Azimova D. E., Sharipova M. H.
Jizzax davlat pedagogika universiteti
e-mail:dilya_7662323@mail.ru
Annotatsiya. Ushbu maqolada O’zbekiston florasida tarqalgan
Juglans L. turkum turlarining taksonomik tahliliga bag’ishlangan. O’zbekiston florasida tarqalgan
Juglans L. turkum turlarining taksonomik tahlili, geografik tarqalishi, bioekologik tavsifi, shifobaxshlik xususiyatlari hamda gerbariy fondlarida saqlanayotgan namunalari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar: Fanerofit, kamyob, endem, ekotizim, dorivor, bakteritsid.
Аннотация: В данной статье Juglans L., распространенный во флоре Узбекистана. посвящен таксономическому анализу видов рода. Juglans L., распространенный во флоре Узбекистана. Представлен таксономический анализ, географическое распространение, биоэкологическое описание, лечебные свойства и экземпляры, хранящиеся в гербарных фондах вида..
Ключевые слова: фанерофит, редкий, эндемичный, экосистемный, лекарственный, бактерицидный.
Annotation: This article is devoted to the taxonomic analysis of Juglans L. species distributed in the flora of Uzbekistan. Taxonomic analysis, geographic distribution, bioecological description, medicinal properties and specimens stored in herbarium funds of Juglans L. species distributed in the flora of Uzbekistan are presented.
Key words: Phanerophyte, rare, endemic, ecosystem, medicinal, bactericide.
Dunyoda inson faoliyati ko’lamining keskin ortishi biologik turlar va ekotizmlar xilma-xilligining o’zgarishi hamda ular sonining qisqarishiga sabab bo’lmoqda. Shu nuqtai nazardan flora tarkibi va undagi o’zgarishlarni aniqlash, kamyob va endem turlarni saqlab qolish choralarini ishlab chiqish tabiatni muhofaza qilishning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bu muammolarni Respublika miqyosida hal etilishi uchun turli qonun va qarorlar ishlab chiqilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining 2016-yil 21-sentabrdagi 409-son “O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risidagi” qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-maydagi 142-son “2013-2017-yillarda O’zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo’yicha harakatlar dasturi to’g’risida” gi qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.04.2020-yildagi PQ-4770-son “Yovvoyi holda o’suvchi dorivor o’simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari” to’g’risidagi qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston florasida tarqalgan
Juglans L. turkum turlarining taksonomik tahlili qilindi.
Juglans L. – Грецкий орех – Yong’oq turkum turlari
Juglandaceae – Ореховые – Yong’oqdoshlar oilasiga mansub bo’lib,
Juglans L. turkum turlari hayotiy shakliga ko’ra fanerofit (F) o’simliklar guruhiga kiradi [С. Raunkiaer 1934].
Juglans L. turkumi faqat 1 ta tur (
Juglans regia L.) bilan namoyon bo’lgan [2]. “O’zbekiston florasi” da keltirilgan ma’lumotlarga asosan O’zbekistonda Juglans L. turkumiga kiruvchi (
Juglans regia L., Juglans fallax Dode, Juglans kamaonia Dode, Juglans nigra L. hamda Juglans mandshurica Max. lar) 5 turi haqida ma’lumotlar keltirilgan. [3].
Quyida
Juglans L. turkum turlarining O’zbekistonning ba’zi hududlarida tarqalgan turlar soni keltirilgan (1-jadval).
1-jadval
Juglans L. turkum turlarining O’zbekistonning ba’zi hududlarida tarqalgan turlar soni
№ |
Hududlar bo’yicha |
Tur soni |
Hududni o’rgangan olimlar |
1. |
Nurota davlat qo’riqxonasi |
1 |
N. Yu. Beshko 1999 |
2. |
Surxon davlat qo’riqxonasi |
1 |
A. J. Ibragimov 2010. |
3. |
Boysun botanik-geografik rayoni |
– |
O. T. Turginov 2017. |
4. |
Molguzar tizmasi |
1 |
D. E. Azimova 2011. |
5. |
Janubiy-g’arbiy Tyanshan |
1 |
K. Sh. Tojiboyev 2010. |
6. |
Zomin davlat qo’riqxonasi |
1 |
A. S. Esanqulov 2012. |
7. |
Buxoro vohasi |
– |
H. Q. Esanov 2017. |
Juglans regia L. Spec. Plant. 2: 997, 1753. Орех грецкий – Ёнғоқ. Fanerofit, mikrofanerofit. Daraxt. Qadimiy O’rta Yer dengizi. Quyi va o’rta tog’, soy va ariq yoqalarida, namli yerlarda. Oziqabop, texnika, moyli, o’rmonmeliorativ, manzarali, dorivor. (Beshko, Azimova, sn, 2011).
Oрех грецкий Juglans regia L.
Yong‘oq Yong‘oqdoshlar (
Juglandaceae) oilasiga mansub balandligi 25 m gacha bo‘lgan daraxt, tana diametri 3 m gacha boradi. Shox-shabbasi kuchli, tarvaqaylab o‘sgan. Barglari juda yirik, ketma-ket, bandli, toq patsimon, 5-11 bargchalardan iborat. Bargchalari ellipsimon yoki cho‘zinchoq, ustki qismida to‘q yashil, ostkida esa ochroq rangda. Yong‘oq gullari mayda, ko‘rimsiz, bir jinsli bo‘lib, bitta tupda rivojlanadi, yaʼni bir uyli o‘simlikdir. Changchi gullari ko‘p gulli to‘pgullarda – kuchalada to‘plangan. Har bir changchi guli 6 ta bo‘lakli gulqo‘rg‘on va o‘rovchi barg bilan qo‘shilib o‘sgan va 12-18 dona changdondan iborat. Urug‘chi gullari o‘troq, yakka yoki 2-3 tadan to‘plangan. Har bir urug‘chi gul ikkita gulyonbarg, 1 uyli ostki tuguncha va ikkita tumshuqchadan iborat.
Yong‘oq mevalari – har xil shakldagi va o‘lchamdagi yirik sharsimon va ellipsimon danak, tashqi tomoni qalin meva qobig‘iga ega, u har xil shakldagi va o‘lchamdagi yog‘ochlashgan danak – yong‘oqni o‘rab turadi. Danakda och jigarrang qobiq bilan qoplangan urug‘ (“yong‘oq mag‘zi”) mavjud. Pishmagan mevalarda meva qobig‘i etli bo‘ladi. Meva pishganda yong‘oq quriydi va yoriladi, undan urug‘li danak ajraladi. Yong‘oq barglari ochilishi bilan bir vaqtda aprel-may oylarida gullaydi. Yong‘oq shamol yordamida changlanadi. Mevalari sentyabr-oktyabr oylarida pishadi. Yong‘oq tez o‘sadi, madaniylashtirilganda 5-10 yoshida meva berishni boshlaydi, 50-60 yoshda to‘liq hosilga yetadi va 300 yilgacha yashaydi.
O‘simlikning barcha qismlarida biologik faol moddalar mavjud: koratriter-penoidlar, steroidlar, alkaloidlar, S vitamini, taninlar, xinonlar. Barglarda aldegid-lar, efir moyi, alkaloidlar, C vitaminlari (1300 mg), PP, ko‘p miqdorda karotin (33 mg%), fenol karbon kislotalar, taninlar, kumarinlar, flavonoidlar, antotsianinlar, xinonlar va yuqori aromatik uglevodorodlar; meva qobig‘ida – organik moddalar kislotalar, taninlar, kumarinlar va xinonlar. Yashil yong‘oqlar C, B
1 vitaminlariga (B
3, RR, karotin va xinonlar, yetilgan yong‘oqlar – sitosterinlar, C, B
1, B
2, PP vitaminlari, karotin, taninlar, xinonlar va efir moylariga, shuningdek, kletchatka, temir va kobalt tuzlariga boy.
Ma’lumotlar ba’zasiga ko’ra 100 gr yong’oq mag’zi quyidagi moddalarni o’z ichiga oladi.
Urug‘ po‘sti fenol karbon kislotalar, taninlar va kumarinlar, pelikulasi (mevani qoplagan ingichka jigarrang po‘sti) – steroidlar, fenol karbon kislotalar, taninlar va kumarinlarga boy.
Hozirgi kunda TASH gerbariy fondlarida O’zbekiston hududining turli joylarida terilgan quyidagi namunalar saqlanmoqda.
Juglans regia L. Чаткальский хр. Бассейн Ходжа-ата. Истоки Ходжа-ата. Ореховый лес по гребням хребтов, cобр. В. Скороходов, А. Азатян 14 VIII 1936.
Juglans regia L. Памиро-алай. Горы Кугитанг. Северный склон над киш. Кугитанг. Собр. С. Лепешкин 2 VII 1928.
Juglans regia L. Западный Тянь-Шань. Предгорья Ферганского хребта.Окр. киш. Гава. Участок лесного склона сев.экспозиции на восток от слесной дачи. Собр. Л. Крыльцова 13 VI 1928.
Juglans fallax Dode. Западный Тянь-Шань. Долина реки Чоткал. Окрестности кишл. Брич-мулла. Ореховая роша. Собр. К. Ватолкина 4 VII 1928.
Juglans fallax Dode. Андижанская обл. Лениниский р-н. пос. “Марҳамат”. Собр. Казакбаев Р. 24 VI 1970.
Juglans fallax Dode. Папский р-н. Окр.к. Мазар. Собр. Чеврениди С. Х. 23 VI 1949.
Xulosa qilib aytganda, ushbu maqolada Oʼzbekiston florasida tarqalgan Juglans L. turkumi ayrim turlarining biologik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi va taksonomik tahlili bayon qilingan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
- Р.С. Верник-Ореховие леса Узбекистана. Т, 1964.
- Определител растений Средней Азии. Критический конспект флоры. В I-Х.Т.-Ташкент. Фан, 1968-2016.
- Флора Узбекистана. В 6 т.-Ташкент:изд. АН УзССР, 1941-1963.
- Бешко Н.Ю. Флора Нуратинского заповедника: Дис. …канд. биол. наук. – Ташкент: 1999. – 45-49 с
- Азимова Д.Э. Молгузар тизмасининг флораси: дис. …канд.биол. наук. – Тошкент: 2018. – 198 б.
- Холматов Х.Х., Ахмедов У.А. Фармакогнозия. – Тошкент: Ибн-Сино, 1995.
- 7. http//org