Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

“Boshlang‘ich ta’limning zamonaviy tendensiyalari: ta’lim va tarbiya integratsiyasi” mavzusidagi II xalqaro  ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyaning maqsadi boshlang‘ich ta’limning tayanch o‘quv reja va dasturlarini sinflar kesimida integratsion asosda takomillashtirish, boshlang‘ich ta’lim o‘quv fanlarini jahon boshlang‘ich ta’limi o‘quv fanlariga integratsiyalash, milliy boshlang‘ich ta’limimizning rivojlanish tendensiyalarini kuchaytirish, eng ilg‘or boshlang‘ich ta’lim pedagogik kadrlarining o‘ziga xos tajribalarini milliy va jahon pedagogikasi tizimida uyg‘un ommaviylashtirishdan iborat. Mazkur konferensiyani institut rektori pedagogika fanlari doktori, professor Sharipov Shavkat Safarovich kirish so‘zi bilan ochib berdi. Konferensiyada respublikamizning yetakchi olimlari bilan bir qatorda Turkiya, Shvesiya, Rossiya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya  Respublikalaridan ham soha mutaxassislari o‘zlarining 300 dan ortiq maqola va tezislari bilan ishtirok etishdi. Konferensiyaning yalpi majlisida onlayn qatnashayotgan mehmonlar Turkiya Respublikasi Barten universitetidan Xudoyberganova Zilola Narbaevna, Naz Penax, Gazi universitetidan Zeki Gurel, M.Auezov nomidagi janubiy Qozoqiston universitetidan Joldasbekova Saule Abrazaxovna, Djetpisbaeva Sarsengul Urazbekovna, Toshkent davlat pedagogika universitetidan Abdullaeva Barno Sayfuddinovna, Toshkent ADJU universitetidan Park Sang Voo, Chirchiq davlat pedagogika institutidan Sapa Matchanov, Shukurullo Mardonov, Jizzax davlat pedagogika institutdan Umrzoq Jumanazarov, Abdujabbor Usmanov, Abduhamid Tangirov, Muzraf Rabbimov, 2-bosqich magistranti To‘raqulova Madinalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Anjuman sho‘balarda davom ettirildi.