Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/05/2024
Chop etish
“G‘oyalar jangi” g‘oliblari aniqlandi

Universitetda yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni ilmiy-innovatsion, startap loyihalar bilan ishlash ko’nikmasini yanada oshirish maqsadida «Mening startap g’oyam» loyihalar tanlovi o’tkazildi.

Tanlov iqtidorli yoshlarning innovatsion g’oyalari, startap loyihalarini izlash va aniqlash, fan, ta’lim va biznes o’rtasidagi o’zaro hamkorlikning samarali mexanizmlarini rivojlantirishga qaratilgan.

Tadbir avvalida universitet iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi tomonidan tanlovning nizom talablari, kutilayotgan natijalar va baholash mezonlari ishtirokchilarga tushuntirib o’tildi.

Shundan so’ng talabalar o’zlarining loyihalarini hakamlar hay`atiga havola etishdi. Jumladan, tabiiy fanlar fakulteti talabasi Feruza Nurmamatova o’z loyihasida Xitoy xalq respublikasining qadimiy va noyob o’simligini intruduksiya qilish, ushbu o’simlikning dorivorlik xususiyatlaridan samarali foydalanish va shu orqali iqtisodiy samaradorlikka erishishni maqsad qilgan. Rus tili va adabiyoti fakulteti talabasi Mizrob Husanov esa shaharlardagi tirbandliklarni oldini olish maqsadida «aqlli avtoturargohlar» tashkil etish orqali aholiga sifatli xizmatlar taklif etdi. Matematika va informatika fakulteti talabasi O’tkir Qozoqov o’zining startap g’oyasi orqali banklardagi navbat kutish va buning oqibatida yuzaga keladigan norozigarchiliklarning oldini olishni maqsad qilgan.

Tanlovda jami 20 ga yaqin ishtirokchilar hakamlar hay`ati tomonidan loyihaning  innovatsion yangiligi, loyihaning hayotiyligi, ishlab chiqarishga joriy qilish, loyihaning iqtisodiy samaradorligi, loyiha orqali qo’shimcha ishchi o’rinlarini yaratish imkoniyatlari kabi mezonlar asosida baholanishdi.

Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, quyidagi talabalar faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi:

1-o‘rin – Feruza Nurmamatova, tabiiy fanlar fakulteti talabasi;

2-o‘rin – Nargiza Qurbonboyeva, musiqa ta‘limi yo‘nalishi talabasi;

3-o‘rin – Mizrob Husanov, rus tili va adabiyoti fakulteti talabasi.

Albatta, ushbu tadbir iqtidorli va iste‘dodli yoshlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish, ularni ilm-fanga keng jalb etishni maqsad qilgan. Universitet iqtidorli talabalarnining ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi bu borada yoshlarga doim shart-sharoitlar yaratib kelmoqda.

 Luiza AHMEDOVA,

iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot

faoliyatini tashkil etish bo’limi muhandisi.


Ulashish:
940
Boshqa rubrikalarda mashhur

Inklyuziv yoshlar festivali: g‘olib talabalar taqdirlandi.
14–16-mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetida “Inklyuziv yoshlar festivali” doirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun “Ijod va ilhom”, “Sport va sog‘lom hayot” shiori ostida para-sport musobaqalari...
Rektor tibbiyot fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Ochiq muloqot fakultet dekani tomonidan tayyorlangan taqdimot namoyishi bilan boshlandi.
Tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda kitobxonlikni rivojlantirish, xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda volontyorlik guruhlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.