Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

To`lmay qolgan ko`nglimning o`rnisan “Ilm”

    Inson yashar ekan, atrof-muhitga o`zining odil va oqilona munosabatlarini  bildirish bilan birga, shu jarayonlarga  bevosita aloqador bo`lib xizmat  qiladi. “Bir xil fikrlash bu – fikrlamaslik, fikrlash esa shaxsiy jarayon”-  deydi mutafakkirlarimiz.  Mana  ikki oy davomida  ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, BMT bolalar jamg`armasi, YUNISEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi, Xalq ta`lim vazirligi mutasaddilari hamkorligida maktab o`quvchilarining bilim va ko`nikmalarini sinash, ular orasida mustaqil fikrlaydigan iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida “Nima deb o`ylaysiz…? ” ruknidagi insholar  tanlovi respublikamiz bo`ylab keng miqyosida o`tkazildi. Butun dunyo  tahlikali vaziyatda bo`lsa-da, muhtaram Prezidentimiz  Sh. M. Mirziyoyevning biz yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan e`tiborlari,  bu dolzarb masala ekanligi, yoshlar qanchalik ma`naviy barkamollikka erishsa, yod illatlardan shunchalik uzoq bo`lishlari  va  ko`rsatilayotgan imkoniyat va e`tibor har birimizni quvontiradi. Shu va shu kabi tanlovlar va tadbirlar  karantin sharoitida  bizning bo`sh vaqtimizdan unumli foydalanishga, o`qib izlanishga, mustaqil fikrlarimizni  yozma bayon etishga  undadi.  Olti yo`nalishda olib borilgan  jami 7000ga yaqin o`quvchilar ishtirok etgan, maqsadi yoshlarni erkin fikrlashga o`rgatish, mustaqil muammolarni yecha oladigan,  kreativ fikrli yoshlarni  aniqlashga qaratilgan  insholar  tanlovi   o`z navbatida  yurtimizning  yangi- yangi iqtidor va iste`dod egalarini kashf etdi.Tanlovga qo`yilgan talablar bizning  erkin fikrlashimiz, imloviy  savodxonlik darajamiz,  dunyoda yuz berayotgan o`zgarishlarga to`g`ri va to`laqonli munosabatlarimizni, ijodiy salohiyatimizni, dunyoqarashlarimizni  riyojlantirishga yordam berdi. Qiziqarli mavzularni o`zida jamlagan insholar, respublikamizning yuragi qaynoq yoshlarini uch bosqich 6-7, 8-9, 10-11-sinflar kesimida  o`z atrofiga birlashtirdi.Taklif etilgan  mavzularning  barchasi  qiziqarli bo`lishi  bilan birga, hozirgi kunimiz, hayotimiz bilan bevosita bo`g`liq tarzda tashkil etilgani har birimizning diqqatimizni tortadi.  Tanlovda quyidagi mavzular “Nima deb o`ylaysiz, siz sevib o`qiydigan asar  sizning hayotingizga  ta`sir qilganmi va qanday? ”, “Nima deb o`ylaysiz, kelajakda qaysi kasb egalari vatanimizga ko`proq foydasi tegadi. Siz qanday kasb egasi bo`lmoqchisiz? ”, “Nima deb o`ylaysiz, tarixda  buyuk mutafakkirlarimiz qilgan ishlarini kelajakda siz ham qila olishingiz mumkinmi? ”, “Nima deb o`ylaysiz, insonlarda ezgulik va mehr  tuyg`ularini yanada rivojlantirish uchun nimalarni qilgan bo`lar edingiz? ”,“ Nima deb o`ylaysiz, karantin vaqtida maktab hayotidan ko`proq nimani  sog`inyapsiz ?” va men ijodiy salohiyatimni sinab ko`rgan  “Nima deb o`ylaysiz,  karantin davrida uyda o`zingiz oilangiz va jamiyatimiz uchun qanday foydali ish qilyapsiz?” kabi bir -biridan   ajoyib mavzularni o`z ichiga olgan. Mutaxassislarning fikriga ko`ra,   yoshlarimiz  orasida  eng ko`p yoritilgan  “Nima deb o`ylaysiz kelajakda qaysi kasb egalari vatanimizga ko`proq foydasi tegadi. Siz qanday kasb egasi bo`lmoqchisiz?” mavzusi ekanligi har bir o`g`il- qizning  hayotga bo`lgan munosabatini, o`zining alohida maqsadi bilan intilib yashayotganini anglatadi. Meni  “ Nima deb o`ylaysiz karantin davrida uyda qolib, o`zingiz, oilangiz va jamiyatimiz uchun qanday foydali ish qilyapsiz ?” ruknidagi  mavzuni  yoritishimdan maqsad:  Biz, hech bir sohada  o`z-o`zimizga xiyonat qilmasligimiz kerakligini anglatish. Chunki bu mavzu hozirgi kunda nafaqat yoshlarimiz, balki  yetti yoshdan, yetmish yoshgacha bo`lgan yer yuzining barcha aholisi uchun juda ham dolzarb  bo`lib kelyapdi. Oxirgi olti oy davomida dunyo siyosatidagi keskin o`zgarish,  insonlarni  karantin degani faqat uyda qolish emas,  balki men va men kabi o`quvchi yoshlar  pandemiya  davrida uyda qolib,  “COVID – 19” ga qarshi  kurashib, vaqtdan unumli foydalanishi , uyda qolish bilan birgalikda gigiyena qoidalariga qat`iy rioya qilib,  yaqinlar bilan aloqani iloji boricha kamaytirib, hukumatimiz tomonidan joriy etilayotgan qarorlarni to`g`ri tushunishimiz kerakligini anglatadi. Bu bizni koronavirus ustidan g`alaba qilishimizga asos bo`ladi.Yozgan inshomda asosiy fikrni  imkon qadar,  inson sog`ligiga qaratganman,  chunki sog`lik bor joyda ish bo`ladi, rivojlanish, yuksalish bo`ladi. Shu o`rinda  Yevropa adabiyoti Navoiy asarlarini nimaga o`qishimiz kerak degan savolga, inson omilli  yuqori darajada ko`tarilganligi  sabab bo`lgani, va inson uchun eng katta boylik sog`lik ekani yuqoridagi  fikrlarimning  yorqin isbotidir. O`zbekiston  aholisining oxirgi ikki oyi  qattiq sinovli kunlarda   kechayotgani va sabr- toqat bilan bu kunlardan o`ta olishimiz, vaqtdan umumli foydalanishimiz  kerakligi  ko`rsatiladi. O`ttiz sakkizta  yaxshi deb topilgan insholar, bitta rag`batlantiruvchi o`rin,  to`qqizta  g`olib ichidan  ikkinchi o`rinni olishim bu  mening emas, avvalo,  ta`lim maskanimdagi mehnatkash, jonkuyar  ustozlarimning  bergan yetarlicha bilim va ko`nikmalarining natijasidir. O`z navbatida,  biz yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar va katta e`tibor uchun Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, BMT bolalar jamg`armasi, YUNISEFning O`zbekistondagi  vakolatxonasi Dipa Shankar xonim , Xalq ta`lim vazirligi mutasaddilari, bundan tashqari  pandemiya sharoitida  6691ta inshoni  barcha mezon talablariga mos tarzda ko`rib chiqqan ekspert guruhiga, barcha o`qituvchilarimizga o`zimning cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman. Vazirlar mahkamasi ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbari  Ulug`bek Negmatovich Tashkenbayev   bildirgan tabriklari, biz yoshlarga  berilgan yuksak ishonch, menga katta ilhom beradi.  Ularning “ Bu yoshlar kelgusida katta- katta  ishlarni amalga oshiradi… ” deya  ta`kidlashlari yuragimning  tubidagi  maqsadlarimga erishish yo`lidagi harakatlarimga kuch bag`ishladi. O`ylaymanki,  biz yoshlar uchun  ko`rsatilayotgan e`tibor, berilgan yuksak ishonch, ertangi nurafshon kunlarga katta  umid,  hayotimizga  dasturulamal bo`lib xizmat qiladi. Va kelajakda   jamiyatimizga  kerakli farzand bo`lishga, maqsadlarimiz sari olg`a borishga undaydi. YUNISEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi Dipa Shankar xonimning  Ta`lim inspeksiyasiga ushbu  tanlov hamkorlikda tashkil qilingani uchun minnatdorchilik bildirar ekanlar, videokonferensiya to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatilayotganidan  foydalanib  barcha  ishtirokchilarga, O`zbekiston yoshlariga bildirgan  tabriklari,  har birimizning ko`nglimizga   faxr tuyg`usini uyg`otdi.To`g`ri, tanlov ishtirokchilari oz emas, ammo bu sonlar  yana-da ko`paytirilsa, sifatli ta`limni  yurtimizda yana-da  rivojlantirsak,  yurtboshimiz  umid qilgan XXI asrning Ibn Sinolarini, Xorazmiylar,  Beruniylar, Navoiylar  safini yanada ortirgan bo`lamiz. Zero, har bir yosh vujudidagi yurak duk- duk deb emas, yurt- yurt deb ursa,   O`zbekiston  bundan-da yuksak marralarga erishadi. Aziz tengdoshim! Vaqt bebaho boylik undan unumli foydalaning, ilm esa  tortib olib bo`lmaydigan xazina uni yod g`oyalar bilan emas,  kerakli  bilimlar, ko`nikmalar bilan boyitib boring. Kelajak  erinchoq, dangasalar qo`lida emas, o`z sohasining bilimdonlari, yetuk mutaxassislar qo`lida bo`lishi kerak. Ertadan degan gapni qo`ying, izlanishlarni bugundan, hozirdan boshlang! Hazrat Bedil bobom aytganlaridek: Fikrsiz aqlning  zangi bo`ladi, Ilm-la  egovla yangi bo`ladi. Oynadan ibrat ol bir kun artmasang, Ustida  bir enlik changi bo`ladi.     JDPI akademik litseyi 208- guruh  o`quvchisi                             Abralova Nafisa