Eng go‘zal qadriyatlar madaniyatga aylanadi…
21 may – Xalqaro madaniyatlar xilma-xilligi va muloqot kuni. Ana shu munosabat bilan Jizzax davlat pedagogika institutida “Xalqaro madaniyatlar kuni” yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi.
2002 yilning 21 may kuni BMT Assambleyasi tavsiyasi bilan ilk marotaba Xalqaro madaniyatlar xilma-xilligi va muloqot kuni nishonlangan.
Institutning Chet tillar fakulteti Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan “XALQARO MADANIYaTLAR KUNI” Yoshlar Festivali institut rektori Sh.Sharipov ochib berdi.
– Insoniyat paydo bo‘lganidan buyon unga madaniyat hamroh. Ming yilliklar silsilasida turli madaniyatlar paydo bo‘ldi, rivojlandi, bugun esa umuminsoniyatga daxldor eng go‘zal qadriyatlarni biz madaniyat deb bilamiz, uni asrashga, targ‘ib etishga, rivojlantirish hamda bizdan keyingi avlodga bus-butun go‘zal holida yetkazishga harakat qilamiz. Bugungi tadbirda ham turli millat va elatlarning urf-odatlarini aks ettirguchi badiiy chiqishlar ham qaysidir ma’noda dunyodagi ko‘plab mamlakat vakillariga nisabatan, ularning urf-odatlari, qadriyatlariga bo‘lgan e’tiborning bir ko‘rinishidir – deydi Sh.Sharipov.
Xalqaro madaniyatlar kuni munosabiti bilan tashkil etilgan tadbir yer yuzidagi 15 dan ortiq Azarbayjon, Dog‘iston, Turkiya, Hindiston, Meksika, Xitoy, Shotlandiya, Gruziya, Yaponiya, AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Angliya, Koreya, Saudiya Arabiston kabi davlatlarning “Milliy taomlar” ko‘rgazmasi bilan boshlandi. Mehmonlar ko‘rgazmada har bir davlatning miliy taomlarini tatib ko‘rish bilan bir qatorda taomlarga oid qiziqarli ma’lumotlarga ham ega bo‘lishdi.
Shundan so‘ng har bir davlatni o‘zida aks ettiruvchi guruh a’zolari millat va elatlarning urf-odatlari bilan bog‘liq sahnaviy ko‘rinishlar, raqs va kuy qo‘shiqlarini tomoshabinlarga taqdim etishdi. Festival davomida talaba yoshlar turli halqlarning milliy liboslarini ham namoyish etishdi. Chet tillari fakultetinnig talabalari tomonidan ijro etilgan Ozarbayjonliklar tomonidan suratga olingan “Arshin Mololan” filmidan parcha, hind xalqining to‘y marosimlaridan sahna ko‘rinishlar, popuri qo‘shiqlar, dunyoga o‘zining jozibali raqslari bilan mashhur meksikancha raqslar, xitoyliklarnigng choy marosimi va nihoyat o‘zbekcha lapar va aytishuvlar hech kimni befarq qoldirmadi. Festivalda hamma yayradi, olam-olam zavq oldi. Eng muhimi, har bir xalqning o‘ziga xos madaniyatiga aylanib ulgurgan go‘zal qadriyatlar yana bir bor ulug‘landi.