va kasbiy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari: Dis. ped. fan. dok. – T.: 2004. – 314 b.
- Сергеева Н.Ю. Арт-педагогическое сопровождение профессиональной подготовки будущего учителя: автореф. дис. … докт. педаг. наук. – Чебоксары. 2010. – 43 с.