«Fan va ta’lim integratsiyasi” mavzusida seminar o‘tkazildi.
2021-yil 29-oktabr kuni Boshlang‘ich ta’lim fakultetida tashkil etilgan “Fan va ta’lim integratsiyasi” mavzusidagi mintaqaviy ilmiy seminarning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yil 16-iyun kuni oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari sohadagi 4 ta ustuvor vazifani ko‘rsatib o‘tgan edilar. Ustuvor vazifalardan biri esa oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish deb belgilangan edi. Shu ma’noda, mazkur mintaqaviy ilmiy seminar yoshlarni seleksiya asosida ilmiy faoliyatga jalb etish ko‘rsatkichlarini hamda kafedralarning ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Ilmiy seminarda fakultet professor –o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar, Jizax viloyati pedagog xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tinglovchilari ishtirok etishdi.
Mintaqaviy ilmiy seminar raisi: Boshlang‘ich ta’lim fakulteti, Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori Xalqaro fanlar akademiyasi akademigi X.A.To‘raqulov. Seminarda shuningdek Boshlang‘ich ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori U.A.Jumanazarov “Ta’limda lingvistik kompetensiya nazariyasi tuzilmasi va prinsiplari” mavzusida ma’ruza o‘qidi. Seminar barcha uchun qiziqarli savol javoblarga boy tarzda o‘tkazildi.