- Axmad Yassaviy. Ibroxim Haqq – T.: Gafur Gulom nashriyoti, 2001 yil.
- Al-Buxoriy. Hadis, Al-jome` as-sahih. -: “Qomuslar” bosh tahririyati, 1991-1992 yillar , 1- 4-kitoblar.
- Komilov. Tasavvuf. -T.: «Yozuvchi», 1996 y
- Komilov. «Komil inson haqida 4 risola». -T.: «Ma’naviyat»,1997 y.
- Kubro Shayx Najmiddin. Jamoling menga bas: Ruboiylar /Forsiydan Matnazar Abdulxakim tarj.-T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1994.-64 b.
- Pardayeva, K., Tangirov, A., & Muxammadiyeva, S. (2020). The Use Of The Humanistic Ideas Of Khoja Ahmad Yassavi I+-9n The Teaching Of Pedagogical Sciences. Архив Научных Публикаций JSPI.
- Muxammadiyeva, S., & Farsaxonova, D. (2020). PEDAGOGY OF EASTERN THINKERS THE ISSUE OF ETHICAL EDUCATION IN THEIR VIEWS. Архив Научных Публикаций JSPI.
AHMAD YASSAVIYNING TA’LIMIY AXLOQIY QARASHLARIDAN YOSH AVLOD TARBIYASI
Sayyora Muxammadiyeva,
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Umumiy pedagogika kafedrasi
katta o’qituvchisi
Annotatsiya. Mazkur maqolada tarbiyaning tarixiy ildizlari, yurtimizda inson ma’naviy-axloqiy tarbiyasi muammosi bo’yicha olib borilgan izlanishlarda ilgari surilgan g’oyalar, xususan Xo`ja Ahmad Yassaviyning insonparvarlik g’oyalarining bugungi kunda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati to’g’risida fikr yuritiladi.
Аннотация. В этой статье рассматриваются исторические корни образования, идеи, выдвинутые в исследованиях по проблеме духовно-нравственного воспитания в нашей стране, в частности, важность гуманитарных идей Ходжи Ахмада Яссави в воспитании молодежи сегодня.
Annotation. This article discusses the historical roots of education, the ideas put forward in research on the problems of spiritual and moral education in our country, in particular, the importance of the humanitarian ideas of Hodja Ahmad Yassavi in the education of young people today.
Kalit so’zlar: pedagogika, ta’lim, tarbiya, axloq, insonparvarlik, halollik, nafs tarbiyasi, ma’naviy meros.
Talabalarda Yassaviy hikmatlarini o’rganish orqali bir-biriga mehr – muhabbat, muruvvat va oqibat, saxiylik, saxovat diyonat, qanoat, himmat, adolat, sabr – toqat, mehribonlik, rostgo’ylik fahm – farosatlilik, ziyraklik kabi ma`naviy-axloqiy sifatlar rivojlanib borganligiga guvoh bo`ldik.
Yassaviy yoshlarga murojaat qilib, bilim egallash oson emasligini, buning uchun esa yillar davomida har qanday qiyinchiligu mashaqqatlarga qaramasdan tinmay izlanish va o‘z ustida qunt bilan ishlash kishidan irodali bo‘lishni talab qiladi. Shunday xulqqa ega bo‘lgan Shaxsgina bilim va fan chmqqilarini yillar davomida egallab olishini ta’kidlaydi. Bu borada u o‘zining 20 yoshgacha Buxoroda va boshqa shaharlarda ustozlari rahnamoligida ilm-ma’rifat o‘rganganligi, natijada barcha insonlardagi kabi o‘zida bo‘lgan xilma-xil illatlardan umri davomida qutulishga intilganligini quyidagi misralarda ifodalaydi:
O‘n to‘qqizda etmish maqom zohir bo‘ldi,
Zikrin aytib, ichu toshim tohir bmldi,
Qoyda borsam, Xizr bobom hozir bo‘ldi,
G‘avs-ul-g‘iyos may ichurdi, tmydim mano.
Yoshim etti yigirmaga, o‘tdim maqom,
Bihamdilloh, pir xizmatin qildim tamom.
Ul sababdan Haqqa yovuq bo‘ldim mano.
Xoja Ahmad Yassaviy mutasavvuflar qoidasiga ko‘ra, ilm-ma’rifat hosil qilib, irshod (vasiyatnoma)olganidan keyin ham faqirlik yo‘lini tanlab, biror erda muqim uy-joy qilmay, shaharma-shahar, qishloqma – qishloq yurib, xalqni ilmga, ma’rifatga, hukmdorni iymon-e’tiqodga, insof-diyonatga da’vat qiluvchi bilimlarni targ‘ib qilgan va zuhd, taqvoni yuzaki tushungan, ilmga amal qilmaydigan zohidlarni qoralagan:
Ey behabar, ishq ahlidin bayon so‘rma,
Dard istagil ishq dardiga darmon so‘rma.
Oshiq bo‘lsang, zohidlardin nishon so‘rma,
Bu yo‘llarda oshiq bo‘lsa, tovoni yo‘q.
Yoki
Zohid bo‘lma, obid bo‘lma, oShiq bo‘lgil,
Mehnat tortib ishq yo‘lida sodiq bo‘lgil,
Nafsni tiyib, dargohiga loyiq bo‘lg‘il,
Ishqsizlarni ham joni yo‘q, iymoni yo‘q.
Ushbu satrlardan ko‘rinib turibdiki, smfiylar orasida ham odilman deb maqtanib, nopok ishlar qiladigan riyokorlar ymq emas.
Xoja Ahmad Yassaviy mzining «Hikmatlar» nomli asarida ustozi Arslonbob so‘zlarini eslatib, ana shunday bilimsiz dindorlarni qattiq qoralaydi:
Pir xizmatin qilduk deb, tolibmen deb yurarlar,
Yoyyib harom – harishni, qo‘lbarig‘a urarlar,
Ko‘zlarida nami yo‘q, xalq ichra kirarlar,
Arslon bobom so‘zlarin eshitingiz, tabarruk.
Yassaviyning «Hikmatlar» asaridagi ilm va aqliy tarbiyaga doir fikrlarni o’rganish va ularni tahlil qilish Shuni ko‘rsatadiki, Xoja Ahmad Yassaviy faqat yirik din arbobi bo‘libgina qolmay, ajoyib shoir va buyuk ma’rifatparvar, pedagog ekanligi bilan ham kmz mngimizda namoyon bmladi. Uning atrof-muhitdagi hayot ziddiyatlarini kuzatishlari juda nozik va teran pedagogik mushohadalarga boyligi bilan ajralib turadi. Bir zamonlar gullab yaShnagan, ilmu urfon yuksakligiga erishgan Buxoroda ham, boshqa Shaharlardagi kabi, Shohlar va xokimlar, vazirlar va hatto olimlardan himmat, ma’rifat, insof-diyonat yo‘qolib ketganligi, ijtimoiy-ma’naviy tarbiyada bo‘shliqning paydo bmlayotganligi Yassaviyni juda qattiq tashvishga solayotganligini quyidagicha ifodalaydi:
Ahli dunyo, xalqimizda saxovat yo‘q,
Podshohlarda, vazirlarda adolat yo‘q,
Darveshlarning duosida ijobat yo‘q,
Turlik balo xalq ustig‘a yog‘di, do‘stlar.
Yoki
Nokas, hasis bediyonat qullar hoqim,
Manmanlik haddin oshib, bo‘ldi zolim Xalq ichinda xor bo‘ldilar darvesh, olim Himoyati xalqni kofir bo‘ldi, ko‘ring.. . .
Bu misralar barcha xalqni ogohlantiruvchi aqliy, ta’lim-tarbiyaviy kuchga ega bo‘lgan misralardir. Komillikning asosini, u hamma vaqt tarbiyada, ilmda, axloqiy poklikda deb bilgan va bu bilan u xalq orasida katta shuhrat qozongan.
Shu bilan birga Xoja Ahmad Yassaviy fanni, bilimni chala, sayoz o’rganishga qarshi chiqadi. Har bir so‘zning ma’nosini bilib olgan holda ularni xalqiga, o‘sib kelayotgan yosh avlodga nishon deb keltirgan hikmatlaridagi so‘zlarini dur va gavhar bilan tenglashtiradi. Xoja Ahmad Yassaviy o‘z vazifasiga yuzaki qarovchi, pala-partish bajaruvchi, bilimi sayoz olimlarni ayovsiz tanqid qiladi va «haqiqiy olim kim?» degan savolga
qator hikmatlari orqali javob beradi:
Olim uldur, xisht yostanib tahsil qilsa,
Kecha-kunduz Tangrisiga zori qilsa,
«Fal-yaz haqu» oyatini tafsir qilsa,
Andog‘ olim olim bo‘lur, do‘stlarimo!.
Olimlik va undagi yuksak aqliy salohiyatni Yassaviy qanday tushunadi va targ‘ib qiladi degan savol tug‘iladi. Yassaviy buni quyidagicha ta’riflaydi: «Olimlik – bu shariat bilan tariqatni tushunish, ularning talabiga javob qila bilish». Olimlikning asosiy mezoni sifatida esa Qur’onni to‘g‘ri tushunish va tushuntirishni belgilaydi. Buni u gavharlarni yig‘a bilish bilan qiyoslaydi:
Olim uldur – Shariatda javlon qilsa,
Tariqatning bozoriga o‘rnin solsa,
Muhabbatning daryosidan gavhar olsa,
Andog‘ olim olim bo‘lur, do‘stlarimo!.
Shu sababli shoir olimlarning bilimlariga tanqidiy ko‘z bilan qarab men olim deb kitob o‘qishni emas, balki uning ma’nosini tushunish, har bir so‘zning mohiyatini oyat mazmunidek anglaSh, Shaytonlik, manmanlikdan kechgan, johillik bilmagan kishini olim deb ko‘rsatadi. Yassaviy kitobning ma’nosini tushuntirib, quruq yodlab, yuzaki o‘qishni bilim olish deb hisoblamaydi. Shuningdek, u oyatlarning tagida yotgan ulug‘ g‘oyalarni tahlil qila olish, uning mohiyatini bilish va hayotga tatbiq eta olish lozimligini uqtiradi:
Olimmen deb kitob o‘qur, ma’no uqmas,
Ko‘p oyatning ma’nosini hargiz bilmas,
Takabburu manmanlikni dini tutmas,
Olim ermas, johil turur, do‘stlarimo!.
Xoja Ahmad Yassaviy ushbu tanqidiy qaraShlarini bo‘lg‘usi olimlarga qarata nasihat sifatida etkazadi. Bu esa ular uchun yanada ko‘proq o‘qish va izlanishga, bilim egallaShga, olgan bilimlarini turmushga, hayotga bog‘lab shogirdlariga etkazishlariga turtki bo‘lgan.
Xulosa qilib aytganda Yassaviy hikmatlari aososida kollej talabalariga ta’lim-tarbiya berishning alohida shakllari o’z ichiga quyidagilarni oladi: Yassaviy hayoti va iodiga oid adabiyotlarni, badiiy asarlarni, alloma yaratgan hikmatlarni o’qish – o’rganish; tasavvuf allomalarining hayoti va faoliyati bilan tanishish, “Buyuk tasavvuf allomalari komil inson haqida”, “Yassaviy- buyuk mutaassiv”, «So`fiylar kamtarlik haqida», «Poklik iymondandir» kabi mavzularda suhbatlar o’tkazish, Yassaviy pedagogik qarashlariga oid mustaqil ishlar, referatlar tayyorlash, tasavvuf allomalari hayoti va ijodiga oid teleko’rsatuvlar, filmlarni tomosha qilish, tarixiy muzeylarga sayohat, tarixchi, faylasuf va pedagog olimlar bilan davra suhbatlari tashkil etish.
Foydalanilgan adabiyotlar: