Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

KOXLEAR IMPLANTLI BOLANING NUTQINI RIVOJLATIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Maxsus pedagogika kafedrasi o’qituvchisi Haqberdiyev Jamoliddin Abdug’afforovich Surdopedagogika yo’nalishi III-bosqich Talabasi Oybekova Mohichexra Annotatsiya: Ushbu maqola eshitishda nuqsoni boʻlgan bolalarni koxlear implantatsiya jarayonidan keyin nutqiy faoliyati ustida reabilitatsiya qilish qanchalik ahamiyatliligi va samarasi, nutq reabilitatsiyasi-qay tartibda amalga oshirilishi haqida fikr yuritiladi. Kalit soʻzlar: Koxlear implant, nutq, kar bolalar, nutq oʻstirish, reablitatsiya jarayoni, reabilitatsiya, nutq protsessori. Koxlear implantatsiya – eshitmaydigan (kar, zaif eshituvchi) bolalar eshituvchilar dunyosiga kirish va dunyoni ovozlar, tovushlar orqali idrok imkoniyatini yaratuvchi xozirgi kunning eng samarali usullari hisoblanadi. Bunda bolalarning ovozlar, musiqa, nutq va boshqa tovushlarni eshitishi va o‘zini jamiyatda, ijtimoiy hayotda erkin idora qilish imkoniga ega bo‘lishiga misli ko‘rilmagan yordam beruvchi bu vosita fan va texnika rivojidagi katta axamiyatga ega kashfiyotdir. «Koxlear implant» termini–metodika, operatsiyadan oldingi saralash, mijozni tayyorlash, xirurgik aralashuv, operatsiyadan keyingi reabilitatsiya va KI qо‘yiladigan operatsiya tushuniladi. Bu metod odam organizimiga о‘rnatilgandan sо‘ng, elektrik impulslar tashqi mikrofonga keladi, nerv sistemasi bu signallarni qabul qiladi. Shuning bilan teri ostiga implant tanasi qо‘yiladi. Chig‘anoqqa elektrod massiv boradi. Tashqi nutq protsessori audioprsessorga mikrofon orqali kelib tushadigan ovozni uzatadi. Sensonevral karlikda ovoz uzatuvchi tukchalar kam bо‘ladi yoki umuman jaroxatlangan bо‘ladi. Shuning uchun, ovoz tebranib nerv impulsga yetib bormaydi. Sog‘lom tukchalarni sonini kamayganligi bu kabi eshitishni pasayganida, eshituv apparatlari yordamida ijobiy natijalar kо‘rsatadi. Lekin tukchalar tо‘qimasining kamayishi yoki umuman yо‘qligi xech qanday eshitishga imkon bermaydi. Koxlear implantatsiyaning maqsadi quyidagidan iborat:
  • shovqin sharoitda nutqning tushunarliligi 10-12%ga ortadi;
  • fazoda tovush manbaining lokalizatsiyasi yaxshilanadi;
  • reverberatsiya sharoitida, bir necha so‘zlashuvchilar bilan suhbatlashishda nutqning tushunarliligi ortadi (cocktail party  effect);
  • bolalar eshitishni va turli tovushlarni ajrata olishni tez o‘rganadilar, lug‘at boyligini tezroq to‘playdilar, gapirishni o‘rganadilar.
Bugungi kunda o‘tkazilayotgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatyaptiki, qanchalik koxlear implantatsiya erta qilinsa, shunchalik natijalarni yaxshi bo‘lishini kuzatishimiz mumkin (Korolyova I.V). Ko‘pchilik olimlarning fikriga ko‘ra, bolani 2-3 yoshga to‘lguniga qadar, eshitishining pasayganligini va unga eshitish apparati yordam bermayotganligini payqagan kundan boshlab, tezlikda operatsiyani  amalga oshirish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatib o‘tishmoqda. Bola qanchalik erta operatsiya qilinsa, uning nutqini rivojlanishidagi muammolar ham shunchalik erta bartaraf qilinadi. Koxlear implantatsiyaning vazifalari quyidagidan iborat:
  • Bolaning rovojlanishidagi meyordan chetga chiqishlarni erta tashhis qilish;
  • Jarroxlik operatsiya orqali implantantni ko‘yish;
  • rovojlanishida u yoki bu muammosi bo‘lgan ilk va erta yoshdagi bolalarga reabilitatsiya qilish; ularni umumta’lim muassasalariga uyg‘unlashtirish modellarini ishlab chiqish.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimizda 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan “Harakatlar strategiyasi” da ta’lim soxasidagi belgilab qo‘yilgan vazifalar mamlakatimizda yashovchi har bir shaxsni chuqur o‘ylashga, mulohaza va mushoxada qilishga undaydi. Chunki kelajak avlodga ularni ertangi kuniga befarq bo‘lishga haqqimiz yo‘q. Shuning uchun hozirdan ularni har tomonlama rivojlantirishimiz va qo‘llab quvvatlashimiz zarur. Koxlear implantatsiya – eshitishida koxlear muammosi bo‘lgan bolalarga atrofidagi barcha tovushlarni eshitish, farqlash, nutqni eshitish, o‘z nutqini eshitish va o‘qituvchining nutqi, talaffuzi bilan solishtirish orqali uni rivojlantirish imkoniyatini yaratadi. Lekin ushbu jarayon o‘z o‘zidan ro‘y bermaydi. Bunda ham albatta reabilitatsiya jarayoni kerak bo‘ladi. Koxlear implantli bolalarni nutqini ravon qilishda, shu bilan birga jamiyatga to‘laqonli kirishiga yordam berish uchun harakat qilishimiz zarur. Biz bunda reabilitatsiyaning-nutq reabilitatsiyasi turidan foydalanamiz. Buning uchun bola bilan ishlashda kun davomidagi barcha faoliyatlar jarayonida uyushtirilgan muloqotda hamda maxsus nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida shug‘ullanamiz. Kar bolalar nutqining rivojlanish saviyasiga ko‘ra bu yo‘nalishlarning ahamiyati va miqdori o‘zgarib boradi. Nutq o‘stirish ishlarini tashkil etish paytida so‘zli nutqning turli shakllaridan foydalaniladi. Kichik va o‘rta maktabgacha yoshdagi kar bolalarga ta’lim berish jarayonida og‘zaki va yozma nutq yozuvli kartochkalarda global ravishda o‘qish,ya’ni yaxlit qabul qilish uchun taqdim etiladi. Shuningdek bolalarni o‘qitishda daktildan ham foydalaniladi. Koxlear implantatsiya yordamida eshitishni qayta tiklash uch bosqichda olib boriladi. Bulardan eng oxirgi bosqich operatsiyadan keying reabilitatsiya bosqichi bo‘lib,oldingi ikki bosqichning samarasini taminlovchi davr hisoblanadi. Aynan shu bosqichdan boshlab surdopedagok va ota-ona bolaning nutqiy reabilitatsiyasini boshlashlari talab etiladi. Chunki, bola nutqiy ko‘nikmani boshqa jarayonlardan ko‘ra oila davrasida yaxshi o‘zlashtiradi. Bundan tashqari bolani maktabgacha ta’lim muassasasiga olib borganimizda ham u yerni ish jarayonini kuzatishimiz, bolalar bilan shug‘ullanish tartibiga e’tibor berishimiz muhim sanaladi. Ye.I.Tixeyevaning fikricha, maktabgacha ta’lim muassasasi bolalarning barcha qobiliyatlarini rivojlantirgan holda nutqni egallashning juda ahamiyatli va muhim qobiliyatiga e’tiborni qaratishi darkor: “Chunki nutqni muntazam o‘rgatish, nutq va tilni metodik rivojlantirish maktabgacha ta’lim muassasasidagi tarbiya ishlarining asosini tashkil qilmog‘i lozim”. Koxlear implantatsiya operatsiyasi bemor bola 5 yoshga to‘lgunga qadar o‘tkazilganda ijobiy natija berishini hisobga olib, Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobiga xarid qilingan implantantlardan samarali foydalanish uchun ular besh yoshga to‘lmagan bolalarga bepul taqdim etiladi. Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan har bir bemorga faqat bir tomonlama koxlear implantatsiya operatsiyasi bepul bajariladi. Besh yoshga to‘lmagan bemor bolalarning ota-onalari, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki homiylari byudjyet mablag‘lari hisobiga xarid qilingan implantant hisobiga amalga oshiriladigan koxlear implantatsiya operatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha shakllantirilgan navbatni kutishni istamagan taqdirda, implantantni o‘zlari sotib olishlari mumkin. Koxlear implantatsiya operatsiyalarini o‘tkazuvchi muassasada audiologik, nur diagnostikasi, surdopedogogik, logopedik, psixonevrologik, laborator va boshqa maxsus klinik tekshiruvlarni, operatsiyadan keyin nutq protsessorini moslashni  o‘tkazish sharoiti bo‘lishi kerak. Agar muassasada ulardan ba’zilari bo‘lmagan holda ko‘rsatilgan tadbirlarni amalga oshiruvchi muayyan davlat va nodavlat davolash-diagnostika muassasalari bilan doimiy asosda tuzilgan shartnomalari bo‘lishi shart. Bu davolash – diagnostika muassasalari xulosalari muassasaning rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlangan holda taqdim etilishi kerak. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan tayyorlanishi kerak buladi. Koxlear implant qo‘yilgan bolalarning eshitish qobiliyatini rivojlantirish va eshitish va eshitish orqali nutqni qabul qilish, tushunish, nutqiy muloqotni o‘rgatish o‘ta murakkab jarayon bo‘lib o‘ziga xos yondashuv, izchil va individual surdopedagogik yordam tashkillashni talab etadi. Bolalaming nutqni egallab borishlari sari ularda ijtimoiy (hayotiy) malakalaming shakllanishiga oid imkoniyatlar kengayib boraveradi. Aniqrog‘i, faoliyat asosida rivojlantirihivchi nutq ijtimoiy me yorlami egallashning zaruriy shartidir. Ushbu jarayonning jadallashuviga xizmat qiluvchi omillardan biri bolalar nutqini ilk, maktabgacha yoshda boigan davrda shakllantirish sanaladi. Bolalar ta’lim-tarbiyasi jarayonini takomillashtirish orqali ulaming ijtimoiy moslashuvlari darajasini ko‘tarishning yoi va vositalari asoslab berildiMaxsus ta’lim sohasida koxlear implantantli bolalar ta’lim-tarbiyasi jarayonida nutqini rivojlantirish masalalari ilmiy-nazariy jihatdan chuqur o‘rganilmaganligi bois ilmiy jihatdan asoslangan erta abilitatsiya va korreksion-rivojlantiruvchi pedagogik tizimni yaratishni dolzarb masala hisoblanadi. Eshitishida muammosi boigan bola reabilitatsiya jarayoniga qancha erta jalb qilinsa, uning ijtimoiy moslashuvi shuncha tez kechadi. Nutqiy reabilitatsiyani olib borishda nafaqat o‘qituvchi balki bolani atrofidagi shaxslar ham alohida ahamiyatga egadir. Biz bolaga avvalo to‘g‘ri talaffuzni o‘rgatishimiz va o‘zimiz ham to‘g‘ri so‘zlay olishimiz kerak.Muloqtga kiritish uchun esa kichik kichik dialoglardan foydalanishimiz maqsadga muvofiqdir. Bolalarga nutqiy mashg‘ulotlarni iloji boricha ko‘proq o‘tishimiz ham katta ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib, aytganda koxlear implantli bolalarni shu jarayondan keyingi faoliyatini natijasini ko‘rsatish uchun biz bola bilan uzluksiz shug‘ullanishimiz kerak.Bundan tashqari bolalarni surdopedagog  mashg‘ulotlariga  borishlarini taminlashimiz kerak. Bundan tashqari kadrlarni ko‘paytirishimiz, ularni ish faoliyatini yaxshilashimiz ham alohida ahamiyat kasb etadi. Chet el malakasini o‘rganishimiz va o‘zimizga moslashtirishimiz ham muhim sanaladi. Har bir surdopedagog o‘zi ustida ko‘proq ishlashi talab etiladi.   Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
  1. Fayziyeva,D.Nazarova,F.Qodirova.”Surdopedagogika”.Sanostandart.T.:2012.B.289
  2. Tихеева Е.И..Развитие речи детей.-М.:Просвещение,1976.
  3. haqberdiyev, jamoliddin. (2020). THE IMPORTANCE OF MODERN TECHNICAL DEVICES IN THE DEVELOPMENT OF HEARING. Архив Научных Публикаций JSPI1(64). извлечено от https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/6183
 
  1. haqberdiyev, jamoliddin. (2020). БОЛАЛАРНИНГ МАКТАБГА ПСИХОЛОГИК ТАЙЁРГАРЛИГИ МАСАЛАЛАРИ . Архив Научных Публикаций JSPI1(70). извлечено от https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/6303
 
  1. haqberdiyev, jamoliddin. (2020). THE IMPORTANCE OF COCHLEAR IMPLANT IN THE EDUCATIONAL SYSTEM OF CHILDREN WITH HEARING DISORDERS . Архив Научных Публикаций JSPI1(80). извлечено от https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/6742
 
  1. haqberdiyev jamoliddin»KOXLEAR IMPLANTATSIYADAN KEYIN BOLA QANDAY REABILITATSIYAGA MUHTOJ?» Zamonaviy ta’limda pedagogika va psixologiya fanlari https:// ppmedu.jspi.uz
 
  1. haqberdiyev jamoliddin, mannonova nozima NUTQNING KECHIKISHIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR VA UNI BARTARAF ETISH YO’LLARI Zamonaviy ta’limda pedagogika va psixologiya fanlari
 
  1. Haqberdiyev, J. (2021). MAXSUS MAKTAB -INTERNATDA KOKLEAR IMPLANTLI BOLALARDA NUTQIY MULOQOTNI SHAKLLANTIRISH. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (2). извлечено от https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/2631
 
  1. Haqberdiyev, J. (2022). MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLIY RIVOJLANISHIDA KAMCHILIGI BOR BO’LGAN BOLALARNING O’YINLARINI TASHKIL ETISH BO’YICHA KORREKSION ISHLARINING XUSUSIYATLARI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании1(4). извлечено от https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/4748
 
  1. Haqberdiyev, J. (2022). KOXLEAR IMPLANTAT BOLALARDA OG’ZAKI NUTQNI IDROK ETISHNI O’RGANISH VA RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK USULLAR. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании1(4). извлечено от https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/4747
 
  1. Haqberdiyev, J. (2021). ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА ЗАДЕРЖКУ РЕЧИ И ПУТИ ЕЕ УСТРАНЕНИЯ. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (1). извлечено от https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/1204
 
  1. Haqberdiyev, J. (2021). KOXLEAR IMPLANTATSIYADAN KEYIN BOLANI REABILITATSIYA QILISH MASALALARI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании1(1). извлечено от https://art.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/713
 
  1. Haqberdiyev J. MAKTABGACHA YOSHDAGI KOXLEAR IMPLANTANT BOLALARNI TASVIRIY FAOLIYAT VOSITASIDA NUTQINI RIVOJLANTIRISH. ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference https://zenodo.org/record/5855156#.YfuJ_99BzIU