INGLIZ TILI OʻQITISH METODIKASI KAFEDRASIDAN NAVBATDAGI MASTER-KLASS
Oliy ta’lim muassasalari va Akademik litseylarning Chet tillarini o’qitishdagi hamkorligini mustahkamlash maqsadida Jizzax davlat pedagogika institutiChet tillar fakulteti Ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasi va JDPIga qarashli «Sayiljoy» Akademik litseyi o’rtasida o’zaro Hamkorlik Memorandumi imzolandi,
va shu kunning o’zida memorandum bandlarida ko’rsatilgan ingliz tilini o’qitishda yanada samaradorlikka erishish koʻzda tutilgan «Sayiljoy» Akademik litseyi oʻquvchilari uchun JDPI Chet tillar fakulteti Ingliz tili oʻqitish metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi, AQSHning Fulbright FLTA dasturi qatnashchisi, IELTS 8 ball sohibi Shuhrat Eshonqulov tomonidan seminar trening va davra suhbati o’tkazildi. Talabalar o’zlarining bilim va salohiyatlarini turli qiziqarli o’yinlar asosida sinab ko’rishdi va chet elda ta’lim olish va grantlar uchun qanday hujjatlar to’planishi va boshqa o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.