Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

 ERKIN VOHIDOV IJODINING TA’LIM TIZIMIDA O‘RGANILISHI TEXNOLOGIYASI

Nigora Kiryigitova JDPU oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi Adabiyot va davr munosabatini aniqlash, bir davrdagi milliy adabiyotning boshqasidan farqini to‘g‘ri belgilash hamisha ham mushkul ilmiy masala bo‘lgan. Chunki davr-zamon deb atalmish abadiy hodisaning o‘tkinchi bir bo‘lagi, adabiyot esa o‘tkinchi tushuncha bo‘lmish davrga xos belgilarning insonda namoyon bo‘ladigan omonat jihatlarini abadiyatga muhrlashga urinadigan san’at turidir. Shunday ekan, mazkur san’at, ya’ni so‘z san’ati namunalarini o‘qitishda ham yangicha mezonlar, yosh avlod qalbida abadiyatga muhrlaydigan darajada o‘qitish talab qilinadi. O‘qitish fan, uning bo‘limlari va bo‘limlarning mavzularini izchil hamda didaktik talablar asosida rejalashtirishni talab etadi. Shuningdek, o‘qituvchi materialni qismlarga bo‘lib o‘qitishda ushbu qismlarning oson va ongli o‘zlashtirilishiga imkoniyat beradigan didaktik vositalar, amalga oshiriladigan texnologiyalar, samarali metodlar turlari, amalga oshirish yo‘sinlarini ham loyihalashtirishi lozim. Ikkinchi tomondan, o‘quv materiallari, mavzulari o‘zlari aloqador bo‘lgan fanning eng so‘nggi yutuqlarini o‘zida aks ettirishi zarur. O‘z-o‘zidan tushuniladiki, fanning yangi mazmuni o‘qituvchidan ta’limga yangicha yondashishlarni, rejalashtirishlarni, innovatsiyalarni talab etadi. Bugungi kun ta’limida o‘zgarishlariga e’tibor beradigan bo‘lsak, talabalarni ta’lim jarayonida ijodiy munosabatni shakllantirish, ta’lim samaradorligini oshirishga o‘quvchilarda ijodiy firklash malakalarini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda, barcha izlanishlar va ilmiy tadqiqot ishlari ham aynan shu masalaga  qaratilmoqda. Shu bilan birga boshqa mamlakatlardagi ta’lim texnologiyalarini va ularning tajribalarini o‘rganish va mos tomonlarini tadbiq etish jarayoni ham jadal rivojlanib bormoqda.  Adabiyot ta’limida qo‘llanilayotgan xorijiy tajribalar modulli tizim, case study, masofali o‘qitish, mahorat darslari, vebinar kabi yangi texnologiya va metodlar bilan boyimoqda. Adabiyotlardagi ma’lumotlarga ko‘ra o‘quv materiallarining o‘quvchi-talabalar tomonidan qabul qilinishi va ularning xotirasida saqlanib qolish darajasi o‘qitish usullariga bog‘liq. O‘qitishda uning aktiv usullaridan foydalanish an’anaviy usulga nisbatan o‘quvchi-talabalar tomonidan ma’lumotlarni qabul qilish darajasi ancha yuqori bo‘ladi. Hozirgi vaqtda maktab o‘quvchi-talabalarini o‘qitishning an’anaviy usullardan tubdan farq qiladigan va eshituvchilarning faollik darajasini oshiradigan yangi pedagogik va axborot texnologiyalarning uslublari ishlab chiqilgan va o‘quv jarayonlarida keng qo‘llanib kelinmoqda. O‘qitish jarayoniga yangi ta’lim texnologiyalarini kiritib, “noan’anaviy ta’lim” usullaridan: “Konferensiya darsi”, “Seminar darsi”, “Aralash darslar”, “O‘yinchoqlar yordamida dars o‘tish”, “Kasbga bog‘lab dars o‘tish”, “Badiiy adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish”, “Evrika” (O‘ylab top); ta’limning qiziqarli faol usullaridan: “Kichik va katta guruhlarda ishlash”, “Rolli o‘yinlar”, “Sahna ko‘rinishi”, “Krossvordlar yechish”, “Zakovat savollari”, “Test-sinov” topshiriqlari, “Turli tarqatma materiallardan foydalanib dars o‘tish”, “Sinkveyn o‘yinlari”; shuningdek, ta’limning innovatsion (yangi) usullari: “Improvizatsiya”, “Aqliy hujum”, “Debat”, “Tanqidiy tafakkurni rivojlantiruvchi usul”, “Klaster usuli”, “Muammoli vaziyat”, “Muayyan holat, vaziyatni o‘rganish, tahlil qilish”, “Har kim har kimga o‘rgatadi”, “Nuqtayi nazaring bo‘lsin”, “Multimediya” va boshqalarni qo‘llashi muhimdir”[1:62]. Pedagogik texnologiyalar sohasidagi yangi izlanishlar bilan tanishish, o’qitishning faol usullarini bilish va qo’llay olish har bir pedagog oldiga qo’yayotgan zamon talablarining asosiylaridandir. Keyingi  manbalarda e’lon qilingan axborotlarni tahlil etgan holda quyida ta’lim jarayonida qoʻllanilayotgan interfaol usullardan ayrimlarini keltirib o‘tamiz. T – chizma. T – chizma munozara vaqtida qo‘shaloq javoblar (ha/yo‘q, tarafdor/qarshi) yoki taqqoslash – zid javoblarni yozish uchun universal grafik organayzer hisoblanadi. O‘zbek lirikasida she’riy san’atlar asosan shoirning badiiy-estetik gʻoyasini obrazli tarzda bayon etish uchun xizmat qiladi. O‘zbek adabiyoshunosligida she’riy san’atlar asosan shakliga, qo‘llanilish uslubiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: she’riy san’atlarning birinchi turi manaviy san’atlardir, ikkinchi turi esa lafziy san’atlar hisoblanadi. She’riy san’atlarning o‘ziga xos turlarga ajratilishiga o‘quvchilar diqqati tortiladi. Mana shu ikki asosiy turlarga xos bo‘lgan doimiy xarakter belgilari, ta’rif-tavsiflarni bilish va anglash sherni to‘g‘ri o‘qish, tushunish va tahlil qilish garovidir. Buning uchun  “T-chizmasi” strategiyasi eng ma’qul texnologiya sanaladi. She’riy san’atlardagi an’anaviy   manaviy va lafziy turlarini “T-chizmasi” metodi bo‘yicha tushuntirish qulay. Avval bu ikki turning uzviy bog‘liq ikki jihati – mano va shakl xususiyati qiyoslanadi. Texnologiya asosida qiyoslagandan so‘ng manaviy va lafziy san’atlarning lirik asarlardan namoyon bo‘lishi, xarakter-xususiyati, ichki va tashqi ko‘rinishi ifodalari yaqqol namoyon bo‘ladi. Venn diagrammasi. Ushbu grafik organayzer o‘quvchi-talabalarda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o‘zlashtirish (sintezlash) ko‘nikmalarini hosil qilishga yo‘naltiriladi. U kichik guruhlarni shakllantirish asosida aniq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. “Venn diagrammasi” grafik organayzeri adabiy ta’limda adabiy asarlar, jumladan she’riy sanlar, ularning turlarini tahlil qilish mumkin. Masalan; uchta doira chizib, manaviy, lafziy hamda ularning o‘xshash va farqli tomonlarini tahlil qilish mumkin Venn diagrammasi  talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan o‘zaro yaqin nazariy bilim, ma’lumot yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishga yordam beradi. Undan muayyan bo‘lim yoki boblar bo‘yicha yakuniy darslarni tashkil etishda ham foydalanish yanada samaralidir. Namuna: She’riy san’atlarni “Venn diagrammasi” asosida tahlil qilish Manaviy              Lafziy Farqli Jihatlari “Tushunchalar tahlili asosida matn tuzish”.  Tushunchalar asosida matn tuzish metodi bilish – izlanish turidagi mustaqil ishlar sirasiga kirib, bu ish turli xil mantiqiy amallarni talab etadi: tahlil qilish va umumlashtirish, dalil va hodisalarni qiyoslash, ulardagi mushtaraklik va farqli tomonlarni aniqlash, asosiy va ikkinchi darajali belgilarni ajratish,  sabab-oqibat aloqalarini ochib berish va hokazo. Odatda talabalar noma’lum hodisalar, yangi materiallarga duch keladilar, yangi bilimlarni egallash va o‘quv muammosini hal qilish yo‘llarini izlab topishni talab etadigan muammoli vaziyat paydo bo‘ladi. Tushunchalar tahlili asosida matn tuzish ayniqsa, adabiyot darslarining amaliy va seminar darslarida  katta samara beradi. Masalan, she’riy san’atlar va uning ularning o‘ziga xosliklarini tushuntirishda quyidagicha foydalanish mumkin. Ma’naviy san’atlar, tazod, talmeh, tashbeh, husni talil, istiora, mubolaga, metafora, metonimiya, snegdoxa. Lafziy san’atlar, tarix, kitobat, tajnis, anafora, alliteratsiya, epifora. Tushunchalar tahlili asosida matn tuzish individual yoki kichik guruhlarda amalga oshirilishi mumkin. Matn tuzish auditoriyada yoki uyda bajarish uchun mustaqil ish sifatida beriladi. Auditoriyada matn tuzish uchun o‘qituvchi tomonidan 15-20 minut beriladi. Vaqt tugagandan so‘ng har bir guruh o‘z tuzgan matnini o‘qib beradi. Matn yuzasidan savol-javoblar bo‘ladi.   Yuqorida berilgan topshiriq bo‘yicha tuzilgan ilmiy matndan talabarning mavzuni qay darajada o‘zlashtirganligining guvohi bo‘lamiz. O‘n minutlik esse. Esse – bu muallifning individual nuqtai nazarini ifoda etish shakli bo‘lib, biror narsa-hodisa yoki jarayon haqidagi umumiy yoki dastlabki dunyoqarashni o‘z ichiga oladi. O‘n minutlik esseni yozish qoidalari (“O‘zbek lirikasida she’riy san’atlarning o‘rni” mavzusida):
  1. Taklif etilgan mavzuga doir so‘zlar hajmi 500 tadan 1000 tagacha bo‘lishi mumkin.
2.“She’riy san’atlarning turlari”, “Ma’naviy san’atlar va ularning turlari”, “Lafziy san’atlar va ularning turlari” kabi jumlalardan foydalaning.
  1. O‘zingiz o‘qigan she’rlardan birini tahlil qiling va qanday she’riy san’atlar ishtirok etganligini aniqlang.
O‘n minutlik esse o‘quvchi-talabaning ijodiy qobiliyatini, yozma savodxonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega texnologiyalardan biri hisoblanadi. Ta’lim jarayonida innovatsion metodlardan foydalanish o‘quvchi-talabalarning mantiqiy, tanqidiy,  mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishda yaxshi samara beradi. Mazkur metodlar tarbiyaviy xarakterdagi bir qator vaziyatlarni amalga oshirish imkonini beradi: o‘zining faoliyatiga mas’ullik va qiziqish uyg‘otadi; o‘zgalarni tinglash va fikriga hurmat; muammoga ijodiy yondoshish; imkoniyatlarni ko‘rsata olish; jamoa bilan ishlash mahorati. Ta’lim sifatini yaxshilash, o‘quvchi-talabalarning intellektual faolligini oshirish bugungi kunda pedagogikaning bosh vazifasi hisoblanadi. Intellektual faollikni oshirishda interaktiv usullardan foydalanish yaxshi samara beradi.  Bu esa ta’lim jarayonida yangiliklarni joriy etishni talab etadi. Insert metodi. Zamonaviy metodlardan “Insert” metodi (belgi qo‘yib o‘qish)ning afzalligi, o‘qish va yozishni samarali amalga oshirish, talabalarda matn bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish imkonini beradi. Mazkur usulda o‘quvchiga notanish matn, yoki matndan parcha beriladi. Masalan;  Istalgan she’riy asardan parcha beramiz va undagi she’riy san’atlarni topishi yuzasidan topshiriq beramiz; Talaba matnni yoki matn qismini o‘qish jarayonida asarda qo‘llanilgan she’riy san’at qaysi turga mansubligini aniqlaydi. Shu tariqa keyingi matnlar ham beriladi. Talaba topshiriqni bajarish jarayonida daftariga quyidagi belgilarni qo‘yadilar.“V” – bilaman, “-” – notanish, “+”- yangilik, “?” -tushunmadim, ya’ni qo‘shimcha ma’lumot kerak. Insert jadvali quyidagtcha tuziladi. Belgilar 1-matn 2-matn 3-matn “V”–tanish ma’lumot “?” – mazkur ma’lumotni tushunmadim, izoh kerak. “+” bu ma’lumot men uchun yangilik. “– ” bu fikr yoki mazkur ma’lumotga qarshiman? «FSMU» metodi. Texnologiyaning  maqsadi: Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan ma’ruza mashg‘ulotlarida, mustahkamlashda, o‘tilgan mavzuni so‘rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg‘ulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi. Texnologiyani   amalga oshirish tartibi: qatnashchilarga  mavzuga oid bo‘lgan yakuniy xulosa yoki g‘oya taklif etiladi; har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog‘ozlar tarqatiladi: ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi. FSMU  tahlili  qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishiga asos bo‘ladi. “Sinkveyn” metodi.  J.Still, K.Meredis, Ch.Temil tomonidan ishlab chiqilgan “O‘qish va yozish asosida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish dasturi”da har bir  talaba yoki  talabalar guruhlarining fikrlash faolligini oshirish, ularda tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun “Sinkveyn” metodini qo‘llash samarali ekanligi aytiladi. Bu o‘rinda metodning mohiyati bilan tanishib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Sinkveyn tuzish murakkab jarayon bo‘lib, uni samarali tashkil etish uchun muayyan qoidalarga amal qilish talab etiladi. Odatda, sinkveyn tuzish besh bosqichli harakatlarni tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Misol uchun: “Sinkveyn” metodi asosida she’riy san’atlarning muhim xususiyatlarini ochib bering. Manaviy Lafziy Talmeh Tazod Lirik asarlarda ko‘proq uchraydi “Bumerang”  texnologiyasi. “Bumerang”-  inglizcha “boomerang” so‘zidan olingan bo‘lib, metall yoki qattiq yog‘ochdan yasalgan, itqitilganda egasiga qaytib keladigan o‘roqsimon qurolni bildiradi[1].  Ushbu texnologiya o‘quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodda saqlab qolish, so‘zlab berish, fikrni erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lish hamda dars mobaynida  o‘kuituvchi tomonidan barcha o‘quvchilarni baholay olishga qaratilgan. Mazkur texnologiya ancha murakkab bo‘lib bir necha bosqichda o‘tkaziladi: 1.O‘quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi; 2.Mustaqil o‘rganish bo‘yicha matnlar tarqatiladi; 3.Berilgan matnlar o‘quvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil o‘rganiladi; 4.Har bir guruh a’zolaridan yangi guruh tashkil etiladi; 5.Yangi guruh a’zolarining har biri guruh ichida navbati bilan mustaqil o‘rgangan matnlari bilan axborot almashadilar, ya’ni bir-birlariga so‘zlab beradilar, matnni o‘zlashtirib olishlariga erishadilar; 6.Berilgan ma’lumotlarni o‘zlashtirilganlik  darajasini aniqlash uchun guruh ichida ichki nazorat o‘tkaziladi, ya’ni guruh a’zolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar; 7.Yangi guruh a’zolari dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar; 8.Darsning qolgan jarayonida o‘quvchilar bilimlarini baholash yoki to‘plagan ballarini hisoblab borish uchun har bir guruhda «guruh hisobchisi» tayinlanadi; 9.O‘quvchilar tomonidan barcha matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini aniqlash maqsadida o‘qituvchi o‘quvchilarga savollar bilan murojaat etadilar, og‘zaki so‘rov o‘tkazadilar; 10.Savollarga berilgan javoblar asosida guruhlarning to‘plagan umumiy ballari aniqlanadi; 11.Har bir guruh a’zosi tomonidan  guruhdagi matnning mazmunini hayotga bog‘lagan holda bittadan savol tuziladi; 12.Guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol-javob tashkil etiladi; 13.Guruh a’zolari tomonidan to‘plangan umumiy ballar yig‘indisi aniqlanadi; 14.Guruhlar to‘plagan umumiy ballar guruh azolari o‘rtasida teng taqsimlanadi; 15.Mashgʻulot yakunlanadi va uyga vazifa beriladi. Mavzu: Erkin Vohidovning she’riy san’atlardan foydalanish mahorati Darsning uslubi: modul (andozali) usuli. Modulning didaktik maqsadi: O‘quvchi-talabalarning savodxonligini oshirish, “Erkin Vohidov she’riyatining poetik xususiyatlari, she’riy san’atlar yuzasidan o‘rta umumiy ta’limda olgan bilimlarini mustahkamlash. Erkin Vohidovning she’riy san’atlardan foylanish mahoratini o‘rganish. Darsning maqsadi: 1. Texnik vositalar: video magnitofon, video kassetalar, kompyuter. 2. Ko‘rgazmalar: E.Vohidov hayoti va ijodiga oid fotosuratlar, shoir portreti, E.Vohidovning III tomlik asarlari. Darsning shiori:     Boshi bilan sho‘ng‘ib kirmasa har dam, Suv ostidan durni toparmi odam! (A. Jomiy) Guruhning shiori: 1. Agar fanni ulkan bir daraxt deb tasavvur qilsak, tadqiqotlar uning ildizini tashkil etadi. Zero, ildiz qanchalik baquvvat, chuqur ketgan bo‘lsa, daraxt shunchalik barq urib yashnaydi, ko‘p hosil beradi.
  1. Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir.
  2. Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur, qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur.
  3. Ilm maskanlarida faqatgina fikr erkinligi va chinakam ijodiy izlanish hukmron bo‘lmog‘i zarur.
Modul usuli Usulning didaktik maqsadi: Siz o‘quvchi-talabalar o‘rta maktabda hamkorlikda mustaqil ishlab, E.Vohidov she’riyatining badiiy xususiyatlari, she’riy san’atlar haqida etarlicha bilimlar olgansiz. Endi akademlitseyda bu bilimlarni yanada kengaytirib, nutqiy tafakkuringizni kengaytirishingiz, rivojlantirishingiz zarur. Darsning maqsadi:  O‘quvchi-talabalarning she’riy san’atlar yuzasidan o‘rta umumiy ta’limda olgan bilimlarini mustahkamlash. E.Vohidovning she’riy san’atlardan foydalanish mahoratini o‘rganish. Reja:   1. E.Vohidov ijodi va o‘zbek adabiyoti ravnaqiga qo‘shgan hissasi haqida.
  1. E.Vohidovning she’riy san’atlardan foydalanish mahorati.
Topshiriq: Shoirning quyidagi she’rida she’riy san’atlar qo‘llanilgan o‘rinlarni toping va ularni izohlang:                        Buloq ona – Yer siynasidan                        She’r singari qaynab oqadi.                        Suvning kumush oyinasidan                        Mehrim bo‘lib quyosh boqadi.                                 To‘yib ichdim, suv bilan go‘yo                                 Dilga singdi yurt muhabbati.                                 Tashnaligim qondi-yu, ammo                                 Yana ortdi qalb harorat [2:59].   Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. Toʻxliyev “Adabiyot oʻqitish metodikasi”  T: 2012.  – B. 62.
  2. Vohidov “Ishq savdosi”. Saylanma. 1-jild. Toshkent: Sharq, 2000.– B. 59.