Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

DIDAKTIK O‘YINLARNING O‘QUVCHILARNING BILIMINI SHAKLLANISHIDAGI AHAMIYATI

Sherboyeva Nodira-Jizzax davlat pedagogika instituti o’qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishda didaktik o‘yinlarning ahamiyati va qo‘llanish yo‘llari ko‘rsatilgan. O‘yinlar orqali o‘quvchilarning bilimini shakllantirish ahamiyati berilgan. Kalit so‘zlar: O‘yin, didaktik o‘yin, bilim, malaka, o‘quvchi   Boshlang‘ich sinflarda motivlar hosil qilishda didaktik o‘yinlarning o‘rni beqiyosdir. O‘yin- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma‘lum sifatlarni shakllantirish uchun kattalar- o‘qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar tomonidan qo‘llaniladigan usul. O‘yin vositasida o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirish jarayoni qulaylashadi, turli xil predmetlar bilan munosabatda bo‘lishga o‘rganadi, shuningdek,ularda muoma la madaniyati shakllanadi. O‘yin vositasida bolaning shaxsi shakllanadi, unda kelgusida o‘quv va meh- nat faoliyatini tashkil etish va insonlar bilan munosabatga kirishishga oid ruhiy xususiyatlar shakllanadi. Psixologiyada bola psixikasining rivojlanishida o‘yinning hal qiluvchi aha-miyatga ega deb qaraladi. Faqat o‘yindagina bolada shaxsning hamma tomonlari birlikda va o‘zaro ta‘sirda shakllanadi. O‘yindagina bola psixikasida rivojlanish- ning yuqoriroq stadiyasiga o‘tish uchun muhim zamin yaratadi. Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan voqea va hodisalarning immitatsion modeli yaratilishi sohasidagi faol faoliyatdir. O‘yinning boshqa faoliyat turidan muhim farqi shundaki, uning predmeti inson faoliyatidir. Didaktik o‘yinda faoliyatning asosiy turi hamkorlikdagi o‘quv faoliyatidir. Didaktik o‘yinlarning boshqa faoliyat turlaridan farqlanadigan muhim belgilari uning tarkibi qat‘iyligidir. Didaktik o‘yinlarning tarkibiy komponentlari quyidagilar: o‘yin mantiqi, o‘yinning harakati, o‘yin qoidasi. O‘yin mantiqi asosan uning sarlavhasida aks etadi. O‘yin harakati jarayonida o‘quvchilarning o‘z qobiliyatini namoyon qilishiga, o‘yin maqsadiga erishish uch- un o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini qo‘llashga imkoniyat yaratadi. O‘yin qoidasi o‘yin jarayonini to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi. U o‘q-uvchilar xulqini, ularning o‘zaro munosabatlarini tartibga soladi. Didaktik o‘yinlarda ma‘lum bir natijaga erishiladi, uning finali uning tugaganligini bildiradi. O‘yinda ma‘lum bir didaktik maqsad qo‘yiladi va bu maqsadga erishilishi o‘quvchi- larda ma‘naviy va aqliy qoniqish hissini shakllantiradi. Didaktik o‘yinlar hamma vaqt o‘qituvchi uchun o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirishi yoki o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo‘llash ko‘rsatkichi hisoblanadi. Chex pedagogi Ya.A.Komenskiy o‘yinni bola faoliyatining asosiy shakli ekanligini ta‘kidlab, aynan o‘yin bolaning tabiati va qiziqishlariga mos kelishini aytgan edi. Olim o‘yin bolaning aqliy qobiliyatlarini har tomonlama o‘stirishi, uning atrof- tevarak haqidagi tasavvurlarini kengaytirishi, nutqini o‘stirishini ta‘kid laydi.Shuningdek, tengdoshlari bilan birgalikda o‘yin uni tengdoshlariga yaqinlash tiradi. Didaktik o‘yinlarni uch turga ajratish mumkin: og‘zaki, so‘zlar yordamida o‘ynaladigan o‘yinlar, o‘yin mashg‘ulotlari, mashq (harakatli) o‘yinlar. Didaktik o‘yinlar uchun o‘yin g‘oyasi va o‘yin vazifalari muhim ahamiyatga ega.Didaktik o‘yinning eng muhim elementi uning qoidasi hisoblanadi. Qoidani bajarish jarayonida o‘yin mazmuni amalga oshadi.Qoidaning mavjudligi o‘yin ta‘sirini amalga oshirish va o‘yin vazifasini qo‘llashga yordam beradi. Qoidani bajarish jarayonida o‘yin mazmunini amalga oshirish dunyoqarashi shakllanib boradi. Didaktik o‘yinda o‘quvchi qoidalarga rioya qilishga o‘rganadi Chunki qoidalarga rioya qilish o‘yin muvaffaqiyatini ta‘minlaydi. O‘yinda qatnashish jarayonida ijodiy xulqiy sifatlar, tashkilotchilik qobiliyati shakllanadi. Didaktik o‘yinda bola yaxshi xulqiy sifatlarga ega bo‘ladi.Didaktik o‘yinlar bir necha bosqichlarga bo‘linadi. Har bir bosqichda bolaning ma‘lum bir imkoni- yatlari namoyon bo‘ladi. Tarbiyachining bu bosqichlar xarakterini billishi didaktik o‘yinlarning samaradorligini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Birinchi bosqichda bolada o‘ynash ishtiyoqi paydo bo‘ladi va o‘yinda faollik ko‘rsata boshlaydi.Ana shu bosqichda bolani o‘yinga qiziqtirish maqsadida topishmoqlar, tez aytishlar ,aytishuvlar yoki suhbatlar tashkil qilish mumkin. Ikkinchi bosqichda bola o‘yin topshiriqlarini bajarish, qoidaga rioya qilishga o‘rganadi va o‘yinda qatnashuvga kirishadi. Bu bosqichda bolalarda to‘g‘riso‘zlik, maqsadga erishishga astoydil kirishish, irodaviylik, o‘yinda yutqizish atamini ham yenga bilish, o‘z muvaffaqiyatidangina emas, o‘rtoqlari muvaffaqiyatidan ham quvonish kabi ijodiy sifatlar shakllanadi. O‘yinning uchinchi bosqichida bola o‘yin qoidalarini yaxshi biladi. U endi o‘yinga ijodiy yondoshadi, o‘zi yangiliklar kiritadi, mustaqil ijodiy izlanadi. O‘yinda qatnashish jarayonida u tez javob topish, yashirish, izlash, yugurish, tas- virlash va boshqa shu kabi vazifalarni bajaradi. Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni tarbiyalashning eng to‘g‘ri va samarali metodidir. U ma‘lum bir materiallar yoki shart- sharoitlarni ta- lab etmaydi, balki o‘qituvchidan o‘yinni tashkil etish sohasidagi bilim va malakalarni talab etadi. O‘yinning ma‘lum bir tizim va metodika asosida tashkil etilishigina o‘quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. O‘quvchining bilish faoliyatini faollashtirmasdan turib uni bilimga qiziq- tirish mumkin emas.Shuning uchun ham ta’lim jarayonida o‘quvchini bilimga doimiy qiziqtirish, uning o‘qish motivini rivojlantirish tarbiyalovchi ta’limning eng muhim vositasidir. Shunday qilib, bilishga qiziqish o‘quvchi shaxsidagi bor imko- niyatlarning ro‘yobga chiqishiga ham ko‘maklashadi. Bilishga qiziqish shaxsning boshqa sifatlari kabi o‘qish- o‘rganish jarayo- nida shakllanadi va rivojlanadi. O‘quvchilarning bilishga qiziquvi ikki asosiy yo‘l bilan tashkil etiladi. Birin- chisi, o‘quv materialining o‘zi o‘quvchilarda bilimga qiziqishni paydo qiladi. Chun ki o‘rganilmagan yangi narsa insonlar tomonidan qiziqish bilan o‘rganiladi. Ikkin- chi tomondan o‘quvchilarning bilish faoliyatini qiziqarli tashkil etish yo‘li bilan bilimga qiziqtirish mumkin. Hamma o‘quv materiallari ham o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lavermaydi. Bunday hollarda bolalarni ta’lim jarayoniga qiziqishini oshirishning birdan bir yo‘li didaktik o‘yinlardan foydalanish va ularni tashkil etishdir. O‘quvchilarda o‘qishga ishtiyoqni oshirish uchun ularni ta’limga qiziqtirish lozim. Quyida shunday o‘yin turlari bilan tanishasiz: Aql charxi‖ didaktik o‘yini vositasida o‘quvchilar mustaqil tafakkur yu- ritishga o‘rganadilar, ularning intellectual qobiliyatlari rivojlanib, ravon nutqlari shakllanadi. O‘yin o‘quvchilarni ikki yoki uch o‘quvchidan iborat guruhlarga bo‘- lish orqali amalga oshiriladi. Guruh tarkibidagi bir o‘quvchi mavzuga oid so‘zdan birini aytadi, ikkinchi o‘quvchi birinchi o‘quvchi aytgan so‘zni takrorlab, yana bir so‘z qo‘shadi.Shu tariqa uch o‘quvchi tomonidan 324 ta so‘z aytilgach, navbat yana birinchi o‘quvchiga keladi. O‘yin shu tariqa davom etadi.Biror o‘quvchi adashib ketsa yoki aytilgan so‘zni qaytarib aytsa, guruh o‘yindan chiqadi. Noto‘g‘ri jumla‖ Bu o‘yin suratlar asosida o‘tkaziladi. O‘quvchini suratni tasvirlab berishi asnosida suratlarga tegishli bo‘lmagan jumlalarni topishlari lozim. O‘quvchilardan bu o‘yin davomida ziyraklik, sinchkovlik, kuzatuvchanlik va diqqat talab qilinadi.Ular suratni sinchkovlik bilan kuzatib turib o‘qituvchining hikoyasini ham diqqat bilan tinglab turadilar. Har bir noto‘g‘ri jumlani topa bilish ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini va darsga qiziqishini orttiradi.Bu o‘yindan faqat ona tili darslarida emas, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ham foydalanish mum-kin. Topag‘on o‘qituvchi biror belgi asosida savol beradi. O‘quvchilar shu belgini o‘ziga jam qilgan predmetlar nomlarini yozadilar, eng ko‘p to‘g‘ri javob topgan o‘quv- chilar g‘olib sanaladi. Bu o‘yinni o‘tkazish o‘quvchilarga so‘z turkumlari haqidagi dastlabki ma’lumotlar berish jarayonini yengillashtiradi. Bundan tashqari ularning so‘z boyligi ortib, ularda hozirjavoblik, ziyraklik, ijodkorlik kabi sifatlar shakllanadi. Ko‘rganini eslab qolish‖ didaktik o‘yinida qo‘shib sanash yo‘li bilan geometrik shakllar miqdori bilan bog‘liq ravishda son qatorini tuzish topshirig‘idan foydalanish mumkin.Bunda o‘quvchilarga o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatilgan namunaga 3-4 daqiqa davomida diqqat bilan qarab olib, geometrik shakllarning soni va qanday joylashganini aniqlash hamda ularni o‘zining daftariga to‘g‘ri yozish topshiriladi. Buning uchun 6 ta qizil doiracha va 6 ta ko‘k kvadrat solingan indivudial convert o‘rtasidan qizil chiziq tortilgan qalin oq qog‘oz o‘qituvchiga namuna sifatida ko‘rsatish uchun geometric shakllar yopishtirilgan namunalar kerak bo‘ladi. Tez javob ber‖ o‘yini. O‘qituvchi qator oralab yurib, o‘quvchilardan birini turg‘izadi va biror- bir nomni aytadi. O‘quvchi shu turga kiruvchi javob topib ay- tishi lozim. Javob uchgacha sanalguncha aytilishi kerak. Javob bera olmagan o‘quvchi o‘yindan chiqadi. Masalan, 2- sinfda Jismmi yoki modda? bo‘yicha bu o‘yinni quyidagicha qo‘llash mumkin. O‘qituvchi biror o‘quvchining oldiga borib, temir deydi, shu o‘quvchi modda deb javob berishi kerak. Agar boshqa o‘quv- chining oldiga borib, daftar‖ desa, o‘quvchi jism deb jvob berishi lozim.Bunday didaktik o‘yinlarni Atrofimizdagi olam va Tabiatshunoslik darslarida qo‘llash natijasida o‘quvchilarda hozirjavoblik, mustaqil fikrlash malakalari rivojlanadi, ular atrof- muhitni sinchkovlik bilan kuzatishga o‘rganadilar,atrofdagi sodir bo‘la digan hodisalarga qiziqishlari ortadi. Xulosa o’yin o’quvchi faoliyatining asosiy shaklidir. O’yin – muhim aqliy faoliyat turlaridan biri bo’lib, unda o’quvchi qobiliyatining hamma turlari rivojlanadi, uning atrof olam haqidagi tasavvurlari kengayadi, nutq boyligi oshadi. Didaktik o’yinlar o’quvchining turli-tuman qobiliyatlari, idroki, nutq va diqqatining rivojlanishiga samarali ta’sir ko’rsatadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
  1. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar: O‘quv qo‘llanma/ T.G‘afforova.- T.: Tafakkur, 2011.-160 b.
  2. M. Inoyatova, A.Nosirov, M.Divanova, G.Boymurodova, A.Baxromov, M.Rasulova F.Abduqudusova. Boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishda zamonaviy pedago- gik va axborot texnologiyalarni qo‘llash.Toshkent- 2014