Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

“Korrupsiyasiz soha” loyihasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili”

Jizzax davlat pedagogika universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining joriy yil o‘tgan davridagi faoliyati tahliliga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezidentimiz rahbarligida joriy yilning 5-mart kuni o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida ta’lim sohasida shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi qat’iy kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Matbuot anjumanini ochib bergan Yoshlar masalalari,ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi, ta’lim jarayonlarini ochiq-oshkora va adolatli o‘tkazish, inson omilini kamaytirish va korrupsiyaga qarshi innovatsion mexanizmlarni joriy etish yo‘nalishlarida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirayotganini alohida ta’kidladi.

Ta’kidlash joiz bugun universitetda 35 turdagi hujjatlarni inson omilisiz olish imkoniyati yaratilib, elektron hujjat aylanish joriy etilgan, bu o‘z navbatida bilim olishga keng yo‘l ochib, talaba pedagoglarimizga ortiqcha byurokratik to‘siqlarsiz xizmat ko‘rsatish tizimini keskin ravishda yaxshilamoqda. shuningdek, talaba va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida muntazam ravishda ijtimoiy so‘rov va tadqiqotlar tashkil etib boriladi. Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashishi”Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan o‘tgan davr mobaynida talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida “Siz oliygohda korrupsion harakatlarga (tamagirlik, poraxo‘rlik) duch kelganmisiz?”, Oliygohda korrupsiyaning qaysi ko‘rinishiga duch kelgansiz?” kabi anonim so‘rovlar o‘tkazilgan.  9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan “Aksilkorrupsiya haftaligi” o‘tkazilib, bo‘lim va fakultetlar birgalikda “Men korrupsiyaga qarshiman”, “Korrupsiya jamiyat kushandasi”, “Korrupsiyaga qarshi kurash, hammamizning burchimiz”, “Korrupsiya – mamlakat taraqqiyotiga to‘siq” kabi mavzularda seminar, tanlov, va davra suhbatlari tashkil etilgan. Anjumanda ishtirokchilarga “Komplayens-nazorat” tizimi faoliyati va uning korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro menejment tizimiga mosligi, “Korrupsiyasiz soha” loyihasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili” mavzularida ma’lumotlar taqdim etildi. Anjuman davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.

Shundan so‘ng anjuman ishtirokchilari universitet “Registrator ofisi”da bo‘lishdi. Ushbu zamonaviy tuzilma universitet bosh binosida joylashgan bo‘lib, samarali faoliyat olib borishi uchun barcha qulayliklarga ega. 26 nafar yosh, malakali, bir nechta xorijiy tillarni mukammal egallagan va xorijiy oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirgan xodimlar ofisda faoliyat ko‘rsatishi uchun saralab olindi. Ular talabalik guvohnomasi, talabalar o‘quv varaqasi, o‘qish joyidan ma’lumotnoma, akademik ma’lumotnoma, dars jadvali, davomat va o‘zlashtirishga oid ma’lumotlar, to‘lov-kontrakt shartnomalari, talabalar turar joylariga ariza berish hamda aylanma varaqalarni raqamlashtirgan tarzda murojaatchilarga yetkazadi. Anjuman ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga mutaxassisilar tomonidan batafsil javoblar berildi.