Qatnashdilar: Institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori F.Axmedov, MXX mas’ul xodimi H. Tugayev, O’zbekiston Musulmonlari idorasi Jizzax viloyat bo’limi xodimi M. Xoshimxonov, ichki nazorat va monitoring bo’lim boshlig’i T. Ahmedov, Jismoniy madaniyat fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rin bo’lim uslubchilari hamda talabalar.
Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori F.Axmedov ochib berdi. F. Ahmedov nafaqat yoshlarning balki, kattalarning ham yuqorida nomi keltirilgan jinoyatlarga aralashib qolayotgani, amalga oshirilayotgan targ’ibot-tashviqot ishlariga ayrim ota-onalarning hamda ba’zi o’smirlarning yetarlicha e’tibor bermayotganiligini afsus bilan aytib o’tdi. Shundan keyin so’z navbati O’zbekiston Musulmonlari idorasi Jizzax viloyat bo’limi xodimi M. Xoshimxonovga berildi.
- Xoshimxonov “…odam savdosi, giyohvandlik, diniy ekstremizm bugungi globallashuv jarayonida Shu o’rinda “odam savdosi” qanday ma’no- mazmun kasb etadi degan savol tug’iladi.
“Odam savdosi – inson, uning sha’ni, qadr-qimmati, osoyishta turmushi hamda kelajagiga tahdid solayotgan transmilliy uyushgan jinoyatchilik ko’rinishlaridan biri bo’lib, o’zining chegara tanlamasligi hamda girdobiga asosan yoshlarni va ayollarni tortayotganligi bilan barchada katta tashvish va xavotir uyg’otmoqda. Odam savdosining o’ziga xos jihatlariga e’tiborni qaratayotgan bo’lsak, quyidagilarning guvohi bo’lishimiz mumkin:
-Insonning erkinligi, tengligi va shaxsiy daxsizligiga putur yetkazib, xurlik va kamsitishlar girdobiga tashlaydi;
-Majburiy mehnat, qullik, majburiy donorlik, harbiy to’qnashuvlarda foydalanish, fohishabozlik bilan shug’ullanishga majburlash kabi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi;
-Noqonuniy migrasiyaning yuzaga kelishi natijasida, mamlakatdagi iqtisodiy, demografik holatga salbiy ta’sir ko’rsatadi;
-Noqonuniy davlat chegaralarini kesib o’tish, xujjatlarni soxtalashtirish ( pasport, migrasiya kartochkasi) kabi jinoyatlarni yuzaga kelishiga turtki bo’lishi…”ni ta’kidlab o’tdi.
Navbatdagi so’zlovchi MXX mas’ul xodimi H. Tugayev yoshlarni bu kabi yot g’oyalardan eng samarali himoya qilish ularni biror ilmiy, jismoniy yoki boshqacha turdagi faoliyat bilan mashg’ul qilish katta natija berishini alohida ta’kidladi. Yana ushbu kunda dunyo kishilarining ongidagi global muammolardan biri – terrorizm va diniy ekstremizm bo’lib, uni davolash o’ta darajada mushkul bo’lgan darddir. Bu illatning kelib chiqishi, nimalardan tarqalishi to’g’risida quyidagilarni gapirib o’tdi. Terrorizm dunyoning turli hududlarida asosan XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo’lganligini, turli xil guruhlar tomonidan qo’llab-quvvatlanib kelinayotganligini aytib o’tdi. Farzandlari sog’lom yurt kelajagi buyuk bo’ladi. Biz yoshlar yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanib, bunga o’z yutuqlarimiz bilan labbay deb javob berishimiz kerak.
Bugungi mafkuraviy xurujlar avj olgan bir davrdayurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini ta’minlashda ichki ishlar xodimlari bilan bir vaqtda qalbida vatan tuyg’usi jo’sh o’rgan har bir inson befarq qaramasligi kerak. Buning oldini olishda talaba-yoshlar ham o’z xissalarini qo’shishi lozimligini aytib o’tdi. Dastur so’ngida maxsus video rolik namoyish etildi. Shuning bilan tadbir o’z nihoyasiga yetdi.