Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Abdulla Avloniyning “Birincni muallim” va “Turkiy Guliston yoxud axloq’’ asari  ta’limiy va tarbiyabiy asardir.   

“The First Teacher” and “Turkish Gulistan Yehud Ahlok” by Abdullah Avlani are educational and educational works. Первый учитель и Турецкий Гулистан ёхуд ахлок Абдуллы Авлани являются учебными и просветительскими произведениями. Sanaqulova Zilola Abduxakimovna.Jizzax davlat pedagogika universiteti,kata o’qituvchisi. Jizzax viloyati, jizzax shaxri Sh.Rashidov ko’chasi.                                                                  Email:     sanaqulova1969@gmail.com     Abstract: The works of the famous educator Abdullah Avloni “Birincni muallim” and “Turkiy Guliston yoxud axloq” are educational and educational works. The stories presented in the works are not without benefits for the education of the younger generation. Abdullah Avloni encourages students to develop their virtues, eliminate vices and gain knowledge. The concepts of good behavior, bad behavior, manners, knowledge and education are introduced.Key words: our ancestors, morality, manners, journalist, Turkish language, upbringing, education, teacher, writer   Аннотация: Произведения известного просветителя Абдуллы Авлони“ “Birincni muallim ”  и  “Turkiy Guliston yoxud axloq”  являются учебными и воспитательными произведениями. Рассказы, представленные в произведениях, не лишены пользы для воспитания подрастающего поколения. Абдуллы Авлони  призывает учеников развивать свои добродетели, устранять пороки и получать знания. При этом представлены понятия о хорошем поведении, плохом поведении, манерах, знаниях и образовании. Ключевые слова: наши предки, мораль, манеры, журналист, турецкий язык, воспитание, образование, педагог, писател.   Кириш.   Ma’rifatparvar adib, o’zbek  teatrshunosi , drammaturgi, matbuotchi hamda  usuli  jadid  vakili, buyuk pedagog   Abdulla Avloniy  uosh  avlodni  tarbiyalash  borasida ulkan madaniy  ma’rifiy   meros qoldirgan  shahs  sifatida tarixda  iz qoldirdi.   Uning “Birincni muallim”asari ta’limiy va tarbiyabiy asardir.  Prezidentimiz qa’chon ta’lim-tarbiya haqida gapiradigan bo’lsa,albatta Abdulla Avloniy haqida to’xtalib o’tadi.Uning ibratomuz so’zi va ishini misol qilib aytdi: “Men Avloniyning “Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot,yo najot,yohalokat,yo saodat,yo falokat masalasidir” degan fikrini ko’p mushohada qilaman deb “bu muallimning bosib o’tgan hayot yo’lini yoshlarga ibrat qilib ko’rsatadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 8-oktabrdagi F-5598 son farmoyishiga ko’ra Vatanimiz istiqboli,xalqimiz ozodligi va erkinligi,kelajak avlodlarning tinch va farovon hayotini ta’minlash yo’lida mardona kurash olib borib aziz jonlarini fido qilgan mustabid tuzum davrida qatag’on qilingan ajdodlarimiz nomini tiklash,abadiylashtirish ularning faoliyati va merosini o’rganish qatag’on qurbonlari muzeyi tashkil qilish to’g’risida qaror qa’bul qilindi.[1] Таdqiqot оb’ekti va qo’llanilgan metodlar. Таdqiqotning  оb’ekti   sifatida Abdulla Avloniyning “Birincni muallim” va “Turkiy Guliston yoxud axloq’’ asarlariga доир маnbalar, асосан  Abdulla Avloniy. 2-jild T. Mana’viyat-2009   yil nashr  qilingan, tanlangan asarlardan olindi. Таdqiqotni mavzusini  yoritishda taxlil, yoritish usullaridan foydalanilgan. Оlingan  natijalar va ularning tahlili “Ana shunday maqtovlarga loyiq inson XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida Turkiston o’lkasida pedagogik fikrlarni rivojlanishida jadid adabiyotining yirik vakili,shoir,dramaturg Abdulla Avloniyning xizmatlari kattadir.   Qator ajdodlarimiz shu jumladan qatag’on qurbonlari  nomlari oqlandi ular  haqidagi  noto’g’ri ayiblovlar olib  tashlandi va  nomlari tiklanib abadiylashtirilmoqda. Ulardan Mahmudxo’ja Behbudiy,Abdulla Avloniy, Is’hoqxon  Ibrat,Fitrat, Cho’lpon, Abdulla Qodiriy  kabi ajdodlarimiz nomi tiklanib ular xotirasiga bag’ishlangan haykallar ,muzeylar, ijod maktablari ochildi.Shular  jumlasidan  o’z asarlarida o’zbek xalqining eng yaxshi an’analarini ijtimoiy-siyosiy hayotida,o’zbek xalqining san’ati va  adabiyoti,milliy madaniyatini xalq ta’limi ishlarini yo’lga qo’yishda ta’lim-tarbiyaga oid hayotiy masalalar berishda katta xizmatlar qilgan adib,jamoat arbobi Abdulla Avloniydir. Alloma maktab uchun yaratgan “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim” “Turkiy Guliston yoxud axloq”,  “Maktab Gulistoni” kabi darslik va o’qish kitoblari xarakterli bo’lib,yaxlit bir tadqiqot uchun manba bo’la oladi.Ayniqsa uning “Turkiy Guliston yoxud axloq” asari axloqiy va ta’limiy tarbiyaviy asardir.Asar 1913-yilda yozilgan bo’lib,insonlarni “yaxshilikka chaqiruvchi,yomonlardan qaytaruvchi” bir ilm- axloq haqida fikr yuritiladi. Muallif bu kitob boshlanishiga “Man xastayomu millatim o’lmish nega bemorq” degan retorik so’roq qo’ygan va asar davomida ushbu savolga javob berishga harakat qilgan. “Birincni muallim” asarida “qanoat”,  “Yomonliq jazosi”, “zar qadrini zargar bilar”, “yaxshilik erda qolmas”, “to’grilik’’, “ittifoq” deb nomlangan  xikoyalari  bor.. A.Avloniy “Birincni muallim”asarida shunday deydi:” “Muhtaram muallim  afandilarimizdan rijo qilurmanki, bizning “Birincni muallim” asarimizdan ham olib, tajriba qilib o’qitib ko’rsalar, chunki har  gulning bir isi, har mevaning bir ta’m va mazzasi vordur.Bu  “bo’y’’ va ta’m esa tajriba sohiblarini kashf va ma’lum o’lur. Shoyad, millat bolalarina foidabaxsh o’lur umidinda bir necha muallimlarimizning iltijolari ila ko’b vaqt tajriba so’ngindan bu risolayi ojizonamni “Birincni muallim” ismi-la maydoni intishora  qo’ydim. Ma’rifatparvar muallim birodarlarimiz iltifotsiz qoldurmasalar kerak. Inson nuqsondan xoli emasligi qilgon amali ham qusur va xatodan ori(u) o’lmas. Shul sababli muallim afandilarimiz har bir qusur va kamchiliklarimdan tanbih va tanqid ila ogoh qilsalar edi”.[2] Alloma darsliklarida o’quvchilarni ilm olishga chorlovchi, motivasiya beruvchi sherlar bilan boshlagan, ular quyida ko’rsatilgan; -Shavkati inson erur ilm-u adab, -E’tibor etmas anga mol-u nasab.                 Maktab  Maktab uyi-dopulamon, Maktab hayoti jovidon, Maktab safoyi qalb-u jon Gayrat qilib o’qing, o’g’lon! Maktab erur doruladab, Maktab erur ehsoni Rad, Maktab erur gulzor ajab, Gayrat qilib o’qing, o’g’lon! Alloma o’quvchilarni  tarbiyalashda  ularning  fazilatlarini  shakllantirishga, illatlarini  esa yo’qotishga  qaratilgan  hikoyalar  ezgan.  Quyida ayrimlarini keltirib  o’tamiz: Yamonliq jazosi Bir kishining Qosim ismli o’g’li bore di. Ota va onasining so’zig’a kirmasdan har xil yomon ishlarni qilur edi. Bolalar birla urushub, yaqolashub, kiyimlarini yirtub kelar edi. Uyda onasi mehmon uchun asrab qo’ygan taom- larini yegon vaqtda, onasi: -Qosim o’g’lum! Taomni sen yedingmu?» – desa, Men yeganim yo’q, mushuk yegandir», der edi. Bir kuni otasi ustol ustiga bir tanga pul qo’yub, o’zi uxlagan kishi bo’lib yotdi. Qosim kelub, sekin tangani olib og’zig’a soldi. Shul vaqt otasi ushlab olmoqchi bo’lgonda tangani yutub yubordi. Tanga borub, Qosimning halqumig’a tiqilib, jon berdi. bolalar! Ko’rdingizmi, yamonning yamonlig’i o’z Ey boshig’a yetdi. QANOAT Bir kishining Ali va Vali ismli iki o’g’li bor edi. Ali qanoatli, Vali qanoatsiz edi. Bir kun otasi olub kelub, bolalarini sinamoq sizga olma beraman, – dedi menga hammasini bozordan olma uchun chaqirub, mana, . Vali tezlik bila kelub: «Otajon, bering», – dedi. Ali sekingina kelub, manga birgina olma bersangiz bo’ladur, – dedi. Otasi Alining qanoatiga ofarin qilub, qu- Valiga berdi. iki olma berdi. Ammo chog’iga olub, peshonasidan o’pub, olma bermak qayda, balki qanoatsiz bo’lma, deb adab berdi Qanoat birla qorin to’yg’uzursiz, Qanoat bo’lmasa, ko’p och qolursiz. Qanoatsiz kishi bag’rini dog’lar, Qanoatlik kishi og’zini yog’lar. ZAR QADRINI ZARGAR BILUR Bir kun bechora Xurus ayog’lari ila xashak arosini axtarub turgon zamonda bir dona marvarid topdi. Ul marvaridni cho’qub-cho’qub, nola qilub:” Oh, aqlsiz odam bolalari! Hech narsaga yaramaydurgon narsalarni qadrlik bilub, eng qadrlik narsalarni qadrin bilmaslar. Hozirda man buni tobg’uncha, bir dona bug’doy tobsam edi, manga ovqat bo’lur erdi, – deb xafa bo’lurdi. Har kishi o’z nafsiga bir pul uchun g’avg’o qilur, Boshqaga ming so’m zarar kelsa, qachon parvo qilur. Har kim o’z qornin adosidur, agar eshondur, Qushdur, insondur, o’zining qornig’a qurbondur. YAXSHILIK YERDA QOLMAS Bir ari suv ustinda uchub borur edi. Birdan suvga yiqilub ketdi. Qanotlari ho’l boʻlib ucharga kuchi yetmadi. Oʻlar holatga yetdi. Buni bir Kabutar koʻrub, Ariga rahmi kelub, darhol bir cho’bni tishlab, suvga tashladi. Bechora Ari bu choʻbni kema qilub, suv balosidan qutuldi. Arodan ko’p o’tmadi. Bir bola tuzoq qo’yub, Kabutani tutmoqchi bo’ldi. Ari buni koʻrgon zamon kelub, bolani qulog’in qulog’ini choqdi. Bola qulog’i- ning alamidan tuzoqni tashlab, qulog’ini ushladi. Kabutar vaqtni g’animat bilub, uchub ketub o’limdan qutuldi. Yaxshilik qilsang, bo’lur joning omon, Yaxshilikdan hech kishi qilmas ziyon, Yaxshi so’z birlan ilon indan chiqar, So’z yamon bo’lsa, pichoq qindan chiqar. TO’G’RILIK Bir kampirning uyinda bir tup balx tuti bor edi. Niho- yatda to’g’ri o’sgan edi. Bechora kampirning shul tutdan boshqa hech narsasi yo’q edi. Pishgan vaqtda qurutub olub, bordonga solub, boylarga tortuq qilub, pul olub, butun avqotini tut sotub o’tkarur edi. Bir kun ul shaharning podshohi bir ayvon solmoqchi bo’lub, ustun oxtarganda kampirning tuti to’g’ri keldi. Podshoh tutni ming oltunga sotub oldi. Bechora kampir boy xotun bo’lub qoldi. Bir kun tutni koʻrgali bordi. Ko’rdiki, tuti jannat kabi bir ayvon oʻrtasinda turubdur. Kampir tutiga qarab dediki: Ey tutim, to’g’rilig’ing qildi bizi davlatga yor, Egri bo’lsang, san o’tun bo’lg’ay eding, man xor-zor, To’g’rilar jannatning ayvonindadur, O’g’rilar ranj-u alam konindadur. Ittifoq Hayvonlar ichida eng kichiklari chumolilardur. Lekin o’zlari kichik bo’lsalar ham nihoyatda g’ayratlik, ittifoq hayvonlardur. O’zlaricha podshohlari, kattalari, askarlari bo’ladur. Ulug’lari nimani buyursa, shuni qilur. Ittifoq va g’ayratlari soyasinda o’zlaridan katta-katta dushmanlardan qo’rqmaslar. Agar ari kabi dushman kelub, birlariga tegsa, hammalari birdan dushmanga yopushub, biri qo’lini, biri ayog’ini, biri qanotini qattiq tishlab, o’zlarindan necha baro- bar katta bo’lsa ham tezgina qochurlar. Ko’rdingizmi, yung o’zi xo’b maydadur, Birlashub arqon bo’lsa, fil boylanur. Ittifoqa kuch-quvvat kor aylamas, Ittifoqa jin ham ozor aylamas. Abdulla Avloniynig “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida  yonat,  g’ayrat, riyozat, shijoat, qanoat, sabr, nafs, vijdon, iffat,oliy himmatlik va shu kabi axloqiy tushunchalar, zulm, ta’ma, xasad, loqaydlik, g’iybat,haqorat, chaqimchilik, adovat kabi yomon xulqlar millat va vatan sadoqatiga e’tiborsizlik va bepisandlik bilan bog’langan holda muhim ijtimoiy muammo sifatida talqin etilgan .Masalan “Turkiy Guliston yoxud axloq”da,  “Xulq”  haqida shunday deyilgan: Inson ikki narsadan murakkabdir.   Biri jasad,ikkinchisi nafsdir.Jasad ko’z ila bor narsalarni ko’rur.Ammo nafs idrok ila yaxshini yomondan, oqni qoradan ayirur.Ammo nafsning sur’ati ko’zga ko’rinmaydigan.aql bilan o’rganadigan bir narsaki, buni xulq deb atalur deyilgan. “Yaxshi xulq,yomon xulq”qismida esa: Axloq ulamolari insonning xulqlarini ikkiga bo’lganlar:Agar nafs tarbiya topib,yaxshi ishlarni qilishga odat qilsa,yaxshilikka tavsif bo’lur,agar tarbiyasiz o’sib,yomon ishlar qiladigan bo’lib ketsa,yomonlikka tavsif bo’lur,bu esa yomon xulq deb atalur. -Hasadchi kishi bir on bir zamon rohat va farog’at yuzini ko’rmas.Dunyoda qancha mehnat va musibat bo’lsa barchasi ul bechorani o’rab olmishdir. -Dangasalik,yalqovlik kishilar baxtini shikastlovchi katta ofatdir. -Jaholat  deb o’qimagan,bilimsiz hech narsaga tushunmaydigan nodonlarga aytiladi.Jaholat insoniyatning eng zo’r dushmani va yomon xulqini boshlig’idir. Abdulla Avloniy pedagog sifatida “Turkiy Guliston yoxud axloq”asarida bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib “Agar bir kishi yoshligida nafsi buzilib,tarbiyasiz axloqsiz bo’lib o’sdimi,ollohu akbar,bunday kishilardan yaxshilik kutmoq yerdan turib yulduzga qo’l uzatmoq kabidir”deydi.Uning fikricha bolalarda axloqiy hislatlar tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofidagi kishilar g’oyat katta ahamiyatga egadir.”Turkiy Guliston yoxud axloq” kitobi ma’rifatparvarlik g’oyasini targ’ib qiladi.Abdulla Avloniy kitobda ilm to’g’risida shunday deydi: Ilm dunyoning izzati oxiratning sharofatidir.Ilm inson uchun g’oyat oliy muqaddas bir fazilatdir.Zeroki,ilm bizga o’z ahvolimizni harakatimizni oyna kabi ko’rsatadi.Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidir.Avloniy ilmni amaliy va hayotiy foydalarini aytib, “Bizlarni jaholat,qorong’ulikdan qutqarar.Madaniyat insoniyatni ma’rifat dunyosiga chaqirar,yomon fe’llardan buzuq ishlardan qaytarar,yaxshi xulq va odob sohibi qiladi.Butun hayotimiz, saodatimiz,maishatimiz,himmatimiz,g’ay-ratimiz,dunyo va oxiratimiz ilmga bog’liqdir. Avloniy  o’z ilmini amalda qo’llay oladigan kishilarga yuksak baho beradi,ularni dono insonlar” deb ataydi. Alloma asarda tarbiyaga va uning xususiyatlariga to’xtalib; tarbiya zamoni,badah tarbiya, fikr tarbiyasi, axloq tarbiyasi  o’ta muhim ekanligini aytadi: – Axloq  tarbiyasi: insonlarga eng muhim, ziyoda sharaf, baland daraja beruvchi axloq tarbiyasidir. -Tarbiyaning zamoni: tarbiyani kimlar qilur? Qayda qilur?-degan savol keladur. Bu  savolga   “biricni – uy tarbiyasi onaning vazifasidur. Ikkinchi  maktab va madrasa tarbiyasi. Bu ota, muallim,mudarris va hukumat vazifasidir ”. -Badan tarbiyasini: Badanning salomat va quvvatli bo’lmogi insonga eng kerakli narsadur. -Fikr tarbiyasi: Fikr insonning sharofatlik, g’ayratlik bo’lishiga sabab bo’ladur.Jism ila ruh ikkisi bir choponning o’ng ila tersi kabidur. Abdulla Avloniy asarlarida “Har bir millatning dunyoda borligini ko’rsatadigan oynai hayoti til va adabiyotidir.Milliy tilni yo’qotish millatning ruhini yo’qatmakdir”deb qayg’uradi.Ma’lum vaqtda muallif hadislarga mo’l-m’ol murojaat qilgan,Qur’oni karimdagi ulug’ falsafiy kalomidan unumli foydalangan. U juda og’ir suronli davrda ijod qilib qisqa umri davomida ma’rifat, maorif va madaniyat masalalari bilan keng shug’ullanib bir necha jildga jo bo’ladigan asarlar yozdi.U kelajak avlodning ma’naviy olamini kengaytirish borasida tinmay g’amxo’rlik qilib “Turkiy guliston yoxud axloq”, “Adabiyot yoxud milliy she’rlar”, “Ustodi avval”, “Muallimi soniy” kabi darslik va qo’llanma hamda Turkistonda sahna san’atini keng targ’ib qilish ishida ham jonbozlik ko’rsatib,”Advokatlik osonmiq”, “Pinok”, “Biz va siz”, “Ikki muhabbat”,”Portugaliya inqilobi” kabi pyessalar yaratadi.[3] Xulosa qilib aytganda, u  nima qilsa ham Turkiston uchun va uning kelajagi bo’lgan yoshlar uhun  millat kelajagi, vatan ravnaqi, qadriyati, mustaqilligi  yo’lida mehnat qildi,   noyob asarlar yozib, o’z maqsadi yo’lida g’ururini bukishga yo’l  qo’ymay kelajak avlodga namuna bo’ldi. Bu borada    bolalar savodini chiqarish ularning dunyo ilmidan xabardor bo’lishi uchun butun vujudi bilan harakat qildi. Uning asarlari vatanga sadoqat, insonparvarlik, sabr- ganoat, shukronalik, ilm-ma’rifatga intilish, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag’rikenglik, huquqiy madaniyat, tadbirkorlik, innovatsion, kreativ fikrlash kabi fazilatlarni tarbiyalash farzandlarimizni ham, xalqimizni ham baxtli, farovon qilishiga qaratilganligi bilan ahamiyatliligi,   ta’lim-tarbiyada o’z ahamiyatini, dolzarbligini yo’qotmaydi deb o’ylaymiz va  yoshlar uchun shubxasiz o’rnak va ibratdir! Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020-yil 8-oktabrdagi F-5598 son farmoyis.
  2. Abdulla Avloniy.2-jild “ tanlangan asarlar”T.Mana’viyat-2009yil.
3.O.Hasanboyeva, J.Hasanboyev, H.Hamidov Pedagogika tarixi Toshkent-2004. List of used literature:1. Decree of the President of the Republic of Uzbekistan Sh. Mirziyoyev dated October 8, 2020 No. F-5598. 2. Abdullah Avloni Volume 2 “Selected Works” T. Manaviyat-2009.3. Gasanboeva O., Gasanboev Zh., Gamidov H. History of pedagogy Tashkent-2004. Muallif: Sanaqulova Zilola Abduxakimovna.Jizzax davlat pedagogika universiteti,kata o’qituvchisi.