Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

CHAKANDA O’SIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA O’STIRISH TEXNOLOGIYASI

Aberqulov Egamberdi Abduraimovich – o`qituvchi., Tursunqulova Shahodat Doniyor qizi, 2 – bosqich talabasi. Jizzax davlat pedagogika universiteti Annotatsiya. Tabiatni rang – barang o’simliklar olamisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Yer yuzida o’simlik turlari juda keng tarqalagan bo’lib insonlar hayotida beqiyos o’rin tutatadi. Ular orasida  zaharli hamda dorivor xususiyatga ega turlar ko’plab uchraydi. shunday dorivor o’simliklardan biri chakanda o’simligdir. Kalit so’zlar: Boshoqcha, buta, daraxt, flavonoidlar, linolev, linolen, avitaminoz, biooksidantlar, yorug’sevar, geteroauksin. Qadimdan insoniyat ko’pgina kassaliklarni davolashda shifobaxsh o’simliklardan malhamlar, damlamalar, giyohlar tayyorlab, xastalik bilan og’rigan bemorlarni davolashda foydalanib kelganlar. Insonlar o’simliklardan faqat  dori sifatida foydalanib qolmay, balki oziq–ovqat, bo’yoqlar, kiyim–kechak, va zararkunandalarga qarshi kurashishda ham keng foydalanib kelgan. Dorivor o’simliklar ichida o’z xususiyati bilan ajiralib turuvchi o’simliklardan biri bu chakanda o’simligi hisoblanadi. Chakanda (jumrutsimon  chakanda,  chirqanoq)  –  Oblepixa  –  (Hippophae Rhamnoides) jiydadoshlar –  Elaeagnaceae oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi  4 – 6  m  ga  yetadigan  ikki  uyli  buta yoki  kichik  daraxt.  Poyasi sershox  va  tikanli  bo’lib,  qo‘ng‘ir-yashil po’stloq bilan  qoplangan. Barglari chiziqsimon-nishtarsimon yoki chiziqsimon, yuqori tomoni kulrang-to‘q  yashil,  pastki  tomoni  bir oz  sarg‘ish  qo‘ng‘ir-kulrang yoki oq tusli, tekis qirrali bo’lib, poya va shoxlariga qisqa bandi yordamida ketma-ket o’rnashgan. Gullari  bir jinsli,  mayda  va  ko’rimsiz,  kalta  boshoqchaga  (otalik  gullari)  yoki  2-5  tadan  shoxchalar  qo’ltig‘ida  (onalik  gullari) joylashgan.  Mevasi  dumaloq  yoki  cho‘zinchoq,  to’q  sariq  yoki qizg’ish rangli, sersuv, danakli meva.  Chakanda aprel-may oylarida gullaydi, mevasi avgust-oktabrda pishadi. Chakanda  keng  arealli  o’simlik  hisoblanadi,  u  MDHning Yevropa  qismida,  Karpatda,  Kavkazda,  Qora  dengiz  atroflarida, Markaziy  Osiyoda,  Qozog‘istonda,  O‘zbekistonda,  Tojikiston  va Qirg‘izistonda, Boltiq bo’yida, Sibir va Oltoyda daryo, ko’l va dengizlarning shag’alli va qumli  qirg’oqlarida,  tekislik  va  tog’lardagi to‘qayzorlarda o’sadi (1-rasm).                                   1 – rasm. Jumrutsimon  chakanda Chakanda  o’simligining  mevasi  tarkibida  C, B, B2, E vitaminlari  yog’,  flavonoidlar,  organik  kislotalar  va  boshqa  moddalar  bo’ladi.  Urug’i tarkibida yog’, B, E vitaminini karotin, oqsil va boshqa birikmalar bor. Chakanda  moyi og’riq qoldiruvchi va yarani tez  bitiradigan ta‘sirga ega,  radioaktiv  nurlar  bilan  davolanganda  uning  ta‘siridan  zararlangan  teri,  shilliq qavatlar, yaralar va kuygan qizilo’ngach, me’da yarasi, vitamin yetishmasligidan kelib chiqqan avitaminoz hamda ba’zi ginekologik kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Bundan tashqari Xitoy sharoitida koʻpgina unumli tuproqlar yuvilib ketmoqda. Buning natijasida koʻpgina tuproqlar foydalanishdan chiqadi. Shuning uchun chakanda orqali, uning biologik xususiyatlari bilan foydalanib bu muaamolarni yechish mumkinligi aniqlangan. Chakandadan 250ta dan koʻproq har xil oziqali, dorivor va kosmetik mahsulotlar tayyorlanadi. Chakandaning tarkibida provitamin A uchraydi bu vitamin odam embrionini rivojlanishini, umuman odamning oʻsish va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Chakanda yuqumli infeksion kasalliklarga ham qarshi ishlatiladi chakanda tarkibida vitamin E-tokoferol topilgan. Bu vitaminning taʼsirida odam qarishi sekinlashadi, yurak va koʻpgina ichki organlarni ishini faollashtiradi. Nafas olish organlarining va oshqozon kasalliklariga qarshilik koʻrsatadi bu oʻsimlikning tarkibida yogʻli kislotalardan – linolev va linolen tarqalgan, ular odam organizmi uchun muhim, biooksidantlar hisoblanadi. Chakanda yorug’sevar, sovuqqa chidamli o’simlik. Chakanda urug‘idan, poya va ildiz qalamchalardan ko’paytiriladi.Chakanda  kuzda  yoki  erta  bahorda  ekiladi.  Erta  bahorda maysalar  bir tekis  unib  chiqishi  uchun  urug’lar bir  oy  davomida qumda  stratifikatsiya  qilinadi.  Urug’lar  sabzavot  ekish  moslamalarida  5  sm  chuqurlikda ekiladi.  Egat oralari  70-90  sm,  gektariga11-13  kg  urug’  sarflanadi.  Maysalar  urug’lar  ekilgandan  10-15 kundan keyin paydo  bo’ladi.  Birinchi  yili  sekin  o‘sadi,  15-30  sm balandlikka  boradi.  Shuning  uchun  har  3-4  sug‘orishdan  keyin kultivatsiya va yagana  ishlari  olib  boriladi.  Birinchi yili  12  marta sug’oriladi.  Vegetatsiya  davri  oxirida  ildizlari  maxsus  asbobda kesilib ixchamlashtiriladi. Vegetativ  yo‘l  bilan  ko’paytirilganda  asosan  yashil qalamchalardan  foydalaniladi.  lyun  –  iyul  oylarida  ko’chatlar o’tkaziladi.  Qalamchalar ertalab uzunligi  8-12 sm qilib,  8-10  barg qoldirib  tayyorlanadi.  Qalamchalar  qum,  go‘ng  va  torf  aralashmasiga  ekiladi.  Ekish  oldidan  qalamchalar  geteroauksin  eritmasi bilan  (1  chelak  suvga  100  mg)  12-18  soat  20-  25°C  da  ishlov beriladi. Erta bahorda ildiz otgan qalamchalar dalaga ekiladi. Ekish sxemasi: egat oralari 70 sm yoki 90 sm qilib, ko’chatlar orasi  10-15  sm.  Vegetatsiya  davri  davomida  10  martagacha sug’orish,  kultivatsiya,  2  marta  60  kg dan  ammofos  o‘g‘iti  bilan oziqlantirish  kerak.  O’zbekiston  sharoitida  chakanda  3  yilgina gullaydi va mevalaydi. FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
  1. E.T.Berdiyev, M.X.Hakimova, G.B.Maxmudova. O’rmon dorivor o’simliklari “Sano – standart” nashriyoti – Toshkent – 2016 – 88 – 89 b.
  2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Chakanda
  3. Sulaymonov I.J., Ergashev D.T. Dorivor o’simliklar yetishtirish texnologiyasi fanidan amaliy mashg’ulotlar. Namangan-2020 – 64 b.
  4. O’. Ahmedov, A. Ergashev, A. Abzalov, M. Yulchiyeva, S. Azimboyev. Dorivor o’simliklarni yetishtirish texnologiyasi. Toshkent – “ NIF MSh” – 2020 – 122 – b.