Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

BULUTLI TEXNOLOGIYALARINI QО‘LLASH ASOSIDA BО‘LAJAK INFORMATIKA О‘QITUVCHILARINING AKT – KOMPETENTLIGI TUZULMASI VA MAZMUNINI RIVOJLANTIRISH

Bobobekov Sh.R. JDPU o‘qituvchisi, e-mail: sh.r.bobobekov@jdpu.uz Annotatsiya: Ta’lim har qanday jamiyatning ajralmas qismidir. Jamiyat ta’lim tizimini zamonaviylashtirmasdan jadal rivojlana olmaydi. Zamonaviy dunyoda ta’lim ijtimoiy va iqtisodiy farovonlik o‘sishining eng muhim sharti, mamlakatni barqaror rivojlanishining manbai hisoblanadi. Bugungi kunda barcha yosh avlod zamonaviy texnologiyalarga asoslangan bulutli xizmatlaridan foydalanishni maqul ko‘radi. Shu sababli, bugungi sharoitda Bulutli texnologiyalarini qо‘llash asosida bо‘lajak informatika о‘qituvchilarining AKT – kompetentligini oshirish muhum masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada bо‘lajak informatika о‘qituvchilarining AKT – kompetentligi tuzulmasi va mazmunini rivojlantirish haqida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: Kompetentsiya, kompetentlik, AKT, kasbiy kompetentlik, Bulutli texnologiya Pedagog – ta’lim islohotining asosiy figurasi. Professional sifatida muvaffaqiyatli pedagogning asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilarni ajratib kо‘rsatish mumkin: tez о‘zgaruvchan ish sharoitlarida о‘zgarishlarga tayyorlik, mobillik, nostandart vaziyatlarda kutilmagan qarorlar qabul qilishda mas’uliyat va mustaqillik. Bunday yuksak sifatni egallash pedagogik ijod muhitini kengaytirmasdan turib, mumkin emas, chunki о‘qituvchining malakasiga qо‘yiladigan talablar ortib bormoqda. Bо‘lajak informatika о‘qituvchisining kasbiy kompetentligi tuzulmasi turli xil tadqiqotlarda noaniq tarzda taqdim etilgan. Bir qator pedagogik va uslubiy ishlarning [1, 2]  tahlili asosida bо‘lajak informatika о‘qituvchisining kasbiy kompetentligida quyidagi tarkibiy qismlarni ajratib kо‘rsatish mumkin: predmetli, metodik, AKT. Predmetli qism sifatida “Informatika va AKT” asosi bо‘lgan matematika kursi bо‘yicha bilimlar, malakalar va kо‘nikmalarni о‘z ichiga oladi. Metodik qism sifatida metodlar, zamonaviy axborotlashtirish vositalari, bilimlarni shakllantirishning ommaviy kommunikatsiyasi va tamoyillari, о‘quvchilarning “Informatika va AKT” maktab kursi bо‘yicha malakalari sohasidagi bilimlar, malakalar va kо‘nikmalardan iborat. AKT-qismi sifatida esa pedagog tomonidan о‘z faoliyatida zamonaviy axborot va kommunikatsiya vositalarini qо‘llash zaruratida namoyon bо‘ladi. Ushbu qismlarning barchasi bо‘lajak informatika о‘qituvchisining AKT – kompetentligining muhimligini belgilaydi. Pedagogning kasbiy standartida kasbiy pedagogik AKT – kompetentlik ham belgilangan. Kasbiy AKT – kompetentlik – zarur bо‘lganda kasbiy masalalarni yechishda ushbu kasbiy sohada rivojlangan davlatlarda keng tarqalgan AKT vositalarni malakali qо‘llashdir. Kasbiy  pedagogik AKT – kompetentlikga quyidagi komponentlar kiradi:
  • umumqо‘llaniladigan AKT – kompetentlik;
  • umumpedagogik AKT – kompetentlik;
  • predmetli – pedagogik AKT – kompetentlik (faolyat sohaga mos AKT – kompetentlikni aks ettiradi) .
Umumqо‘llaniladigan AKT  – kompetentlik komponentiga quyidagilar kiritilgan:
  • AKT vositalari bilan ishlash boshlash uslublarini qо‘llash, qoidalariga rioya qilish, nosozliklarni bartaraf etish, ergonomika, xavfsizlik choralari va asosiy maktabda AKTni о‘zlashtirish natijalariga kiritilgan boshqa masalalar;
  • audiovideomatnli kommunikatsiya (ikki tomonlama aloqa, konferensiya, tezkor va kechiktirilgan xabarlar, matnni avtomatlashtirilgan tuzatish va tillar о‘rtasida tarjima);
  • mavjud kо‘nikmalarni kundalik va kasbiy kontekstda tizimli qо‘llash
AKT – kompetentlikning umumpedagogik komponentiga quyidagilar kiritiladi:
  • talabalarga topshiriqlarni bajarishda masofadan maslahat berish, talaba va pedagog xodimning о‘zaro ta’sirini qо‘llab quvvatlash;
  • kompyuter va telekommunikatsiya muhitida chiqishlar, munozaralar, maslahatlarni tayyorlash va о‘tkazish;
  • vizual kommunikatsiya – kommunikatsiya jarayonida kо‘rgazmali obyektlar, shu bilan birga konseptual, tashkiliy va boshqa vositalarni, diagrammalar, videomontaj va hakazolarni qо‘llash
AKT – kompetentlikning predmetli – pedagog komponentiga quyidagilar kiritiladi:
  • о‘z predmetining virtual laboratoriyasida tajribani rejalashtirish va о‘tkazish;
  • kompyuter statistika va vizuallashtirish vositalari yordamida sonli ma’lumotlarni qayta ishlash;
  • о‘z predmetining sifatli axborot manbalarini bilish;
  • raqamli boshqaruvli virtual va xaqiqiy uskunalarni yasash;
  • о‘qituvchi tomonidan talabalar ishida fanning predmetli – pedagogik komponentining barcha elementlarini amalga oshirishni qо‘llab – quvatlash.
Hozirgi kunda о‘qituvchilar о‘z kasbiy faoliyatida о‘quv materiali, chiqishlar taqdimoti, о‘quv materiallari va test topshiriqlarni yaratish, о‘quv materiallarini tarqatish va hakazolar uchun zamonaviy raqamli texnologiyalarni qо‘llaydi. Zamonaviy о‘qituvchining AKT – kompetentligiga qо‘yiladigan talablar AKTning rivojlanishi, jamiyat va ta’limni axborotlashtirish sohasida davlat dasturlarni amalga oshirish tufayli doimiy ravishda oshib bormoqda. AKT sohasidagi kompetentlik bо‘lajak mutaxassisga mehnat bozorida raqobatbardosh bо‘lish, axborotlashtirish davridagi zamonaviy ta’lim ehtiyojlariga mos ravishda doimiy kasbiy о‘sish va kasbiy mobillikga tayyor bо‘lish imkonini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. Короповская В.П. Непрерывное формирование ИКТ-компетентности педагога в условиях развития информационного образовательного пространства школы: монография – Нижний НогородЖ Изд-во ВГИПУ, 2009. – 162 с.
  2. Кручинина, Г.А. Современные информационно- коммуникационные технологии и образование: монография- Красноярск, Центр информацииб 2012.-220 с.
  3. Шевченко, Виктория Геннадьевна. Облачные технологии как средство формирования ИКТ-компетентности будущих учителей информатики. Москва 2016 г.