Keyingi yillarda akademik S.S.G‘ulomov tomonidan inson miyasi, iste’dodni tanrbiyalash, ulug‘ bobokalonlarimiz –al Xorazmiy, Ibn Sino kabi nodir talant egalarini tarbiyalab voyaga yetkazish muammolarini dadillik bilan turli maqolalarida kelirib o‘tmoqda.
Bu taklif va g‘oyalarning amalga oshishi halqimiz va yurtimiz uchun juda katta muvaffaqiyatlar olib kelishini orzu qilar edik. Yaqinda katta xushxabar eshitdik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri bu masalaga alohida e’tibor qaratibdi. Akademik S.S. G‘ulomovning takliflarini o‘rganib va chuqur muhokama qilish bo‘yicha mutassadilarga tegishli ko‘rsatma beribdi. Innovatsion rivojlanish vazirligining ana shu takliflar bo‘yicha amaliy seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Quyida shular haqidagi hujjatni e’tiboringizga havola etamiz.
O‘zbekiston Republikasi Fanlar akademiyasining akademigi S.S.G‘ulomovning takliflari bo‘yicha Innavatsion rivojlanish vazirligida o‘tkazilgan amaliy seminar yig‘ilishi
BAYoNI
2018 yil 25 dekabr
Raislik qiluvchi: A.S.Nazarov- O‘zbekiston Respublikasi
Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari
Qatnashganlar: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi,
Vazirliklar, idoralar, oliy ta’lim va ilmiy
tadqiqot muassalari xodimlari
KUN TARTIBI :
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi S.S. G‘ulomovning inson kapitalini rivojlantirish uchun aqliy qobiliyatni o‘stiradigan va innovatsiyalarga o‘rgatadagian “aqlli ta’lim” va “aqliy tibbiyot” tizimini isloh qilish bo‘yicha bergan takliflari muhokamasi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi S.S.G‘ulomovning takliflari asosida tashkil eitlgan amaliy seminarni Innovitsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari A.Nazarov ochib berdi. So‘ng O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari axborot-tahlil Departamenti bosh mutaxassisi Sh.Otajonovga so‘z berildi.Sh.Otajonov akademik S.S.G‘ulomovning takliflariga asoslangan ushbu amaliy seminar bugungi kundagi dolzarb muammolardan biri ekanligini hamda ushbu masalalar barchamizning oldimizda turgan vazifa bo‘lganligi sababli seminarda turli vazirliklar hamda idorlaar mutaxassislari, olimlar va ekspertlar ishtirok etayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng so‘z akademik Saidahror Saidahmedovich G‘ulomovga berildi.
Akademik S.S.G‘ulomov innavatsion rivojlanish strategiyasinining bosh maqsadi bo‘lgan inson kapitalini rivojlantirish asosiy maqsadimiz va bu maqsad oldida barchamiz birlashishimiz kerakligini ta’kidladi. Akademik S.S.G‘ulomovning fikricha inson intellektining o‘sishi uch omilga: 30-35 foiz insonning nasliga, 30-35 foiz yashirin ocharchilikni kamaytirish orqali xotirani va miya faoliyatini yaxshilashga, 30-35 foiz o‘qituvchi va ustozlarning mahoratiga bog‘liq.
U intellektni o‘stirishga dori chora tadbirlar haqida so‘zlarkan, ta’lim tizimiga yangi talabalar qo‘yilishi lozimligini ta’kidladi, ya’ni yangi ta’lim modeli “ qobiliyatni rivojlantirish va innovatsiyalarga o‘rgatish” ni joriy etishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Bu modelga ko‘ra, talabalar oldindan tarqatilgan ma’ruza matnlaridan foydalangan holda darsga mustaqil tayyorlanadi hamda har bir mavzu va savollar bo‘yicha o‘z fikr –mulohazalarini, kamchiliklarini tahlil qilishga harkat qilishadi, o‘qituvchi esa savol-javob qilganidan so‘ng tushunmaganlarini o‘rgatsa, o‘quv soatlari 30-35 foiz tejalib, fanni o‘zlashtirish 70-80 foizga ko‘tariladi, natijada innovatsion fikrlash o‘sadi.
Shuningdek seminarda “sog‘lomlashtiradigan aqlli ta’lim” tushunchasini kiritish ham taklif etildi. Unga ko‘ra, darslardagi muhit asabiy bo‘lmasligi lozim . Negaki, asabiylik tufayli qand miqdori va qon bosimi oshib, xotira pasayadi, bu o‘z navbatida o‘quvchilarning bilimni o‘zlashtirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, bolaning qobilyatini aniqlab, uning qobiliyatiga mos kasbga o‘qitish va qobiliyatini ro‘yobga chiqarishi masalasini vrachlar va psixologlar bilan birgalikda hal qilish zaruriyati taklif etildi. Oliy ta’lim tizimida xotira va mantiqni rivojlantiradigan maxsus markaz, kafedralarni ochish hamda “yashirin ochlikni” kamaytiradigan individual minimal iste’mol korzinkasini va suv ichish me’yorlarini ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.
Shu bois miyaning oziqlantirish muhim ekanligidan kelib chiqqan holda, har bir o‘quvchi uchun individual (tibbiy tahlillarga asoslangan holda) organizmda yetishmayotgan mikroelementlar ( masalan kalsiy, magniy, temir, yod) buyurilib vitaminlarga boy bo‘lgan ozuqadan parhez tuzib “yashirin ochlik” ni bartaraf etish zaruriyati masalasi ko‘tarildi. Darslar orasidagi tanaffus paytida bolalarni oddiy ichimlik suvi bilan ta’minlash naqadar zarurligi qayd etildi.
Akademikning ayrim takliflari esa munozaraga ham sabab bo‘ldi. Masalan “tarkibida maxsus bioqo‘shimchalar mavjud bo‘lgan miya stimulyatorlarining iste’moli” masalasi bahs talab bo‘lib, olimlar tomonidan har qanday bioqo‘shimchalar vositalarini vrach ko‘rsatmasiga ko‘ra qabul qilish sog‘liqni saqlash tizimining asosi sanalishi aytib o‘tildi.
Shuningdek, insonni intellektual salohiyatini naslga bog‘lash jamiyatda turli tushunmovchiliklarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari hozirgi kunda nikohlanuvchi fuqarolarni tibbiy tekshiruvdan o‘tishida faqatgina sog‘lomlik darajasi va 5 turdagi infeksion kasalliklarni tekshirmasdan, balki genetik kasalliklarning oldini olishga qaratilgan tekshiruvlarni o‘tkazish kerakligi ta’kidlandi. Akademikning “to‘y hashamlarga borganda maqsad faqat ovqatlanish va tomosha qilish emas, balki insonlar o‘rtasida fikr va yangi bilim almashish, yangiliklardan xabardor qilish asosiy maqsad qilib belgilab olinishi zarur” deb aytib o‘tgani, olimlar va jamoatchilik kengashi tomonidan ma’qullandi. Akademik seminar yakunida insonlarni aqliy mehnat orqali oila boqishga o‘rgatish, inson kapitalini rivojlantirishda “aqlli ta’lim”, “aqlli tibbiyot”, “”aqlli oila” hamda miya qobilyatini va xotirasini o‘stirish dasturlarini ishlab chiqish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.“Insonni bu dunyoga kelishidan maqsad-innovatsiya yaratish va nomini tarixda ulug‘lash” deya akademik o‘z so‘zini yakunladi.
Ma’ruzada “Miya qobiliyatini o‘stirish va faol umrni uzaytirish omillari” jadvali “Innavatsion rivojlagnishda sog‘lomlashtiradigan uzluksiz aqlli ta’lim modeli” va boshqa bir qancha quyidagi yo‘nalishlarda ham ma’ruzachi so‘z yuritdi .
- O‘zbekistonni innavatsion rivojlantirishda sog‘liqni saqlash tizimiga talabalar:
Ta’lim muassasalari, ovqatlanish majmualarida ovqatlanishni maqsadli tashkil qilish-yashirin ocharchilik- Sa,Mg,J,Fe vitamin aminokislotalar yetishmasligini kamaytirishga o‘rgatish. Minimal iste’mol savatcha har bir talaba uchun individual bo‘lib, yashirin ochlikni kamaytirishi zarur. Har kuni 4 porsiya sabzavot va 1 porsiya meva yeyishini ta’minlash, qovurib kuydirib vitaminlarni o‘ldirishni to‘xtatish;
Avvalo aqliy tibbiyot har bir bolaning qobiliyati yo‘nalishini (musiqa, matematika, rassomchilik, muhandislik) aniqlashi zarur, so‘ngra shu sohada uni har yili rivojlantirish kerak .(12 ga yaqin miya qobiliyatini takomillashtirish omillarini chuqur tahlil qilish kerak ) Ta’limda (11 yil maktabda) talabani o‘z qobiliyati sohasida oliy ta’lim tizimida mutaxassisligini tanlashda tavsiyalar berish.
GINKGO BILOBA bor bio qo‘shimcha miya stimulyatorlarini ishlatishga o‘rgatish;
Yoshlarni oila qurishdan avval 5 ta yuqumli kasalliklarga tibbiy ma’lumotnoma berishdan tashqari, nasliy kasalliklarning avloddan avlodga o‘tishini va yashirin ochlikni davolash;
Sog‘liqni saqlashdan, sog‘liqni yaxshilash atamasiga o‘tib, har bir oilada aqlli tibbiyot yordamida o‘rtacha faol umrni uzaytirish va miya qobilyatini rivojlantirish yo‘l xaritalarini ishlab chiqib, vrachlar nazoratiga olish
- O‘zbekistonni innovatsion rivojlantirishda ta’lim tizimiga yangi TALABLAR:
Yangi ta’lim modeli “qobilyatni rivojlantirish va innovatsiyalarga o‘rgatish”ni (kreativlik va tanqidiy fikrlash mexanizmlariga o‘rgatish) joriy etish.
Ma’ruza matnlar texnologiyasini qo‘llash, xorijiy va O‘zbekiston o‘quv adabiyotlaridan o‘qituvchi va talabalar yuzlab kamchiliklar topishi va sifatni yaxshilashga o‘rganishi:
Oldindan tarqatilgan ma’ruza matnlaridan talabalar mustaqil tayyorlanib kamchiliklarni topib, har dars boshlanishidan oldin o‘qituvchi savol-javob yoki test qilib, keyin tushunmaganlarini o‘rgatsa, o‘quv soatlari 30-50 foiz tejalib, 70-80 foizga ko‘tarilar edi. Innovatsion fikrlash o‘sadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasidan boshlab, bolaning qobiliyat sohasini aniqlab ro‘yobga chiqari va uni har yili rivojlanish omillarini tahlil qilish;
Ta’limda bilim berish bilan birga, bilimni ishlatib, boy bo‘lishga o‘rgatish. AQShda yangi bilimni aytsang, darov uni qaerda ishlatib boyishni hisoblay boshlaydi;
Ta’lim tizimida
IQ EQ test orqali miya qobiliyatining o‘sishini tahlil qilishni joriy etish. (Germaniya tajribasi :10-12 yoshda IQ 130 bo‘lganlarini maxsus maktablarda o‘qitishadi). Biz ham shu usulda ajratib Prezident maktablari va litseylarida 12 ga yaqin miya qobiliyatini o‘stirish omillarini ishlatib, keyin ta’lim berishimiz kerak;
Prezident maktablari va litseylariga kirish imtihonlarini OTMlar abiturientlari testlariga o‘xshagan markazlashtirish;
Mnemonika, mental arifmetika, shaxmatga yoshlikdan o‘rgatish;
Ta’lim tizimiga 50% dan oshiq ta’sirga ega bo‘lgan tashqi omillar mavjud. (innovatsion oila, innovatsion tibbiyot, aql jismoniy tarbiyasi-200 ta, innovatsion mahalla) ularingn ta’lim sifatiga ta’sirini o‘rganish va tahlil qilishimiz kerak;
Innovator talabalarga va innovatsion homiylik qiladigan biznes muhitini ( homiylik va innovatsiyalar xususiy agentligini , agentlik texnologik yechim yoki innovatsiyadan olingan foydadan ulush oladi) shakllantirish kerak.
Qobiliyatni ( miya xotirasi, o‘ylash tezligi va mantiqni o‘stiradigan) rivojlantiradigan aqlli tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash kerak;
Ta’lim tizimida hozirgi kunda IIB hamda DHH bilim yurtlarida faoliyat ko‘rsatayotgan qobiliyat va xotirani rivojlantiradigan kafedralar va markazlar ochish. Tanaffus vaqtlarida talabalar organizimiga 90% kislorod va oziqa( yashirin ochlikni kamaytirish chora tadbirlarini ko‘rish )
Maktablarda 5 sinfdan yuqorilashgan sayin o‘tilgan fanlardan fikr va mulohazalar bildirilgan ( 50-1000 so‘z o‘lchovida sinf yuqorilagan sari so‘zlar ham ko‘payadi ) yozma oraliq va yakuniy nazorat imtihonlar tizimida –
ESSAY yozish. Yozma o‘ylash va fikrlashga o‘rgatish.
Ko‘proq badiiy kitoblarni, adabiyotlarni o‘qitishga undash, diktant, insho yozishga e’tiborni kuchaytirish zarur. ( ko‘p talablar o‘z biografiyasini yoki xat yoza olmaydi )
Innovatsion dinning obro‘sidan foydalanish: boqimandalik kayfiyatini kamaytirish, texnika va texnologiyalarga, innovatsiyalarga muhabbat uyg‘otish, kreativ va tanqidiy fikrlashga o‘rgatish. Oilasini aqliy mehnat orqali boqishga o‘rgatish, oilasidan tashqari boshqalarni ham beg‘araz boqishga o‘rgatish, davlat budjetidan tashqari aqlli ta’lim, aqlli tibbiyot, innovatsion ilm-fan va innovatsiyalarga xususiy homiylik qilish. Insonning bu dunyoga kelishidan maqsad-inoovatsiya yaratish va nomini tarixda ulug‘lash.
Eng yaxshi pedagoglar darslarini masofadan o‘qitish orqali qishloq joylarga yetkazish.
Yetuk OTM va maktablarning filiallarini viloyatlarda ko‘paytirish.
Abiturientlarning hujjatlar qabulini test markazlarida (OTMda emas) tashkil etish.
Abiturientlarni Respublika bo‘yicha test sinovlarida umumiy o‘tish minimal ball asosida oldin eng qobilyatli abiturientlarni tanlab olish va o‘quv kurs davrida bir xil fanlarni o‘qitib (Vestminster litseyida va universitetida asosiy yil hisoblanadi) qobiliyati sohasini va qiziqishlarini hisobga olib 2 kursdan mutaxassisliklarga ajratish.
Yuqori texnologiya va pedagogika mutaxassislari abitutirentlari ballari yuridik va diplomatiya mutaxassislariiga kirish ballaridan yuqori bo‘lishi shart;
Rossiya va Yevro Itifoq OO‘Yu filiallariga O‘zbekiston testlaridan eng yuqori ball olgan abiturientlardan qo‘shimcha Buyuk Britaniya va
AQSh, TOEFL, IELTS, SAT, GMAT logika testlariga o‘xshagan test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirganlarini ajratib olish. Filiallarda
2+2 yoki 3+1 modelini (Malayziya tajribasi) joriy etib, oxirgi o‘quv kurslarini xorijiy OO‘Yuda o‘qib, birtiruv diplom ishlarini yozish va davlat attestatsiya komissiyalarida imtihonlar topshirish;
Bakalavrlarning BMIda ( gumanitar sohasidan tashqari) xorijiy texnologiyalarni O‘zbekistonda joriy etishga ilmiy rahbari bilan birgalikda ishlab chiqish va homiylar yordamida amalga oshirishni shakllantirish;
Magistraturani (gumanitar mutaxassisliklardan tashqari ) to‘liq ingliz tiliga o‘tkazish (Germaniya, Koreya, Yaponiya tajribasi)
Magistrlik dissertatsiyalarida xorijiy texnologiyalarni modernizatsiya qilish va ishlab chiqishga homiylar yordamida joriy qilish;
BMI, MD va doktorlik dissertatsiyalarining mavzularini xorijdagi innovatsiyalarni O‘zbekistonda joriy etish muammolariga qaratish;
Xorijda o‘qituvchilarning malaka oshirishini
3+1 modelini ishlatish: 3 oy O‘zbekistondagi Vestminsterdagi Singapur, Turin, Gubkin, MDU oliy o‘quv yurtlari filiallarida studentlar bilan o‘qitish va imtihonlar topshirtirish, so‘ng boradigan xorijiy universitetda internet orqali masofadan o‘qitish. ( masofadan o‘qitish 5-7 barobar arzon) keyin amaliyotga 1-3 oyga yuborish. Bu usul katta iqtisodiy samaradorlik beradi.
Oliy ta’limda ochiq universitetlarning ( 3 oydan 1 yilgacha innovatsion mutaxassisliklarga masofadan tezkor o‘rgatadigan kurslar) normativ-huquqiy va xorijiyo‘quv kurslarini axborot bazasini yaratish. AKT sohasida dasturchilarni tayyorlab eksport qilish.( Xitoy va Hindiston tajribasi)
Innovatsion iqtisodiyotda ish bilan bandlarni ichida oliy ma’lumotlilarning soni 50%dan oshiq bo‘lishi kerak. AQSh va Rossiya tajribasini hisobga olib, O‘zbekistonda davlat–xususiy sherikchilikda sifatli nodavlat OO‘Yu ko‘paytirish zarur. Bu davlat budjetiga ham ortiqcha og‘irlik tushirmaydi hamda ishsizlikni kamaytirib, yoshlarni terrorizm va ekstremizm oqimlaridan saqlaydi.
Ta’limda AKTni o‘qitishda tizimli raqamli iqtisodiyot blokcheyn va kriptovalyutalar texnologiyalarini chuqurroq o‘rgatish dasturlari va o‘quv adabiyotlarini yaratish.
Ushbu ma’lumotlar qatnashuvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Taqdimot yakunida miya qobiliyatini rivojlantirish usullariga bag‘ishlangan xorijiy kitoblar va o‘quv qo‘llanmalari keltirildi.
Kun tartibidagi masala bo‘yicha berilgan ma’lumot, bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalarning muhokamasi asosida yig‘ilish qaror qiladi :
- S.G‘ulomovning olimlarimiz tomonidan nasliy kasalliklarni o‘rganish, ularning vujudga kelishining oldini olish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishi zarurligi haqidagi fikr-mulohazalari, bolalarning miyasini charxlovchi mashqlarni ta’lim tizimiga kiritish takliflari hamda insonlar faol umrini uzaytirish va salomatligini mustahkamlashga, shuningdek bolalarning qobiliyatini yoshligidan ro‘yobga chiqarish garovi sifatida sog‘lom ovqatlanish (yashirin ochlikni kamaytirish) targ‘ibotini kuchaytirish to‘g‘risidagi axborti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
- Amaliy seminardan kelib chiqib, qilinadigan ishlarning “Yo‘l xaritasi”ni 2019 yilning 5 yanvarigacha bo‘lgan muddatda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilsin.
( ushbu amaliy seminarning bayoni Shifo-info gazetasining 28.02.2019 yil sonidan olindi )