Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Musiqa ta’limi kafedrasi

 
Kafedra mudiri:

Haqqulov Tohir

Telefon raqami:
+998 9
Elektron pochta:
tohirhaqqulov@jdpu.uz
Qabul kunlari:
dushanba-shanba, 14:00-18:00

Musiqa ta’limi kafedrasi professor-o’qituvchilar tarkibi:

Jami o’qituvchilar – 14 ta

Katta o’qituvchilar – 4 ta

O’qituvchilar – 8 ta

Falsafa doktori – 2 ta

Fayzullayev Ermat

pedagogiika fanlari nomzodi, dotsent v/b.

Raimjonov Sunnatulla

katta o’qituvchi

Jumayev Ahmadjon

katta o’qituvchi

Xasanova Navbaxor

katta o’qituvchi

Boboqulov Qahramon

katta o’qituvchi

Abdukarimova Elnoza

o’qituvchi

To’g’ilov O’tkir

o’qituvchi

Axrorova Munojat

o’qituvchi

Mamarasulzoda Zulxumor

o’qituvchi

Mo’minova Muqaddas

o’qituvchi

Xolmirzayev Otamurod

o’qituvchi

Muxammedziyanov Kamil

o’qituvchi

Abdurahximov A’zam

o’qituvchi

Do’stmuhammedova Gulhayo

o’qituvchi

Boychayeva Nozbuvi

dotsent v/b.

Karimov Saxob

stajyor o’qituvchi

Urinova Sabina

stajyor o’qituvchi

Kukanova Charos

stajyor o’qituvchi

Baymanova Feruza

stajyor o’qituvchi

Muhammatov Abdumannon

stajyor o’qituvchi

Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari:

Musiqa ta’limi

Musiqa ta’limi va san’at

Kafedra mutaxassislik fanlari: Musiqa nazariyasi, Cholg’u ijrochiligi va ansambli, Vokal va zamonaviy musiqa, Dirijyorlik, Musiqa o’qitish metodikasi, Musiqa tarixi, An’anaviy xonandalik
Musiqa ta’limi kafedrasi tarixi: 1987 yili Boshlang’ich ta’lim metodikasi fakulteti tarkibida pedagogika fanlari doktori, professor Alijon Xasanov rahbarligida Musiqa kafedrasi tashkil etildi va kafedrada 5 ta o’qituvchilar: A.Maxammatov, I.Qudratov, B.Ko’ychiyev, A.To’rayev, B.Quljonovlar va konsertmeyster Kurts Tatyanalar faoliyat ko’rsatib kelishgan. 1993 yili Musiqa kafedrasiga katta o’qituvchi Abdumannon Maxammatov kafedra mudiri etib tayinlangan. Kafedra turli yillarda bir necha fakultetlar tarkibida faoliyat yuritib keldi. 2019-yil San’atshunoslik fakulteti tashkil etilib kafedraga dotsent X.S.Omonov va p.f.n. E.M.Fayzullayevlar rahbarlik qilgan. 2020-2021 o’quv yilidan kafedrani katta o’qituvchi M.N.Abilov boshqarib kelmoqda. Kafedrada oxirgi 2 yilda 6 ta o’quv qo’llanma, 2 ta monografiya 4 ta o’quv uslubiy qo’llanma chop etilgan. Jizzax davlat pedagogika instituti Musiqa ta’limi yo’nalishining iqtidorli talabalari bir necha xalqaro va respublika miqyosidagi ko’rik tanlov hamda festivallar g’olibi bo’lishgan. Xususan Baxromova Sadoqat “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti, Mamarasulzoda Zulxumor – “Nihol” davlat mukofoti, Jo’rayev Bekzod – “Yagonasan muqaddas vatan” ko’rik tanlovi respublika bosqichi g’olibi. Joriy yilda bo’lib o’tgan “Muanbar navolar” – I xalqaro ko’rik tanlovida 6 nafar talaba g’oliblikni qo’lga kiritgan.
Musiqa ta’limi kafedrasi hamkorlik faoliyati Jizzax davlat pedagogika instituti Musiqa ta’limi kafedrasi Rossiya federatsiyasining V.S.Popov nomidagi Xor san’ati akademiyasi bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatgan. 2 nafar o’qituvchi Xor akademiyasida ilmiy stajirovka o’tashi rejalashtirilgan. Xor akademiyasining professor – o’qituvchilarining ZOOM platformasi orqali darslari rejalashtirilgan. Kafedra Nizomiy nomidagi TDPU “Musiqiy ta’lim” kafedrasi, A.Navoiy nomidagi Samarqand DU “Musiqa pedagogikasi va cholg’u ijrochiligi”, Jizzax shahridagi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi, №1-2-8-14-sonli bolalar musiqa san’at maktablari, № 9,19,3,7,6,17,14 –sonli umumta’lim maktablari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.