A.Tilakov
Jizzix davlat paedagogika universiteti
«Sport turlarini o‘qitsh metodikasi» kafedrasi o‘qituvchisi
ANNOTATSIYa
Ajdodlarimizdan qadriyat sifatida bizgacha me’ros bo‘lgan kurashning bugungi kunda jadal suratlarda rivojlanib borishi va uning istiqbolini belgilab beruvchi omillardan biri bu kadrlar masalasidan iboratdir. Kurashning tarixi 3-3.5 ming yillik tarixga borib taqlgan bo‘lsada, kurashning asosiy rivojlanishi davri o‘tgan asrning 60-70 yillariga to‘g‘ri keladi. O‘sha yillarda kurashga yetarli darajada e’tibor berilmaganligi tufayli jismoniy tarbiya darslar jarayonlarida elementlaridan qisman foydalanib kelinganligini ko‘ramiz.
Kalit so‘zlar: kurash, qadriyat, sport, sog‘liq, tarbiya, milliy, kadrlar, kurash tarixi.
ANNOTATSIYa
Odnim iz faktorov, opredelyayuщix bыstroe razvitie borbы, dostavsheysya nam ot predkov kak sennost, i yee perspektivы, yavlyaetsya kadrovыy vopros. Xotya istoriya borbы naschitыvaet 3-3,5 tыsyachi let, period osnovnogo razvitiya borbы sootvetstvuet 60-70-m godam proshlogo veka. Iz-za nedostatochnogo vnimaniya k borbe v te godы mы vidim, chto elementы fizicheskogo vospitaniya chastichno ispolzovalis v protsessax urokov.
Klyuchevыe slova: borba, sennost, sport, zdorove, vospitanie, narod, kadrы, istoriya borbы.
Ma’lumki, kurash sporti yoshlarning jismoniy madaniyatini takomillashtirishning asosiy vositalaridan biridir. Bundan tashqari, kurash eng qadimiy, hammabop va keng tarqalgan sport turidir. Qadimda xalqimiz ichida epchillik, chaqqonlik, kuchlilik va irodaviy fazilatlarni o‘zlarida mujassam etgan kishilar ko‘p bo‘lgan. Ushbu fazilatlar va yuksak texnik-taktik mahoratga ega bo‘lgan mashhur kurashchilarni o‘zbek xalqi polvonlar deb atashgan. Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobida kurash insonni ruhiy va jismoniy holatini yaxshilashning muhim vositasidir deya e’tirof etilgan. She’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy asarlarida esa kuchli kurashchilarning bellashuvlari tasvirlangan hamda ba’zi usullarning ta’rifi keltirilgan. Ushbu asarlardan ko‘rinib turibdiki, o‘zbeklarda usullar tizimi yetarlicha rivojlangan milliy kurash sporti mavjud bo‘lgan. Kurash sohasidagi yetakchi mutaxassislar A.Atoev, F.A. Kerimov, K.Yusupov, N.X.Azizov, J.Toshpo‘latov, U.Ibrohimov, Z.Jumaevlarning ilmiy-uslubiy manbalarida tasdiqlanishicha, ajdodlarimizning madaniy taraqqiyoti ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va maishiy rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Bu esa kurash, xalqimizning etnik madaniy turmush tarzi, jismoniy madaniyati bilan uyg‘unlikda taraqqiy etib kelganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga kurashning tarixiy taraqqiyotini, turli ijtimoiy tuzumlar davridagi madaniyat, ma’rifat, tarixiy voqealar hamda an’analardan alohida ajratib o‘rganib bo‘lmaydi. Mustaqillik hammaning orzularga to‘la qabiga shodlik baxsh etib o‘zligimizni, asrlar davomida ajdodlardan-avlodlarga o‘tib kelayotgan o‘lmas qadriyat va urf –odatlarimizni qaytarib berdi.
Ajdodlarimizdan qadriyat sifatida bizgacha me’ros bo‘lgan kurashning bugungi kunda jadal suratlarda rivojlanib borishi va uning istiqbolini belgilab beruvchi omillardan biri bu kadrlar masalasidan iboratdir. Kurashning tarixi 3-3.5 ming yillik tarixga borib taqlgan bo‘lsada, kurashning asosiy rivojlanishi davri o‘tgan asrning 60-70 yillariga to‘g‘ri keladi. O‘sha yillarda kurashga yetarli darajada e’tibor berilmaganligi tufayli jismoniy tarbiya darslar jarayonlarida elementlaridan qisman foydalanib kelinganligini ko‘ramiz.
Kurashning rivojlanishida T.Odilov, A.Atoev, J.Tursunov, K.Yusupov, O.Toymurodov, O.Xayitov, X.Rafiev, A.Tilakov, R.To‘raev, a.Abdusattarov kabi fidoyi murabbiy olimlar tomonidan yaratilgan darslik, o‘quv qo‘llanma, uslibiy qo‘llanma chop etilibkurashning boshqa sport turlari kabi o‘z o‘rni va nufuzi borligi asoslab berdi. Bu murabbiylar va olimlar tomonidan kurashning asoslab berilganligi tufayli oxirgi 1520 yil ichida kurash qadrlanib, sayqalib, rivojlanib kelmoqda. Kurash usullar tizimini rivojlantirishda A.Atoev, k.Yusupovlarning harakatlari natijasida kurash jahonga yuz tutdi.
Kurashning iqtisodiy-ijtimoiy imkoniyatlarini va moddiy bazalarini berish hurmatli birinchi prezidentimiz I.A.Karimov tashabbuslari bilan amalga oshirildi. Kurash qoidalari ajdodlarimizning urf-odatlari, udumlari, ishlatilgan atamalari asosida sodda va oddiy qilib ishlab chiqildi. Polvonlarning ijobiy harakatlari ,, halol”, ,,yonbosh ”, ,,chala” atamalarini ishlatish bilan baholanib tomoshabinlar tomonidan tez va oson o‘zlashtirib olindi.
Respublikamizda mustaqillikdan keyin xalqaro turnirlar, Osiyo, Jahon birinchiliklarining o‘tkazilishi buning yaqqol namunasidir. 2005-yil Toshkentda, 2011yil Termizda o‘tkazilgan jahon birinchiliklari Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand , Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazilib kelinayotgan xalqaro turnerlarda chet-ellik hakamlarning ishtiroki va gilamdagi gilamdagi xolatlarni baholashlari, atamlarni aytishlari bunga misol bo‘ladi.kurash bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqalar dunyo axliga yorqin ta’surotlar, zavqu surur ilashmoqda. Buning barchasi kurash umuminsoniy qadriyat sifatida munosib o‘rin olishiga xaqli ekanligining tasdig‘idir. Kurash azal-azaldan to‘y-xashar, xalq sayillarida uyushtirilib xalollik, or-nomus belgisi sanalgan. O‘rgatish nazaryasi va usuliyati, texnikasini egallashni, mustaqil ishlash uchun zarur bo‘ladigan kasbiy ko‘nikma va malakalarni egallashni ko‘zada tutadi. Kurash fanini o‘qitishdagi faoliyatlari g‘oyat murakkab va ko‘p qirrali jarayon xisoblanadi. Turli nomlardagi darsliklarni o‘rgatish bilan bir qatorda, talabalarning xulq-atvorlari, bilan darajalari va fanga bo‘lgan munosabatlarini kuzatish, o‘rgatish, tarbiya berish bilan qo‘shib olib boriladi. Buning uchun o‘qituvchida chuqur bilim, pedagogik mahorat va shaxsiy namuna, tashabbuskorlik, yangilik sari ijodiyizlanish faoliyatlar ustun bo‘lishi kerak.
Kurash darslari, mashg‘ulotlari va musobaqa jarayonida talabalar shikastlanishini tabiiy bir hol. Bularning asosiy sabablari quydagicha;
Darslarda o‘qituvchi tomonidan talabalarga e’tiborsizligi;
Mashqlarni bajarishda o‘zini ximoya ( straxovka ) qilishni bilish;
Kurash kiyimi ( yaktak ) da darslarda qatnashmasligi;
Shaxsiy gigienik qoidalariga rioya qilmaslik;
O‘qituvchining, murabbiyning ruhsatisiz mashg‘ulotlarga kirishish; Taqiqlangan buyumlar taqib kirishi ( uzuk, zagolka ).
Kurashchining jismoniy tayyorgarligi undagi maxoratining tarkib topishiga hayotiy muhim sifatlar xamda mehnatga va vatanni himoya qilishga zarur bo‘ladigan malakalarning xosil bo‘lishida asos bo‘lib xisoblanadi. Mashg‘ulotlarni tashkil etish va jihozlanish, joylarning soddaligi tufayli kurash yoshlarni mamlakatimizda ommaviy jismoniy tarbiya va sport harakatiga jalb qilishga yordam beradi.
Bugungi kunda milliy sport turimiz kurash rivoj topib, sportchi yoshlarimiz mahorati yanada ortib bormoqda. Mamlakatimizda yaratilayotgan qulay shart-sharoitlardan unumli foydalanganlarimiz Osiyo, Jahon sport arenalarida yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelishmoqda. Bugungi kunga kelib kurash texnikasi va taktikasi jadal suratlarda
rivojlanib bormoqda. Bunga isbot sifatida yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan jahon birinchiliklari, xalqaro turnirlarni olishimiz mumkin. Yaponya, Brazilya, Turkiya, Janubiy Koreya, Eronlik polvonlarning texnikasi muhlislar va mutaxasislar tomonidan yaxshi baholandi. Turkiyada o‘tkazilgan XI jahon chempionatida 90 kg ga kurashgan Shuhrat Arslonovning texnikasi muhlislar, mutaxasislar yuqori texnikaga ega ekanliklari ekanliklarini taqiqlab o‘tdi. ( P. To‘raev, O. Xayitov ).
Kurashning texnikasi va taktikasi butun dunyo sportchilari tomonidan o‘zlashtirilib yangidan yangi jahon chempionlari va xalqaro turnerlarda g‘olib bo‘lishlaridir. Shunga qaramasdan kurashning nazariy bilimlarini o‘lashtirish ortda qolmoqda. Quyidagi tadqiqot izlanishda Oliy ta’lim talabalariga kurashning nazariy bilimlar berishni bosh maqsad qilib oldik.
-o‘quvchi tomonidan tomonidan maruza, seminar darslarida kurashning nazariy asoslarini to‘liq o‘rgatish va tushintirish;
-o‘zlashtirmagan talabalarga qo‘shimcha darslar o‘tmishni tashkil etish;
-amaliy darslarda xam nazariy mashg‘ulotlarni berib borish;
-darslar jarayonida talabalarni ko‘proq mavzu yuzasidan gapirtirish kerak;
-talabalarga nazariy mashg‘ulotlarga asoslab mustaqil ish, refarat topshiriqlarni berish va bajartirish v b.
REFERENCES:
- O‘zbekiston Respublikasining Qonuni: “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida” (Yangi tahriri) // Xalq so‘zi gazetasi, 28-iyun, 2000.
- Oʻzbekiston Respublikasining “Ta‘lim toʻgʻrisida”gi Qonuni 2020 yil 23 sentabr.
- Ashurov, M. O‘.; Ashurova, M. M. (2020). Matematika o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish. O‘zbekistonda ilmiy amaliy tadqiqotlar, 1(1), 254256.
- Artikov, A. (2020). About some methodological problems in teaching special sciences. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(7), 379-384.
- Ashurov, M. U., Ashurova, M. M., Jumabaev, R. B., & Tojiddinova, D. F. (2016). Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilaning dasturlash ko‘nikmalarini shakllantirish. In Konferensiya (Vol. 2, No. 2, pp. 96-97).
- Babakhodjayeva, N. M. (2020). Visualizers of algorithms as effective means of information technologies in education. EPRA International Journal of Multidisciplinary Research, 6(9), 421-425.
- Babakhodjayeva, N. M. (2020). Program-methodological complex as a means of improving the quality of learning in higher educational institutions. Theoretical & Applied Science, (7), 166-171.
Kadirova, Z. Z. (2021). Some comments on the interpretation and contrast aspects of the terms “Paraphrase” and “Periphrase”. Theoretical & Applied Science, (6), 486-489.
- Kadirova, Z. Z. (2019). Principles of differentiation of periphrasal and euphemic units. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(10), 269-273.
- Kadirova, Z. Z. (2021). Alisher Navoiyning nasriy asarlarida insonga xos xususiyatlarni ifodalovchi perifrazalar. Ilm sarchashmalari, 2(2), 176-178.
- Umarova, A. I., Miskinoa, S. Z. (2022). Cluster approach to the educational process in the organization of preschool education. International Conference on Social and Humanitarian Research, 1(2), 74-76.
- Trigulova, A. X., Kimsanov, O. (2021). Muzыkalnыe sposobnosti i ix znachenie v protsesse obucheniya uchaщixsya muzыkalnыx shkol. Uchinchi renessans davrida maktabgacha ta’lim-tarbiyaning roli, 2(4), 50-53.