Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Talaba va abiturientlar diqqatiga!!!

Talaba va abiturientlardan tushgan savollarga Yoshlar bilan bo‘yicha prorektor S.Nazarqosimov javob beradi. Savol: O’qishni ko’chirish va qayta tiklash qaysi normaga asoslanib amalga oshiriladi? Javob: Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida»gi nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi  360-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Savol: Talabalar o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash jarayoni qaysi vakolatli  organlar tomonidan amalga oshiriladi? Javob: Oliy ta’lim muassasalari, tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qarorlari asosida amalga oshiriladi. Bir oliy ta’lim muassasasi doirasida oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash shu oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi. Quyidagi hollarda talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi: oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha bir vazirlik (idora) doirasida boshqa oliy ta’lim muassasasiga; oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha turli vazirlik (idora) doirasida bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga. Quyidagi hollarda talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi: xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga; bir oliy ta’lim muassasasi doirasida yoki bir vazirlik yoki idora yoxud turli vazirliklar va idoralar tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga oliy ta’limning turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga va istisno tariqasida mos bo‘lmagan mutaxassisliklariga.   Savol: Qaysi holatlar fuqaroning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi arizasiga rad javobi berilishiga asos bo‘ladi? Javob: Qo‘yidagi hollarda talabaning o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq arizasi qanoatlantrilimaydi: Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida yoki ularning filiallarida o‘qiganlarga; respublika oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud ta’lim shaklidan o‘zga (boshqa) ta’lim shaklida o‘qiganlarga; oliy ta’lim muassasalarining markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga; birinchi kursning birinchi semestriga birinchi semestr tugallanmagan holatda o‘qishni ko‘chirishga (talabaga kasallik tufayli akademik ta’til berilgan holatlar, o‘qigan ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lmaganda ko‘chirib tiklash holatlari bundan mustasno); oliy ta’lim muassasasida mos (turdosh) ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) yoki ta’lim shakli mavjud bo‘lmasa; namunaviy o‘quv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda; to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilganlar to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda; talabaning shaxsiy yig‘ma jildi (akademik ma’lumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda; oliy ta’lim muassasasiga davlat granti asosida ko‘chirish va qayta tiklash davlat granti asosida ta’lim oluvchilar soni (qabul kvotalari) doirasida bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmasa; oliy ta’lim muassasasi moddiy-texnika bazasining imkoniyati cheklanganda; maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim shakliga, boshqa oliy ta’lim muassasasiga; kechki (smenali) ta’limdan sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limga hamda kechki (smenali) ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga; sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limdan kunduzgi ta’limga hamda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga; bir ta’lim shaklidan maxsus sirtqi ta’lim shakliga hamda maxsus sirtqi ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shakliga; talaba O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsa (mazkur qo‘shma dasturning o‘zi bundan mustasno); qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda. Savol: Talaba oliy ta’lim muassasasidan qaysi hollarda chetlashtirilishi mumkin? Javob: Talaba oliy ta’lim muassasasidan qo‘yidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin.
  1. a) o‘z xohishiga binoan;
  2. b) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
  3. v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
  4. g) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
  5. d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
  6. ye) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
  7. j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
  8. z) sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
  9. i) vafot etganligi sababli.
 Savol: Akademik ta’til kimlarga beriladi? Javob: Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin. Savol: Akademik ta’til kimlarga beriladi? Javob: Belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo‘lgan) talaba oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi. Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini quyi kursning tegishli o‘quv semestri boshidan boshlashi mumkin. Talabalar o‘quv yuklamasi hajmini aniqlashning shartli birliklari (kreditlar)ni o‘tkazish va jamlash tizimi joriy etilgan oliy ta’lim muassasalarida akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talabalar quyi kursdagi tegishli o‘quv semestridan boshlab faqat o‘zlashtira olmagan fanlarini (modullarni) takroran o‘qishi mumkin. Savol: Oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan maqsadli qabul kvotalariga xujjat qabul qilishda qanday talabalarga amal qilinadi? Javob: Oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan qabul kvotalari tarkibida hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul muayyan hududda doimiy yashaydigan (pasportdagi ma’lumoti bo‘yicha), umumiy o‘rta (10-11-sinflar negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti to‘g‘risidagi tegishli hujjatga ega bo‘lgan va kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)dan muvaffaqiyatli o‘tgan abiturientlar hisobidan amalga oshiriladi.