Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

BOLALARNING MUSIQIY TA’LIMI  FANI DARSLARIDA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH.

Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedra oqituvchisi  Rahmonqulova X. B Annotatsiya: Oliy ta’lim muassasasida bolalarning musiqiy ta’limi fani darslarida axborot kommunikattsion texnologiyalaridan foydalanish ,axborot kommunikatsiya  texnologiyalari orqali talabalar musiqa darslarda juda  ko’p ma’lumotlarga ega bo’lishlari mumkinligi haqida fikr yuritilgan .          Kalit so’zlar: musiqa ta’limi, axborot kommunikatsiya , musiqa darslari,texnologiya,vositalar, internet tarmog’i, OTM.         Аннотация: Использование информационных и коммуникационных технологий на уроках детского музыкального образования в высших учебных заведениях, идея о том, что с помощью информационных и коммуника-ционных технологий студенты могут получить много информации на уроках музыки.          Ключевые слова: музыкальное образование, информационная коммуникация, уроки музыки, технологии, инструменты, Интернет, университет.        Annotation: The use of information and communication technologies in the lessons of children’s musical education in the highest educational institutions, the idea of ​​how to help students in information and communication technologies can get a lot of information in the lessons of music. Keywords: musical education, informational communication, music lessons, technologies, instruments, Internet, university. KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori, “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ3151-sonli Qarori Oliy ta’lim muassasalari oldiga qator muhim vazifalarni qo‘yadi va pedagogik kadrlar tayyorlash masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilayotganidan dalolat beradi. Oliy ta’lim muassasasida axborot texnologiyasi deganda o’qituvchi kompyuter- tizimini tushinish mumkin. Axborot texnologiyalari vositalari qatoriga: kompyuter, skaner videokuz, videokamira, proektor, faksmodem, telefon, elektron pochta, multimedia vositalari, internet va internet tarmoqlari, axborot tizimlari, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari, sun’iy yo’ldosh aloqa tizimi, sun’iy aql tizimi  va usullariga esa innovatsion texnologiyalari, turli o’qitish metodlari kiradi. Hozirda barcha ta’lim muassasalari zamonaviy kompyuter va telekomunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlanmoqda. Ta’lim mazmuni va sifati masalalari jamiyatda ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida ko’rilmoqda. Ta’limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo’llari izlanmoqda, ta’limda yangi axborot texnologiyalarining joriy etish masalasi ommalashmoqda. Bu esa, pedagoglarning o’z faoliyatiga yangicha yondoshuvni talab etadi. O’quv jarayonida yangi texnologiyalarning joriy etilishi, o’qituvchini texnikaviy vositalar tomonidan siqib chiqarishga emas, balki o’qituvchining vazifalari va rolini o’zgartirishga qaratilgan. ASOSIY  QISM Zamonaviy o’qituvchi kelajak bunyodkoridir shu bilan birga ta’lim islohotining bosh ijrosi hamdir. Bunda har bir o’qituvchini qisqa vaqt ichida juda katta miqdordagi axborot to’plamini o’zlashtirish, qayta ishlash va amalda qo’llay olishga o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Buni hal etishda o’qituvchiga o’qitishning an’anaviy usullari bilan birga zamonaviy axborot texnologiyalari, jumladan kompyuterdan foydalanish yordam beradi. Darsda kompyuterdan foydalanish o’qitish jarayonini qiziqarli olib borish, har bir talabaga individual yondoshish imkonini beradi. Axborot kommunikatsiya  texnologiyalari orqali talabalar musiqa darslarda juda  ko’p ma’lumotlarga ega bo’lishlari mumkin. Jumladan, barcha  fanlar qatori  musiqa fanlarida  ham har bir mavzu bo’yicha fan professor o’qituvchi  tomonidan alohida dars ishlanmasi, texnologik xaritasi ishlab chiqilishi  lozim. Dars ishlanmasiga slaydlar  tayyorlanib, videoproektorlar  orqali o’quvchilarga tushintirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. O’rgatilayotgan qo’shiqlar matni elektron  doskalarda videoproektorlar  orqali qo’yilsa, uning so’zlari  musiqa ohangi hamohangligida (karaoki) ya’ni yozuv doskasida o’tkazilib, o’quvchilar kuylasalar, shu bilan birga nazariy saboq elektron ekranda ko’rsatilib tushunchalar berilsa, bolalardagi bilim va malaka yanada  boyitiladi, fanga bo’lgan  qiziqish  yanada ortadi. Musiqa darslarida  o’rgatilgan qo’shiqlar  mikrafon orqali ijro ettirish ham, iste’dodli  bolani qobiliyatini hisobga olib alohida ishlash, yakka solist sifatida  ijro mahoratini orttirib, ayditoriyadagi  qolgan talabalar  unga  jo’rovoz bo’lib kuylatish  ham bolalardagi  san’atga bo’lgan  ishtiyoqni  yanada oshiradi, sahnada o’zini tuta bilish, o’z ovozini jonli ijroda kuylash va eshitish, sahna madaniyati qo’yinki, sahnada va omma orasida o’ziga bo’lgan  ishonchni orttiradi. Ayniqsa  OTM talabalari  bilan ishlashda ularning  yosh xussusiyatini hisobga olgan holda uning musiqiy ritm hissini  rivojlantirish eshitish qobiliyatini o’stirish, tinglash va chalish mahoratini kuzatish, o’rgatilayotgan qo’shiq kuyiga mos  hatti-harakatlar bajartirish ustida ishlash, alohida mahorat va bilim talab etadi. Talabalarga kuy qo’shiq  o’rgatganda, ularning talaffuziga  ya’ni qo’shiq so’zlarini intonatsiyasiga alohida e’tibor qaratilishi kerak. Talaba qo’shiqni  jonli  ijro etganda  yoki mikrafonda gramm yozuvda o’z ijrosini yozib olib eshitganda, nafasni bir maromda olish, ovozda  titirash, ayrim so’zlardagi  bo’g’inlarni noto’g’ri talaffuz qilish kabi kamchiliklarni eshitadi va o’z ustida mustaqil ishlashga intiladi. Agar talabaga o’qituvchi o’rgatsa-yu, o’zi mustaqil o’z ustida ishlamasa o’rgatilayotgan  asar chiroyli chiqmasligiga  va aniq maqsadga erisha  olmasligiga olib kelishi mumkin. Bunday kamchiliklarni bartaraf etish uchun esa har bir musiqa o’qituvchisi  o’zi ustida ko’proq ishlashi, darsga puxta tayyorlanmog’i  va har bir asarga ijodiy yondoshgan holda asar so’zlariga xos raqs xatti-harakatlarini ham bajara olishi kerak, to’g’rirog’i musiqiy qobilyatni  o’stirish kerak. Hozirgi zamon musiqa o’qituvchisi izlanuvchan, AKT vositalaridan  foydalana oladigan, talabalarni estetik tarbiyaga yetaklovchi, ularni  isate’dodini ko’ra oladigan, psixolog, talabalardagi musiqiy  qobiliyat va ko’nikmalarni rivojlantirib, nafaqat   musiqa tinglashni balki hissiyot bilan uni qabul etishni va ularni ifodali ijro etish qobiliyatiga ham ega bo’lishi kerak. Test-standartlashgan topshiriq bo’lib, uning natijasiga qarab o’quvchilarning bilimi, ko’nikma va malakalari aniqlanadi XULOSA Xulosa qilib aytganda musiqa  darslarida o’quvchilarni bilimlarini oshirishda AKT vositalaridan  foydalanib, test mashg’ulotlarini o’tkazib turish ham samarali natija beradi. Musiqa fani yuzasidan o’tkazilgan testlar  talabalarning ham nazariy, ham amaliy olgan bilimlarini  mustahkamlashga yordam  beradi. Bolalar o’rtasida musiqa va san’atga o‘quvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlariga ko‘ra, ularning ijodiy imkoniyatlarini yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan musiqa (fortepiano, torli cholg‘ular, estrada cholg‘u ijrochiligi, xalq cholg‘ulari, damli va zarbli cholg‘ular, an’anaviy cholg‘u ijrochiligi, an’anaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi) va san’at (xoreografiya, teatr san’ati, tasviriy va amaliy san’at) yo‘nalishlarida (keyingi o‘rinlarda ta’lim yo‘nalishlari deb ataladi ) faoliyatini amalga oshiradi. Musiqa darslarida internet tarmog’idan foydalanish ham hozirgi zamonaviy talablardan biridir. Bunda o’qituvchi turli davlatlardagi musiqa dars jarayonlarini kuzatishi, ularning  dars o’tish usullari, texnik vositalardan foydalanish, turli davlatlarning milliy qo’shiqlaridan namunalar keltirish, ularni taqqoslash, farqlash va zarur jihatlarini o’rganish ham dars jarayonini qiziqarli va rang-barang bo’lishini  ta’minlaydi . Foydalanilgan adabiyotlar. 1.A.Abduqodirov .A.Xaitov. Axborot texnologiyalari. Al vaKXK  uchun darslik T.O’zbekiston 2001 y 2.Aripov. Internet va electron pochta asoslari. T:.2000 y  
  1. Gulnora Kushakova,  Мактабдаги ёшдаги болаларни толерантлик рухида тарбиялашАрхив Научных Публикаций JSPI: 2020: Архив №58 (science.i-edu.uz, jspi.uz)
  2. A.I.Adilov.Musiqa madaniyati darslarida pedagogik texnologiyalari T:. 2016
  3. Pedagogical conditions for the formation of tolerant thinking in youth in the family environment
KG Egamkulovna – Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 2021
  1. Norquziyeva, M. (2021). XALQ OG’ZAKI IJODI ASOSIDA O’QUVCHI-LARNI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASH: XALQ OG’ZAKI IJODI ASOSIDA O’QUVCHILARNI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASH. Журнал дошкольного образования, 2(2).
7.Norquziyeva, M. (2020). The role of educational technology in shaping the professional stability of students. Архив Научных Публикаций JSPI. Musiqa maqdaniyati fanini o’qitish metodikasi.Toshkent-2017. Ma’ruza matni TDPU