JDPI o’qituvchisi Abduraxmonova Dinora
dinara.abduraxmonova10@gmail.com
Annotatsiya.Ushu maqola PIRLS – xalqaro baholash dasturi asosida 4-sinf o‘quvchilarida matnni o‘qish va tushunish malakasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan.
Kalit so’zlar: Xalqaro tadqiqot, PIRLS dastur, xalqaro baholash, xalqaro tajribalar, o’qish savodxonligi, matn, tushunish, mustaqil fikrlash.
Аннотация Данная статья посвящена вопросам развития навыков чтения и понимания текста у учащихся четвертого класса в рамках международной программы PIRLS.
Ключевые слова: Международные исследования, PIRLS, программа, международная оценка, инспекция образования, национальный центр, международные практики, грамотность чтения, опыт искусства, сбор и использование информации.
Annotation: This article focuses on developing reading and comprehension skills for fourth-grade students through the PIRLS International Assessmentprogram.
Keywords: International Research, PISA, PIRLS, Program, International Assessment, Education Inspectorate, National Center, International Experiences, Reading Literacy, Art Experience, Information Acquisition and Use.
O’quvchilarni har tomonlama barkamol inson bo’lib shakllanishida ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, davlatimiz rahbari tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu ishlarga misol qilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi farmoni bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasi”da
[1] uzluksiz ta’lim tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, jahon ta’lim reytinglarida mamlakatimizni yuqori pog‘onalarga olib chiqish kabi bir qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan.
2030 yilga borib o’quvchilar bilimini baholash bo’yicha PISA xalqaro dasturi reytingida O’zbekistonning jahondagi yetakchi 30 ta mamlakat qatoridan joy egallashi maqsad qilib qo’yilgan. Loyiha ijrosini ta’minlash maqsadida bizning Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutida 2020-2021 o’quv yilida va boshlang‘ich ta’lim yo’nalishlari birinchi kurslari o’quv rejalariga «Xalqaro baholash dasturlari» moduli tanlov fan sifatida kiritilgan. Shuningdek, barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari o’quv rejasi mazmuniga «Xalqaro baholash dasturlari» modulining kiritilgani ham yangi tizimni o`rganish borasida amaliy ishlar qilinayotganini ko’rsatadi.
PIRLS tadqiqotida 50 dan ortiq davlatlar ishtrok etib kelmoqda. Mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo‘lgan davlatlardagi boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul qilish bo‘yicha tayyorgarligi hamda o‘quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo‘luvchi ta’lim tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tadqiqot xalq ta’limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, o‘qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir.
Jumladan, PIRLS (Progress In International Reading And Literacy Study) xalqaro baholash dasturining navbatdagi ya’ni 2021 yil loyihalarida O’zbekistonning ham ishtirok etishi bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning xalqaro tashkilotlar tarafidan ham e’tirof etilayotganini ko’rsatadi.
PIRLS-dasturi bo‘yicha xalqaro arenada munosib o‘rin egallash, bu shunchaki raqam emas, balki uning ortida mashaqqatli mehnat, ta’lim sifati, kadrlar salohiyati, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari, o‘quv dasturlari va darsliklar, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik ta’minoti, bir so‘z bilan aytganda, milliy ta’lim tizimining qanchalik tayyor ekanligi bilan bog‘liq masala yotadi.
Boshlang’ich sinf o‘quvchilarida matnni o‘qish va tushunish malakasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Matnni o’qish va tushunishga o’quvchilar 1-sinfdan boshlab o’rgatiladi. Ularni xalqaro baholash darajasini belgilovchi PIRLSga qanday tayyorlash kerak degan savol tug’ilishi tabiiy. Boshlang’ich sinf darsliklari va internetdan o’quvchining yoshiga mos kichik hikoya va ertaklarni, she’rlarni yoki axborot matnlarini olib, o’qish darslarida hamda darsdan tashqari qo’shimcha mashg’ulotlarda matnni ifodali o’qish, matnning mazmunini tushunish malakalari shakllantirilib boriladi. Ayrim matnlar uyga vazifa qilib ham berilishi mumkin. Berilgan topshiriq matnlari asosida keyingi dars mashg’ulotida savol-javob va tahlillar o’tkaziladi. Matnni o’qigach, o’quvchilar matn mazmunini tushunish, xulosalar chiqarish, matn mazmunini tushuntirib berish, ma’lumotlarni izohlash, tahlil qilish, matn mazmunini baholash, matnda berilgan so’zlarni tahlil qilish, matn qurilishi yuzasidan berilgan savollarga javob bera olish ko’nikmalariga ko’ra baholanadi.
PIRLS dasturida 4-sinf o‘quvchilarining an’anaviy matnlarni tez, ravon, ifodali o‘qiy olishi emas, balki darslikdan tashqari berilgan matnlarni o‘qib, uni qanchalik tushunishi va talqin qila olishi hamda fikrlarini ravon tilda yozma bayon eta olish ko‘nikmalari baholanadi. PIRLS, boshlang’ich sinf o’quvchilari tomonidan maktabda va maktabdan tashqarida ta’lim olishning katta qismini tashkil etuvchi, ya’ni badiiy tajriba orttirish, ma’lumot olish va undan foydalanish ko‘nikmalarini baholash kabi ikkita keng qamrovli maqsadlarni ifodalaydi.
Tadqiqot uchun tanlanadigan matnlar bayonining ravonligi va izchilligi; ularning realligi; faktlarni tahlil qilmay tavsiflanishi (ilmiy, amaliy va boshqa matnlar) va to‘qimaligi; badiiyligi (badiiy publitsistik va boshqa matnlar) kabi xususiyatlari juda muhim deb topilgan.
O‘quvchilar xalqaro baholash darajasini belgilovchi PIRLS dasturi har besh yilda amalga oshiriladi. Unda boshlang‘ich sinf bitiruvchilari PIRLS talablariga ko‘ra ikkita matn bo‘yicha baholanadilar. Birinchi matn Nizomda ko‘tsatilganidek, san’at va madaniyatga oid bo‘lishi, qiziqarli tarixiy voqeaga asoslangan hikoya yoki ertak bo‘lishi mumkin. Ikkihchi matn esa aniq ilmiy ma’lumotlarni ifodalagan bo‘lishi kerak. O‘quvchilar bilimi shunga ko‘ra baholanadi.
Boshlang‘ich sinf bitiruvchi o‘quvchilarini PIRLS-baholash tizimi topshiriqlari asosida badiiy asarni tahlil qilishni o‘rgatishga harakat qilamiz.Unda 4-sinf o‘quvchilariga o‘qish darslarini inobatga olib, “Hidi, tilimi va mazasidan” hikoyasini [1] tahlilga tortamiz.
Hidi, tilimi va mazasidan hikoyasiga oid savollar
- Mirzo Bobur qaysi yurtga sulton bo’ldi?
- Hindiston
- Samarqand
- Buxoro
- Xiva
- Bobur “mendan yodgorlik qolsin deb” qanday joy barpo ettirdi?
- Maqbara
- Bog’
- Saroy
- Machit
- Xalq bu bog’ga qanday nom qo’yibdi?
- Bog’i Eram
- Bog’i Shamol
- Bog’i Boburuy
- Bog’i Baland
- “Bog’i Boburiy”ning bir chekkasidagi qanday rezavor bitmabdi?
- Piyoz
- Bodring
- Handalak va qovun
- Sabzi
- Bog’bonlar qanday yo’l tutishibdi?
- Boburshohning bog’bonga qarab aytgan gapini yozing
_____________________________________________________________
- Bog’bonning qaysi gapi Boburshohni ko’nglini buzdi?
- A) Bu qovun “Bog’i Boburiyda” bitgan.
- B) Bog’dagi daraxtlar hosilga kirdi.
- C) Farg’ona viloyatidan olib keldik.
- D) Sen meni aldayapsan.
4-sinf uchun mo’ljallangan “O’qish kitobi” darsligida berilgan hikoyalarni mutolaa qilgan o‘quvchi buyuk ajdodlarimizning ibratli hayot yo‘llari, amallaridan voqif bo‘lish bilan birga g‘urur va iftixor tuyg‘usini tuyishi, yuksak vatanparvarlik, to‘g‘rilik, saxiylik, yaxshilik, o’zlikni his qila olish, mardlik va jasorat , xullas, chin insoniy fazilatlarni anglash, o’rganish va yuqtirish darajasiga yetadi. Mazkur maqsadga erishish uchun esa o‘qituvchidan biroz ijodiy yondashuv kerak bo‘ladi. Shuningdek, o‘quvchining yosh xususiyatidan kelib chiqib mazkur hikoyalar asosida ishlangan multfilm, lavhalar ko‘rsatish hamda o‘quvchilar ijrosida sahna ko‘rinishlarini namoyish etish orqali ham o‘quvchining kitob o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish mumkin.
Keyingi matn 4-sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini baholash bo’yicha o’tkaziladigan PIRLS xalqaro tadqiqotiga tayyorlik ko’rish uchun 3-mashq daftaridagi “Kichik loy bo’lagi” matnidan foydalanamiz.
Eski minoraning yuqori qismida ustaxona bor edi. Bu kulolchilik ustaxonasi bo‘lib, u yerda ko‘pgina rangli glazurlar, kulolchilik g‘ildiraklari, pishirish uchun pechka, quritish moslamasi va albatta loy bor edi. Deraza yonida og‘ir qopqoqli katta yog‘och sandiq turardi. Unda loy saqlanar edi. Quyi qavatning burchagida, eski loy bo‘lagi bor edi. U oxirgi marta qo‘lga olinib g‘ijimlanganligini zo‘rg‘a eslardi. Har kuni yog‘och qutining qopqog‘i ochilar edi.Qop yoki loy zuvalasini olish uchun qo‘llar cho‘zilar edi. Loy bo‘lagi ish bilan band bo‘lgan odamlarning quvnoq shovqinini eshitar edi.
“Qachon mening navbatim keladi?” – degan savol uni qiziqtirardi. Har kuni qorong‘u qutida o‘tar va loy bo‘lagining umidi so‘ngan edi.
Bir kuni ustaxonaga bir guruh bolalar jamoasi o‘z ustozi bilan kelib qolishdi.Ko‘plab qo‘llar qutiga uzatildi. Kichik loy bo‘lagimizga eng oxirida navbat yetdi, nihoyat u tashqariga chiqdi!
“Bu menga katta imkoniyat!” – deb o‘yladi u, ko‘zlari nurdan qamashib.
Bir bolakay loyni kulolchilik g‘ildiragiga qo‘ydi va uni bor kuchi bilan aylantirdi. “Bu zavqli!” – deb o‘yladi kichik loy bo‘lagi. Bolakay g‘ildirakni aylantirar ekan, loyni tepaga cho‘zishga urunib ko‘rdi. Loy bo‘lagi biror- bir buyumga aylanib qolishidan hayajonlanar edi. Lekin kosa yasashga urinishdan so‘ng bolakay to‘xtatdi. U loyni g‘ijimladi va uni yumaloq shaklga keltirdi.
Savollar
- Quyidagi gaplarni hikoyada sodir bo‘lgan voqelik ketma-ketligida
raqamlab chiqing. 1-raqam siz uchun qo‘yilgan.
“Qachon mening navbatim keladi?”
Ko‘plab qo‘llar qutiga uzatildi..
Loy bo‘lagi biror- bir buyumga aylanib qolishidan hayajonlanar edi.
Loy bo‘lagi qurib qoldi.
1.Loy bo‘lagi yog‘och qutida yotgan edi
________________________________________________________
- Eski minora ustida qanday imorat bor edi
________________________________________________________
- Nima uchun loy bo‘lagi yog‘och qutida uzoq vaqt davomida turgan edi?
__________________________________________
- Hikoya boshida loy bo‘lagi nimani orzu qilgan edi?
_______________________________________________________
- Nima uchun oxir oqibat loy bo‘lagini yog‘och qutidanolishdi?
- Qolganbarchaloybo‘laklariallaqachonishlatilganedi.
- tepada, boshqa loy bo‘laklarining ustida turgan edi.
- Bolakay ushbu loy bo‘lagini oldi, chunki unga judayam yoqdi.
- O‘qituvchibolakaygaishlashiuchunungaushbuloybo‘lagini olishniaytdi.
- Bolakay qaysi ishni e’tiborsizlik bilanbajardi?
- U loyni kulolchilik charxida qoldirdi.
- U charxni bor kuchi bilan qoldirdi.
- U loyni deraza yonida qoldirdi.
- D) U loyni g‘ijimladi va urdi.
- Bolakay loy bo’lagini xavf ostida qoldirdi.Xavf nima edi?
O‘qish darsida o‘tiladigan bir soat dars davomida o‘quvchilarni matn bilan tanishtirish, uning asosiy mazmun-mohiyatini ochish, hikoyadan to‘g‘ri xulosa chiqarish va uni o‘z hayotida tatbiq qilishga o‘rgatishda yuqorida berilgan topshiriqlarni bajarish katta foyda beradi. Bunday topshiriqlar o‘quvchi bilim faoliyatini kengaytirib, tarbiyalanishiga yordam beradi.
Demak, o‘qish darslarida o‘quvchilar bilimini baholashda qo‘llangan savol, test va topshiriqlar o‘quvchining o‘quv materialini qanday o‘zlashtirayotganligini aniqlab bilim ko‘nikmalar va malakalarini shakllantiradi.
Qisqacha qilib aytganda, xalqaro tadqiqotlar natijalari yoshlarimizning hayotga qanchalik tayyorlanayotgani va buning uchun ularga taqdim etilayotgan ta’lim dasturlari bugungi kun talabiga qanchalik javob berishini ko‘rsatib beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o‘qish va o‘qitishni yaxshilash uchun ta’lim sohasidagi davlat siyosatiga oid ma’lumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturidir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
- Xalqaro tadqiqotlarda boshlang’ich sinf ’quvchilarining o’qish savodxonligini baholash.(Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, metodistlar vasoha mutaxassislari uchun metodikqo‘llanma). Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi. Toshkent, 2019-yil, 92bet.
- MatchonovS.va boshqalar. O’qish kitobi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik . – Qayta ishlangan vato‘ldirilgan oltinchi nashr. – Toshkent: Yangiyo‘l poligraf servis,2020.yil 158 bet
- 4-sinf O’quvchilarining o’qish savodxonligini baholash bo’yicha o’tkaziladigan PIRLS xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik ko’rish uchun 3-mashq daftari.
- https://t.me/milliymarkaz
[1] Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasi